O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


II BOB. Patalogik “Sportcha yurak” va uning o’rganish uslubiyati



Download 2 Mb.
bet3/7
Sana23.02.2017
Hajmi2 Mb.
#3206
1   2   3   4   5   6   7

II BOB. Patalogik “Sportcha yurak” va uning o’rganish uslubiyati.

Patologik “sportcha yurak” tasavvuri asosida shunday konsepsiya yotadiki, unga muvofiq mushaklarning keragidan ortiq taranglashishi (ham o’tkir, ham uzoq vaqt va tez-tez takrorlanib turuvchi) miokardda asta-sekin yurak hastaliklari (nuqsonlari) ni keltirib chiqaruvchi, ba’zan o’lim bilan tugaydigan patologik o’zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin. G.F.Langning hisoblashicha, bunday holatlarda yurakda distrofik o’zgarishlar ko’rinishida namoyon bo’ladigan yurak muskullarining zo’riqishi sodir bo’ladi. Bu o’zgarishlar ma’lum bosqichlarda qaytariluvchi hodisa hisoblanadi. Agarda bunday yuklamalar davom etaversa, bu o’zgarishlar qatmas bo’lib qoladi va mushak tolalarining nekrozi ko’rinishida namoyon bo’ladi. Tasodifiy o’lim yurak qorinchalarining tez-tez qisqarishi, miokardda kuchli biokimyoviy o’zarishlar oqibatida uning o’tkazuvchanlik va qo’zg’aluvchanlik funksiyalarining keskin buzilishi natijasida yuz berishi mumkin. Agar bu holat sodir bo’lmasa, mushak tolalari nekrozi joyida, asosan yurakning chap qorinchasida chandiqli biriktiruvchi to’qima, ya’ni kardioskleroz taraqqiy etadi. Bunday o’zgarishlar yurak ish qobiliyatini chegaralab strukturali yurak nuqsonlari (kasalliklari) rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. Ularning yuzaga kelish vaqti bemorning hatti-harakatiga bog’liq bo’ladi.

Patologik “sportcha yurak” ning ushbu rivojlanish jadvali umuman zamonaviy tasavvurlarga mos keladi, biroq so’nggi ilmiy ma’lumotlar nuqtai nazaridan unga bir oz aniqlik kiritilishi va kengaytirilishi lozim. Eng yangi biokimyoviy ma’lumotlar G.F.Lang konsepsiyasi asoslarini o’zgartirmaydi, lekin bir qator masalalarni yangicha ko’rib chiqish imkonini beradi.

Patologik “sportcha yurak”ning kelib chiqishida, xususan, jismoniy zo’riqish oqibatida miokard distrofiyasining kelib chiqishida oqilona bo’lmagan yoki odatdagi bo’lmagan yuklamalar, hamda intensiv jismoniy yuklamaning kuchli aqliy ish yoki salbiy hissiyotlar bilan uyg’unlashuvi sezilarli o’rinni egallaydi. Bunda surunkali infeksiyalar o’chog’ining bo’lishi muhim rol o’ynaydi. Hozirgi kunda fiziologik “sportcha yurak”dan patologik holatga o’tish va yurak nuqsonlarining taraqqiy etishi odatda asta-sekin va sportchi uchun sezilmaydigan darajada kechishi to’g’risidagi holat o’ta muhim va o’z kuchini to’la saqlagan holat bo’lib hisoblanadi. Yuqorida aytilganidek, sportchining o’zini juda yaxshi his qilishi va yuqori funksional holati patologik o’zgarishlar va patologik holatlarni bartaraf etish maqsadida hamma vaqt albatta obyektiv izlanishlar bilan mustahkamlanib borishi lozim. [4,5].

Yurak kasalliklarini organik va funksional kasalliklarga bo’linishi to’g’risida bir ikki og’iz so’z aytish lozim. Bunday bo’linish, ayniqsa, sport tibbiyotida keng tarqalgan. Sport shifokorlari orasida agar yurakdagi o’zgarishlar funksional bo’lsa, tashhisga aniqlik kiritish zarurati yo’qligi va sportchi maxsus shifokor ko’rigini talab qilmasligi to’g’risidagi tasavvurlar keng tarqalgan. Bu juda katta xato hisoblanadi, chunki funksional kasalliklar organik kasalliklarga nisbatan jiddiyroq ba’zan xavfliroq bo’ladi. Tashxis qo’yayotgan shifokor tomonidan morfologik o’zgarishlarning aniqlanmasligi yoki aniqlanishi kasallikning kechishini ham, o’tishini ham belgilamaydi.

Bitta organ yoki organlar tizimi funksiyalaridagi o’zgarishlar asosida qo’pol anotomik o’zgarishlar ham, molekulyar darajada sodir bo’luvchi o’zgarishlar ham yotishi mumkin. Bu o’zgarishlarni hozirgi kunda faqat zamonaviy tadqiqot usullari yetarli darajada takomillashmaganligi tufayli aniqlash mumkin emas. Shu bilan birga yaxshi ma’lumki, hujayralardagi hatto kichik molekulyar o’zgarishlar ham ularning biologik faolligiga sezilarli ta’sir etishi mumkin. Shuning uchun kasalliklarni qaytariluvchi va qaytarilmaydigan kasallik turlariga ajratish to’g’riroq bo’ladi. Bu tushunchalar esa “funksional” va “organik” tushunchalariga mutlaqo o’xshash emas.

Bunga yaqqol misol bo’lib G.F.Lang tomonidan taklif etilgan “miokard distrofiyasi” tashxisi xizmat qiladi. Bu xolat avval o’zining hech qanday isbotini topmagan edi. Hozir bu kasallikda morfologik o’zgarishlar avval qaytariluvchi, keyin qaytarilmaydigan o’zgarishlar aniq namoyon bo’ladi. Shuningdek, yaqin kunlarda tarqalgan yurak qorinchasi nekrozi va boshqalar singari “funksional” tashxislar ham yo’qolib ketdi, chunki ularda aniq morfologik substrakt namoyon bo’ladi. Hozirgi kunda miokardning distrofik o’zgarishlar garchi ular ayrim bosqichlarida qaytariluvchi bo’lsada ular hamma vaqt organik bo’lishi to’g’risidagi dalillar hech qanday shubha uyg’otmaydi.

Ma’lumki, sportchining holatidagi u yoki bu o’zgarishlar obyektiv tasdiqlanadigan morfologik substratga ega bo’lmasa va u funksional xarakterga ega bo’lsa bunday ta’kidlash bilan cheklanib qolish va shu asosda ularni kasallik emas, balki “chetlashish” deb hisoblash mumkin emas. Shunday har bir “chetlashish” vaqtida uning kelib chiqishini batafsil aniqlab olish va albatta tashxis qo’yish zarur, chunki barcha funksional kasalliklar umumiy qabul qilingan konkret belgilarga ega va o’ziga organik kasalliklarga nisbatan ko’proq ahamiyat berishni talab qiladi.

Patologik “sportcha yurak” aniq ko’rinishlarini bayon etishga avvalo shuni aytib o’tish kerakki, patologik “sportcha yurakka” A.G.Dembo (1989) sog’lom odamda jismoniy mashqlar bilan nooqilona shug’ullanish, birinchi navbatda haddan ortiq jismoniy yuklamalar natijasida kelib chiqadigan kasalliklarni kiritadi. Bu eng avvalo o’tkir va surunkali jismoniy va hissiy (emosional) zo’riqish oqibatida yuzaga keladigan miokard distrofiyasidir. Biz sport bilan shug’ullanish ta’siri ostida namoyon bo’ladigan yurak-qon tomirlar tizimi kasalliklariga to’xtalib o’tmaymiz. Bu guruhga yurakning tug’ma va orttirilgan paroklari, gipertonik kasallik, kardeoskleroz, ateroskleroz va boshqalar singari turli yurak kasalliklarining kuchayishi kiradi. Bu kasalliklarning patologik “sportcha yurak”ning ko’rinishlari sifatida qarash mumkin emas. Biroq, kuzatishlarimiz shuni ko’rsatadiki, sport mashg’ulotlari ta’siri ostida ular ertami yoki kechmi baribir namoyon bo’ladi, buning ustiga ko’pchilik hollarda bu sportchilarni nogiron qilib qo’yadi yoki hatto uning o’limiga sabab bo’lishi mumkin. Shuning uchun sportchilarning barcha yurak-qon tomirlar tizimi kasalliklari ularga erta tashxis qo’yish, to’g’ri klinik baholash usullarini, ularni oqilona va samarali davolash usullarini va eng muhimi bu kasalliklarni oldini olish tadbirlarini ishlab chiqish maqsadida murabbiy va sport shifokorlarining jiddiy e’tibori predmeti bo’lishi zarur.

Ushbu parografda faqat sportchilarda arterial bosimning (AB) o’zgarishlari va yurak ritmining buzilishlari to’g’risidagi ma’lumotlar bayon etiladi.



a) arterial qon bosimi (AB) o’zgarishi

Sportchilarda AB o’zgarishini to’g’ri klinik baho berishning dolzarbligiga shubha yo’q. Gap faqat AB o’zgargan darajasidagi shaxslarga sport bilan shug’ullanish mumkinmi yoki yo’qligi haqida emas balki, giper va gipotonik kasalliklarning dastlabki faza va bosqichlarida aniqlash va klinik baho berishda hali. afsuski hozirgi kunda ham sport tibbiyoti amaliyotida bu savollarga aniq va yaqqol javob yo’q. Sportchilarning AB ko’tarilgan har bir holatda, xuddi sog’aytiruvchi jismoniy madaniyat bilan shug’ullanuvchi insonlar singari differensial diagnostik analiz qilish shartligini isbotlash amrimahol. Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanadiganlarning AB o’lchash sport shifokorlari tomonidan allaqachondan beri o’tkazilsada, haligacha sport bilan shug’ullanuvchilarga qanday bosim xos ekanligi aniqlanmagan. Mamlakatimizda aholining turli guruhlari orasida AB o’zgarishini erta aniqlash undan tashqari tashqi sharoitning (mehnat xususiyati, jinsi, yoshi) AB darajasini o’rganish maqsadida ommaviy tizimli ABni o’lchashlar amalga oshiriladi, ammo sportchilar orasida bunday ommaviy izlanishlar o’tkazilmaydi. Turli mualliflar [16,34,66,67] tomonidan olingan sportchilarning AB kadrlari tasodifiy xarakterga ega va bu bizning fikrimizga quyidagi 3 holat bilan tushuntiriladi; birinchidan, uncha ko’p bo’lmagan shaxs o’rganilgan, bu olingan dalillarga yetarlicha ishonchlilik berilmaydi: ikkinchidan, tekshirilgan sportchilar guruhi bir turdagi bo’lishmagan, odatda mashg’ulot davrining sport sohasini hisobga olish yetarli bo’lmagan va hokazo. Shu bilan birga boshqa faktlar ham (ayniqsa mashg’ulot jarayonining yo’nalishi) AB darajasiga sezilarli ta’sir qiladi va uchinchidan turli mualliflar AB normal baholashda turli usullardan foydalanishgan [58].

O’ta jismoniy yuklamani uncha katta bo’lmagan lekin, doim shu insonning imkoniyatlaridan oshib borish deb tushunish yuklama darajasini baholashni qiyinlashtiradi. Bunaqa bahoninig murakkabligi zamonaviy jamiyatda inson yuragi holatining funksional darajasiga qarab uning (jamiyatning) ikkiga bo’linishidadir. Bu guruhlar jismoniy yuklamani ko’tarish qobiliyatiga diametral qarama-qarshidir.

Birinchi guruhga soni har doim ortib boradigan jismoniy madaniyat va sport bilan shug’ullanuvchi shaxslar kiradi. Ular uchun, ayniqsa, sport yutuqlarini ko’tarilib borishini ta’minlovchi funksional holatning yuqori darajasi sportchilarga xosdir. Ikkinchi guruhga mehnat faoliyatida jismoniy faollik asta-sekin tushib boruvchi va shifokorsiz vaqtlarda doimo bajaravermaydigan shaxslar kiradi. Bunga jismoniy mehnatni o’rnini bosuvchi (almashtiruvchi) mukammal yangi mashinalarni yaratilishi, ishlab chiqarishning avtomatlashtirilishi sabab bo’lmoqda. Shunday qilib, yurak holatining funksional darajasi yuqori va oshib boruvchi sportchilar bilan birga zamonaviy jamiyatda detreniryalangan yurakli deb ataluvchi insonlar ham ko’p ekan.

Bu muammoning muhim muammolaridan biri bu-sportchi va jismoniy madaniyat bilan shug’ullanuvchilarning kutilmagan o’limini analiz qilishdir. Sportchilarning o’limi sabablarining savollarini o’rganish sportchilarda kasalliklarning profilaktiyalash vositalarini ishlab chiqishda muhim rol o’ynaydi. Uzoq yillik sport faoliyati muammosini ochishda va boshqalar yordam beradi. Darhol aytamiz gap faqatgina ichki a’zolar kasalliklari tufayli bo’ladigan o’limlar haqida ketadi.

Bu savol ikkita savolga ega. Birinchisi, umuman sportchilar nimadan o’lishadi? Va ikkinchisi sportchilarning bevaqt o’limining sabablari nima? Birinchi savol juda qiziq va kam o’rganilgan. Shu bilan birga juda ham muhim bo’lardiki, sport bilan shug’ullanish o’lim tuzulishida biron bir belgi qoldiradimi va u sport bilan shug’ullanmaydiganlardan farq qiladimi? Bu muhim amaliy qiymatga ega. Ikkinchi savol esa yildan yilga dolzarblashib boryapti, chunki sportchilarning tasodifiy o’limi oshib bormoqda.

2.1 jadval Sportchilar va sport bilan shug’ullanmaydigan shaxslar orasida ko’tarilgan AB ning aniqlanish chastotasi (% hisobida) [1].


Yosh (yil)

Tekshirilganlar guruhlari

Sportchilar

Sportchi bo’lmaganlar

16-19

20-24


25-29

30-39


40-49

10,7

11,8


15,1

17,1


24,7

2,4

4,1


5,4

7,1


15,4

Hammasi bo’lib

11,4

9,9

Sportchilarda ABning ko’tarish etiologi va patogenezi asosida ham sport bilan shug’ullanmaydiganlardagi omillar yotadi (2.1. jadval). Gipertonik kasallikning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi turli omillar orasida nasliy moyillikni alohida aytib o’tish kerak. Lekin shunday moyillikni namoyon bo’lishi uchun ya’ni gipertonik kasallik bilan kasallanish uchun alohida sharoitlar kerak. Sportda shunaqangi sharoitlarga haddan ziyod jismoniy va emosional yuklamalar, undan tashqari kuchli shakllantirish bilan bog’liq bo’lgan mashg’ulot jarayonining ma’lum tomonga yo’nalganligi ham kiradi. Agar sport bilan shug’ullanish to’g’ri olib borilsa (muntazam ravishda haddan ziyod yuklamalarsiz) ular (sport mashg’ulotlari) AB o’sishining sababi bo’lishi mumkin emas. Sportchilarda jismoniy zo’riqish tufayli gipertonik holatning paydo bo’lishi ehtimolini A.G.Dembo (1980) ham ko’rsatgan. Bunday gipertonik holatning yuzaga kelish ehtimolini mualiflar tez-tez takrorlanib turuvchi haddan ziyod jismoniy va emosional zo’riqish tufayli simpotoadrinal sistemaning funksional zo’riqishidan deb tushuntiriladi, ayniqsa labil va endokrin asab tizimi odamlarda (2.1 ,2.2 va 2.3 rasmlar). Belgilanganki [61,70] talaba sportchilarning ABning oshishiga imtixonlar va sport musobaqalari ta’sir qiladi, shu bilan birga vozomotor markazlarning reaktivligi balandroq bo’lgan shaxslarda AB ko’tarilishi ko’proq amplitudasi va barqarorligi bilan ajralib turadi. Adabiyotlarga mos keluvchi bu ma’lumotlar imtixon patlarida sport mashg’ulotlari intensivligini pasaytirish maqsadida muvofiq deb hisoblashga imkon beradi. Ruhiy zo’riqishning gipertonik kasallikning etilogi va patogenezida ahamiyati haqida gapirganda, shuni ko’rsatish muhimki emosiyaning xarakteri va kuchli tomondan, ABning ko’tarilishi, ikkinchi tomondan to’g’ri miqdoriy jihatdan o’zaro munosabati yo’q. Har bir insonni emosiya (his hayajon) doirasi o’ziga xos va individual bo’lganli uchun turli odamlarda ruhiy jihatlar bahosi turlicha bo’lishi ma’lum. Lekin gipertonik kasalliklarni rivojlanishi uchun ruhiy zo’riqishdan tashqari tomir tonusi potensial ko’tarilishi uning tushishidan ko’ra yuqoriroq bo’lgan holda vozomotor asab apparati qo’zg’alishi ko’tarilgan bo’lishi kerak. Bunaqa sharoitlarda har qanaqangi haddan ziyod, yuklama rejimning buzilishi, kasallik, ruhiy zo’riqish va hokazolar vozomotor markazlarning ko’tarilgan reaktivligini kuchayishi va AB ko’tarilishini chaqirish mumkin.

- sportchilar

-sport bilan

shug’ullanmaydiganlar.

2.1.Rasm. O’lganlarning o’rtacha yoshlari va qon-tomir kasalliklardan o’lganlarning kattagina qismi.



прямоугольник 55 - sportchilar

прямоугольник 54

- Sport bilan

shug’ullanmaydiganlar

1kv – boshqa sabablar

2kv – yurak tomir kasalliklari

2.2- rasm. Sportchilar va sport bilan shug’ullanmaydiganlar o’limi sabablari.

74

прямоугольник 52прямоугольник 49прямоугольник 53 65 72 73

прямоугольник 48прямоугольник 51 55 64 72

прямоугольник 43прямоугольник 42прямоугольник 44прямоугольник 45прямоугольник 46прямоугольник 47прямоугольник 50 25 34 35 44 45 54

прямая со стрелкой 41

-прямоугольник 40 sportchilar



прямоугольник 39

- sport bilan shug’ullanmaydiganlar

2.3-rasm sportchilar va sport bilan shug’ullanmaydiganlar yurak-tomir kasalliklaridan o’lishining yoshiga qarab taxminiy ma’lumoti (% hisobida).

Turli ixtisoslikdagi sportchilarda gipertonik holatining potogenezida bir qator boshqa omillar ham ahamiyat kasb etishi ehtimol. Masalan, bokschilarda boshga beriladigan zarbalar izsiz ketmaydi, futbolchilarda esa to’pni bosh bilan qabul qilishda AB regulyasichsini buzilishiga olib keladigan (boshda) miyada mayda nuqtali distruktiv o’zgarishlar namoyon bo’lishi mumkin.

Hozirgi kunda gipertonik kasalliklarning klassifikasiyasi qabul qilingan. Demak, G.F.Long uni (klassifikasiya) III bosqichga bo’ladi; I-bosqich, A-faza latentli yoki predipertonik; B-faza o’tuvchi (tronzimotorli); II-bosqich: A-faza o’zgaruvchan; B-faza barqaror (stabil); III-bosqich ; A-faza kompensasiyalangan, B-faza-dekompensasiyalangan.

Afsuski, sport tibbiyoti adabiyotida ba’zida sportchilar uchun eski klassifikasiyadan foydalanilgan, ayrim ishlar ham paydo bo’lishyapti. Bunday hollarda bu mualliflarning ma’lumotlarini klinik adabiyot bilan solishtirishning iloji yo’q. Turli mualliflarning, sportchilarning ABga bag’ishlangan izlanishlari uchun ko’rsatadiki, kasallikning dinamikasi o’rtacha 11-14%ni tashkil qiladi. Gipertoniya aniqlashning chastotasi sportchilar va sport bilan shug’ullanmaydiganlarda jinsi va yoshiga bog’liqligi ehtimol. Ko’tarilgan AB erkaklarda ayollarga nisbatan 3 marta ko’proq aniqlangan [Dembo, 1989]. Bu chastota erkak va ayollarda yoshiga qarab turlicha ko’tariladi. Demak, agar 15dan 17 yoshgacha bo’lgan erkak sportchilarda ABning ko’tarilishi 11,2% bo’lsa va 30 va undan katta yoshda faqatgina ikki martaga ortsa mazkur yosh guruxlarida ayollarda u 4,3 va 15,9 ga teng, ya’ni deyarli 3,5 martaga ko’tariladi [4.5].



b) yurak ritmining buzilishi.

Yurak ritmining buzilishi sog’lom shaxslarda ham, kasallarda ham tez-tez uchraydigan elektrokardiogramma o’zgarishidir [13,17,49,58,63,69].

Yurak ritmi buzilishi etiologiyasi va potogenezining bir qator asosiy savollari yechilgan deb hisoblash mumkin emas, hattoki bu buzilishlarning umumqabul qilingan klassifikasiyasi ham yo’q.

Yurak faoliyatining ritmi yurakda nozik o’zgarishlarni namoyon qiladi va yurakning ayni paytdagi holatini yetarlicha aniq xarakterlaydi. Shuning uchun yurak termini aniqlash uning umumiy holatiga baho berishda muhim ahamiyatga ega. Shu narsani e’tiborga olish kerakki, gap faqat yurak qisqarishlari chastotalarining o’zgarishlari va yurakning alohida qisqarishlari orasidagi interval (masofa) haqida emas, balki eyritmni deb nomlanuvchi va faqatgina elektrokardiografik izlanishdagina ma’lum bo’ladigan ritmik kompleks orasidagi (ichidagi) ritmlar buzilishi haqida ham boryapti. Sportchilarda yurak ritmining buzilishi patologik xususiyatga ega bo’lishini inobatga olgan holda, ularning to’g’ri klinik bahosi sport shifokorining muhim va yetarlicha murakkab vazifasidir. Bu vazifaning murakkabligi yana shu bilan aniqlanadiki, bir qator mualliflarning fikriga ko’ra, asab omillari ta’sirida yurak ritmining buzilishi faqatgina miokardda qandaydir patologik o’zgarishlarda bo’lishi mumkin [42,57]. Bularning hammasi shunga guvohlik beradiki sportchilarda yurak ritmining buzilishini har doim ham norma varianti sifatida baho berish mumkin emas. Shu bilan birga ushbu buzilishlar analiziga bag’ishlangan ishlarda ular ko’pincha funksional, norma varianti, “sportcha yurak”ning xususiyati va boshqalar talqin qilinadi [6,17,21,29,43].

Sport tibbiyoti adabiyotida sportchilarda yurak ritmi buzilishining puxta klinik analiziga yetarlicha e’tibor berilmaydi va alohida mualiflar tomonidan aritmiyani “yurak funksional holati darajasining tushishi natijasi” deb ko’rsatilishi sababini emas oqibatini xarakterlaydi va shifokorni qondira olmaydi. Har bir ritm buzilishini funksional deb hisoblab va “sportcha yurak”ning xususiyatlariga qo’shishdan avval chuqur klinik analizga yo’naltirilishi kerak.

Bizning fikrimizcha sportchida yurak ritmi buzilishi chastotasi haqidagi mabaa ma’lumotlarining turlicha umumqabul qilingan izlanish metodikasining yo’qligi bilan bog’liq. Ko’p izlanuvchilar shu maqsad uchun bir kanalli priborda (anjomda) har birida 4-5 kardiosikldan hammasi 12 otvedeniyada, ya’ni hammasi 50-60 kardiosikl tushirilgan EKG analizidan foydalanishadi, modomiki so’nggi yillarda amaliyotda EKGning bir vaqtda 6 otvedeniyada yozishga imkon beruvchi ko’pkanalli registratorlar ko’proq ishlatilayotgan ekan, butun elektrokardiografik yozuv odatda 10-12 tadan ko’p bo’lmagan kardiosikllarni o’z ichiga oladi.

Sport tibbiyoti adabiyotida yurak qisqarishining avvalida navbatsiz yurak ritmining paydo bo’lishi tushuniluvchi va uning fiziologik kelib chiqishini ta’kidlanuvchi “qo’shilishning ekstrasistolasi” [5,11] deb ataluvchi termin uchraydi.

Sportchilarda yurak ritmi buzilishi tasvirining barcha variantlarini ko’rib chiqish, ularni rivojlanish mexanizmi, umumiyligi birlashtirib turadi degan xulosaga kelishimizga imkon beradi. Bu umumiylik birinchi navbatda ritmning sinusli boshqaruvchisi faolligining ezilishida miokardning pastda yotuvchi bo’limlarida avtomatizmning passiv geteropli o’choqlarining paydo bo’lishi haqidagi, ma’lum patofiziologik qarashlardan iborat. Yurak ritmi buzilishining bu rivojlanish mexanizmi birligi, ya’ni bir avtomatizm bo’lishidan boshqa biriga hattoki bir martalik tekshiruv paytida ham o’tishi bilan tasdiqlanadi. 2.4-rasmda jismoniy yuklamagacha qayd qilingan ritm tuguni sinusga o’tgan, masalan, sportchining elektrokardiogrammasi keltirilgan.

Yпрямая со стрелкой 38uklamagacha

полилиния 36полилиния 37

прямая со стрелкой 34прямая со стрелкой 35

Darhol yuklamadan keyin



полилиния 31полилиния 32полилиния 33

Yuklamadan 3 daqiqa o’tgandan keyin



полилиния 28полилиния 29полилиния 30

2.4-rasm. Ekstrasistolali tipdagi yurak ritmi buzilgan sportchining elektrokardiogrammasi.



d) Jismoniy zo’riqish oqibatida yuzaga keladigan yurak miokardining distrofiyasi.

Haddan ziyod jismoniy zo’riqish natijasida yuzaga keladigan miokardning distrofiyasi yurakning patologik o’zgarishlari orasida muhim ahamiyatga ega. Bu narsa unga alohida bo’lim (bob) ajratishga majbur qiladi.

G.F.Lang miokardning distrofiyasi haqida ta’limot yaratganiga 50 yil bo’ldi. U bu tushunchada bugungacha miokardiopatiya, miokardoz, yurakning miodegenerasiyasi, yurakning miosteniyasi va boshqa terminlar bilan ataluvchi va asosida almashish jarayonlarining buzilishi yotuvchi, yallig’lanish va koronar kelib chiqishga mansub bo’lmagan barcha yurak mushaklari kasalliklarini jamladi. G.F.Lang “miokardning bu o’zgarishlar kategoriyasi nazariy va amaliy muhimdir” deb adolatli ta’kidlab, miokardning distrofiyasini 1935 yildagi Butunittifoq teropevtlarning XII syezdida qabul qilingan va hozirgacha amal qiladigan yurak -tomir kasalliklar klassifikasiyasiga kiritdi. Shuni aytish kerakki miokardning distrofiyasi muammosi nafaqat sport tibbiyotiga, balki umuman klinikada katta ahamiyatga ega. Eng avvalo miokardning distrofiyasi uning keng ma’nosida, miokarditda, yurak paroklarida, koronar ateroskelerozda va boshqa shu kabi har qanday yurak yetishmovchiligi asosida yotadi. Bu holatlarda miokardning distrofiyasi mustaqil kasallik bo’lmaydi va asosan yurakda patologik jarayonlar bilan shartlangan (bog’langan).

Biroq miokardning distrofiyasi, turli elektrokardial sabablar bilan chaqirilgan mustaqil kasallik ham bo’lishi mumkin. So’zning tor ma’nosida, organizmning turli kasalliklarida: qon kasalliklarida, ovqatlanishning endokrin, almashish va boshqa buzilishlarida, o’tkir va surunkali jismoniy zo’riqishda yuzaga keladigan bu distrofiya sport tibbiyotida alohida ahamiyatga ega.

Klinik tibbiyot miokardning distrofiyasiga mustaqil kasallik sifatida qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda va bu patologiya zamonaviy kardiologiyada asosiy o’rinni egallovchi koronar patologiya bilan muvaffaqiyatli raqobatlashishni boshlamoqda.

Biroq hozirgi kunda miokardning distrofiyasi mutlaqo sog’lom odamda nafaqat jismoniy balki ruhiy zo’riqishda ham paydo bo’lishi mumkinligi ma’lum. Emotsional stressning miokardga ta’sirini tramplindan sakrovchilarning teleelektrokardiogrammasini tasvirini olgan bir qator mualliflar tomonidan ishonarli tasdiqlangan (2.5 rasm).



полилиния 27

полилиния 26 Mashg’ulotdan oldin

полилиния 25

Sakrashdan oldin (yurak qisqarishlarining

ko’payayotganligi ko’rinib turibdi)

полилиния 24

Havoda sakrash paytida.

2.5-rasm. Tramplindan sakrovchilarning teleelektrokardiogrammasi. Pastdagi EKGda elektr alternatsiya, elektrosistol T tishining inversiyasi aniqlangan. Bu o’zgarishlar og’ir emosional stresslar natijasida miokardning o’tkir neytrodistrofiyasi bilan bog’liq [15,47,48,49,50,51,52].

Bajariladigan ish va uning bajarilishida organizmning imkoniyatlari orasida moslik zamonaviy tibbiyotning asosiy, murakkab va ma’suliyatli umumiy klinik muammolaridan biri hisoblanadi. Turli organ va sistemalarda bir qator patologik holatlarning vujudga kelishi aynan bajariladigan ish uning bajarilishidagi inson imkoniyatlaridan oshib ketishi bilan belgilanadi, ya’ni bu ish haddan ziyod. Bu xususiyat har qanday ishning bajarilishini ta’minlab beruvchi organ sifatida yurakka taa’lluqlidir.

Miokardning funksional imkoniyatlari va qilingan yuklama orasidagi tafovutni ifodalovchi va yurak paroglarida, gipertonik kasallik va shu kabi boshqalarda yuzaga keluvchi klinik simptokompleks uchun o’z vaqtida “yurakning zo’riqishi” termini taklif qilingan. U haddan ziyod jismoniy yuklama sog’lom odam yuragining reaksiyasini aniqlashda ham ishlatilishi mumkin.

Yurak zo’riqishi muammosi dolzarbligining oshib borayotganini yana shu bilan aniqlanadiki, kasb-hunar mehnatida jismoniy faollik keskin tushib ketgan bizning gipodinamika asrimizda detreniriyali yurak deb ataluvchi odamlar soni ancha ortdi. Bunday yurakda jismoniy zo’riqish oqibatida distrofik o’zgarish hosil bo’lishi uchun shu konkret inson uchun haddan ziyod bo’lishi mumkin bo’lgan uncha katta bo’lmagan jismoniy yuklama kifoya qilishi mumkin.

Shunday qilib, kuniga 25-30 km. Yuguruvchi shug’ullangan yengil atletikachi va uning uchun ortiqcha avtobus orqasidan 300 metr yugurgan shug’ullanmagan inson miokardidagi o’zgarishlar orasida potensial farq yo’q [4,5]. Bu yerda farq faqat sonli jismoniy yuklama organizm imkoniyatlaridan oshib ketgan miokardning patologik o’zgarishlari rivojlanish qonuniyatlari har qanday holat va har qanday inson uchun bir xil. Sportda mashg’ulot yuklamali hajmi va intensivligining kattarishi, katta va keksa yoshdagi shaxslarning sport va jismoniy madaniyatga keng jalb qilinayotganini inobatga olgan holda, yurakda patologik o’zgarishlarning yuzaga kelishida jismoniy zo’riqish axamiyatini bunday tushunilishi hozirgi kunda sport tibbiyotida alohida axamiyatga ega.

Miokardning funksional imkoniyatlari va bajarilgan yuklama orasidagi tafovut, ya’ni “yurakning zo’riqishi” (mos ravishda chap va o’ng qorincha zo’riqishi) tushunchasi sport tibbiyoti amaliyotiga qiyinchilik bilan kirdi. Bunga mutlaqo aniq obyektiv sabablar bor edi. Gap shundaki sport shifokori uchun har qanaqangi yangi tushuncha u sportchining funksional imkoniyatlarini baholashda imkon beradigan paytdan boshlabgina qo’llanilishi mumkin bo’ladi. Shu bilan birga tajriba ko’rsatadiki hattoki yurak parogi singari chuqur yurak shikastlari bilan ham sportchilar ba’zida jahon rekordlarini qo’yishadi surunkali jismoniy zo’riqish tufayli miokard distrofiyasi bo’lgan ko’pchilik sportchilarda esa uning (miokard distrofiyasi) birinchi bosqichlarida yuqori jismoniy ish qobiliyati aniqlanadi.

“Yurak zo’riqishi”ning surunkali va o’tkir formalarini aniq farqlash talab qilinadi. Bu turli holatlar .

Yurakning o’tkir zo’riqishi turlicha paydo bo’ladi va odatda stressli holatlarda kuzatiladi. Ba’zida shu shaxs uchun o’ta hisoblangan jismoniy yuklama paytida yoki darhol undan keyin paydo bo’ladigan o’tkir yurak yetishmovchiligida o’ringa ega bo’ladi. O’tkir yurak yetishmovchiligining paydo bo’lishiga turli kasalliklar (gripp, angina), rejim buzilgandan keyin (alkogol istemoli, chekish) darhol yoki o’sha paytda jismoniy yuklama bajarilsa, vazn tashlash va shu kabi boshqa holatlar sabab bo’ladi. O’pka emfizemasining o’tkir rivojlanishi oqibatida yuzaga keladigan o’tkir yurak yetishmovchiligini ham eslab o’tish zarur. O’tkir yurak yetishmovchiligining klinik ko’rinishi o’tkir qon-tomir yetishmovchiligi (gravitasion shok, kollans va boshqalar) singari. Sportchilarda aslida sport bilan shug’ullanadiganlarning shu holatlaridan farq qilmaydi va mos adabiyotda shu holatlarda shifokorlik taktikasiga teng kabi batafsil tasvirlangan. [13,62].

Miokardning o’tkir distrofiyasi ayrim holda (izolyatsiya) yurakning chap qorinchasida ham o’ng qorinchasida paydo bo’lishi mumkin.

Klinikada chap qorinchaning o’tkir zo’riqishi ko’pincha katta qon aylanishi doirasida bosimning kutilmaganda ko’tarilishiga (o’tkir nevrit, gipertonik kriz) kuzatiladi, ya’ni chap qorincha o’tkir paydo bo’lgan qarshilikni yengishga majbur bo’lgan holatlarda. O’ng qorinchaning o’tkir zo’riqishi kichik qon aylanish doirasida qarshilikning kutilmaganda ko’tarilishi uchraydi, masalan, o’pka arteriyasining emboliyatsida.

Sportchilarda yurakning bunaqa o’zgarishlari sportchi organizmi imkoniyatlari doirasidan oshib ketuvchi intensiv jismoniy yuklamaning bajarilishi paytida kuzatiladi [67]. O’tkir jismoniy zo’riqishda yurak reaksiyalarining turli variantlariga odatda, stepokardiya, miokard infarkti, yurak astmasi va boshqa shu kabilarning mos klinik ko’rinishlari hamrohlik qiladi.

O’tkir paydo bo’luvchi miokardning distrofiyasi klinikada yurak yetishmovchiligini bermasligi va faqatgina elektrokardiogrammaning o’zgarishida namoyon bo’lishi mumkin. Gap asosan ko’krak qafasida T tishlari balandligining pasayishi, yo yurak mushagiga qon quyulishi, miokardning aralashishidan iborat bo’lgan qorincha kompleksining oldi qismi o’zgarmagan holda orqa qismlarining o’zgarishi haqida boryapti. Shunday bo’lsada, ba’zi sportchilar qandaydir charchash va tez charchab qolishdan nolishadi. Bunday xildagi miokard simptomsiz (kasallik belgisiz), distrogik o’zgarishlari ba’zida hayot bilan sig’ishmaydi (to’g’ri kelmaydi). Masalan, 1967 yilda, uzoq masofalarga yugurish bo’yicha birinchi razryadli K ismli 24 yoshli sportchi musobaqadan oldin sinchklab tekshirilgan va mutlaqo sog’lom deb topilgan. Marafon yugurishida finishgacha 200 metr qolganda u uchinchi bo’lib kelish uchun oldindagi sportchini quvib o’tishga harakat qildi va yugurish tezligini keskin kuchaytirdi. U oldindagini quvib o’tolmadi, finishni (marrani) to’rtinchi bo’lib kesib o’tdi, yana besh qadam tashladi, stadion chegara devoriga suyandi va kutilmaganda o’lgan holda yiqildi. Shifokorlarning xulosasiga ko’ra, o’lim yurakning o’tkir zo’riqishi ko’rinishidagi miokardning distrofiyasidan kelib chiqqan.

Chilangar Ya 18 yoshda, razryadsiz velosipedchi. Klinikaga 1967 yil 17 martda miltillovchi aritmiyadan (mersatelnaya aritmiya) difibrilyasiya qildirish uchun murojaat qiladi. Miltillovchi aritmiya unda quyidagi holatlarda paydo bo’lgan 1966 yil sentabrda u yetarlicha tayyorgarlik ko’rmagan holda ko’p kunlik velopoygada ishtirok etadi. Musobaqaning uchinchi kuni poyganing 175 kilometrida yurakda “noteks urishlari”ni (to’xtalishlarini) sezadi va poygani to’xtatadi. Shundan beri noteks urishlarni hamma vaqt sezadi, yurganda havo yetishmasligi, yurak sohasida og’riqlar hissi paydo bo’ladi. Davolandi, ammo “noteks urishlar” bezovta qilishni davom etadi. Obyektiv izlanishda miltillovchi oritmiyadan tashqari yurak tomondan boshqa og’ishlar aniqlanmadi. Difibrilyasiya o’tkazildi miltillovchi aritmiya yo’qoldi, ammo ekstrasistologiya saqlanib qoldi. Ambulator davolanish tavsiya qilindi. Sport bilan shug’ullanish taqiqlandi.

Yurakning surunkali zo’riqishiga keladigan bo’lsak bu holat tubdan, stressli holatlarsiz rivojlanadi va hamisha miokardning distrofiyasini nazarda tutadi. Yurakning surunkali zo’riqishini elektrokardiogrammada qorincha kompleksining o’zgarishlari bilan aniqlanadi, ammo yurakning o’tkir zo’riqish ko’rinishiga mos tutmaydi: ular o’tkir yuzaga kelmaydi, uzoq vaqt turadi va klinik amaliyotda koronar yetishmovchiligining namoyon bo’lishi kabi talqin qilinuvchi o’zgarishni eslatadi. Gap ishamiya yoki miokardning shikastlanishining elektrokardiografik alomatlari haqida ketyapti. Shunday bo’lsada, agar kasallarda hali bu o’zgarishlarni koronar yetishmovchilik deb talqin qilish mumkin bo’lsa, ularni sportchilarda har doim ham koronar qon aylanishi yetishmovchiligi deb qarash yaramaydi (to’g’ri emas). Birinchi navbatda, sport bilan elektrokardiografik tasvirida koronar qon aylanishi yetishmovchiligini beruvchi koronar atroskleroz darajasini taxmin qilish qiyin bo’lgan yoshlar shug’ullanadi. Undan tashqari sportchilarda nisbiy koronar yetishmovchilikni taxmin qilish ham qiyin [2.6- rasm].



прямоугольник 23- gipertrofiyasiz

прямоугольник 22- gipertrofiyaning fiziologik bosqichi

прямоугольник 21 - gipertrofiyaning o’tish bosqichi

прямоугольник 20 - gipertrofiyaning patologik boskqchi

1 kv – surunkali infeksiya o’choqlari

2kv – mashg’ulotlar va kasal holatda chiqishlar (ishtirok etish)

3kv – haddan ziyod mashg’ulotlar va haddan ziyod charchash (o’ta)

4kv – yiliga 20 va undan ko’proq musobaqalar

2.6 rasm. Sportchilarda miokard gipertrofiyasi rivojlanishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar.



Sportchilarni kuzatib, surunkali haddan ziyod charchash oqibatidagi miokardning distrofiyasini tashhislashni asosiy kriteriyasini ishlab chiqishda, klinikani o’rganish, elektrokordiagramma bo’yicha miokardning distrofik o’zgarishlarining turli daraja va bosqichlarini ajratishda, ixlokalizatsiya va uning rivojlanish yo’llarini bilishda imkon beradi. A.G.Dembo bo’yicha miokard distrofiyasining bosqichlari klassifikasiyasi [1980].

Me’yor

I va II yo’nalish

III va avF yo’nalish

Ko’krak yo’nalishlari

V2-V3

V4-V6

Me’yor

полилиния 19


полилиния 18


полилиния 17


полилиния 16


I- bosqich

полилиния 15


полилиния 14


полилиния 13


полилиния 12


II- bosqich

полилиния 11


полилиния 10


полилиния 9


полилиния 8


III– bosqich

полилиния 7


полилиния 6


полилиния 5


полилиния 4


2.7-rasm. Surunkali jismoniy zo’riqish natijasidagi miokard distrofiyasida elektrokardiogramma o’zgarishlarining rivojlanish bosqichlari chizmasi.

Bu holatning rivojlanishi uch bosqichda o’tadi. Bosqichlarda bo’linish asosida prinsipial bir xil lekin lokalizasiyadan kelib chiqqan holda bir oz farqliroq elektrokardiografik o’zgarishlar yotadi. Birinchi bosqichda I va II standart otvedeniyalar o’zgarishlarida T tishlarining pasayishi yoki ikki balandlik bo’lishi va S-T sigmentining pasayishi kuzatiladi. Agar elektrografik o’zgarishlar III standart va AVF-otvedeniyalarida o’rin olsa, unda birinchi bosqichda balandlik tishlarining tekslanishi yoki pasayishi kuzatiladi. (2.7 rasm).

Demak, yurakning o’tkir zo’riqishidan tashqari o’chog’li bo’lishi mumkin bo’lgan miokardning distrofiyasida namoyon bo’luvchi tuzulmali zo’riqish ham mavjud.

Shunday qilib, yuqorida bayon qilinganlarni umumlashtirgan holda surunkali jismoniy zo’riqish natijasida sportchilarning tasodifiy o’limlarining quyidagi sabablarini belgilash (ajratish) zarur; arterial bosimning (AB) kutilmagan ko’tarilishi yoki tushishi (gipertoniya yoki gipotoniya), yurak ritmining buzilishi va ekstrosistollar, undan tashqari yurak miokardining distrofiyasi.

Bu sabablar orasida adabiyotlar ma’lumotlariga tayangan holda miokard distrofiyasi aloxida o’rin tutadi, chunki bu vaziyatda gap yurak mushagining funksional emas, balki organik zararlari (shikastlari) haqida ketmoqda.

Surunkali jismoniy zo’riqish natijasidagi miokard distrofiyasining mumkin bo’lgan uchta natijasi mavjud;



  1. Bu jismoniy yuklamalarni to’xtatish va umumiy sog’lomlashtiruvchi davolanishdan so’ng elektrokardiogrammaning to’liq normallashishini (me’yorga kelishi), (vitaminlar, ATF va boshqa preporatlar). Bu normallashishning muddati turlicha-bir necha haftadan bir necha oygacha. Elektrokardiogramma normallashgandan keyin asta-sekinlik bilan mashg’ulotlarga qo’shilish mumkin. Lekin yuklamalarni asta-sekin, shifokor kuzatuvida va elektrokardiogramma nazorati ostida oshirish zarur.

  2. Jismoniy yuklamalarni to’xtatgandan keyin elektrokardiogrammaning normallashishi u yoki bu vaqtda davom etadi, ammo jismoniy yuklamani ko’tarishning o’ziyoq patologik o’zgarishlarni qaytadan vujudga kelishiga sabab bo’ladi. Bunday holatlarda dam olish davrini uzaytirish maqsadga muvofiq va ishga asta-sekinlik bilan qo’shilish kerak. Agar shunda ham elektrokardiografik o’zgarishlar qaytalansa miokardning zararlanishi qaytarilmas deb hisoblash mumkin.

  3. Bu jismoniy yuklamaning uzoq vaqt to’xtalishiga va mos davolanishiga qaramay elektrokardiogramma o’zgarishlarining qaytmas bo’lishi.

Shunday qilib, surunkali jismoniy zo’riqish oqibati bo’lgan miokard distrofiyasini boshlang’ich bosqichlaridagi erta tashhis va mos choralarning o’z vaqtida qo’llanilishi muhimligi ayon. Shu bilan birga, bu choralarni amalga oshirish ma’lum qiyinchiliklarga uchraydi. Ular shu bilan belgilanadiki, bunday sportchilarning o’zini yaxshi his qilishi va yetarlicha baland sport ish qobiliyati sportchilarning o’zi va murabbiylari tomonidan ko’pincha sportchilarga qarshi o’ynaydi. Bu shifokordan qat’iyatlilikni va matonatni talab qiladi, zero sportchining taqdiri unga bog’liq bo’ladi.

Qayd qilish kerakki, normal elektrografik natija va yuklamadan 30 daqiqa o’tgandan keyin yaxshi reaksiya ko’rsatgan sportchilarda ham ba’zida salbiy o’garishlar kechroq 18-20 soatdan so’ng paydo bo’ladi. Bunday holatlarda elektrokardiogrammaning tiklanishi 6-7 kundan so’ng bo’ladi. Bugungi kunda hali bu hodisani qoniqarli tushuntirib berishning imkoni yo’q. Ba’zida miokardning o’tkir infarktida elektrokardiografiya o’zgarishlari kasallikning 3-5 kunlarida va hattoki kechroq namoyon bo’lishi faktini tushuntirib bo’lmasligi singari, bularning hammasi kelgusi izlanishlarni talab qiladi.



Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish