O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


e) Sportda yurak chayqalishi (commotion cordis sindromi)



Download 2 Mb.
bet5/7
Sana23.02.2017
Hajmi2 Mb.
#3206
1   2   3   4   5   6   7

e) Sportda yurak chayqalishi (commotion cordis sindromi).

Ko’krak qafasiga nisbatan kuchli bo’lmagan zarbadan (yurak chayqalishi) tasodifiy o’lim tibbiyot adabiyotida 1970 yillarning oxirida tasvirlangan. Bu fenomen birinchi marta tasvirlangandan beri 70 ta shunday hodisa qayd qilingan. Bu raqam katta extimol bilan kamaytirilgan, chunki ko’p hollar doklad qilinmaydi (ma’lumot berilmaydi) yoki bo’lmasa baxtsiz hodisa yoki ideonatik tasodifiy o’lim deb habar beriladi. Yurak chayqalishi beysbol, xokkey, lakross, sofbol, kurash va boshqa sport turlarida gavdaga berilgan zarbalardan so’ng sodir bo’ladi. Kriketda hodisalar soni aniq emas, ammo bu yerda to’p beysbolniki singari qattiqlikda va kattaligini inobatga olib kriket o’yinchilari ham yurak chayqalishi havfi bo’lgan guruxda bo’lishlari mumkin.

Yurak chayqalishini olgan odamlar yosh, sog’lom, asosan erkaklar. Jabrlanganlar anamnizida yurak kasalliklari yoki boshqa surunkali kasalliklar bo’lmagan. Zarba ko’krak qafasining to’g’ri sohasiga to’g’ri kelgan va zarba tezligi sportchilar uchun odatiy bo’lgan. Qoidaga ko’ra xushni yo’qotish sodir bo’ladi, ammo jabrlanuvchi bosh og’rig’idan shikoyat qiladigan ravshan holatlar ham bo’ladi. Hammasidan ham ko’p dastavval qorinchalarning fibrilliyasiyasi paydo bo’ladi; lekin undan tashqari to’liq blokada, tezlashgan idioventrikulyasiyali ritm va asistoliya ham tasvirlangan. reanimasiya o’ylangandan ko’ra qiyinroq, ayniqsa negaki sportchilarda yurak kasalligining anamnezi yo’q va tez tez zudlik bilan jonlantirish choralarini ko’rish talab qilinadi. Yorib ko’rish (o’likni) hech qanday yurak yoki ko’krak qafasi anomaliyalarini ko’rsatmaydi. Ushbu jabrlanganlarda tasodifiy o’limning ehtimoli katta mexanizm yurak siklining ojiz vaqtida ko’krak qafasiga zarbidan qorinchalarning fibrilyasiyasi. Boshqa ehtimoliy sabablar yurakning to’liq blokada bo’lishi, vagusli javob, elektro mexanik dissosiasiya. Avvalgi ko’krak qafasiga zarba eksperimental modellari (tajriba nusxalari) katta kuchli zarbani ishlatishgan, ehtimolki yurak va ko’krak qafasiga ma’lum shikast yetkazgan. Ammo bu modellar yurak chayqalishidan ko’ra ko’proq motorli buzilishlar va terida zarba tarqalishining ta’sirini ko’rsatishdi. Ko’krak qafasiga uncha kuchli bo’lmagan zarba oqibatidagi tasodifiy o’lim mexanizmini tasvirlashga urinib mark Link boshchiligida amerikalik izlanuvchilar ko’krak qafasiga past intensivlikdagi zarbaning eksperimental modelini yaratishdi. Bu modelda 30 mil- soat tezlikdagi beysbol to’pi yosh cho’chqaning ko’krak qafasiga yo’naltirildi (taxminan anistiziyaga yo’liqqan). Zarba yurak sikli bilan solishtirilgan. Zarba beruvchi obyektning chiqarish paytini nazorat qilish uchun elektrostimulyator yordamida va uchish tezligi 130 ms ligini bilgan holda yurakning har qanday to’plangan siklida zarba berilishi mumkin.

Bir vaqtdagi angiografiya epikardial koronar patologiyani aniqlashadi. Hech qaysi hayvonda ko’krak qafasi patologiyasi yoki yurakning jiddiy patologiyasi bo’lmadi. Bu model yordamida olingan ma’lumotlar yuragi chayqalgan odamlardan olingan ma’lumotlar bilan sindromi mos keldi. Ojiz zonaga juda yumshoq obyekt yordamida berilgan zarbalarda qorinchalarning fibrilisiyasi 8% paydo bo’ldi. Standart beysbol to’pi bilan zarbalarda qorinchalar fibrilyasiyasi 35% paydo bo’ldi, yog’ochli blok bilan zarbalarda qorinchalar fibrilyasiyasi 90% paydo bo’ldi. Kriket to’pi beysbolniki singari zichlikka ega. Shuning uchun kriket to’pi zarbasi yurak sohasiga mos vaqtda nazariy jihatdan tasodifiy o’limga olib kelishi mumkin. Ko’plab sport turlaridagi sportchilar yurak chayqalishi xavfiga maxkum. Xavfni kamaytirish harakati allaqachon sinab ko’rilyapti. (AQShda yosh o’yinchilar beysbol ligasida “xavfsiz” yumshoqroq to’pdan ko’proq foydalanishmoqda). Ko’krak qafasini himoyalash kabi boshqa metodlar ham foydali.



f) sportda yurak xastaligining omillari.

Yosh va sog’lom odamning to’satdan o’lishi, ayniqsa bu hamma vaqt sog’lik va kuch ramzi bo’lgan sportchi bilan yuz bersa jamiyat va oila uchun haqiqiy fojiaga aylanadi. Ma’lumki, jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish odamning aerobik quvvatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, mushaklarni baquvvat qiladi, tananing harakatchanligini oshiradi. Jismoniy yuklamalarning yurak holatiga ijobiy ta’sir ko’rsatishini taxmin qiluvchi bir qator izlanishlarning bo’lishiga qaramasdan, baribir ham hozirgi kungacha jismoniy yuklamalarning yurak kasalliklarining oldini olishi yoki umrini uzaytirishi mumkinligi to’g’risida dallillar mavjud emas [44].

Sportda to’satdan o’lish muammosi 2500 dan ortiq yillar davomida mavjud. Ilk bor to’satdan halok bo’lish holati eramizdan avvalgi 490 yilda yosh yunon askari Fidipid yunonlarning forslar ustidan qozongan g’alabasini ma’lum qilish uchun marafondan Afinaga (42 km 195 metr) bo’lgan masofani yugurish bilan bosib o’tgandan keyin to’satdan o’lganligi qayd etilgan [48].

Hozirgi kunda sportdagi tasodifiy o’lim deb bevosita yuklama paytida, undan tashqari sport faoliyatini o’zgartirishga yoki to’xtatishga majbur qilgan birinchi alomatlar (simptom) paydo bo’la boshlagan vaqtdan boshlab 24 soat ichida sodir bo’lgan o’lim tushuniladi.

Bu muammo 2005 yil FIFA (xalqaro futbol assosasiyasi) tasodifiy o’limni profilaktika qilish uchun futbolchilarni tibbitot tekshiruvidan o’tkazishga taa’lluqli yangi standartlarni tarqatganidan so’ng ayniqsa jiddiy tus oldi. Kechagina bir mavsumning o’zida musobaqalarda maydonda uch kishi halok bo’ldi (o’ldi). Miklash Fexer (Vengriya termokomandasi o’yinchisi), Mark Vivyen Foe (Kamerun termajamoasi yarim himoyachisi), Nedjad Botonvich (Sloveniya darvozaboni) .

Turli mamlakatlarda turli kriteriyalar bilan amalga oshirilgan izlanishlar sportchilar va sport bilan shug’ullanuvchi shaxslar tasodifiy o’limlarini turli chastotalarini berishadi. Yosh sportchilarning tasodiy o’limlarini Amerika qayd qiluvchisi 1980 yil 2006 yilgacha bo’lgan davrda 1866 ta 38 ta sport turida mashg’ulotlari vaqtida tasodifiy o’lim va yurakning nofatal to’xtashi holatlarini qayd qilgan. Tasodifiy o’lim holatlari har yili 6%dan yiliga oshgan. Umuman olganda 1994 yildan 2006 yilgacha tasodifiy o’limning 1290 xolati (69%) belgilangan, shu bilan birga 1980 yildan 1993 yilgacha bor yo’g’i 576 ta (31%) bo’lgan, PL 0,001. AQSh yosh sportchilar tasodifiy o’limlarini qayd qiluvchisi har yili 115 tagacha tasodifiy o’limni qayd qiladi.

Tasodifiy o’lim davomli chidamlilikni talab qiluvchi sport bilan shug’ullanuvchilarda, masalan, marafon yugurishi yoki dam olishdan darhol jismoniy zo’riqishga o’tiluvchi yoki ko’krak qafasi ichida ko’tarilgan bosimni keltirib chiqaruvchi sport turlarida ayniqsa ko’proq uchraydi. Masalan, tennis dam olishdan darhol kuchli yuklamalarga o’tishni talab qiluvchi sport turi sifatida qaraladi.(30).

AQShda yosh sportchilarning tasodifiy o’limlari amerika futboli va basketbolda (mos ravishda 30 va 22%), Yevropa futboli, beysbol, avtopoygada 6%dan, boks, kurash, suzish, hokkey, marafonda 1dan 5%gacha va 1%dan kam regbi, triatlon, jangovar san’tlar, tennis, voleybol, gimnastika, figurali uchish, golf va boshqa sport turlari bilan shug’ullanuvchilarda qayd qilingan.

Ispaniyada tasodifiy o’lim ko’proq velosipedchilarda (33,4%), futbolchilarda (21,3% umumiy guruxda va 33,3% 35 yoshdan kichik sportchilarda) va gimnastlarda (8%) qayd qilingan. Basketbol, eshkak eshish, marafon, alpinizm o’yinlari paytida o’lim kamroq uchragan. Italiyada tasodifiy o’lim hodisalari soni ko’proq futbol bilan shug’ullanishda (40%), 9% hodisa suzish va regbida, 7% velopoyga, yugarish, voleybolda va 3% hodisalar dzyudo, tennis, gimnastika bilan shug’ullanishda qayd qilingan [67].

Tasodifiy o’lim hodisalarining alohida guruhini yurak sohasiga o’tkir bo’lmagan zarba natijasida vujudga keladigan, sud tibbiyoti amaliyotida yurakning reflektor to’xtashi yurakning lat yeyishi (contusion cardis) yoki chayqalishi (commotio cardis)dan o’lim deb tushuniluvchi tashkil qiladi (34). Amerika organizasiyasi Consumer Product Sofety Commition ning ma’lumotlariga qaraganda 1973 yildan 1995 yilgacha beysbol to’pining ko’krakka tegishi oqibatida AQShda 38 tasodifiy o’lim hodisasi yuz bergan. O’lganlarning asosiy qismini ilgari yurak kasalligi, aniqlanmagan 5dan 15 yoshgacha bo’lgan bolalar tashkil qilgan.

Ispaniyada M.R.Suarez-Miul tomonidan o’tkazilgan 1995 yildan 2001 yilgacha sportchilar tasodifiy o’limlarining tahlili shuni ko’rsatdiki, o’lgan sportchilarning 97% erkak jinsidagi shaxslar ekan. Olmon (nemes) mualliflari tomonidan o’tkazilgan 1972 yildan 2001 yilgachadagi tasodifiy o’lim tahlilida bu raqam 95%ni tashkil etdi. Amerikalik qayd qiluvchi ma’lumotlariga ko’ra esa 91%. Angliyalik 117 ta tasodifiy o’lganlarning 96% ham erkak jinsidagi shaxslardir. Shunday qilib, tasodifan o’lgan sportchilarning 91-97%- bu erkaklardir[65,66]. Tadqiqot jismoniy madaniyat va sport sohasidagi ITI (NIR) rejasiga muvofiq 2006 – 2010 yillarda Ukraina jismoniy madaniyat va sport Milliy universitetining yengil atletika, velosiped va qishgi sport turlari kafedrasida, 2.1.4. “Ko’p yillik tayyorgarlik bosqichlarida yengil atletikachilar sport mashg’ulotlarini mukammallashtirish” (davlat qayd qilish raqami 0106I010769) mavzusida olib borildi.

Amerikalik olimlar olib borgan tadqiqot maqsadi yosh shug’ullangan sportchilar tasodifiy o’limlarining klinik, demografik va patologik xususiyatlarini o’rganish bo’ldi. Yosh sportchilar tasodifiy o’limlarining 158 ta holatlari taxlil qilingan. 158 ta holatdan 24 tasi (15%) yurak-qon tomir xususiyatlaridagi sabablarga ko’ra bo’lmagan. Yurak qon-tomir patologiyasidan o’lgan 134 ta sportchining 120 tasi (70%) erkaklar bo’lishgan, 70(52%)tasi oq tanli va 59 (44%)tasi qora tanli. O’lganlarning o’rtacha yoshi 17 ni tashkil qildi (20dan 40 gacha). 80 (63%) holatda o’lim 15 va 21 soatlari orasida sodir bo’lgan.

Tasodifiy o’limning sababi yurak qon-tomir sistemasining turli kasalliklari bo’lishgn, ammo eng ko’p-gipertrofik kardiomiopatiya (GKM). “Sportda tasodifiy o’lim” tushunchasining rasmiy ta’rifi bevosita yuklama paytida, undan tashqari bemorni o’z faoliyatini o’zgartirish yoki to’xtatishga majbur qilgan birinchi simptomlar paydo bo’lgandan 1- 24 soat ichida sodir bo’lgan o’lim holatini nazarda tutadi.

Bu ta’rif hozirgi kunda o’z kuchida qolyapti, lekin ayniqsa marafonda intensiv uzoq yuklamadan keyin 2-3 kunda alohida patologik holatlarni vujudga kelishi mumkinligi haqidagi paydo bo’lish xabarlaridan so’ng, ehtimolki bu ta’rif o’zgarsa kerak.

A.G.Demboga (1989) binoan, jismoniy madaniyat va sport bilan shug’ullanish paytidagi tasodifiy o’lim sabablari 3 ta guruhga bo’linishi mumkin:

- bevosita sport faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan;

- bevosita sport bilan bog’liq bo’lgan;

- bosh, ko’krak qafasi, qorin jarohatlari;

Birinchi guruh ortirilgan yoki irsiy jihatdan avvaldan joylashgan kasallikning ma’lum bosqichda paydo bo’lgan va intensiv mushak faoliyati mavjud patologiyani faqatgina qo’zg’atuvchi, chuqurlashtiruvchi yoki murakkablashtiruvchi bo’luvchi patologik holatlarni o’z ichiga oladi. U.Andersonning (Andirson-1986)ma’lumotlariga ko’ra yashirin, aniqlanmagan yurak kasalliklari o’spirin sportchilar tasodifiy o’limlarining asosiy ko’p uchraydigan sababidir.

Amerikaning Leyk-Plesida shahridagi olimpiyskiy (sport saroyi) muzida ertalabki mashg’ulot paytida butun dunyoga mashhur Rossiyalik figurachi (figurali uchish) bir necha bor SSR, Rossiya jahon va olimpiya o’yinlari chempioni Sergey Grinkov o’zining sherigi va rafiqasi Yekaterina Gordiyeva bilan muz ustida navbatdagi professional shouga chiqish programmasini ishlashayotgan edilar. Sergey Katyani ko’tardi va kutilmaganda muzga quladi. Yiqilgan Sergey yonida Katya va murabbiy Marina bor edilar. Bir necha daqiqadan so’ng sport arenasiga tez yordam mashinasi yetib keldi, ammo u (tez yordam) o’zining butun aperativligiga qaramasdan birozgina kechikdi. Shifokorlar Adirondaks tibbiyot markazida 28 yoshli Rossiyalik umri uchun bir soat kurashishdi, ammo, afsuski biron narsa qilishga ojiz edilar. 12;28 da Gripkov vafot etdi.

Tasodifiy o’limning oraliq holatlari qo’shimcha omillar xavfi muhitidagi jismoniy yuklamalar paytidagi holatlar egallaydi. Ularga birinchi navbatda quyidagilar kiradi:


  • Surunkali infeksiya o’choqlari;

  • O’ta charchash;

  • Dopingga kiruvchi formokologik preparatlarni ishlatish (foydalanish);

  • Alkogol va nikotinli intaksikasiya;

  • Borolitrik gipoksiz;

  • Yuqori namlik bilan atrof muhitning yuqori temperaturasi qo’shilishi;

  • Sovuq suvga yiqilish (tushish);

  • Ochiq havoda uzoq vaqt ho’l kiyimda yurish;

  • Mashg’ulot va musobaqalardan so’ng issiq dush qabul qilish;

  • Ichilgan suyuqlikning yetari darajada emasligi;

  • O’tkir ruhiy stress;

  • Musobaqa sharoitlari;

  • Inson xususiyatini harakterlovchi oddiy dvigatel faollikning past darajasi.

Sportchilar bilan nima yuz berdi?

Hayot bilan sig’ishmaydigan doping dozalarimi yoki chidab bo’lmas yuklamalarmi? Musobaqalar paytida yuqori talablar bilan to’g’ri ilmaydigan kayf safo hayotmi? Faqat taxmin qilish mumkin, ammo shug’ullangan organizmlar ko’tara olishyaptimi (chiday olishmayapti)

2004 yilda Braziliya chempionati o’yinida “San Xaetanu” himoyachisi og’ir holatda zudlik bilan shifoxonaga jo’natilgan va u o’ziga kelmay o’sha yerda vafot etgan. Shifoxonada stadionga borgan tez yordam shifokorlar tomonidan qo’yilgan yurakning to’xtashi tashxisi tasdiqlangan. O’xshash holat bir necha soat ilgari (oldinroq) Buyuk Brinatiyada yuz berdi shu yilning yanvar oyida bunday holat Vengriya terma jamoasi o’yinchisi va Portugaliyaning “Benfika” jamoasi o’yinchisi bilan yuz berdi, 2003 yilning o’rtalarida esa o’yin paytida Kamerun terma jamoasi futbolchisi o’ldi.

Yevropa Birdamligi davlatlarining yetakchi kardiologlari yaqinda futbol maydonlarida sodir bo’lgan fojiali holatlar yuz bermasligi uchun amaldagi (faoloiyatlardagi) barcha sportchilardan yurak hastaliklarini tekshirish testlaridan o’tishga chaqirishdi.

Avstriya poytaxtida o’tgan Yevropa Birdamligi (hamkorligi) davlatlarining kordiologik Kongresida ma’lum qilindiki sportchilarni yurak qon-tomir kasalliklarini tekshirish va aniqlash uchun qabul qilingan dasturi bo’lgan yagona davlat Italiyaning tajribasi uning (programmaning) maydondagi yosh sportchilar halokatlari xavfini pasaytirish imkoniyatini va rentabiyaligini ko’rsatdi.

Statistik ma’lumotlarga ko’ra shunday dastur amalga joriy qilingan 1981 yildan boshlab Italiyaning Veneto pravinsiyasida sportchilarning yurak muammolaridan kelib chiqqan o’limlari koefisentini 89% pasaygan. Yana bir prinsipial tomon shu bilan bog’langanki, sport bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan odamlar o’z sog’liqlari haqidagi shifokorlar fikriga amal qilmaydilar va mavjud bo’lgan muammolarni yashirishga harakat qiladilar.

O’z vaqtida tashxis qo’yish va mavjud yurak qon tomir muammolarini hal qilish uchun Preobrajensk klinikasida ham standart ham innovasion metodlar (usullar)dan foydalaniladi.

Asosiy kardiologik sabablarga quyidagilar kiradi.



  • Ko’proq uchraydigan sabab GKM, yuklama paytida tasodifiy o’lim xavfining omili hisoblanadi (1\3 xolat).

  • Koronar arteriya paroklari (15 holatlar)

  • Miokarditlar

  • Aorta anevrizmasi yorilishi.

  • Aortal klapanning stenozi

  • ADPJ

AQShda o’tkazilgan ushbu tadqiqotning farqli ravishda Italiyaning shimoli sharqidan sportchilar tasodifiy o’limlarini ko’proq ADPJ (o’rtacha 25%) bo’lgan, GKM esa kamdan kam uchragan (2% holatlarda). Ushbu tadqiqot va Italiyada o’tkazilgan tadqiqot ma’lumotlarning bunday nomunosibligi ehtimolki ADPJning ginetik xususiyatlar bilan shartlangan holda alohida georgafik xususiyatlarda ko’proq uchrashidadir.

Muallif ushbu tadqiqotda muhimroq uchta sportchilar kichik guruhlarini ajratishdi.

Birinchi kichik guruhga aytopsiyada GKMning turli darajadagi morfologik ifodasi tasdig’ini topgan taxminan 10 % sportchilar kiritilgan. Ikkinchi kichik guruhga 2% atrofidagi tasodifiy o’lim sababini tushuntiruvchi morfologik sabablar yo’q bo’lgan. Extimolki, bu holatlarda o’lim turli sabablarga ko’ra sodir bo’lgan bo’lishi mumkin, masalan, uzaygan QT sindromi, Volff-Parkinson-Uayt sindromi, dorilardan foydalanganlik (aniqlanmagan), yurak va qon-tomir o’tkazuvchi sistemalarning tushunarsiz morfologik buzilishlari yoki ehtimolni aniqlamagan ADPJ (sigmentar fibroz yog’li almashish bilan). Uchinchi kichik guruhga aytoniyada koronar arteriyalarning intramural o’tishlari ko’rinishdagi yagona morfologik o’zgarish aniqlangan 5% sportchi kiritilgan. Ushbu ma’lumotlar yorug’ida katta extimol tarzda ko’rinadiki, koronar arteriyalarning miokard ko’prikchalari ko’p uchraydigan anatomik variant va tasodifiy o’lim xavfining shubxali omili bo’lishiga qaramay sport bilan intensiv shug’ullanishga individual moslashaolmaslik tomonidan klinik ahamiyatga ega bo’lishi mumkin.

Shifokorlar tasdiqlaydilar: agar sportchida yurak xastaligi bo’lsa, unda tasodifiy o’lim xavfi sportchi bo’lmagan odamdan ko’ra ikki, uch karra yuqori bo’ladi. Ammo nima uchun bu muammo haqida endi eng yorqin Rossiya hokkeychisi bilan fojeadan keyin gapirishdi. Shunday qilib, yuqorida keltirilganlardan shunday xulosa qilish mumkinki:



  1. Sportda tasodifiy o’lim bu bevosita yuklama paytida, undan tashqari sport faoliyatini to’xtatishga yoki o’zgartirishga majbur qilgan birinchi simptomlar (alomatlar) paydo bo’lgandan 1- 24 soat ichida ro’y bergan o’limdir.

  2. Tasodifiy o’lim ko’proq yoki davomi chidamlilikni talab qiluvchi, masalan marafon yoki dam olishdan darhol jismoniy zo’riqishga o’tiluvchi yoki bo’lmasa ko’krak qafasi ichida bosim ko’tarilishini chiqaruvchi jismoniy faollikni talab qiluvchi sport turlari bilan shug’ullanadigan sportchilarda uchraydi.

  3. Tasodifiy o’lim hodisalari chastotasi ishonarli tarzda har yili 6% yiliga ko’paygan

  4. 91 – 97% o’lgan sportchilar erkak jinsidagi shaxslardir.

  5. Sportchilar tasodifiy o’limlarining 93% yurak qon – tomir sistemalari buzilishidan kelib chiqqan.

  6. Sport tasodifiy o’limdan saqlanish uchun muntazam ravishda shifokor ko’rigidan o’tishi kerak, haddan ziyod shug’ullanishlardan, o’ta charchashdan, zararli odatlardan organizmni qizib ketishidan saqlash kerak.



  • Gipertrofik kardiometriya (GKMP) (26%)

  • Commotio cardis (20%)

  • Koronar arteriyalarning anotomiyalari (14%)

  • Nedifferalangan ChQG; (17%)

  • Miokarditlar (5%)

  • Aorta anavrezmasining uzilishi (3%)

  • O’QAD (3%)

  • “Tunil” koronar arteriyalar (3%)

  • Aortal stenoz (2,5%)

  • YuIK (2,5%)

  • DKMP (2%)

  • MK miksomasi (2%)

  • Bronxal astma (2%)

  • Issiq urish (1,5%)

  • Boshqa (1,5%)

  • Uzaygan QT sindromi (1,5%)

  • Sarkaidoz (1%)

  • Bosh miya arteriyalari uzilishlari (1%)

  • Jarohatlar (1%)

3.1- rasm. Yosh sportchilarni tasodifiy o’lim sabablari:

ChQG-chap qorinchaning gipertrofiyasi;

ChQAD-chap qorinchaning aritmogan displaziyasi; (ADPJ)

YuIK-yurakning ishyamik kasalligi;

DKMP-diolotasiyasi kordiomionatiya;

MK-mitral klapan;

BM- bosh miya;

GKMP- gipertrofik kardiomiopatiya;

Sportchilarda gipertrofik kordiomiopatiya-bu simmetrik, ottak yo’llarining buzilishlarisiz, sport bilan shug’ullanish to’xtatilgandan so’ng teskariga rivojlanish (qaytish) imkoniyati bilan 13mm dan qalin bo’lgan chap qorincha devorlarining miokard gipertrofiyasidir [32].

Sportda yurak qon-tomir funksiyalarining buzilishidan kelib chiqadigan tasodifiy o’lim kardiologiyasining alohida soxasini egallaydi. Bu chuqur va murakkab tibbiyot muammosi. Sportda tasodifiy yurak o’limi uchta kategoriyaga bo’linishi mumkin:



  • Ko’krakka kuchli va keskin zarba yurakning fatal aritmiyasini keltirib chiqaradigan Commptio Cardis sindromi;

  • Asosan strukturali, odatda irsiy bo’lgan yurak kasalligidan yosh (30 yoshdan kichik) sportchilarning tasodifiy kordial o’limlari;

  • 30 yoshdan yuqori bo’lgan sportchilar tasodifiy o’limlarining asosiy sababchisi bo’lgan yurakning ishyamik kasalligi va asosan yugurish, velopoyga va intensiv dinamik yuklamali sport turlarida yuzaga keladi.

Tasodifiy o’lim sabablari orasida jarohatlar alohida o’rin tutadi. Ko’pincha o’lim tananing quyidagi qismlarida og’ir jarohatlardan yuzaga keladi: bosh, bo’yin, ko’krak, qorin soxasi.

g) sportda shikastlanish (tramma) oqibatida yuzaga keladigan o’lim.

Ko’pincha o’lim tananing quyidagi qismarida og’ir jaroxatlardan yuzaga keladi: bosh, bo’yin, ko’krak, qorin sohasi, bosh jarohatlari, bosh chanog’i jarohatlari.



Bosh chanog’i jarohatlari to’qnashuvlar ko’p bo’ladigan sport turlarida anchagina keng tarqalgan. Ular diffuzi yoki o’choqli bo’lishi mumkin.

Diffuzli:

  • Yengil; o’zidan ketish va amneziya davri yo’q (grekcha omnesia unutuvchanlik, xotirani yo’qotish). Amneziya-avval o’zlashtirilgan bilimlarni saqlash va esga olishning yo’qotilishi ko’rinishidagi xotira buzilishi.

  • O’rtacha: ma’lum darajada o’zini yo’qotish.

  • Og’ir: aksonal shikastlar, nevrologik va ruxiy buzilishi qolishi bilan 6 soatdan ortiq hushni yo’qotish.

O’choqli:

Bu chanoq ichi gematomalari (grekcha haima, haimatos qon-ota)-a’zolar va terilarning qon tomirlar kesilishi ochiq va yopiq shikastlarida cheklangan miqdordagi qon to’planishi; bunda suyuq yoki quyuq holdagi qon bo’lgan bo’shliq yuzaga keladi.

Davolash: o’z ichiga reanimasiyani (lotincha takrorlash, yangilash ma’nolarini bildiruvchi old qo’shimcha-animation-jonlanish; organizm jonlanishining sinonimi)-so’nib borayotgan yoki endigina so’nggan organizmning hayot finksiyalarini tiklashga yo’naltirilgan choralar kompleksi.

Bosh chanog’i tashqarisi jarohatlari:

Bosh chanog’i tashqarisi jaroxatlari kontaktli sport turlarida va yuqori tezlikdagi sport musobaqalarida tarqalgan (masalan, futbol yoki tog’ chang’isi kabi sport turlarida). Past bo’lsada nafas olshi yo’llari buzilishi va yuzning badbashara bo’lish ehtimoli mavjud. Jarohatlar yuz skeleti sinishlari va tish jaroxatlarini o’z ichiga oladi. Kapa va shilamlar bunday jarohatlarni oldini olish mumkin. Ham ustki ham pastki jag’ suyaklarini sinishi mumkin.

Davolash:

Davolash nafas olish yo’llarini tiklash, qon oqishini nazorat qilish (burin tamponlari; ichki bosh chanoqlarida hirurgik aralashuvi) va 3 hafta davomida hirurgik (jarrohlik) mo’tadillashuvidan iborat.



Ko’krak jarohatlari:

Bevosita hayotga xavf: obstruksiya (yo’llarning to’silishi, masalan, o’t yoki havo).

Pnevmotoraks (plevral bo’shlikda havoning yig’ilishi).

Bevosita hayotga xavf: nafas olish yo’llarining obstruksiyasi, zo’riqqan ochiq pnevmotoraks, katta imotoraks, “liqillab turgan” (“boltayuщayasya”) ko’krak qafasi (ko’krak yoki qovurg’alar sinishida) va yurak tomponadasi.

Hayot uchun potensial xavfli: miokardial shikast (Commotio cardis sindromi), o’pka shkasti, aorta, nafas olish yo’llarining, ovqat hazm qilishning buzilishi va katta grija.

Davolash: Aniq tashxis va tezkor reanimasiya juda muhim (pnevmotoraksda nevral drenaj trubasi bilan).

Bosh jarohatlari oromida bosh chanoq jaroxatlari to’qnashuvlar ko’p bo’ladigan turlarda keng tarqalgan. Ular diffuzli yoki o’choqli bo’lishi mumkin. Diffuzli: yengil, xushni yo’qotish va amniziya davri yo’q, o’rtacha-ma’lum darajada xotirani yo’qotish va og’ir aksinal shikastlar, nevrologik va ruhiy buzilishlar qoluvchi xushni 6 soatdan ortiq yo’qotish. O’choqli: bu ichki gemotomalar (miya shikasti, ichki miyali ekstradual) boshni konyutar tomogramma qilganda aniqlanuvchi subdural gematomalar.

Bosh chanog’i tashqarisi jarohatlari kontaktli sport turlarida va yuqori tezlikdagi sport musobaqalarida tarqalgan (masalan, futbol yoki tog’ chang’isi). Past bo’lsada nafas olish yo’llarining buzilishi va yuzning badbashara bo’lishi ehtimoli mavjud. Jaroxatlar yuz skeleti sinishlari, tish jarohatlarini o’z ichiga oladi. Kana va shlyamlar bu jarohatlarni oldini olishi mumkin. Ham usti ham pasti jag’ sinishi mumkin.



Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish