4.Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rasm chizishga o’rgatish va noan’anaviy rasm chizish turlari.
Reja:
1.Musavvirlik haqida tushuncha.
2.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida IMEN usullaridan foydalanish yo’llari.
3.Rasm chizishga o’rgatishning dastur mazmuni.
Ma’lumki, bolalarda muammo bo’lmaydi, barcha muammolar ota-onalarga tegishlidir.Va bu gap tog’ridan- to’gri maktab yoshiga yetmagan bolalarni tasviriy faoliyatga, ya’ni rasm, qurish- yasash va applikatsiya tuzishga o’rgatishga ham tegishlidir.Rasm chizmoqchi bo’layotgan bolalarning aji-buji chizganlari bizga ermakday,foydasizday tuyuladi.Bolalar san’atiga bunday munosabatda bo’lish to’g’ri emas. Tasviriy san’atga yoshligidanoq qiziqish uyg’otish bola uchun qilingan eng foydali ishdir.Bolaning qo’li kelishib, dastlabki rasmlaridanoq narsa va hodisalarga o’z munosabatini bildira boshlaydi. Yana ham aniqroq aytadigan bo’lsak, turfa ranglar mohiyatida u atrofdagi olamni ko’ra boshlaydi.Nihoyat, rasm bola kayfiyati va ruhiyatini ifodalaydi.Rang tanlash xususiyatiga qarab psixologlar bola ruhiyati haqida fikr bildiradilar. Masalan, bola chizayotgan rasmlarida qora, kulrang, to’qjigarrang bo’yoqlarni ko’p ishlatsa demak, u nimadandir ranjigan, kimdandir arazlagan.Yoki aksincha, bola o’z quvonchini odatda sariq, to’qsariq, qizil ranglar bilan ifodalaydi.Baxtga qarshi, bir necha yil ilgari MTT larda bolalar ko’gliga yoqqan rasm chizish vositasini tanlash imkoniyatiga ega emas edilar.Mavzu va tasvirlash usuli qat’iy belgilab qo’yilgan edi.amisol uchun „Qo’g’irchoq“ mavzusini olaylik, qalam bilan ishlash kerak.Ammo bola qo’g’irchoqni bo’yoqda chizmoqchidir? Biroq, bola hohishi e’tiborga olinmasdi.Natijada asta-sekinlik bilan aksariyat bolalarning tasviriy san’atga bo’lgan ishtiyoqi so’nib bordi.Hohlovchilar safida rasm chizishga qobiliyatli bolalargina qoldi, xolos.Shunda IMEN (Ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasi yordamga keladi.U haqda siz ( bolangizning aqlli bo’lishini hohlaysizmi?) bobida batafsil ma’lumot olgansiz.IMEN chilar haqli ravishda ta’kidlaydilar: Bolaning ijodiy hohishi bo’lsa hech qanday cheklashga yo’l qo’ymaslik kerak.Tasviriy san’atda turfa materiallardan, turli vositalardan foydalanish mumkin.Shunday qilib „3-4 yoshli bolalar ijodxonasi“, „Ijodiy burchagi“ da quyidagilar bo’lishini tavsiya etamiz.
1.Bolalar mol’berti yoki oddiy stolcha, qaytarma stol bo’lsa ham bo’ladi.
2. Akvarel bo’yoqlari, guash, rangli qalamlar, rangli bo’rlar, flomaster,sangina, mum, shamlar, paxta, gubka, uxochistkalar, gugurt cho’plari, turli kattalikdagi mo’yqalam, paralon bo’laklari, uchi to’mtoq qaychi, qoshiq, vilka, sellofanlar va hokazolar.Endi bolalarga bulardan foydalanishni o’rgatish zarur.
MTT larda mo’yqalam va bo’yoqlardan tashqari rasm chizishning quyidagi turlari mavjud:
1. Monotipiya usuli. Buning uchun ikki varaq qog’oz (birini sellofan bilan almashtirish mumkin) kerak bo’ladi. Sellofanga bo’yoq tushiriladi. Ehtiyotkorlik bilan uni olib, asosiy varaqqa yopishtiriladi, ustidan qo’l bilan bosiladi. Shundan so’ng qalam va bo’yoqlar bilan tasvirni oxiriga yetkazish lozim. Bunday rasmlarni ikkiga buklangan varaqqa ham bajarish mumkin. Tasvirlar simmetrik bo’lib, oynada aks etgandek tuyuladi. Bolalar buni ko’rib o’z ijodlaridan zavqlanadilar, yanada ko’proq ishlashga, ijod qilishga intiladilar.
2. Sham bilan bo’yash. Qog’oz sathi sham bilan bo’yaladi. Endi ruchkaning bo’shagan naychasi bilan rasm solinadi. Rangli qatlam tagidan oppoq tasvir chiqadi.
3. Ho’l rasmlar. Qog’oz idishdagi suvga botirib olinadi va qurimasdan tezlik bilan bo’yoqlar yordamida rasm solinadi. Bo’yoqlar namlangan qog’oz sathida asta-sekin yoyilib, noyob tasvir hosil qiladi, ya’ni “Yomg’irli kun” yoki “Tuman” tasviri.
4. Quyma rasm. Suyuqroq tayyorlangan bo’yoqlar varaqning tepa qismiga tushiriladi va qog’oz tikka holatda qo’yiladi. Bo’yoqlar pastga qarab oqishi jarayonida varaqni qimirlatib shakl beriladi. Bu orqali bolalarga tevarak-atrof go’zalligini idrok etish o’rgatiladi.
5.Nuqtali rasm.Bolalarga odatdagidan boshqacharoq bo’lgan hamma narsa yoqadi.Vaqti- vaqti bilan bolalarni narsalarning rasmlarini jo’n bo’lmagan usulda chizishga undashingizni taklif qilamiz.Nuqtalar bilan rasm chizish shunday usulga kiradi.Bunda oq qog’oz, qalam,flomasterdan foydalanish mumkin. Nuqtali rasm chizishda boyoqdan foydalanilsa, natija juda yaxshi bo’lishi mumkin.Bunday qilinadi: doridan tozalangan gugurt cho’pining uchiga ozroq paxta o’raladi va quyuq bo’yoqqa botiriladi.Bunday buyog’I qalam bilan ishlangandek bo’ladi.Asosiysi, bolani shu zahoti qiziqtira olishda.Siz uchigq paxta o’ralgan gugrt cho’pini ko’rsatib:” istaysanmi,bugun senga qiziqarli bir nima ko’rsataman”.Tabiiyki, taklifingiz rad etilmaydi.Keyin bolalar bilan nimalarning nuqtali rasmini chizish yaxshi ekanligini kelishib olish muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |