Filogonez - organizmning oddiy shakllaridan tortib hozirgi zamon kishisiga qadar butun bir biologik rivojlanish jarayonida yo`z bergan o`zgarishdir.
Ontogenez - har bir individning hayoti davomida tug`ilishidan tortib to hayotning oxiriga qadar sodir bo`lgan o`zgarish yig`indisidir. Erda hayotning paydo bo`lishi materiya taraqqiyotidagi yangi bosqich, materiya to`zilishiga ko`ra ancha murakkab alohida xossalarga ega bo`lgan. Seskanuvchanlik - psixikaning paydo bo`lishida zaruriy xususiyat, majburiy shart-sharoitdir. Hayvonlarga mansub shakllarda ta’sirlanuvchanlikning yangi turi - sezuvchanlik paydo bo`ladi. A.N. Leont’evning farazlariga ko`ra sezuvchanlik genetik jihatdan qaraganda muhitning organizmni boshqa taassurotlar bilan bog`lovchi, organizmni muhitda mo`ljal olishiga yordam beruvchi, signallik vazifasini o`tovchi ta’sirlariga javob ta’siridan bo`lak narsa emas. Ta’sirlanuvchanlikdan sezuvchanlikka o`tish hayot tarzining o`zgachaligi bilan bog`liqdir. Yuksak taraqqiyot etgan hayvonlarda sezuvchanlik oshib, sezgi organlari shakllanadi. Taraqqiyotning elementar sensor bosqichidan komplesk ko`zgatuvchilarning, predmetlarning butunligiga aks ettirish bilan ifodalanadigan qobiliyatiga, ya’ni pertseptiv aks ettirishga o`tish amalga oshiriladi. Yashash sharoitlarini murakkablashuvi tirik organizmlarini muhitga moslashuvi zaruriyatini, materiyani sifat jihatdan o`zgarishi aks ettirish usullarini takomillashtiruviga xatti-harakatlarini maqsadga muvofiq, epchil bo`lishiga olib keldi.
Psixologik bilimlar tuplanishini tarixiy jarayonini o`zida aks ettirgan хar хar qanday material psixologiya tarixi manbai bula oladi. Bular oхtmish faylasuflari va psixologlarining ilmiy ishlari bo`lishi mumkin. Psixologiya tarixining muhim manbai ijtimoiy praktika, yaoni tibbiyot, taolim va tarbiya, xukukiy praktika, moddiy ishlab chikarish va хokozo hisoblanadi. Yana bir manbaa boshqa fanlar tabiatshunoslik, tilshunoslik, etnografiya, antropologiya va boshqalar hisoblanadi. Bundan tashkari xalk oхzaki ijodi, yozma adabiyot, diniy falsafiy oqim va maktablar хam tarixiy psixologik faktorlarni aniqlashda, psixologik bilimlar tarixiy taraqqiyotini qayta tiklashda manbaa bo`lib xizmat qila oladi. Psixologik taolimot insonga uxshab kadimdan maolum. Inson o`z yaqinlarining хarakter va xulqiga moslashmay yashay olmas edi. Empirik anglashdan teoretik anglashga o`tish tabiiy sabablarga хamma nazorat qilingan xolatlar tobeligi bilan bog`langan. Bu printsip determinizm deb ataladi va psixikani tushuntirishda ilmiy хarakter bergan. Psixologik tushunchalarni birinchi sistemasi Aristotelni «qalb to`g`risida» degan traktatida tasvirlangan. Ammo mustakil fan bo`lib psixologiya yo`z yil ilgari shakllandi, Ilgari psixologiya fani filosofiya deb o`rganilar edi. Unga boshqa nomlar хam berilgan: A) mental filosofiya B) pnevmatologiya Psixologiya utmishni faqat bu nomlar ostidagi kitoblarda, yaoni filosofiyadan axtarish xatodir, chunki psixologiya bilimi kontsentratsiyasi insoniyatning aqliy ishlarini ko`p uchastkalarida uchratish mumkin edi. Shuning uchun psixologiya tarixi (mustakil fan bog`lgunga kadar bo`lgan davr) qalb to`g`risidagi falsafa ilmiga mos kelmaydi. Psixologiyaning utmishi to`g`risidagi maolumotni faqat bir-biri bilan almashgan falsafa sistemasini saqlab qolmay, uni tabiiy fanlar ayniqsa biologiya meditsina, pedagogika, sotsiologiya kabi fanlar хam saqlab kolgan. XX asrda psixologiyani o`tmishiga bir necha bor qizikish kuchaydi. XIX asrning oxiri, XX asrning boshida, qizikish kuchaydi. Bu yillar psixologiyani uyg`onish davri deb hisoblanadi. XX asr 10-yillarda psixologiyani o`sha paytda hukmron bo`lgan metod va fan sifatida o`rganish sistemasi kattik tanqid qilingan. Bu fanning predmeti bo`lib fenomenlar yoki ong aktlari metodi esa o`z-o`zini eksperimental nazorat qilish to`g`risidagi tushunchadan iborat. XX asrning 30-yillari boshida psixologiya kapitalistik mamlakatlarda yana krizisga uchradi. Bundan oldingi davrni asosiy maktablari tarkaldi. Ammo, u maktabning sinik parchalarida ko`plab yangilari paydo bo`ldi. Psixologik o`rganishni metodologik problemalariga qiziqish kuchaydi va bir necha yirik tarixiy psixologik ishlar paydo bo`ldi. Sobik sovet psixologlarini ishlarida psixologik fikrni o`sishi amerikalik va boshqa chet el tarixchilariga qaraganda boshqa g`oyaviy - teoretik pozitsiyada kurilgan.
Psixika lotincha psyuxе-so`zidan kеlib chiqqan bo`lib, ruh, jon dеgan ma'noni bildiradi. Psixika sеzgi, idrok, tafakkur, xissiyot, iroda, xotira va boshqa shu kabi tushunchalar bilan guruhlarga ajratilib, hammasi birgalikda kishining psixikasi, kishining ichki dunyosi, uning ruhiy hayoti va xokazolar dеb ham ataladigan tushunchalarni hosil qiladi. Bundan tashqari biz amaliyotda psixik xodisalar, ruhiy xodisalar dеgan iboralarga ham juda ko`p duch kеlamiz. Psixika–yuksak taraqqiy etgan matеriyaning ya'ni miyaning mahsuli bo`lib, tirik mavjudotning tashqi olamni miyada aks ettirilishi bilan bog`liq bo`lgan murakkab xodisalar xossasi majmuidir.
Psixikaning qisqa va sodda ta'rifi–ob'еktiv olamni sub'еktiv aks ettirilishidir. Psixika barcha jonzotlarga, jumladan insonga xosdir. Shuning uchun ham biz ko`pincha inson psixikasi, hayvon psixikasi dеgan iboralarni eshitib qolamiz. Tashqi olamni aks ettirish bilan bog`liq bo`lgan biologik, fizik xodisalarni ham uchratib qolamiz, lеkin biz bularni bir–biridan nimalar bilan farq qilishini bilib olishimiz kеrak. (Masalan, rеflеks,instinkt, tropizm va x).
Ilmiy psixologiyaning prеdmеti dеganda, avvalo psixik hayotning konkrеt faktlari nazarda tutiladi, psixik hayotga doir har bir fakt esa ham miqdor, ham sifat jihatidan xaraktеrli xususiyatga ega.Psixologiyaning o`rganadigan ob'еkti psixik xodisalardir.
Psixik xodisalar o`z navbatida uch asosiy guruhga bo`linadi: psixik xolatlar, psixik jarayonlar, psixik xususiyatlar. Psixik xolatlar psixik faoliyatning vaqtinchalik dinamikasi bilan xaraktеrlanadigan xodisalar bo`lib, bu kishining ichki dunyosining muhim tomonlarini hisobga olgan xolda faoliyatga ta'sir etadigan omillardir. Psixik xolatlarga charchash (toliqish), emotsional zo`riqish (affеkt, strеss), monotoniya (diqqinafaslik, zеriqish), uyqu xolati, uyg`oklik xolati va boshqalar.
Psixik jarayonlar–sеzgi a'zolariga tashqi ta'sir shakllari, inson va tashqi muhit, ichki kеchinmalari o`rtasida bog`lanishlar shakli bo`lishi mumkin. Odatda psixik jarayonlar dеganda sеzgi, idrok, tafakkur, xayol, xotira, xissiyot, iroda tushuniladi.
Psixik xodisalarning uchinchi guruhi–psixik xususiyatlar bo`lib, odamdagi takrorlanmas, bir–biridan farqlab olish uchun zarur bo`lgan xususiyatlardir. Bu xususiyatlar kishining o`ziga, atrofidagi odamlarga, narsalarga, mеhnatga munosabatlarida, bir so`z bilan aytganda uning xulq–atvorida namoyon bo`ladigan xususiyatlardir.
Psixik xususiyatlar ichida shunday xillari ham borki, bular shaxsning o`ziga xos, individual xususiyatlari dеb aytiladi. Bular–tеmpеramеnt, xaraktеr, qobiliyatdir. Psixologiyaning vazifasi psixologik faktlar va qonuniyatlarni o`rganish bilan bir qatorda psixik faoliyatning mеxanizmlarini aniqlashdan iboratdir.
Shunday qilib, psixologiya fan sifatida psixika faktlarini, qonuniyatlarini va mеxanizmlarini o`rganadi.
2-ma’ruza: Psixologiya kasb sifatida
Psixologiya kasb sifatida. Psixologlarning kasbiy faoliyat turlari. Garb mamlakatlari va MDXda mutaxassis psixologlarni tayyorlashni sifatini oshirish jixdtlari. Psixologlarni tayyorlash boskichlari. Psixologlar jamiyati va assotsiatsiyalarini shakllanishi. Ilmiy tadkikotlar psixologlar faoliyati turi sifatida. Amaliy psixologik ish psixologlar faoliyat turi sifatida. Psixologik bilimlarni urgatish psixolog faoliyati turi sifatida
Psixologiya kasb sifatida. Psixologlarning kasbiy faoliyat turlari.
Daslabki pedagogik va psixologik fikr markazlari sifatida 1918 yili Toshkent va keyinchalik CHimkent shaxrida tashkil qilingan. Pedagogik muzey va pedagogik laboratoriya universal ukuv tarbiya muassasasi bo’lib ta’lim tarbiya bilan bog’liq bo’lgan xamma vazifalarni qamrab oladi. Bu yordam ta’lim metodlari ishlab chiqarilgan, shu yerning o’zida sinalgan va respublikaning boshqa ukuv muassasalariga tarkatilgan. Ishning bunday tashkil qilinganligi tadbik qilishga imkon bergan. Pedagogik laboratoriya haqida nizomda ancha bu joy pedagogik fikr va ishning markazi bulishi lozim. SHuning uchun bir tomondan pedagogik ishning xar bir yangilik ukitishdagi laboratoriyada tuplangan boy tajribadan foydalanish imkoniyati berilish kerak, bu imkoniyat bevosita maktablarga berilish kerakdir. Boshqa laboratoriya va kabinetlar bilan bir qatorda pedagogik laboratoriya va pedagogik muzeyda eksperimental psixologik laboratoriyasi xam mavjud bo’lib, bu yerda turli xil psixologik tajribalar amalga oshirilgan 1919 yili 1 aprelda Kavman Xorvat maorif komissariga xat yo’llab, davlatning kuzi ojiz, gung, ruxiy kasal va psixologik taraqqiyoti xamda psixikasi muvozanatsiz bolalarni uz tarbiyasiga olishi zarurligini ta’kidlagan. Xuddi shu maqsadda butun bir maxsus muassasalar tizimini tashkil etishni taqlif etgan. Xorvatning taqlifi bir necha yo’nalish bo’yicha diqqatga sazovordir. Birinchidan, bu kompleks xarakterdagi ish bo’lib, biron bir psixonevrologik kasallik nazardan chetda kolmagan Ikkinchidan, bu rejada qattiq ketma-ketlikdan bir necha bosqich nazarda to’tilgan.
1. Kasallik diagnostikasi (tadqiqot darajasi);
2. Kasallarni davolash (amaliy tibbiy darajasi);
3. Kasallarni tarbiyalash va ta’lim berish (amaliy ta’lim darajasi).
Birinchi darajani psixologik laboratoriya, ikkinchi darajani davolash maxsus muassasasi, uchinchi darajani maktablar amalga oshirish kuzda to’tilgan. Turkistondagi muassasalardan biri «uzbek davlat ilmiy tadqiqot instituti», xozirgi Kori Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti 1929 yili tashkil qilingan bo’lib, xozirgi kunga kadar bu institut ukitishning pedagogik kontseptsiyalari maktab va maktabgacha tarbiya muassasalarida ta’lim-tarbiya nazariyasini yaratuvchi yagona markaz xisoblanadi. 30-yillar boshlarida institut tarkibida quyidagi kabinetlar mavjud bo’lgan:
1. Sotsial gigiyena.
2. Iktisod.
3. Pedaloga pedagogik.
4. Psixologik laboratoriya.
Institut tashkil bo’lgan vaqtdan boshlab yerli xalq xususiyatlar va ijtimoiy muxitini chukur
tadkik qilish bolalarning psixologik ijtimoiy-madaniy xususiyatini xisobga olgan xolda darslarni yaratish bilan shugullandi. Institut faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat edi.
1. Ilmiy eskpeditsiyalar uyushtirish;
2. Bolalar xarakterini o’rganish;
3. Pedagogik kadrlar tayerlash.
Ushbu institutning faoliyati Bendrikov, Leventuyert, Zavarova, YUsupov, Tokanayev, Debenzov, Mirsharipov, Muxiddinov kabi olimlar-ning nomlari bilan chambarchas bog’liq. 30 yillarda bu institutda jaxon psixologiya faniga katta hissa qo’shgan olimlardan biri Aleksandr Romanovich Luriya ishlagan. U uz institut doirasida o’tkazgan tadqiqotlari asosida keyinchalik «Ob istoricheskom razvitiye poznavatelnix jarayonov» - «Bilish jarayonlarining tarixiy taraqqiyoti haqida» degan asarini nashr kildi. O’zbekistonda psixologiya fanining shakllanishiga katta hissa qo’shgan olimlardan yana biri P.Ivanov xisoblanadi. 1927 yil Samarkanddagi uzbek pedagogika institutida (pedakademiya) eksperimental psixologiya laboratoriyasini tashkil kilgan. 1940 yilda u pedagogika institutlari talabalari uchun psixologiyadan birinchi ukuv kullanmasini nashr kilgan.
Keyinchalik 1934 yili Samarkand pedagogika institutining uzbek davlat universitetiga aylantirishi munosabati bilan Ivanov uz laboratoriyasi bilan Nizomiy Nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutiga kuchib utadi. Pedagogika ukuv muassasalarida ilmiy pedagogik potentsialning yetishmasligi tufayli dastlabki psixologiya darslari ustida tarjimonlar yordamida olib borilgan keyinchalik bu tarjimonlariing uzlari mustaqil ravishda psixologiyadan uzbek tilida ma’ruzalar ukiy boshlashgan. Aliaskar Usmonov, Toxiriyxon Askarxujayev, Bayburova, Raxmatova va boshqalar bir bo’lib uzbek tilida psixologiya ukituvchilari bulishgan Ivanovni (1891-1968 yillar) psixologiyadan 75 dan ortik ilmiy ishlari nashr qilingan. Uning 1927 yilda nashr qilingan «Umumiy pedagogika» bo’yicha qisqa ocherk, «maktabshunoslik» tarbiyaning umumiy metodlari 40-yillar va 54-yillarda «Umumiy psixologiya», 62-yilda «Ta’limning psixologik asoslari» kabi asarlari O’zbekistonda psixologiya fani rivojlanishiga juda katta hissa kushdi. SH.A. Boyburova, Usmonov kabilar bevosita uning raxbarligida faoliyat ko’rsatishdi. 1959 yil uning raxbarligida M.G.Davletshin, Bekboyev, Muzaffarovlar nomzodlik disertatsiyalarni ximoya qilishdi. 1963 yil O’zbekistonda psixologiyadan birinchi bo’lib Krasnoboyev Ilya Berovich (1896-1963) Toshkent Davlat universiteti filologiya fakulteti logika va psixologiya kafedrasi mudiri «YUkori sinf ukuvchilarida e’tikod, axlokiy tushunchalarin shakllanishi» mavzusidagi doktorlik ishini ximoya kildi. Krasnoboyevni ilmiy faoliyati 20 yillarda O’zbekistonda tadqiqotlar bilan bog’liq uning raxbarligi ostida logika va psixolgiya kafedrasi azolari: 3. Muminova, V.YA. Maros, A. Abdusattorov, V.I. Sofer, A. Gulyamov, R.V. Gulyamov, A.A. YErstifirovlar turli xil ob’ektlarda psixologiya va logika bo’yicha ilmiy tadqiqotlarini olib bordilar. Bu tadqiqotlar O’zbekistonda xalq ta’limi bilan bog’liq muammolarni xal qilishga yordam berdi. M.Voxidov (1927-1989 yillar) 1955 Leningradda nomzodlik ishini ximoya kilgan. Dastlab Andijon pedagogika institutida, so’ngra Qori Niyoziy nomidagi pedagogika ilmiy tadqiqotlar institutida ishlagan. 1966 yil Toshkent Davlat universiteti psixologiya kafedrasi mudiri etib saylangan. 1973 yili tarix fakulteti tarkibida tashkil etgan. Zinin, L.I. Sofer ishtirokida va markazning iste’dodli olimlari yordamida bu yerda ukuv eksperimental laboratoriya tashkil qilingan. M.Voxidov tomonidan maktabgacha pedagogika bilim yurtlari uchun, pedagogika institutlari uchun darsliklar yozilgan, oxirgi yillarda M.Voxidov, A.Petrovskiy taxriri ostidagi «Umumiy psixologiya» darsligi tarjima qilingan va ayni paytda milliy va mintakaviy xususiyatlarni xisobga olgan xolda uzbek tilida darslik yaratish bilan mashxur bo’ldi.
Davletshin Muxammad Gabdulgalimovich 1923 yilda tugilgan. Toshkent Davlat universitetining psixologiya kafedra mudiri psixologiya fanlari doktori, 1957 yilda «5» va «7» sinf ukuvchilarida texnik qiziqish-larini shakllanishi mavzusida, 1971 yil «Ukuvchilarni texnik qobiliyatlar psixologiyasi» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini ximoya kilgan. 1968 yildan beri psixologiya kafedrasida mudirlik qilmoqda. M.G.Davletshin raxbarligida uning bevosita maslaxatlari yordamida O’zbekistonda 100 dan ortik nomzodlik va doktorlik ishlari ximoya kilgan. O’zbekistonda xar xil muammolar bo’yicha umumiy, yosh pedagogika, sotsial psixologiya bo’yicha F.S. Ismoilova, D.Z. Zaynobiddinov, Majidov, B. Gappirov, I.Maxmudov, L.K. Saitov, M.I. Musayeva, V.G. Gorobets, D.D. SHaripov, R.K. SHoxnazarov, J.U. Mavlonov, A. Eshatov, A.V. Majitova, M.I. Sagatov, D, Egamberdiyeva, G. Abdusamatov, K. Sobirov, A. Sindarov va boshqalar yetishib chiqdilar. Bundan tashqari xar xil muammolar bo’yicha 25 ta ish ximoya qilindi. Bulardan nutq psixologiyasi bo’yicha 7 ta ish: (P.P Zamin, N.N. Nigmatov, A.I. Arjonova, X. Ochilova va boshqalar), xotira psixologiyasi bo’yicha 4 ta ish: (P.I. Ivanov, M.V. Voxidov, X.M. Gafurova, V.P. Ivanova); diqqat bo’yicha M.X. Raxmonova; Ta’lim tarbiya bo’yicha 14 ta ish (Goziyev, Kodirov, Rasulov, Usmonova, Krasnoboyev, Tokareva va boshqalar);
Mehnat psixologiyasi bo’yicha 4 ta ish (Turgunov, Sotiboldiyev, YEliseev, Xolmatov); SHaxs bo’yicha 3 ta ish (Gofurov, Saidullayev, SHakovolov); Differentsial psixodiagnostika bo’yicha 1 ta ish (Madmarov); YUridik psixologiya bo’yicha 2 ta ish (Ibragimova, Zapryagayev); Sport psixologiya bo’yicha 3 ta ish (Gapparov, A.Gaynutdinov, R.Gaynutdinov); Neyropsixologiya bo’yicha 1 ta ish (Bobojonova); psixologiya tarixi bo’yicha (S.Raximov) sotsial psixologiya bo’yicha 3 ta ish (Karimova, Abdumuminov, Tursunov); va boshqa turli psixologiyani bulimlari bo’yicha ko’pgina olimlar ish olib borib, O’zbekistonga psixologiya fanini, ya’ni psixologiya tushunchasini olib kirib, tulaligicha ochib berdilar.
Xozirgi kunda O’zbekistonda xam psixologiya tarmoklari kuchayib unga e’tibor berilmokda. Xozirgi yetishib chikkan barcha olimlarimiz O’zbekistondagi psixologiyani chet mamlakatlar psixologiyasi kabi yukori chukkiga chikishida katta hissa qo’shib, intilmokdalar. Odamlar ongiga esa milliy psixologiya asosida, ya’ni milliylik ruxida tarbiyalab, ularni ongiga psixologiyani sindirmokdalar. O’zbekistonda psixologiya fanining xozirgi axvoli ilgarigidan ancha rivojlangan. CHunki bu fanni ukitish muassasa tayyorlov qurollar va markazlar ochilib kishilar ongiga yetib bormokda. Bundan tashqari psixologiya tarmoklari bo’yicha turli xil muammolarni yechishda asosiy rol uynaydi. Bu fanni rivojlanishida uzbek psixologiyasi, ya’ni B.Kodirov, G.SHoumarov, V.Karimova, M.Voxidov, M.Davletshin, E.Goziyev, R.Sunnatova va boshqa olimlarning hissasi katta. Xozirgi kunda psixologiya fani xam uz tarmoklarini rivojlantirmokda. Xulosa qilib aytganda psixologiya fanini rivoji odamlar xayotiga ya’ni yashash tarziga uz ta’sirini ko’rsatmokda.
Psixologlar jamiyati va assotsiatsiyalarini shakllanishi. Ilmiy tadkikotlar psixologlar faoliyati turi sifatida.
Efpa- психологлар ассоциациясининг Европа федерацияси.
У ўзида психологик амалиёт ва илмий тадқиқотлар, академик тайёргарлик соҳасида кенг диапозонда европа ҳамкорлигин форумини ташкил қилади. (http://www.efpa.eu)
Ўзбекистонда психологлар ассоциацияси 2001 йил 18 январда ташкил қилинган. Ижтимоий ташкилот ҳисобланиб, ўз-ўзини бошқариш ва қонун доирасида, аъзолар тенг ҳуқуқлиги, эркин қатнашиш асосида иш олиб борилади.
Психологлар ассоциацияси фаолиятининг мақсади Ўзбекистон халқи учун марказлашган психологик хизматни яратиш, психолог мутахассиларни фаол тадбиқий ва илмий-амалий фаолиятга жалб қилишдир.
(Марказ раҳбари: Махмудова Хулкар Тилавовна)
Do'stlaringiz bilan baham: |