O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


O’quv mashg’ulotining slaydli taqdimoti



Download 5,09 Mb.
bet87/137
Sana18.04.2022
Hajmi5,09 Mb.
#561142
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   137
Bog'liq
ТАСВИРИЙ ФАОЛИЯТ МЕТ 2021

O’quv mashg’ulotining slaydli taqdimoti.
Darsning oltin qoidalari. 1- ilova.
1. O’zaro hurmat.
2. O’z- o’zini nazorat etish.
3. Mazmundan uzoqlashmaslik.
4. Mas’uliyatni sezish.
5. Ko’tarilgan qo’l qoidasi.
6. Tartibga rioya qilish.
7. Zavq bilan o’qish.
8. … taklif kiriting.
Blits-so’rov metodi
Ilova 2

Guruh
Bahosi

Guruh
xatosi

To`g`ri
Javob

Yakka hato


Harakatlar mazmuni













Tadbir rejasini tuzish













Tadbir maqsadini belgilash













Tadbir mavzusini tanlash













Tadbirni boshlash yo`lini tanlash va uning senariysini yozish













Tadbirni repetitsiya qilish













Oldindan tomoshabinlarning munosabatini ko`ra bilish













Tadbirga ajratilgan vaqtni taqsimlash













Tadbir mavzusining dolzarbligini baholash













Bo`lajak tadbirning ta`sirli nuqtasini tanlash













Tadbir loyihasining yakuniy tahlili













Tadbirda qo`llaniladigan texnika vositalarini tayyorlash













Tadbir o`tkaziladigan joyni jihozlash

3-ilova



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA
TA’LIM VAZIRLIGI
FARG`ONA VILOYATI O’RTA VA PROFESSIONAL TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH VA MUVOFIQLASHTIRISH
HUDUDIY BOSHQARMASI FARG’ONA VILOYATI MAKTABGACHA TA’LIM BOSHQARMASI


MARG’ILON PEDAGOGIKA KOLLEJI
Tasviriy faoliyat metodikasi fanidan
MAVZULAR TO`PLAMI

MARG`ILON 2021 – YIL
1. Mavzu:Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va oilada bolalarni tasviriy san’at turlari bilan tanishtirish.
Reja:
1.O’zbekistonda maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar.
2.Komil inson tarbiyasida tasviriy faoliyatning ahamiyati.
3. Tasviriy san’at turlari.
4.Amaliy san’at turlari
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida nafosat tarbiya berishda tasviriy faoliyat turlaridan ham foydalaniladi. Bundan tashqari, tarbiyachi tasviriy san’at vositalari asosida, ya’ni rassomlarning asarlari, xalq dekorativ - amaliy san’ati, haykaltaroshlik namunalari bilan tanishtirib, ular orqali bolalarda go’zallik xis-tuyg’usini, tasavvurini shakllantiradi, voqelikka nisbatan nafis (estetik) munosabatda bo’lishga o’rgatadi.
Inson kichik yoshdan boshlab, shaxs sifatida shakllanadi. U o’z ona tilini o’rganishga, o’zi yashab turgan joy, muhit, Vatan san’atini anglashga kirishadi. Tasviriy san’at vositalari orqali bolaning o’lka go’zalligi, ona tabiat, Vatan haqidagi his-tuyg’ulari shakllanib borishi uni o’z xalqiga, uning san’atiga, o’z qishlog’i (shahri)ga, atrof – muhitga nisbatan mehr – muhabbatni, hurmatni shakllantiradi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o’lka tasviriy san’ati namunalarini amaliy mashg’ulotlarda qo’llashning katta imkoniyatlari mavjuddir:
- avvalo tasviriy san’at asarlari, badiiy asarlar (xalq ertaklari, masallari, qissa va h.k) mazmuni asosida chizilgan suratlar orqali nutq o’stirish mashg’ulotlarida;
- maktabgacha ta’lim tashkilotlarida voqea va hodisalarni aks ettirishga asoslangan tasviriy faoliyat turlariga qadar olib borilayotgan ishlarni imkoni boricha mahalliy sharoitda – MTT atrofidagi joylarda o’tkazish: masalan, dala, xalq ustalari ustaxonasi yoki boshqa yerda;
- dekorativ rasm, loy, plastilin bilan ishlash applikatsiya faoliyatlarida o’zbek xalq amaliy san’ati namunalaridan foydalanish. Badiiy naqsh shakllarini yaratishda naqsh unsurlari va ranglar nomlarini atashga (yo’l – yo’l, gajak, jingalak chiziqlar, havorang, binafsharang va h.k) va tasvirlashga o’rgatish;
- qurish–yasash, applikatsiya faoliyatlarida mahalliy tabiiy materiallardan foydalanish (barg, yong’oq po’chog’i, paxta, jun)
- bolalarning mustaqil ijodiy faoliyatlarida O’zbekiston sharoitida keng tarqalgan ommaviy san’at turlari, janrlariga qiziqish uyg’otish, ularning san’atning ana shu xususiyatlariga xos bo’lgan ijodiy malakalarini shakllantirib borish.
3 – 4 yoshli bolalar bilan ishlashda ularning suratga bo’lgan diqqatini shakllantirish kerak. Bolani suratning mazmuni bilan tanishtirishda o’sha rasmda tasvirlangan bolaning o’rniga o’zini qo’yish kerakligi aytilsa bola unga qiziq bo’lgan voqeaning qahramoni sifatida o’zi to’g’risida gapira boshlaydi.
Bolalarga suratlarni tanlashda o’yin usullaridan ham foydalanish mumkin. Kuzatish va nutqni rivojlantirishda suratda kim ko’proq narsani ko’radi? deb savol berib, ularni so’zlashga o’rgatiladi.
Faoliyatlarni bunday o’tkazish bolalarda suratlarni ko’rishga qiziqishni uyg’otadi. Ular boshqa joylarda ham suratlarni ko’rib, uning mazmunini tarbiyachiga aytib berishadi. Suratlarni ko’rib bo’lganlaridan so’ng ko’rgazmalar uyushtirish mumkin. Bolalar ko’rgan va ko’rmagan suratlar ham qo’yiladi. Naqqoshlik san’ati bilan tanishtirishda bolalar o’zlari ishlatadigan narsalardagi naqshlarni ko’rib chiqadilar. O’yin: bir xil naqsh elementlarini topishni, ularning takrorlanishini yoki bir xil rangdagi elementlarni yoki bir xil elementlarning har-xil rangda kelishini topishni o’rgatadi. Bezakli rasm chizishuchun asos bo’ladi. Haykaltaroshlik asarlari esa loy, rasm mashg’ulotlarida tasvirni yaratish imkonini beradi.
Maktabga tayyorlov guruh bolalarini muzeylarga sayohatga olib borish mumkin. Muzeydagi eksponatlarni katta qiziqish bilan ko’radilar va muzey ishchisining gaplarini diqqat bilan tinglaydilar.
Shunday qilib, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni san’at bilan tanishtirishning quyidagi forma, metod va usullari mavjud ekan:

  1. Tasviriy san’atning: surat, haykaltaroshlik, illyustratsiyalar bilan tanishtirish. Birinchi faoliyatda birinchi turi o’rgatiladi.

  2. Savollar berish yordamida tarbiyachi hikoyasi, suhbat bolalarni mustaqil fikrlari, she’rlar, badiiy asarlardan olingan parchalar yordamida.

  3. Maktabgacha ta’lim tashkilotida, guruh xonasida yoki zalda ko’rgazmalar uyushtirish.

  4. Sayohatlar uyushtirish.

Bolalarni nafis tarbiyalashda, ularning ijodkorligini o’stirishda o’zbek xalq san’ati namunalarini o’rganish alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, u xalqning turmush san’ati bo’lib, badiiy ijod bilan moddiy talablarni chambarchas bog’langan.
Xalqning badiiy an’analari nihoyatda barqaror: xalqning turmush sharoiti bilan birga o’zgarib, boyib borgan holda, o’z milliy asosini hamisha saqlab qoladi. Amaliy san’atning yangi vazifa va talablarga binoan rivojlanishi uning taraqqiyotini ta’minlaydi.
Kichkintoylarni xalq san’atlari asarlari bilan tanishtirish jarayonida nafis hisni o’stirish, san’atni idrok etish ko’nikmasini hosil qilish shu kunning asosiy masalalaridan biridir. Shuning uchun MTT tarbiyalanuvchilarining badiiy moyilliklarini amaliy jihatdan to’g’ri yo’naltirish, ularga keyinchalik nafis uy jihozlarini, kiyim – kechaklarini, ro’zg’or buyumlarining estetik mohiyatini tushunib yetishga, ulardan did bilan foydalanishga ko’maklashadi.
Nafosat faoliyatlarida bolalarni quyidagi tushuncha va ma’lumotlar bilan tanishtirish maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz:

  1. Hozirgi xalq amaliy san’ati turlari bilan.

  2. Amaliy san’at namunalari bilan.

  3. O’zbekistonda mavjud yirik tarixiy va madaniy yodgorliklar (xalq amaliy san’ati bilan bog’liq bo’lgan) nomlari bilan.

  4. O’zbekiston hududida joylashgan xalq amaliy san’ati rivojlangan shahar va tumanlar nomlari bilan.

  5. Xalq amaliy san’atini yaratishda qo’llaniladigan asboblar va materiallar bilan.

Xalq amaliy san’atini o’rganish namunalarini ko’zdan kechirish bilan birga, turmushda ishlatiladigan buyumlar: har xil idishlar, kiyim – kechaklar, gilamlar, turli o’yinchoqlar va boshqalarni bezashni ham o’z ichiga oladi.
O’lkashunoslik va badiiy buyumlar muzeylari hamda ko’rgazma zallarida, shuningdek, xalq san’ati bo’yicha tuzilgan kitob va al’bomlardagi materiallarni kichkintoylar bilan birga ko’rish mumkin.
Dilbandlar bilan birgalikda amaliy san’at muzeylariga, ko’rgazma zallariga sayohat tashkil etilishi kerak. Amaliy san’at asarlarini rasm chizish, loy yoki plastilindan narsalar yasash, applikatsiya va qurish – yasash mashg’ulotlari bilan bog’lab o’rgatish yaxshi samaralar beradi.
Ma’lumki barkamol inson deganda ham aqliy, ham jismoniy kamol topgan shaxs tushuniladi. Ta’lim – tarbiyaning maqsadi ham har jihatdan barkamol shaxsni shakllantirishdan iboratdir. Zero, “barkamol” so’zining lug’aviy ma’nosi ham kamolotga erishgan, kamol topgan, bekamu-ko’st, yetuk, har jihatdan to’kis, mukammal.
Eng qadim zamonlardan boshlab barkamol insonni shakllantirishning mezoni sifatida:
a) Aqliy yetuklik – sog’lom fikr, yuqori iste’dod, salohiyat;
b) ma’naviy – ahloqiy yuksaklik;
c) Jismoniy yetuklik – badan tarbiyasi;
d) Nafosat tarbiyasi belgilangan.
Ahloqimiz binosining go’zal va chiroyli bo’lishida tarbiyaning ta’siri kattadir. Tarbiyadan maqsad barkamol insonni tarbiyalashdir.
Barkamol inson deganda kimlarni, nimalarni tushunmoq kerak. Sharqona tarbiya ming yillar davomida islomiy-axloq qoidalari asosida tarbiya topib borgani tarixdan ma’lum. Qur’oni Karim oyatlari, Payg’ambar alayhissalom Hadislari ulamolarimizning kitoblari tarbiyamizning manbai bo’lib xizmat qilgan.
Janobi Rasulluloh “Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga tarbiyasini, odobini ham yaxshilang! ”, - deganlar. Islomiy tarbiya bolani yetti jihatdan tarbiyalashni maslahat beradi. Bular: sog’lik va ma’naviy tarbiyasi, aqliy tarbiya, nafosat tarbiyasi, ahloqiy tarbiya, vijdoniy – nafsoniy tarbiya, diniy-ruhiy tarbiyadir. Tarbiyashunos olim A.Avloniy o’zining “Turkiy guliston yohud ahloq” asarida inson kamolotida tarbiyaning rolini alohida ta’kidlab, shunday degan edi: Janobi haq insonlarning asl hilqatda iste’dod va qobiliyatli, yaxshi ila yomonni, foyda ila zararni, oq ila qorani ayiradigan qilib yaratgan. Lekin bu insondagi qobiliyatni kamolga yetkazmoq tarbiya topib, buzuq xulqdan saqlanib, go’zal xulqlarga odatlanib katta bo’lsa, baxtiyor bir inson bo’lib chiqadi. Agar tarbiyasi, axloqi buzilib o’ssa, nasihatni qulog’iga olmaydigan nodon, johil, bir rasvoi odam bo’lib chiqadi.
Nafosat tarbiyasining asosiy vazifasi tabiatdagi, san’atdagi, hayotdagi go’zallikni qabul qila olish, tushunish qobiliyatini tarbiyalash, fahmlashdan, go’zallikka rioya qilishga odatlantirishdan iborat. Nafosat tarbiyasi davomida bola hayotidagi go’zallikni tushunadi, go’zallikni muhofaza qilishga, o’zi ham go’zallik yaratishga intiladi. Umar Xayyom go’zallik, uning xosiyati xususida fikr yuritib, shunday deydi: “Go’zallik barcha tillarda vasf etiladi va har qanday aqlga xush keladi. Dunyoda yaxshi narsalar shod etadi va tabiatlarini pokiza qiladi., ammo hech narsa go’zal yuzning o’rnini bosolmaydi, chunki, go’zal yuz shunday quvonch baxsh etadiki, boshqa hech qanday quvonch unga teng kela olmaydi. Aytadilarki, go’zal yuz dunyoda saodat sababchisidir.”
Bolalarning har tomonlama rivojlanishi, kamol topishida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining roli nihoyatda kattadir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning yaxshi inson, Vatan uchun hizmat qiladigan buyuk odam bo’lishi uchun asosiy poydevor bo’lib hisoblanadi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo’ladi:
Malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash;
Maktabgacha ta’limning samarali psihologik, pedagogik uslublarini izlash va joriy etish;
Bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy, psihologik, pedagogik va uslubiy jihatdan ta’minlash;
Zamonaviy o’quv-uslubiy qo’llanmalar, tehnik vositalar, o’yinchoqlar va o’yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish;
Maktabgacha yoshdagi bolalarni halqning boy madaniy – tarihiy me’rosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy ahloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining har hil turlari uchun turli variyantlardagi dasturlarni tanlab olish, maktabgacha tarbiyaning barcha masalalari bo’yicha malakali konsultatsiya hizmati ko’rsatish imkoniyatini yaratish;
Maktabgacha ta’lim va sog’lomlashtirish muassasalari tarmog’ini qo’llab quvvatlash va rivojlantirish mehanizmini ishlab chiqish.
Tasviriy san’at bir necha san’at turlarini: rassomlik, haykaltaroshlik, grafika, me’morlik, o’ymakorlik, naqqoshlik san’atlarini , amaliy san’atni o’z ichiga oladi. San’atkor tasviriy san’at asarlarida voqelikni ko’rib, idrok qilinadigan yaqqol obrazlarda aks ettiradi. Bu esa tasviriy san’at asarlarining o’ziga xos belgilaridir. Musavvir bir parcha bo’zga, qog’ozga yoki devorga ishlagan rasmida real dunyo, uning butun xilma-xilligi, rang-barangligi va fazoviy o’rni mohiyati bilan ishonarli va yaqqol qilib tasvirlanishi mumkin. San’at asarlarida kishilarning portretlari ham tasvirlanadi. Ularda insonning ichki dunyosi nihoyatda nozik beriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ahloqiy tarbiya kompleks tarzda amalga oshiriladi. Biroq har bir bolalar faoliyati o’ziga hos hususiyatlar bilan ajralib turadiki, ularning u yoki bu vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun imkoniyat yaratadi.
Masalan, o’yinda o’zaro ijobiy munosabatlar, ahloqiy his-tuyg’ular, mehnatda mehnatsevarlik, kattalar mehnatiga hurmat, shuningdek uyushqoqlik, mas’uliyat burchi, hissi tasviriy faoliyat turlarida g’oyaviy yo’nalganlik asoslari ijtimoiy hayot hodisalari haqidagi tasavvurlar vatanparvarlik tuyg’ulari shakllantiriladi. Pedagog bir vaqtning o’zida bolaning boshlang’ich ahloqiy normalarini anglab yetishini hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolaning his-tuyg’ulariga ta’sir ko’rsatishni, hulqining ijobiy shakllarini tashkil etishni ko’zda tutsa, ahloqiy tarbiya metodlari eng samarali bo’ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda so’z va ish birligini shakllantirshga yordam beradi. Ahloqiy tarbiyaning rang-barang metodlarini qo’llaganda o’yin va mehnat, o’yin va mashg’ulotlar, mehnat va mashg’ulotlarning o’zaro aloqasini ta’minlash lozim. Tasviriy faoliyat turlarida bolalarni ahloqiy rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Bolalar rasmlarda, loy yoki plastilindan yasalgan buyumlarida ijtimoiy voqealarni aks ettiradilar. Ayni paytda ularga o’z munosabatlarini ifodalaydilar. Bolalar tasviriy san’at orqali nafosat tarbiyasining ba’zi bir elementlarini egallab oladilar. Masalan, san’at asarlari orqali tabiatning go’zalligini, insonning ruhiy olamiga kirgan rang borliqning rangli va plastik boyliklarini his qilish imkoniga ega bo’ladilar va go’zallikni idrok qilishni voqelikni tushuna olishni o’rganadilar. Bolalarga nafosat tarbiyasi berishda tasviriy san’atning boshqa turlari rangtasvir, haykaltaroshlik, dekorativ amaliy san’at ham katta ahamiyat kasb etadi.
Bolalar tasviriy san’at orqali nafosat tarbiyasining ba’zi bir elementlarini egallab oladilar. Masalan, san’at asarlari orqali tabiatning go’zalligini, insonning ruhiy olamiga kirgan borliqning rangli va plastik boyliklarini his qilish imkoniga ega bo’ladilar va go’zallikni idrok qilishni, voqelikni tushuna olishni o’rganadilar.
Savol va topshiriqlar:
1.MTT larida o’tkaziladigan tasviriy faoliyat turlarining ahamiyati nimadan iborat?
2.Tasviriy san’at turlarini aytib bering.
2.Amaliy san’at deganda nimani tushunasiz,misollar keltiring.

Download 5,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish