O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 2 Mb.
bet1/7
Sana23.02.2017
Hajmi2 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

JISMONIY MADANIYAT FAKUL’TETI UDK 796.01.612.
Saidov Farrux Alisherovich
Mavzu: ”Jismoniy madaniyat va sport bilan shug’ullanishda favqulotda o’lim sabablari”

5A14190 – Jismoniy madaniyat


Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan
Dissertatsiya

Ilmiy rahbar –biologiya fanlari doktori,

professor E.N. Nuritdinov

Ilmiy maslaxatchi – dosent Sh.A. Aminjanov


Samarqand 2013- yil



Mundarija;

Kirish……………………………………………………………………………………………………………..4-8

1.Ishning dolzarbligi…………………………………………………………………………………………….4-6

2.Tadqiqot obyekti va predmetining belgianishi…………………………………………………….6

3. Tadqiqot maqsadi va vazifalari……………………………………………………………………………6

4.Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari………………………………………………………….6

5. Mavzu bo’yicha qisqacha adabiyotlar tahlili……………………………………………………….6

6. Tadqiqotda qo’llanilgan uslubiyatning qisqacha tahlili………………………………………..6

7.Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati………………….……………………..6-7

8. Tadqiqotning ilmiy yangiligi………………………………………………………………………………..7

9. Ish haqida qilingan ma’ruzalar……………………………………………………………………………7

10. Ishni chop etilgan darajasi……………………………………………………………………………..7-8

I BOB. Adabiyotlar tahlili


    1. “Sportcha yurak” fiziologiyasi………………………………………………………………….8-11

    2. a) gipotoniya (gipotonik qon bosimi)……………………………………………………..11-15

b) yurak miokardining gipertrofiyasi…………………………………….………………………….15-21

II.BOB Patologik “Sportcha yurak” va uningo’rganish uslubiyati…………………………………………………………………...……………………………….21-23

a) arterial qon bosimining o’zgarishi………………………………………..........................24-28

b) yurak ritmining buzilishi…………………………………………………..............................28-30

d) jismoniy zo’riqish oqibatida yuzaga keladigan yurak miokardining distrofiyas………………………………………………..……………………………………………………..30-38



III. BOB Asosiy qism…………………………………………………………………………………….38-40

a) sportchilarda favqulotda o’lim holatining zamonaviy tasnifi………………………..40-41

b) sportdagi favqulotda o’limning statistik taxlili……………………………………………..41-43

d) sportchilarda yurak tomirlar patologiyasi va favqulotda o’limi…………...........43-51

e) sportda yurak chayqalishi (sindrom Sommotiacardis)……………………..............51-52

f) sportda yurak hastaligining omillari………………………………………........................52-60

g) sportda shikastlanish (travma) oqibatida yuzaga keladigan o’lim………………..60-61

h) sportda doping iste’mol qilish va o’lim………………………………….…………………….61-65



Mulohaza......................................................................................................65-70

Xulasalar……………………………………………………………...……….………………………………….71

Amaliy tavsiyalar..………………………………………………………….. …………………………71-73

Adabiyotlar ro’yxati…………………………….………………………….…………………………..74-81

Qisqartirilgan atamalar:

ATF- adenozintrifosfat kislotasi;

AB- arterial qon bosimi;

EKG- elektrokardiogramma;

ChQG - chap qorinchaning gipertrofiyasi;

ChQAD - chap qorinchaning aritmogen displaziyasi; ADPJ- aorta klapinning stenozi;

YuIK - yurakning ishemik kasalligi;

DKMP - diolotasiyasi kordiomionatiya;

MK - mitral klapan;

BM - bosh miya;

GKM- gipertrofik kardiomiopatiya;

YaQCH- yurakning qisqarish chastotasi;

GKMP- ginertrofik kardiometriya;



Kirish

Sportni rivojlantirish jamiyatimizda

mehr-muruvvat tuyg’usini yuksaltirish

borasidagi maqsadimizga, kerak bo’lsa,

siyosatimizga ham juda katta hissa

qo’shadi. Bilib qo’yinglar, o’zini

haqiqiy sportchi deb biladigan, sport

bilan chin ko’ngildan shug’ullanadigan

odam hech qachon birovning rizqiga

xiyonat qilmaydi, qo’pollik, hasad kabi

illatlardan yiroq bo’ladi.

I. Karimov

1.Mavzuning dolzarbligi.

O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A. Karimovning tashabbusi va bevosita rahbarligi bilan mamlakatimizda jismoniy madaniyat hamda sport davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlari sifatida ravnaq topmoqda. Ilmiy texnik taraqqiyot jismoniy madaniyat va sport tizimida to’liq o’z aksini topadi, uning barcha sohalarining gurkirab rivojlanishiga olib keladi. Bu tizim tarkibiga yuz millionlab odamlarni oluvchi o’ziga xos industriya bo’lib qoladi.

Hozirgi kunda jismoniy madaniyat va sport muammolari bilan faqatgina jismoniy madaniyat mutaxassislari shug’ullanibgina qolmay balki, tibbiyot hodimlari biologlar, pedagoglar, psixologlar, iqtisodchilar, sotsiologlar, faylasuflar, turli xil soha olimlari shug’ullanmoqdalar. Ushbu muammolarga bo’lgan shunchalik katta e’tibor shu bilan tushuntiriladiki, jamiyatning hozirgi rivojlanishi sharoitlarida jismoniy madaniyat va sport jamiyat taraqqiyotining obyektiv ehtiyoji, murakkab jamoatchilik hodisasi bo’lib hisoblanadi va muhim ijtimoiy vazifalarni, jumladan, profilaktik tibbiyot vazifasini bajaradi. Hozirgi zamon sportida, ayniqsa, yuksak yutuqlar, yuqori jismoniy yuklamalar odamning jismoniy imkoniyatlari doirasida bo’lishi hech kimga shubha uyg’otmasa kerak. Sport sohasidagi mutaxassislar, sport murabbiylari sport fiziologiyasi va sport tibbiyoti ilmiy yutuqlari va tavsiyalari bilan yaxshi qurollangan bo’lishi kerak.

Hozirgi vaqtda sport fiziologiyasi asoslarini bilish jismoniy madaniyat o’qituvchisi va murabbiyi uchun zarur hisoblanadi. Bu shu bilan rasman belgilanganki, jismoniy madaniyat ixtisosligidagi oliy o’quv yurtlarida sport fiziologiyasi kursi o’qitiladi. Ushbu fanning asosiy tushunchalarini bilmasdan turib, to’la qonli murabbiy, jismoniy madaniyat o’qituvchisi va haqiqiy sportchi bo’lishi mumkin emas. Barcha oliy o’quv yurtlarida sport tibbiyoti kursi o’qitiladi, chunki bizning mamlakatimizda jismoniy madaniyat va sport mashg’ulotlarida millionlab odamlar ishtirok etishadi va ularning soni kundan kunga oshib bormoqda. Ma’lumki, mavjud maxsus sport tibbiyot, davolash profilaktika muassasalari va kabinetlari tarmog’i hammaga hizmat ko’rsatish imkoniga ega emas va bu ishga umumiy davolash tarmog’i tibbiyot hodimlari ham jalb qilinadilar. Turli yosh va salomatlik holatidagi odamlar optimal jismoniy yuklama yuzasidan maslahatlar, sport bilan shug’ullanishga ruxsat olish uchun aynan shu hodimlarga murojaat qiladilar.

Shunday qilib, inson salomatligi uchun jismoniy madaniyat va sport katta ahamiytga ega. Ular organizmning himoya moslashish reaksiyalari biologik mexanizmini mustahkamlashi, uning turli zararli ta’sirotlarga o’ziga xos bo’lmagan chidamliligning oshishiga yordam beradi. Bu hali xalqning ma’naviy sog’lomligi uning jismoniy rivojlanishi bilan chambarchas bog’liq ekanligi to’g’risida gapirmaymiz.

Kuchli mashg’ulot yuklamalaridan foydalanishda toliqishni keltirib chiqaradigan jismoniy zo’riqish, sportda tez-tez uchrab turadigan boshqa bo’lishi mumkin bo’lgan salbiy ta’surotlar singari o’ziga xos patologik xolatlarni keltirib chiqaradi va sportchi organizmida patologik o’zgarishlarning yuz berishiga olib keladi.

1885 yilda Ertel turli yurak qon tomiri va boshqa kasalliklarga chalingan bemorlarni dozali yurish bilan davolashni ishlab chiqdi. Ertelning davolash usullaridan foydalanishning qiyinchilik tomoni shundaki bu usul turli individual holatlarda to’satdan yuz beradigan o’lim mexanizmlari tempi va sabablarini chuqur tahlil qilish imkonini bermaydi, shuningdek, umuman sportchilar nimadan o’lishiga javob bermas edi.

2.Tadqiqot obyekti va predmetining belgilanishi;

Sportchilarda kuchli mashg’ulot yuklamalaridan foydalanishda toliqishni keltirib chiqaradigan jismoniy zo’riqish, sportda tez-tez uchrab turadigan salbiy oqibatlar hamda sportchi organizmida paydo bo’ladigan, patologik o’zgarishlar natijasida fafqulotda o’lim sabablari o’rganilgan.



3. Tadqiqot maqsadi va vazifalari;

Turli sport turlarida sportchilarning tasodifiy o’limi sabablari va uning oldini olish yo’llarini aniqlash, hamda bizda mavjud bo’lmagan dunyoda chop qilingan adabiyotlarning statistik tahlilini o’tkazish. Uzoq chidamlilikni talab etuvchi sport turlari yoki dam olishdan tezlik bilan jismoniy zo’riqishga o’tuvchi sport turlari yoki ko’krak qafasida yuqori bosimni keltirib chiqaruvchi jismoniy faoliyat bilan shug’ullanuvchi sportchilarda tasodifiy holatlari vositasiga oid statistik ma’lumatlarni aniqlash.



4.Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari;

Hozirgi kunda sportda to’satdan sodir bo’ladigan o’lim dunyoda bevosita jismoniy yuklamalar ta’siri vaqtida yuz beradigan, shuningdek sportchilik faoliyatini o’zgartirish yoki to’xtatishga majbur qilgan alomatlar paydo bo’lgandan so’ng 24 soat davomida yuz beradigan o’lim tushuniladi. Turli mamlakatlarda turli kiriteriyalar, tahlili va uslubiyati usullarining qo’llanishi bilan olib borilgan tadqiqotlar sportchilar va jismoniy faoliyat bilan shug’ullanuvchi kishilar tasodifiy o’limlarning bir xil bo’lmagan, vositasini beradi.

Tasodifiy o’lim ko’pincha uzoq chidamlilikni talab etuvchi sport turlari, masalan, marafon yugurish yoki dam olishdan to’satdan jismoniy zo’riqish bilan shug’ullanuvchi sportchilarda yoki ko’krak qafasi ichida yuqori bosimni keltirib chiqaruvchi jismoniy faoliyat bilan shug’ullanuvchi sportchilarda qayd etilgan. Masalan, tennis, dam olishdan to’satdan kuchli yuklamalarga o’tishni talab etuvchi sport turi sifatida qaraladi.

5. Mavzu bo’yicha qisqacha adabiyotlar tahlili;

Jismoniy yuklamalarning yurak xolatiga ijobiy ta’sir ko’rsatishini taxmin qiluvchi bir qator izlanishlarning (Karnilov va boshqalar, 1999; Disketop, 1995,) bo’lishiga qaramasdan baribir ham hozirgi kungacha jismoniy yuklamalarning yurak xastaligining oldini olish yoki umrini uzaytirish mumkinligi to’g’risida dalillar mavjud emas. (Stanczyk J. Kasprzak J. 2005; Leitch J. Klein G. Jee R 1992)

Patologik “Sportcha yurak” haqidagi tasavvurlar asosida G.F.Lang konsepsiyasi yotadi, unga muvofiq mushaklarning haddan ortiq taranglashishi yurak miyokardida borgan sari yurak xastaligining rivojlanishiga olib keluvchi patalogik o’zgarishlarni keltirib chiqarishi, ba’zi holatlarda o’limga borishi mumkin. Ushbu konsepsiyani boshqa tadqiqotlar ham qo’llab quvvatlaydilar (Semberg, 2000; Tamburro, 1992; Wight, 1995 ).

6. Tadqiqotda qo’llanilgan uslubiyatning qisqacha tahlili;

Statistik tahlil.



7.Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati;

Kuzatishlarimiz natijalari shuni ko’rsatadiki, sportchi faol jismoniy faoliyat bilan bog’liq bo’lgan tasodifiy yurak o’limi xavfi to’g’risida to’liq bilimga ega bo’lishi lozim. Odam o’zining yoshi va umumiy jismoniy holatiga mos bo’lgan sport turini tanlashi kerak. Tayyorgarlik ko’rmagan odamlar zaruriy mashg’ulotlar davrini o’tmasdan yuqori intensiv sport musobaqalarida ishtirok etishni boshlamasligi kerak. Ayniqsa, agar sportchining yoshi 35 dan yuqori bo’lsa, uning pulsi minutiga 170 martadan yuqori bo’lmasligi lozim. Jismoniy yuklamalarga moslashish uchun sportchilar yaxshi, qizib olishlari va butun mashg’ulot davomida o’z organizmini sovutmasliklari lozim. Bunday strategiya mashg’ulotdan keyingi davrda aritmiyalar ehtimolini kamaytirishga yordam beradi.

Biz tomonimizdan o’tkazilgan statistik tahlil sport tibbiyoti nazariyasi va amaliyoti uchun katta ilmiy-nazariy ahamiyat kasb etadi. Ular sport o’limi sabablarini tabaqalashtirish (differensiatsiyalash) imkonini beradi, yurak kassalliklarini oldini olish uchun yangi imkoniyatlar ochib beradi va sportchiga turli murakkablik darajasidagi jismoniy mashqlarga yangicha metodologik yondashishlar va yangi variantlarni tavsiya etadi. Ushbu muammoni hal etish uchun sport bilan faol shug’ullanayotgan odamlarda tasodifiy o’limning patogenezini o’rganish, shuningdek, sport bilan shug’ullanish vaqtida tasodifiy o’limning potensial havfi sharoitini aniqlashda zamonaviy diagnostika va tadqiqotlarning ayrim usullarining samaradorligiga ta’luqli tashkiliy masalalarni o’rganish zarur.

8. Tadqiqotning ilmiy yangiligi;

Sportchilarda turli kasalliklarning kelib chiqishini tahlil qilishda avvalo shuni takidlash kerakki, so’z sportchi uchun xos bo’lgan patologi, jarohatlar haqida emas, balki faqat shifokorlar, murabbiylar va sportchilar tamonidan juda ham kam o’rganilgan qon tomirlar tizimi kasalliklar to’g’risida boradi.

Garchan so’nggi yillarda sportchilardagi kasalliklar masalasiga katta etibor berilayotgan bo’lsada, sportchilar qachon, qanday va nima uchun kasal bo’lishi, ushbu kasalliklarning kechishi va davolashdagi o’ziga xoslik nimadan iborat ekanligi to’g’risida to’liq aniqlik yo’q. I.P.Pavlov aytishicha;”Faqat sabbini bilibgina unga qarshi aniq intilish, ikkinchidan, faqat kasallikning sababini bilgan holda zamonaviy tibbiyotga aylanashi mumkin”.

Jismoniy madaniyat va sport bilan shug’ullanuvchi shaxslarning kasallanish sabablarini o’rganishning dolbzarbligi va muhimligi quyidagi holartlar bilan aniqlanadi. Birinchidan, jismoniy madaniyat va sport bilan shug’ullanishga turli yoshdagi va salomatlik xolati turlicha bo’lgan shaxslar jalb qilinadi. Ikkinchidan, sport mashg’ulotlari intensivligi va hajmining juda ham oshib ketishi yuz beradi, bu esa sportchi organizmining zo’riqishi uchun qulay sharoitlar yaratadi. Uchinchidan, jismoniy madaniyat va sport bilan shug’ullanishda kasallanishlar miqdori ko’p bo’lmasada hozirgi kunda ularning soni oshib bormoqda. Nihoyat, faqat kasalliklarning kelib chiqishi sabablarini bilishgina uning oldini olish va oxir- oqibatda uni bartaraf qilish imkonini beradi.



9. Ish haqida qilingan ma’ruzalar.

Ishimizning asosiy xulosalari 2012-2013 o’quv yillarida magistrlar ilmiy- amaliy anjumanlarida ma’ruza qilingan.



10. Ishni chop etilgan darajasi.

1.Ф.А.Саидов. Причины внезапной смерти в спорте, .- Tруды MMУ им. И.M. Сеченова. –Moсkвa ,2013, ст 87-88

2.Ф.А.Саидов. Современная классификация состояния внезапной смерти (столтистичений анализ),Труды MMУ им. И.M. Сеченова.-Moсkвa,2013,ст 88-89

3.Saidov F. Jismoniy zo’riqish oqibatida yuzaga keladigan yurak miyokardining distirofiyasi. Magistrlarning XIII ilmiy konferensiyasi Samarqand 2013 yil 83-86 bet.



I. BOB. Adabiyotlar tahlili.

1.1.“Sportcha yurak” fiziologiyasi

Jismoniy mashqlarning qon-tomirlar tizimiga ta’siri o’tgan asrning oxirlaridan boshlab izlanish obyekti bo’lib hisoblanadi. Hayot shuni ko’rsatadiki, kuchli va surunkali jismoniy yuklama ta’sirida qon aylanish tizimidagi ijobiy va salbiy o’zgarishlarni o’rganuvchi, ushbu tizimning funksional imkoniyatlarini oshirish yo’llarini qidiruvchi, keragidan ortiq va yetarlicha bo’lmagan jismoniy yuklama oqibatida kelib chiqadigan salbiy o’zgarishlarni tashxis qilish, davolash va oldini olish masalalarini hal etuvchi sport kardiologiyasi umumiy kardiologiyaning bir qismi sifatida kosmik kardiologiya singari faoliyat ko’rsatish huquqiga ega. Gipodinamiyaning qon-tomirlar tizimiga ta’siri, xususan hozirgi zamon odamining shug’ullanmagan yuragini, o’rganish ham sport kardiologiyasining vazifalaridan biri hisoblanadi. Shunday qilib, ko’rinib turibdiki, sport kardiologiyasi tomonidan hal etiladigan muammolar umumklinik muammolar hisoblanadi. Sport kardiologiyasi sport tibbiyotining asosiy bo’limlaridan biri hisoblanadi, desak mubolag’a bo’lmaydi.

Mamlakatimizda va chet el va jismoniy yuklamalarining, xususan sport bilan shug’ullanishning qon-tomirlar tizimiga ta’siri ancha uzoq vaqtdan buyon o’rganilayotganligiga qaramasdan hozirgi kunda bir qator masalalarni yetarlicha o’rganilib bo’lgan deb hisoblab bo’lmaydi. 1899 yilda nemis olimi Xenshen (Henschen) ilk bor “sportcha yurak” atamasini qo’lladi. U bu yurak albatta kattalashgan yurak va bu kattalashishni perkussion usul bilan aniqlash lozim deb hisobladi. “Sportcha yurak”ka u “sport bilan shug’ullanish natijasida rivojlanadigan yurakning fiziologik kattalashishi” sifatida qaradi.“Sportcha yurak”ka bag’ishlangan ko’plab adabiyotlarda sportchi yuragiga nisbatan ikkita diametral qarama qarshi fikrlarni topish mumkin. Bu shartsiz patologik va fiziologik fikrlardir.

Asosan XIX asrning oxiri va XX asrning boshlariga talluqli qator ishlarda klinisistlar ham patologlar ham sport bilan shug’ullanishning yurak-qon tomirlar tizimiga salbiy ta’sir qilishini yoqlab chiqqanlar. Ko’pchilik sportchilarda uchraydigan yurakning kattalashishini ushbu ishlar mualliflari noqulay omil deb hisobladilar va “sportcha yurak”ni patologik holat deb baholadilar. Bundan tashqari, yurak-qon tomirlar kasalliklari sonining oshishini sport bilan shug’ullanishga yanada ko’proq odamlarning jalb qilinishi oqibati deb tushuntirishga harakat qildilar.

Shu bilan birga ko’p sonli ishlarda [15,22,27,34] sport bilan shug’ullanishning yurak-qon tomirlar tizimiga juda katta ijobiy tasir ko’rsatishi takidlangan. Bundan shunday hulosa qilindiki, ,,sportcha yurak’’ doim fiziologik va katta jismoniy yuklamalarga kuchli moslashish qobiliyatiga ega.

Bu fikr tarafdorlaridan hozirgi kunda Amerikalik olim Ye.Yokl [39] yeng oxiri o’rinda turadi. Uning takidlashicha, sog’lom yurak istalgan jismoniy yuklamalarni juda oson yengib o’tadi, agar sportchining yuragida qandaydir patologik o’zgarishlar bo’lsa, bu shunday dalolat beradiki, bu yurak sport bilan shug’ullanishga qadar shikastlangan, sport esa yurakka salbiy ko’rsatishi mumkin emas. Malumki, bu har ikkala fikrlar ham haqiqatga yaqin emas, haqiqat esa odatdagidek ularning o’rtasida turadi.

Zamonaviy sport kardiologiyasi rivojlanishiga yirik rus terapevt-kardiologi G.F.Lang [14] juda katta hissa qo’shgan. U umumiy kardiologiyaning asosiy tushunchalarini to’g’ri tushunish uchun sportchining yurak-qon tomiri tizimida o’rganish muhim deb hisoblagan. 1935-yildayoq u rahbarlik qilayotgan akad I.P.Pavlov nomidagi 1-chi Leningrad tibbiy institutining fakultet terapevtik klinikasida sportchilarni tadqiq qilish uchun unchalik katta bo’lmagan stssionar tashkil qildi.

Eng avvalo G.F.Lang shu vaqtgacha mavjud bo’lgan ,,sportcha yurak’’ to’g’risidagi tasavvurlarni onga kengaytirdi. U ,,sportcha yurak’’da har qanday qon aylanish apparatining kuchayishi albatta faqat yurakning ish qobiliyatiga emas, balki, qon tomirlarining quvvatiga va qon aylanishi neyrogumoral boshqaruvchi apparat xususiyatlariga bog’liq bo’ladi’’ deb takidlaydi. Shuning uchun ,,sportcha yurak’’ haqida emas ,,sportcha qon aylanish apparati’’ haqida gapirilsa to’g’ri bo’ladi.

Shuni qayd etish kerakki, G.F.Lang o’zining ko’p tomli qo’llanmasiga maxsus ,,sport va qon aylanish tizimi’’ bobini kiritgan yagona klinisist-terapevt hisoblanadi. Unda keltirilgan fiziologik va patologik ,,sportcha yurak’’ to’g’risidagi konsepsiya hozirgi zamon sport kardiologiyasi asosida yotadi.

Fiziologik ,,sportcha yurak’’, ya’ni jismoniy faoliyatga kuchli moslashish xususiyatlariga ega bo’lgan yurakning rivojlanish mexanizmlarini to’g’ri tushunish sportchi qon-tomirlar tizimi holatini obyektiv baholash, undagi o’zgarishlarni kuzatish va shunga muvofiq mashg’ulotlarni o’tkazish jarayonini individuallashtirish imkonini beradi. Patologik ,,sportcha yurak’’ rivojlanishining qonuniyatlari to’g’risida to’g’ri tasavvurga ega bo’lish, ba’zan sport bilan shug’ullanish vaqtida qon-tomirlar tizimida yuz beradigan noqulay sharoitlar ta’sirida qon-tomirlar tizimining patologik o’zgarishlari va patologiyadan oldingi holatlarni oldindan profilaktika qilish va davolash bunday holatlarni o’z vaqtida aniqlash imkonini beradi.

Ko’rinib turibdiki, sport kardiologiyasining vazifalari va mazmuni juda ham keng qamrovlidir.

Ushbu bobda sport kardiologiyasining muhim va yirik bo’limi-fiziologik ,,sportcha yurak’’ ka talluqli ayrim asosiy masalalar bayon etiladi.

G.F.Lang tomonidan tavsiflangan ,,sportcha yurak’’ning fiziologik xususiyatlari so’nggi yillarda chop etilgan ilmiy ishlarda o’zining to’liq tasdig’ini topdi. Bu yerda so’z, masalan, sportchilarda sport bilan shug’ullanmaydigan shaxslardagiga nisbatan ishlayotgan muskullarni ta’minlash uchun kamroq miqdordagi qon kerak bo’lishi haqida boradi. Bu esa sportchilarda qon tomirlaridagi kislorod juda to’liq foydalanilishi bilan bog’liq bo’ladi.

G.F.Lang jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish vaqtida yurak muskulida kapillar qon aylanishining yaxshilanishiga alohida e’tibor qaratdi. Uning taxmin qilishicha, bu yaxshilanish faqat amaldagi kapillyarlarning ko’proq kengayishiga emas, balki yangi kapillyarlarning hosil bo’lishi va ularning taraqqiy etishiga ham bog’liq bo’ladi. Bunda sodir bo’ladigan qon va to’qimalar o’rtasidagi gaz almashinuv yuzasining oshishi, shuningdek, qon harakati tezligining qon tomirining kengayishi bilan bog’liq sekinlashishi to’qimalar tomonidan qon tarkibidagi kisloroddan ko’proq foydalanish imkonini beradi. So’nggi tajribalar natijalari shuni ko’rsatdiki, miokoruning kapillyarlarining yaxshilanishi haqiqatdan ham jismoniy mashqlar bajarish vaqtida yurakning kuchli ish qobiliyatini ta’minlovchi asosiy omil bo’lib hisoblanadi. G.F.Lang fiziologik ,,sportcha yurak’’ xususiyatlariga haqli ravishda jismoniy yuklama vaqtida faqat yurak qisqarishlari hisobiga emas ,balki yurakning urush hajmining oshishi hisobiga bir minutlik qon hajmini oshirish qobiliyatini ham kiritdi. U neyrogumoral boshqariladigan qon aylanish apparati funksional qobiliyatining oshishiga alohida e’tibor qaratdi. ,,Vegitativ nerv tizimining simpatik bo’limining yuqori ish qobiliyati,-deb yozadi G.F.Lang ,-odamning jismoniy ish qobiliyati, xususan, qon aylanish apparatining ish qobiliyati uchun ulkan axamiyatga ega’’. G.F.Lang quyidagicha taxmi qiladi! ,,sport yutuqlariga qodirlik chegarasi ko’pchilik holatlarda aynan simpatik-adrenal tizimning funksional qobiliyati chegarasi bilan aniqlanadi’’.

Sportchining qon-tomirlar tizimining o’ziga xos xususiyatlariga katta e’tibor berib, G.F.Lang haqli ravishda butun organizmda, uning alohida tizimlarida va organlaridagi o’zgarishlar zanjirida bu halqa haqiqatdan ham muhim ekanligini ta’kidlaydi.

Bu barcha ma’lumotlar bu yerda avvalo G.F.Lang tomonidan bundan 40 yil oldin ilgari surilgan holatlar hozirgi kunda qanchalik darajada qiziqarli va haqqoniy ekanligini ko’rsatish uchun keltirildi. Bundan tashqari fiziologik ,,sportcha yurak’’ ning qayd etib o’tilgan xususiyatlaridan ushbu ishda ularning to’liq tahlilini berish mumkin emasligi ma’lum bo’ladi. Shu sababli biz sportchining qon-tomirlar

tizimining yuqori darajadagi funksional holati uchun xarakterli bo’lgan faqat asosiy xususiyatlarini tahlil qilish bilan cheklanamiz. Bu shuning uchun muhimki, hozirgi kunda bu xususiyatga alohida ehtiyotkorlik bilan yondashish lozim.

Sportchining yurak-qon tomirlar tizimi yuqori funksional holatining asosiy klassik alomatlari miokardning bradikardiyasi, gipotoniyasi va gipertrofiyasi hisoblanadi deb aniqlangan deb aynan shu uchta xususiyatlar sportchining kuchli shug’ullanganlik holatini xarakterlaydi deb hisoblar edi.

So’nggi vaqtlarda ushbu tasavvurlarni qayta ko’rib chiqish kerakligini tasdiqlovchi ko’plab dalillar to’plashib bormoqda. Yuqorida aytilganidek, tibbiy ma’lumotlar asosida sportchining shug’ullanganlik holati to’g’risida so’z yuritish noto’g’ri hisoblanadi, chunki shug’ullanganlik-pedagogik tushunchadir. Ayniqsa alohida tizimlar yoki organlarning xususan, yurak-qon tomirlar tizimining shug’ullanganlik holati to’g’risida xulosa qilish mumkin emas. Lekin afsuski, bunday holatlar tez-tez uchrab turadi.

Bir tomondan yuqori shug’ullanganlik holati hamma vaqt ham ushbu uchta alomatlar bilan birga kuzatilmaydi,ikkinchi tomondan-qator holatlarda bu alomatlar organizmda patologik o’zgarishlarning yuz berishi bo’lishi mumkin [2,3,6,7].

Shug’ullanganlikning eng o’zgarmas va muhim belgisi bo’lib bradikardiya hisoblanadi. Shubhasiz yuqori shug’ullanganlik holatida yurak qisqarishi soni kamayadi va yaqqol namoyon bo’lgan bradikardiya ( minutiga 40marta qisqarishdan kam ) ko’pincha sport ustalarida va 1 razryadli sportchilarda uchraydi [12,27,31].

Boshqacha qilib aytganda, bradikardiya salomatlik holatida subyektiv imkoniyatlar va obyektiv chetlashishlar bo’lmagan vaqtda organizmning yuqori funksional holati belgisi bo’lib hisoblanishi mumkin. Shuning uchun yaqqol namoyon bo’lgan bradikardiya kuzatiladigan har bir sportchini batafsil tibbiy ko’rikdan o’tkazish va ayniqsa yurak qisqarishlari chastotasi minutiga 40 martadan kam bo’lganda barcha ma’lumotlar batafsil tahlil qilinishi zarur.




Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat