O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 2 Mb.
bet4/7
Sana23.02.2017
Hajmi2 Mb.
#3206
1   2   3   4   5   6   7

III. BOB. Asosiy qism.

Sportchilarning to’satdan o’limlari muammolarining muhim bo’limlaridan biri uning sabablarini aniqlash va dunyoning turli burchaklarida kuzatiladigan bu hodisaning statistik tahlilini qilishdan iborat. Sportchilar o’limi sabablarining savolini o’rganish sportchilarda kasallikni profilaktika qilish vositalarini ishlab chiqishda, sport uzoq yilligi muammosi va shu kabi boshqa muammolarni yechishda katta rol o’ynaydi. Darhol aytamiz gap faqat ichki a’zolar kasalliklari tufayli bo’ladigan o’limlar haqida boradi.

Bu savol ikkita jihatga ega. Birinchisi, sportchilar umuman o’zi nimadan o’ladi? Va ikkinchisi sportchilar kutilmagan o’limlarining sabablari nimada? Birinchi jihat juda qiziqarli va kam o’rganilgan. Shu bilan birga sport bilan shug’ullanish o’limlilik tuzulmasiga biron bir iz bosadimi va u sport bilan unchalik shug’ullanmaydiganlarnikidan farq qiladimi yo’qligini aniqlash juda muxim bo’lardi. Bu muhim amaliy ahamiyatga ega, chunki tasodifiy o’limlar soni yildan-yilga oshib boryapti, mashg’ulot va musobaqalarda o’limli yakun yanayam ko’proq kuzatilmoqda [10,16,17,23].

Shunday qilib, bu muammolarni yechish uchun sport bilan faol shug’ullanuvchi odamlarda tasodifiy o’limning epidomiologiyasi va etiopatogenezi, undan tashqari zamonaviy diagnostika samaradorligiga va sport bilan shug’ullanish paytida tasodifiy o’limning potensial xavfi shaoitlarini aniqlash uchun alohida izlanish metdlariga tegishli tashkiliy savollarni o’rganish zarur.

Miloddan avvalgi 490 yil Afina gazetasida quyidagi xabar chop etilgan: “Fiddipid ismli yosh afinalik askar uzoq masofaga yugurganidan so’ng o’ldi (olamdan o’tdi). Senat tergov olib borish, o’lim sababini aniqlash va aybdorlarni topishga farmoyish berdi....”

Hozirgi kunda tasodifiy o’limning bir qancha ta’riflari mavjud, shu bilan birga ularning ahamiyatlisi o’limning sababi hisoblanadi. Tasodifiy yurak o’limi shu kungacha bu insonda aniqlangan yoki yurak kasalligi chaqirgan zo’rlik bilan qilinmagan o’limdir. AQShda har yili tasodifiy yurak o’limidan 400000dan ortiq inson halok bo’ladi [27]. Sportdagi kutilmagan (tasodifiy) o’lim muammosiga alohida to’htalish talab qilinadi. Mulohazaga ko’ra sportda tasodifiy o’lim deb birinchi belgilar paydo bo’lgandan keyin nafaqat bir soat ichida, balki 24 soat ichida sodir bo’lganni ham hisoblash kerak. Bir tarafdan, tasodifiy o’lim sport faoliyati vaqtiga to’g’ri keladi, ya’ni ma’lum bir sport faoliyati bajarish vaqtida sodir bo’ladi va 1 soat ichida keladi (o’lim). Boshqa tarafdan, faol jismoniy yuklama vaqtida emas yoki undan so’ng darhol sodir bo’lgan sport bilan shug’ullanuvchi shaxslarning tasodifiy o’limlarini sport bilan bog’lash mumkinmi? Shunday bo’lsada, “sport bilan shug’ullanish natijasida yuz bergan o’lim” tushunchasini to’g’ri klassifikasiya qilish uchun yuqorida sanab o’tilgan ta’riflar to’liq emas va yetarlicha aniq emas. Sport bilan shug’ullanish natijasida sodir bo’ladigan “tasodifiy o’lim” tushunchasiga o’limning ehtimoliy sabab omillari sifatida “sport faoliyati” elementi ham kiradi. Boshqacha qilib aytganda, sport bilan shug’ullanish oqibatida kelib chiqqan tasodifiy o’lim haqida gapirish uchun ko’tarilgan intensiflikning psixofiziologik kuchayishi deb tushuniluvchi sport faoliyati va tasodifiy o’lim o’rtasidagi aloqani mutlaqo aniq qilib isbotlash (ko’rsatish) zarur. Shunday qilib, “sport bilan shug’ullanish oqibatida sodir bo’lgan tasodifiy o’lim” tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin. “O’tkir belgilar paydo bo’la boshlagan paytdan bir soat ichida sodir bo’lgan va sport faoliyati vaqti bilan mos keluvchi (startdan oldin; musobaqa paytida; marradan keyin darhol) o’z o’zidan o’limning sababi bo’lishi mumkin bo’lgan tasodifiy o’lim” [34,47].

Shunday bo’lsada, mulohazaga ko’ra [30], “agar sportchida sog’lom yurak bo’lsa tasodifiy o’limning birontasini mashq ta’siri hisobga qo’ymaslik kerak, hattoki kuch talab qiluvchi mashqni ham”. Har yili 1 million sportchidan 1 tadan 5 tagacha kutilmagan kordinal o’lim sodir bo’ladi [25,47]. Hozirgi kunda 35 gacha bo’lgan yoshda o’lim sabablari orasida gipertrofik kordiomiopatiya, koronar arteriyalarining rivojlanish anamaliyalari, o’ng qorinchaning aritmagan displaziyasi, miokard chap qorinchasining turli formadagi gipertrofiyalari, mardona sindromi, brigada sindrom, yurakning tug’ma paroglari yetakchilik qiladi [25,29,38]. Yurakning koronar kasalligi 35 yoshdan yuqori bo’lgan sportchilar tasodifiy o’limlarining yetakchi sababidir. [44,45,48,49]. Ammo doim ham tasodifiy o’limning sabablarini aniqlab bo’lmaydi [22], aftidan ritmning hayot uchun xavfli buzilishlari bilan namoyon bo’luvchi genetik omillar bilan bog’liq [46]. AQShda 10 yil davomida qayd qilingan 158 sportchilarning tasodifiy o’limlari tahlili shuni ko’rsatdiki, kordial sabablar 85%ni tashkil qilishdi. Asosan o’yinli sport turlarida : basketbol va futbolda 168% holatda, 90% holatda o’zidan ketish va tasodifiy o’lim darhol mashg’ulotdan so’ng va musobaqalar paytida sodir bo’ldi [38]. Klinik nuqtai nazardan sportda xavf soluvchi holatlar ehtimoli pridiktorlarni o’rganish juda muhim. Adabiy manbalarga qaraganda 18-37% sportchida 3-24 oygacha tasodifiy o’limdan oldin presinkonal va sinkonal holatlar belgilangan yoki kordional xarakterdagi shikoyatlar bo’lgan [68,69,71]. Hayotligida sport bilan faol shug’ullangan tasodifan o’lganlarning yoshligini, undan tashqari verifisiyali patomorfologik diognoz, anamnezda sinkonal holatlarni inobatga olgan holda, ehtimol ritm buzilishi bilan bog’liq [2,3,25,28].

a) sportchilarda favqulotda o’lim holatining zamonaviy tasnifi

Zamonaviy tasnifida sportchilarda tasodifiy o’limning beshta holati ajratiladi:

I.Neyro – mediatorli, vazovagal, sinokarotid, yazikoglotlarni qo’shgan holda.

II. Dastlabki ortostatik (vegetativ yetishmovchilik).

III. Ritmning va o’tkazuvchanlikning buzilishi dori indusiralik qo’shgan holda.

IV.Yurakning a’zo kasalliklari, yurak o’pka kasalliklari.

V.Serebrovoskulyar xastaligi

Freminim izlanishlari ma’lumotlariga qaraganda sinkonal holatning tarqalishi erkaklarda 3%ni va ayollarda 3,5%ni tashkil qiladi. Asosan yoshlarda 112-48%, keksalarda atigi 6% [23]. Statistik ma’lumotlarning tahlili hammasi 641,48,4% sinokaraditlini qo’shgan holda vazovagal sinkoni, 48%da surunkali vegetativ yetishmovchilik, 8,3%da dori preparatlaridan indusiriyalangan gipotenziya va sistemali gipotenziya, 6,7%da vestibulyar disfunksiya, 8,7% bemorda (pasiyent) esa psixiatrik (diagnoz) tashxis qo’yilganligini aniqlashda imkon berdi. Funksional problarni qo’llash 72,1% holatda tashxisni verifikasiya qilishga imkon berdi. Ammo 27,9% bemorlarda sinkonal holatning sababini aniqlashning imkoni bo’lmadi [58]. Mulohazaga ko’ra [51], 13-41% sinkonal holatning sababini aniqlashni imkoni bo’lmaydi. Shu bilan bog’liq ravishda ayniqsa kardiologik tasodifiy o’lim xavfi yuqori bo’lgan sportchilarni topish o’ta muhimdir. Kardial sabablar sportdagi tasodifiy o’limlar strukturasida 90%ni tashkil qiladi [9]. Sport bilan shug’ullanuvchi shaxslarda barcha sinkonal va presinkonal holatlarda, undan tashqari kardiologik xarakterdagi shikoyatlar sinchikovlik bilan tahlil qilinishi kerakligi shubhasiz. Birinchi navbatda sinkonal holat yuzaga kelgan sharoitni, undan tashqari tananing holatini (tik turib, o’tirgan holda, yotgan holda) aniqlashtirish kerak. Sinkonal holat tinch paytda yuzaga keldimi, tana holatini o’zgartirgan holatdami, yuklamagachami yo undan keyinmi, siydik chiqarilgan paytdami yo undan keyin darholmi, defekasiyadami, yo’taldami, yutinishdami. Bemorlarning ehtimol, sinkonal holatdan oldin paydo bo’lgan ko’ngil aynish, qusish, abdominal noqulaylik, sovqatish hissi, terlash, ko’z nurining yomonlashuvi singari shikoyatlarga baho berish kerak. mushaklar tortishishi, sezuvchanlikning buzilishi borligini qo’shgan holda bir qator nevrologik shikoyatlarni baholash zarur. Kardiologik fomillarning butun safiga alohida to’xtalib o’tish kerak [7,17,22,28,33,37,40,46].

Ularga (omillarga) yurakning tug’ma oritmogen kasalliklari va birinchi darajada yaqinlikdagi qarindoshlarining hushdan ketishlari, avval bo’lgan kardiologik kasalliklar, nevrologik oilaviy analiz, metobolik kasalliklar (qandli diabet), medikomentoz terapiya (gipotenzivli, antianginali, antidepressantlar), antiaritmiyali, diuretik preporatlar, undan tashqari OG kattaligiga ta’sir qiluvchi moddalardan tasodifiy o’limlarni qo’shish kerak. Klinik nuqtai nazardan residiviyalovchi sinkonal holatlar o’ta muhim [13,28].

Kardiologik kasallarni sinkonal holati ko’pincha sinus tugunining disfunksional, braditaxikardiya sindromi, atrioventkulyar blokada bilan bog’liq.

“Chayqaluvchi” ko’krak qafasi (ko’krak yoki qoburg’alarning sinishida) va yurakning tamponadasi.

Davolash; to’g’ri tashxis va tez reanimasiya juda muhim.

Qorin jarohatlari. Odatda bu ko’plab boshqa jarohatlar kompleksiga ketuvchi jarohatlardir. Tashhis qo’yish uchun qorin sohasini kompyuter tamografiya qilish va qorin sohasini yuvish talab qilishi mumkin.

b) Sportdagi tasodifiy o’limning statistik tahlili.

Sport bilan shug’ullanish oqibatidagi tasodifiy o’lim tibbiyot muammosi sifatida hech bo’lmasa 2500 yildan beri mavjud. Eramizgacha bo’lgan 490 yilda Afina gazetasida quyidagi xabar chop etilgan: “Fiddipid ismli yosh afinalik askar uzoq masofaga yugurganidan so’ng o’ldi (olamdan o’tdi). Senat tergov olib borish, o’lim sababini aniqlash va aybdorlarni topishga farmoyish berdi....”

Avstraliyada sportda jiddiy jarohatlar va o’lim bo’yicha olib borilgan izlanishda 2 yillik davrdagi (2001 yil iyuldan 2003 yil iyungacha) statistik ma’lumotlar keltiriladi, unda umumiy o’lim ko’rsatkichi yiliga 100000 sportchi orasida 0,8 ta halokatni tashkil qilgan. Shu bilan birga o’lim ko’rsatkichi erkaklarda (yiliga 1,5 holat) ayollarga (0,1 holat) nisbatan ancha yuqori. Tahliliy maqolada [55] yiliga 100000 sportchi orasida 2ta holatni keltiruvchi o’xshash raqam beriladi. Shu bilan birga asosiy hollarda o’limning sababi yurak bilan bog’liq muammolar hisoblanadi [56]. Sportda o’lim jarohatlari statistikasi tez-tez emas va kuchli tarzda mamlakatga bog’liq. Masalan, qishgi sport turlari asosiy o’rin tutuvchi Shvstsariya 2000 yilda o’lim bo’yicha birinchi o’rinni tog’ chang’isi egalladi (40% o’lim bilan tugagan 6200 baxtsiz hodisa, ikkinchi o’rinni chang’ilarda katta tezlikda tushish (42000 hodisa, 19% o’lim bilan tugagan), so’ngra snoubord (24500 hodisa, 19% o’lim bilan tugagan).

Avstraliyada boshqacha statistika: 2001 yildan 2003 yilgacha bo’lgan davrlar mobaynida eng ko’p o’limli va og’ir jarohatlar motosport (umumiy jarohatlarning 32%ni), ot sporti (umumiy jarohatlarning 14%ni). Avstraliya futboli, suv chang’ilari va tezkor katerlarda poyga (har biri umumiy jarohatning 9%ni) kabi sport turlarida sodir bo’lganligi aniqlangan.

1990 yilning boshida AQShning texnika xavfsizligi bo’yicha Milliy kengashi 1984-1989 yillarda Amerika sportidagi o’lim holatlari statistikasini doklad ko’rinishida chop etdi. Eng xavfli sport turi alpinizm bo’lib chiqdi. Alpinizm bilan shug’ullanuvchi 10 ming kishiga o’lim bilan yakun topuvchi 56 ta baxtsiz hodisa to’g’ri keladi.

FORBES jurnali 2002 yilda eng xavfli sport turlari ro’yxatini chop etdi.

- Bayz – jamping (baland binolar va ko’priklar ustidan parashut bilan sakrash);

- Fri – dayving (akvalangsiz sho’ng’ish);

- Suv osti g’orlariga dayving;

- Chang’ilarda tezkor tushish;

- Katta to’lqinlarda vindserfing;

- Tog’ velosipedi;

- Alpinizm

- Daryolarda 5- kategoriyali Xayaking (Oq suv).

Yosh va aftidan sog’lom bo’lgan odamning kutilmagan o’limi jamiyat va oila uchun haqiqiy fojiaga aylanadi, ayniqsa bu hodisa doimo sog’lik va kuch ramzi bo’lib kelgan sportchilar bilan ro’y bersa. Yaxshiki sportda tasodifiy o’lim kam uchraydigan hodisa. “Sportda tasodifiy o’lim” tushunchasining rasmiy ta’rifi bevosita jismoniy yuklama paytida undan tashqari o’z faoliyatini o’zgartirish yoki bas qilishga majburlovchi birinchi belgilar paydo bo’lgandan so’ng 1-24 soatgacha sodir bo’lgan o’limni nazarda tutadi. Sportchilar o’limlarning sabablari orasida jaroxatlar birinchi o’rinda turmaydi.

Ko’proq uchraydigan quyidagi sabablari ajratiladi:


  • Yurak sabablari

  • Jarohatlar

  • Farmokologik preparatlar (doping)

d) sportchilarda yurak qon- tomirlar potologiyasi va fafqulotda o’lim.

Sportda yurak sabablaridan tasodifiy o’lim kardiologiyasining alohida sohasini egallaydi. Bu murakkab va chuqur tibbiyot muammosidir va biz bu tahlilda yuzakigina to’xtalamiz.



Sportda tasodifiy o’lim 2 kategoriyaga bo’linishi mumkin:

  1. Sindrom ko’krakka kuchli va kutilmagan zarba yurakning fatal aritmiyasini chaqiradi (fatal aritmiya qo’zg’atish impulsining yoki uning yurak mushagiga o’tishi buzilishlarining umumiy nomi; A: odatda yurak qisqarishlari ritmining buzilishida namoyon bo’ladi). Ko’proq strukturali, odatda irsiy bo’lgan yurak kasalliklari tufayli sodir bo’ladigan yosh sportchilarning tasodifiy kordial o’limi (30 yoshdan kichik);

  2. 30 yoshdan katta bo’lgan sportchilar o’limlarining asosiy sababchisi bo’lgan va asosan yugurish, velopoyga va boshqa intensiv dinamik yuklamali sport turlariga sodir bo’luvchi ishomik kasallikdan (asosida yurak miokardi zararlari yotuvchi yurak patologiyasi ateroskleroz tufayli qon yetkazib berishni yetishmovchiligi bilan shartlanadi) (sodir bo’luvchi) tasodifiy kardial o’lim.

“Sport tibbiyot va fani ensiklopediyasi” kitobida sportchilar kutilmagan o’limlarining yurakka bog’liq sabablari ro’yxati keltiriladi. O’zining yosh (35 yoshgacha) sportchilar orasidagi tasodifiy o’limga bag’ishlangan tahlilida gipertrofik kardiomiopatiya shu guruh sportchilaridagi yurak patologiyasi sababli o’lim holatlarining 50%dan ko’prog’i tashkil qilishi belgilangan. Shuningdek, yosh sportchining tasodifiy o’limiga quyidagilar ham sabab bo’lishi mumkin: o’ng qorinchaning displaziyasi, yurakning klopan kasalligi, aortal stenoz, marafon sindromi, koronar arteriyasining anomaliyalari, miokardit, Volff-Parxinson-Uayt sindromi va uzun QTsindromi. Shu bilan birga yosh bo’lmagan (35 yoshdan keyin) sportchilar tasodifiy o’limlari sabablarining 90%ni hech qachon yoshlarda uchramaydigan ishomiya kasalligi tashkil qiladi.

Tasodifiy kordial o’limning profilaktikisi.

Quyidagi eng muhim profilaktika choralari kiritilgan:



  • Doimo shifokor ko’rigidan o’tish;

  • Kasalliklarni boshlang’ich bosqichlarida aniqlash tasodifiy o’lim xavfini kamaytiradi va muvaffaqiyatli davolanishga imkon beradi;

  • Haddan ziyod intensiv (jadal) mashqlardan qochish;

Barcha sportchilar jadal sport faoliyati bilan bog’liq tasodifiy yurak o’limi hafi haqida bilishlari kerak. Inson o’ziga uning yoshiga va umumiy jismoniy holatiga to’g’ri keluvchi sport turini tanlashi kerak. Tayyorlanmagan odamlar kerakli mashg’ulot davrini o’tkazmay turib yuqori intensivli sport musobaqalariga qatnashishni boshlamasliklari kerak. Puls minutiga 170 zarbadan ortiq bo’lmasliklari kerak, ayniqsa sportchi 35 yoshdan katta bo’lsa. Jismoniy yuklamalarga moslashishi uchun sportchilar yaxshilab qizib olishlari va butun mashg’ulot davrida organizmlarini sovutmasliklari kerak. Bunaqa strategiya mashg’ulotdan keyingi davrda aritmiya ehtimolini kamaytirishda yordam beradi.

  • Birinchi alomatlarga e’tibor berish.

Kasallikning birinchi alomatlari, ko’krakda og’riq yoki o’ta charchoq singari belgilar tasodifiy kardiol o’limdan oldin kelishi singari. Bunday alomatlar boshlanganda darhol jismoniy faollikni to’xtatish va shifokor yordamiga murojaat qilish kerak.

Sportda tasodifiy o’lim tushunchasining rasmiy ta’rifi bevosita jismoniy yuklama paytida undan tashqari o’z faoliyatini o’zgartirish yoki to’xtatishga majburlovchi birinchi belgilar paydo bo’lgandan so’ng 1-24 soatgacha sodir bo’lgan o’limni nazarda tutadi. Sportchilar o’limining sabablari orasida jarohatlar birinchi o’rinda turmaydi. Ko’proq uchraydigan quyidagi sabablar ajratiladi.



  • Yurak sabablari;

  • Jarohatlar;

  • Farmokologik preparatlar (doping);

Sportda tasodifiy o’lim statistikasi.

3.1- jadval. Viktoriyada (Avstraliya) 2001 yil iyuldan 2003 yil iyungacha bo’lgan davrda turli sport turlaridagi og’ir va o’lim bilan tugagan jarohatlar (n=198)ni qo’shgan holda [57].





Sport turi

Soni

Umumiy jarohatlardan % hisobida

Og’ir va fatal jarohatlar darajasi.

1

Motosport

63

31,8

113,3

2

Ot sporti

28

14,1

29,7

3

Avstraliya futboli

17

8,6

5,5

4

Suv chang’isi-

katerlarda poyga



17

8,6

31,5

5

Suzish

14

7,4

1,8

6

Havoda suzish

12

6,1

p/a

7

Baliq ovi

10

5,1

9,2

8

VMX va tog’ velosipedi

5

2,5

p/a

9

Chang’ilar

4

2

2,5

10

Qoyaga tirmashish

4

2

6,6

11

Boshqa

24

12,1

p/a

AQShning halokatli sport jarahatlarini izlanish bo’yicha milliy markazi 1982 yildan boshlab sportdagi barcha og’ir va o’limga olib boruvchi jarohatlarni qayd qilib boradi. Ularning ma’lumotlariga ko’ra 1982 yildan 2008 yilgacha bo’lgan davrda eng havfli sport turi cherliding bo’lgan-11 ta o’lim, 36 ta umrbod nogironlikka sabab bo’lgan jarohatlar va 65 ta vaqtinchalik harakat faoliyatini yo’qolishiga olib kelgan jiddiy jarohatlar. Undan tashqari jarohatlar bo’yicha ikkinchi o’rinda turuvchi basketbolda 17 ta o’lim sodir bo’lgan (to’g’ridan - to’g’ri) fatal bo’lmagan jarohatlar. AQShning ayollar sporti gimnastikasida 1 ta o’lim sodir bo’lgan, 8 ta sportchilarning umrbod nogiron bo’lib qolishlariga sabab bo’lgan jarohatlar va ikkita harakat faolligini vaqtinchalik yo’qolishiga sabab bo’lgan og’ir jarohatlar (Twenty sixtp annual report of national centor for Catastropic sports Injury Rescarch) [69].

3.2 jadval. Sportda tasodifiy o’limning yurak bilan bo’lgan sabablari.

Yurakning ishemik kasalligi.

Koronar arteriyaning ateroskeleroz.

Koronar arteriyaning spazmi.

Koronar arteriyaning trombozi.

Aortakoronar shuntira.

Gipoplastik koronar arteriya

Koronar arteriyaning alkomaliyalari

Aortaning qatlamlashishi va uzunligi.



Strukturali patologiyalar

Gipertrofik kordiomionatiya

Ideopatik konseptrik chap qorinchaning gipertrofiyasi.

O’ng qorinchaning displaziyasi

Mitral klopanning prolapsi

Yurakning klopan kasalligi

Marofon sindromi

Aorta stenozi

Yurakning tug’ma parogi

O’roqsimon katakchali anomiya



O’tkazishning aritmiyalari va nuqsonlari

Volff-Parkinson-Uayt sindromi

Qisqargan PQ sindromi

Uzun QT sindromi

Oshqozoncha aritmiyalar

Mediya giperplaziyasi va aritmiya intomlarining proliferasiyalari (bosh sinus tugunining)



Boshqa sabablar

Miokardit.

Og’riqga qarshi sterioidlarning ishlatilishi

Kokainning iste’mol qilinishi

Bek kasalligi

Ko’krak jarohati

(sindrom commoxio cordis)

Avstraliyada sportda jiddiy jarohatlar va o’lim bo’yicha olib borilgan izlanishlarda [67] 2 yillik davrdagi (2001 yil iyuldan 2003 yil iyungacha) statistik ma’lumotlar keltiriladi, unda umumiy o’lim ko’rsatgichi yiliga 100 000 sportchi orasida 0,8 ta holatni tashkil qilgan. Shu bilan birga o’lim ko’rsatgichi erkaklarda (yiliga 1,5 holat) ayollarga (0,1 holat) nisbatan ancha yuqori. HILLIS W.S. taxminiy maqolasida kam mualliflar yiliga 100 000 sportchi orasida 2 ta holatni keltiruvchi o’xshash raqamni berishadi. Shu bilan birga asosiy hollarda o’limning sababi yurak bilan bog’liq muammolar hisoblanadi.[26].

Sportda o’lim jarohatlari statistikasi tez-tez emas va kuchli tarzda mamlakatga bog’liq. Masalan, qishgi sport turlari asosiy o’rin tutuvchi Shvesariyada 2000 yilda o’lim bo’yicha birinchi o’rinni tog’ chang’isi egalladi (40% o’lim bilan tugagan yoki o’ta xavfli 6200 ta baxtsiz hodisa), ikkinchi o’rinni chang’ilarda katta tezlikda tushish 14200 hodisa, (19% o’lim bilan tugagan), so’ngra (24500 hodisa, 19% o’lim bilan tugagan).

“Sport tibbiyoti va fani ensiklopediyasi” kitobida sportchilar kutilmagan o’limlarining yurakka bog’liq sabablari ro’yxati keltiriladi [3.2 jadval]. O’zining yosh (30 yoshgacha) sportchilar orasidagi tasodifiy o’limga bag’ishlangan taxminida gipertrofik kardiomionatiya shu guruh sportchilaridagi yurak patologiyasi sababli o’lim holatlarining 50%dan ko’prog’ini tashkil qilishi belgilangan. Shuningdek, yosh sportchining tasodifiy o’limiga quyidagilar ham sabab bo’lishi mumkin.

O’ng qorinchaning displaziyasi, yurakning klapan kasalligi, aortal stenoz, marfon sindromi, koronar arteriyaning anamaliyalari, miokardit, Volff-Parkinson-Uayt sindromi va uzun QT sindromi. Shu bilan birga Boratia A. yozadiki, yosh bo’lmagan (35 yoshdan yuqori) sportchilar tasodifiy o’limlari sabablarining 90%ni hech qachon yoshlarda uchramaydigan ishamiya kasalligi tashkil qiladi [49].

Sportda yurak sabablaridan tasodiy o’lim kardiologiyasining aloxida sohasini egallaydi. Bu murakkab va chuqur tibbiyot muammosidir va biz bu taxlilga yuzakigina to’xtalamiz.



Sportda tasodiy o’lim 3 kategoriyaga ajratiladi.

  1. Commotio cardis sindromi, ko’krakka kuchli va kutilmagan zarba yurakning fatal aritmiyasini chaqiradi.

  2. Ko’proq strukturali, odatda irsiyat bo’lgan yurak kasalliklari tufayli sodir bo’ladigan yosh sportchilarning tasodifiy kordial o’limi (30 yoshdan kichik).

  3. 30 yoshdan katta bo’lgan sportchilar o’limlarining asosiy sababchisi bo’lgan va asosan yugurish, velopoyga va boshqa intensiv (jadal) dinamik yuklamali sport turlarida sodir bo’luvchi ishyamik kasallikdan tasodifiy kardial o’lim [61].

U.S.Xilis [38] asosiy sport turlari intensivlik darajasi va dinamik va statik mehnat talabiga qarab klassifikasiya qilingan jadvalni keltiradi.

3.3- jadval.



A) Yuqori intensivlik

1. yuqori dinamik va statik talab.



Amerika futboli

Qilichbozlik

Sprinterlik yugurish

Boks

Muzda xokkey

Xokkeyda yugurish

Chang’ilarda yugurish

Eshkak eshish

Suv polosi

Tog’ chang’isi

Regbi

Kurash

2.Yuqori dinamik, lekin past statik talab.

Badminton

Sportivnoye fistirovaniye

Suzish

Beysbol

Sportcha yurish

Stol tennisi

Basketbol

Skvash

Katta tennis

Chim ustida xokkey

Stayer yugurish

Voleybol

Lakross




Futbol

3.Past dinamik, lekin yuqori statik talab.

Kamondan o’q uzish

Avto sport

Yelkanli sport

Sakrash va uloqtirishlar

Dayving

Tramplindan sakrash

Motosport

Ot sporti

Og’ir atletika

Suv chang’isi

Gimnastika






B) past intensivlik.

Past dinamik va statik talab.



Bouling

Kyotming

O’q otish

Krinat

Golf




Bir yoki bir nechta patologiyasi bo’lgan odamlarga jadvaldagi A guruhdagi sport turlari bilan shug’ullanish tavsiya etilmaydi [38]. Tashhisdan kelib chiqqan holda, yuzma-yuz konsultasiya va kardiologiyaning davolashidan so’nggina A va B guruhdagi sport turlari bilan shug’ullanish ruxsat berilishi mumkin [38].

Tasodifiy kardial o’lim profilaktikasi.

Maqolada quyidagi eng muhim profilaktika choralari keltirilgan.



  • Doimo shifokor ko’rigidan o’tish.

Kasalliklarni boshlang’ich bosqichlarida aniqlash tasodifiy o’lim xavfini kamaytiradi va muvaffaqiyatliroq davolanishga imkon beradi.

  • Haddan ziyod intensiv mashqlardan qochish, barcha sportchilar jadal sport faoliyati bilan bog’liq bo’lgan tasodifiy yurak o’limi xavfi haqida bilishlari kerak. Inson o’ziga uning yoshiga va umumiy jismoniy holatiga to’g’ri keluvchi port turini tanlashi kerak. Tayyorlanmagan odamlar kerakli mashg’ulot davrini o’tamay turib yuqori intensiv sport musobaqalariga qatnashishni boshlamasliklari kerak. Puls minutiga 170 zarbadan ortiq bo’lmasligi kerak, ayniqsa sportchi 35 yoshdan katta bo’lsa. Jismoniy yuklamalarga moslashish uchun sportchilar yaxshilab qizib olishlari va butun mashg’ulot davomida organizmlarini sovutmasliklari kerak. Bunday strategik mashg’ulotdan keyingi davrda aritmiya ehtimolini kamaytirishda yordam beradi.

  • Birinchi alomatlarga e’tibor berish. Kasallikning birinchi alomatlari, ko’krakda og’riq yoki o’ta charchash singari belgilar tasodifiy kordial o’limdan oldin kelishi singari. Bunday alomatlar boshlanganda darhol jismoniy faollikni to’xtatish va shifokor yordamiga murojaat qilish kerak. Sportchilarni og’riqni yengib marraga intilishlariga undaydigan tomoshabinlarning rag’bati xavflidir. Sportchilarga bunday o’ta rag’batlantirishni qo’llash yaramaydi, zero bu ular uchun potensial xavfli. Undan tashqari shamollash va infeksiyali kasalliklarda intensiv jismoniy yulamalardan qochgan ma’qul.

  • Organizmning qizib ketishidan saqlanish, zero yuqori harorat (temperatura) yurak qisqarishlari chastotasini kattartiradi va aritmiyani chaqirishi mumkin, shuning uchun mashg’ulotlardan so’ng darhol issiq hammom va dushlardan saqlanishi kerak. Undan tashqari yuqori haroratda yuqori intensiv yuklamalardan saqlanish ham maqsadga muvofiq. Chunki sovuqlik va mikroelementlar (Na,K)yo’qotish muhim rol o’ynashi mumkin. Bunday ekologik omillar Buyuk Britaniyada skvash (sport turi) hakamlari tomonidan inobatga olinadi. Marafon singari chidamlilikni talab qiluvchi sport turlarida suyuqlik va elektrolitlar yo’qotilishi maksimal darajada to’ldirib turishi kerak. Marafonning ko’plab marafon musobaqalarida “tarqatish punktlari” bo’lsada, hamma atletlar ham undan kerakli darajada foydalanaverishmaydi.

  • Chekmaslik. Hamma sportchilar chekishdan saqlanishlari kerak. Chekish koronar arteriya kasalligi xavfining omillari bo’lishi bilan birga, undan tashqari aritmiya chaqirishi mumkin bo’lgan qon sivorotkasida erkin yog’li kislotalarni ko’paytirishi va katexolominlarning ishlab chiqarilishini ko’paytirishi mumkin, ayniqsa bevosita mashg’ulotdan so’ng.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish