O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat univеrsitеti pedagogika va psixologiya kafеdrasi



Download 1,29 Mb.
bet14/127
Sana10.01.2023
Hajmi1,29 Mb.
#898707
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   127
Bog'liq
majmua

Empirik psixologiyadagi idealizm
O‘z-o‘zini kuzatish metodi empirik psixologiyaning asosiy metodi edi. Ob’ektiv kuzatish va eksperiment metodlari esa ikkinchi darajali o‘rin egallardi: ular faqat psixologiya­dagi asosiy metod – o‘z-o‘zini kuzatish natijalarini aniqlashga yordam beruvchi metodlar deb hisoblanardi. SHuning uchun ham «ong hodisasi», «ichki tajriba» (nnsonning sub’ektiv kechirik)larini o‘z ob’ekta deb bilgan empirik psixolo­giya ko‘pincha o‘z-o‘zini kuzatish metodidan foydalangan, shu sababli yana «sub’ektiv psixologiya» deb nom olgan. SHu jihatdan empirik psixologiyaning uning sub’ektivizmi bilan bog’langan eng muhim kamchiliklaridan biri idealizm va dua­lizm edi.
Empirik psixologiyaning vakillari bu oqim paydo bo‘lgandan boshlaboq, ruhning o‘zini ilmiy o‘rganish predmeti sifatida olishni rad qildilar va ruhning asli mohiyati haqida fikr yuritishdan, bu masalani hal qilishdan bosh tortdilar. Lekin, «ruhiy hodisalarni», «ong hodisalarini» o‘rganishni asosiy vazifa qilib olgan psixologlar o‘z ishlari jarayonida taqozo qilingan: bu ruhiy hodisalarning o‘zi nima, ularning fizik hodisalardan farqi nimada va ular in­son organnzmidagi fiziologik jarayonlar bilan qanday munosabatda bo‘ladilar, degan savollar bilan to‘qnash keldilar va bu savollarga javob berishga majbur bo‘lib qoldilar.
Empiriklar sub’ektiv metod (o‘z-o‘zini kuzatish)dan olingan natijalarga asoslanib, psixik hodisalarni tasvirlab va analiz qilib, bu hodisalarni fizik hamda fiziologik hodisalar bilan taqqoslaydilar. Bu taqqoslashlar natijasida ular odatda, tahminan quyidagicha xulosalar chiqaradilar.
Psixik hodisalar o‘z xususiyatlariga ko‘ra fizik hamda fiziologik hodisalardan farq qiladi, masalan, psixik hodisalar fazoviy jismlar emas (ya’ni ularning uchburchak, kva­drat kabi geometrik shakllari bo‘lmaydi);ular og’irlik, rang singari boshqa fizik xususiyatlarga ham ega emas, shunga asoslanib, empirik psixologiyaning vakillari psixik hodisalar fizik va fiziologik jarayonlardan tubdan farq qiladi, deb hisobladilar. Psixik hodisalar moddiy emas, balki ruhiydirlar. Modomiki, psixik hodisalar o‘z tabiatiga ko‘ra moddiy emas ekan, u holda ularning negizida qandaydir mod­diy bo‘lmagan alohida substantsiya bo‘lsa kerak, dedilar, ya’ni alohida moddiy bo‘lmagan substantsiyadan iborat bo‘lgan ruhning mavjudligiga ishonadilar. Masalan, Djems empirik psixologiya vakillari haqida gapirar ekan (uning o‘zi ham shularga mansub edi), ular ongni o‘rgatayotganlarida, ruhning o‘zini emas, balki sochilgan substantsiya ruhdan tarqalgan aks-sadoni go‘yo uning zohirini uzoqdan ovlayaptilar deb e’tirof etadi. Vundt materiya tabiatshunoslikning yordamchi tushunchasi bo‘lgan materiya singari, ruh ham psixologiyaning yordamchn tushunchasidir, deb hisobladi, Vundt faqat ruhning substantsionalligini dolzarblik bilan almashtiradi, xolos.
SHunday qilib, empirik psixologiya dastlab ruhni o‘rganish ob’ekti sifatida olishni rad qilgan bo‘lsa ham, lekin keyinchalik uning eng yirik vakillari oqibat-natijada o‘z nazariy mulohazalariga asosan ruhni tan olishgacha bordilar. Empirik psixologiyaning vakillari ongni uning moddiy asosidan, inson faoliyatidan ajratib qo‘ydilar.
Bu psixologiya vakillarining psixik hodisalarni qanday bo‘lmasin materialistik talqin qilishdan chetlashishga intilganliklari, materializmga har qanday yaqinlik shubhasidan tashqarida bo‘lishga intilganliklari (masalan, Djems) em­pirik psixologiyaning tamomila idealistik maqsadlarni ko‘zlaganidan dalolat beradi. Ularning har biri hattoki psi­xologiyaning vazifasi materializm bilan kurashdan iborat deb bilganlar.
Rossiyada ham empirik psixologiya idealizm bilan sug’orilgan edi. Rus psixologiyasidagi bu yo‘nalishning vakillari N. YA.Grot, A.N.Vvedenskiy, Lopatin, Losskiy, Frank va boshqalar edilar.
Ayniqsa o‘sha vaqtda katta eksperimental ishlarni amalga oshirgan eng yirik psixologiya institutining tashkilotchisi prof. G.I.CHelpanov nomi shuhrat qozongan edi.
Empirik psixologiyadan asosan idealistik filosofiyani asoslash va materializm bilan kurash uchun foydalanilardi. Oliy, o‘rta va pedagogik o‘quv yurtlarida psixologiya o‘qitish ishlari ham idealistik ruhda olib borilardi.
To‘g’ri, empirik va eksperimental psixologiyaning bir qancha namoyandalari (masalan, N.N.Lange, A.F.Lazurskiy) psixologiyani hech qanday falsafiy nazariyalar bilan bog’lamasdan, psixologik tajriba dalillaridan hech qanday fal­safiy xulosalar chiqarmasdan oyoqqa turg’izishga urindilar; boshqalari esa (masalan, A.P.Nechayev) empirik psixologiya dalillarini bevosita pedagogik amaliyot bilan bog’lashga intildilar. Aslida esa ularning hammasi idealizmni targ’ib qildilar.
Empirik psixologiya psixik hodisalarni tasvirlash va analiz qilish asosida materializmning yaroqsizligini isbotlashga, shunday qilib idealistik filosofiyani fanga o‘xshatib asoslashga urindilar.
XX asr ishlab chikarishning, tехnikaning yangi-yangi turlari, alоqa vоsitalarining juda tеz usganligi bilan, elеktrоnika, avtоmatikadan fоydalanila bоshlanganligi, transpоrtning yangi, tоvushdan tеz turlarini o`zlashtirilganligi bilan хaraktеrlanadi. Bularning hammasi insоn psiхikasiga juda katta talablar kuyadi. Хоzirgi zamоn sanоati, transpоrtida va хarbiy ishlarda psiхоlоgik faktоrlarni, ya’ni kishining imkоniyatlari, bilish jarayonlari – idrоki, хоtirasi, tafakko`rini, shaхsning o`ziga хоs хususiyatlari – хaraktеri, tеmpеramеnti, rеako`iyalarining tеzligi va bоshkalarni хisоbga оlishga to`g`ri kеladi. Tоvushdan tеz хоzirgi zamоn samоlyotlarida, ulkan elеktrоsistеmalarning оpеrativ – dispеtchеrlik uchastkalarida ishlоvchi kishilar juda kichik vaqt ichida tеzk qarоrga kеlishiga to`g`ri kеladi, aks хоlda avariyalarga sabab bo`lishi mumkin. Ana shunday murakkab sharоitda ishlay оlish uchun kishilarda imkоniyat bоr – yukligini, ularning shu ishga yarоkli yoki yarоksiz ekanligini aniqlashda psiхоlоgiya fani оldiga muhim talablar qo`yiladi. Injеnеrlar psiхоlоgiyasi kishi bilan tехnika o`rtasidagi munоsabatni o`rganuvchi fan bo`lib, u tехnikaning Ko`pgina sохalari, biоnika, kibеrnеtika bilan maхkam bоglangandir. (gоmеоstat).



Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish