Tursunova yulduzning



Download 131,69 Kb.
Sana23.09.2021
Hajmi131,69 Kb.
#182444
Bog'liq
14 МТТ одобли бола





O’zbekiston Respublikasi

Maktabgacha ta’lim vazirligi

Samarqand viloyati



Maktabgacha ta’lim

boshqarmasi

Kattaqo’rg’on shahar

Maktabgacha ta’lim bo’limiga qarashli

14-Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi

TURSUNOVA YULDUZNING

Odobli bola elga manzur” mavzusidagi



MASHG’ULOT ISHLANMASI


Mavzu: “Odobli bola elga manzur

Maqsad: Bolalarda kattalarga va tengdoshlariga nisbatan samimiy munosabatda bo‘lish malakasini shakllantirish. “Assalomu alaykum” degan so^zni to'g'ri va to'liq aytib salomla- shishga o‘rgatish. Bolalarga “Assalomu alaykum” - “Sizga salomatlik tilayman”, degan ma’noni anglatsa, “Va alaykum assalom” — “Sizga ham salomatlik tilayman” ekanligini tu- shuntirish. 0‘zbekona milliy salomlashishning o‘ziga xosligi: tabassum, ochiq chehra, samimiy mehr bilan bir-biriga boqish, “Assalomu alaykum” deb salomlashganda ochiq chehralik va*. tabassum bilan salom beruvchi, alik oluvchilarning tovushlari bir-birlariga eshitarli bo‘lishi kerakligini tushuntirish. Salom-alikning mohiyatini chuqur tushunib yetishga, to‘g‘ri saloni- lashishga o‘rgatish. “Assalomu alaykum” iborasi haqida hikoya o’qib berish.

Kerakli jihozlar: Mavzu bo‘yicha mazmunli rasmlar, salom berishning o'ziga xos qoidalari ifodalangan suratlar.

Tarbiyachi: — Bugun men sizlar bilan “Odob salomdan boshlanadi” mavzusida suhbat- lashaman. Bolalar, doim yodingizda bo‘lsinki, kishining odobi, uning salomidan boshlanadi. Salom — salomatlik ma’nosini ifodalaydi: “Assalomu alaykum” — “Sizga salomatlik tilayman” degan ma’noni anglatsa, “Va alaykum assalom” — “Sizga ham salomatlik tilayman” degan ma’noni bildiradi. 0‘zbekona milliy salomlashishning o'ziga xosligi bu — tabassum, ochiq chehra, samimiy mehr bilan bir-biriga boqib, qo‘limizni ko'ksimizga qo‘yib, sal oldinga en- gashib, jilmayib, “Assalomu alaykum”, deyish (tarbiyachi amalda ko‘rsatadi). Alik oluvchining ovozi salom beruvchiga eshitarli bo‘lishi kerak.

So‘ngra tarbiyachi bolalarga salom berishning o‘ziga xos qoidalarini rasmlar orqali izohlab beradi.



Tarbiyachi: — Bolalar, biz ham erta tongdan uyqudan turib. yuz-qo'llarimizni yuvib, so- chiqqa artinib, avval, oilamizdagi kattalarga: buvi-buvajonlarga ota-onalarimizga, aka-opalari- mizga qoMimizni ko^ksimizga qo4ib salom beramiz (surat ko'rsatilib, izohlab beriladi).

Tarbiyachi: — Bolajonlar, salomlashishning ham qoidalari bor. Xonaga kirgan kishi birin- chi bo‘lib o‘tirganlarga “Assalomu alaykum!” — deb salom beradi. Alik oluvchi “Va alaykum assalom” deb javob qaytaradi. Katta yoshli kishilarga voshlar birinchi bo‘lib hurmat bilan sa­lom beradilar (surat ko'rsatilib, izohlab beriladi).

Odobning boshi — Assalomu alaykum. Kimda-kim birinchi boMib salom bersa, uning odobli inson ekanligi bilinadi. Salomlashganda xushmuomalalik bilan salomlashing. Odamlar bilan iliqlik, mehribonlik, gbamxo‘rlik bilan gaplashing.

Kokcha-kuyda, qo‘ni-qo‘shnilarni ko‘rganingizda, yollingizda uchragan notanish kishilar­ga, albatta, o‘ng qolni ko‘ksingizga qobyib, oldinga sal egilgan holda tavoze bilan salomlashing (surat ko'rsatilib, izohlab beriladi).

Bolalar, salom berish yaxshi odat. Yaxshi odatlar doim kattalarni xursand qiladi. Siz kat­talarga salom bersangiz ular xursand boladilar, sizni odobli bola ekan, deydilar.



— Bolajonlar, salom berish haqida kim she’r aytib beradi?

SALOM

Tolib Yo‘ldosh

Salom bilan boshlanar, Yo‘l ustida uchragan

Bilsang odob va axloq. Kishiga bersang salom,

Salom bilan begona, Alik olib awali,

Bo‘lar tezda do‘st-inoq. So‘ngra der: rahmat, bolam.

Salom, assalom ming-ming, Salomsiz o‘tsang agar,

So‘zlar ichra durdona. Sho‘rlik soqov ekan, der.

Salom har bir bolaning, Tiling bo‘lgach, albatta,

Odobidan nishon Kattalarga salom ber.

Uyga vazifa:

Bolalarga: Bolalar, uyga borganda to‘g‘ri salomlashishni o‘rganganingizni ota-onangiz- Wga aytib, ko‘rsatib bering. Ota-onangiz bilan oilaviy tushgan suratingiz bo‘lsa olib keling. Keyingi suhbatlarimizda biz ota-onalami hurmat qilish, ular oldida odob saqlash, ota-ona ruxsatisiz uzoq joylarga ketmaslik, ularga yolg‘on gapirmaslik haqida suhbatlashamiz. Ota- onalaringizdan odobli bola qanday bo‘lishini so‘rab keling.

Ota-onalarga: Bolalar bilan bugun qanday mavzuni o‘rganganini so‘rab suhbat o‘tkazish- lari, “Ota-onaga hurmat” mavzusida bolalar bilan suhbat o‘tkazishlarini iltimos qilish. Oilaviy tushgan rasm bo‘lsa, olib kelish. Bu vazifaning zamirida kelgusi suhbat mavzusiga bolalami tayyorlash, ulami mashg‘ulotda faol qatnashishga undash turadi.
Download 131,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish