II. BOB. O‘ZBEKISTON BANKLARIDA KONVERSION
OPERATSIYALARNI AMALGA OSHIRISH VA ULAR AUDITINING
AMALDAGI TAHLILI
2.1.
Tijorat banklarida jismoniy va yuridik shaxslar bilan konversion valyuta
operatsiyalarini amalga oshirish tartibi va uning amaldagi holatining tahlili
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018 yil 28-
apreldagi 16/9-sonli qaroriga muvofiq “Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan
valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi”gi nizomi
ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda tijorat banklarida jismoniy shaxslarga valyuta
ayirboshlash
operatsiyalari
valyuta
ayirboshlash
shoxobchalari,
chakana
amaliyotlar kassalari, avtomatlashtirilgan bank shoxobchalari, bankomatlar,
maxsus dastur hamda tijorat banklarining tegishli tarkibiy bo‘linmalari orqali
mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Tijorat banklari tomonidan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga
oshirish bank rahbarining buyrug‘iga asosan bankning tegishli tarkibiy
bo‘linmasiga yuklatiladi. Tarkibiy bo‘linmada to‘lov terminallari, hisoblash
texnikasi, tegishli dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan banklararo yagona elektron
ulangan kompyuter texnikasi, telefon aloqasi, yonmaydigan temir seyf, yong‘in
xavfsizligi signalizatsiyasi va videokuzatuv kameralari bo‘lishi lozim.
Rezident jismoniy shaxs chet el valyutasini sotib olish uchun tijorat
bankining tarkibiy bo‘linma mutaxassisiga ariza hamda shaxsini tasdiqlovchi
hujjatini, YaTT esa qo‘shimcha ravishda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi
to‘g‘risidagi guvohnomasini taqdim etadi hamda tarkibiy bo‘linma mutaxassisi
hujjatlardan nusxa oladi va aslini qaytarib beradi.
Tarkibiy bo‘linma tomonidan rezident jismoniy shaxsga chet el valyutasi
bankning chakana amaliyotlar kassasiga topshirilgan naqd milliy valyuta yoki bank
kartasidagi yoxud depozit hisobvarag‘idagi milliy valyuta miqdori doirasida sotish
operatsiyasi amalga oshiriladi. Agar mijozning shaxsiy kartasi mavjud bo‘lmagan
taqdirda, bo‘lim mutaxassisi unga plastik kartalar bo‘limiga murojaat etib, o‘z
nomiga belgilangan tartibda shaxsiy karta ochishni taklif etadi.
34
YaTT chet el valyutasini sotib olish uchun pul mablag‘larini o‘zining
tegishli hisobvarag‘idan o‘tkazadi.
Chet el valyutasi uchun to‘lov rezident jismoniy shaxs yoki YaTT
tomonidan milliy valyutada tijorat bankining operatsiya bajariladigan kundagi
sotish kursida amalga oshiriladi va tegishli tasdiqlovchi hujjatning (chek va
boshqa) asl nusxasi mijozga beriladi, nusxasi esa kunlik hujjatlarga tikib qo‘yiladi.
Konversion bo‘limda quyidagi qat’iy hisobda turuvchi blanklardan
foydalaniladi:
−
09017-shakldagi ma’lumotnoma;
−
09020-shakldagi ma’lumotnoma.
Qat’iy hisobda turuvchi blanklar vakolatli bankning buyurtmasiga asosan,
«Davlat belgisi» davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan bir xil seriyaga va
zarur himoya darajalariga ega bo‘lgan ikki nusxada tayyorlanadi. Qat’iy hisobda
turuvchi blanklar va ulardagi rekvizitlarning to‘ldirilgan matnlariga tuzatishlar
kiritish taqiqlanadi. Buzilgan, yirtilgan yoki boshqacha tarzda yaroqsiz holga
kelgan qat’iy hisobda turuvchi blanklarning ikkala nusxasi ham bekor qilinadi
hamda mutaxassisning shtampi va imzosi, bo‘lim shtampi bilan tasdiqlanadi.
Rezident jismoniy shaxs yoki YaTTning tegishli ma’lumotlari tarkibiy
bo‘linma mutaxassislari tomonidan elektron tizimga kiritiladi. Bunda mazkur
Nizomning 2-ilovasiga muvofiq 09017-son shakldagi ma’lumotnoma ikki nusxada
rasmiylashtiriladi. Ma’lumotnoma tarkibiy bo‘linma mutaxassisi va rezident
jismoniy shaxs tomonidan imzolanib, unga mutaxassisning shaxsiy va tarkibiy
bo‘linma shtamplari bosiladi.
Tarkibiy bo‘linma tomonidan 09017-son shakldagi ma’lumotnoma asosida
mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi 09008-son reestr yuritiladi.
09017-son shakldagi ma’lumotnomaning bir nusxasi rezident jismoniy shaxsga
yoki YaTTga beriladi, ikkinchi nusxasi rezident jismoniy shaxsning shaxsini
tasdiqlovchi hujjati nusxasi (YaTTning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi
to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi) 09008-son reestr bilan birga kunlik hujjatlarga
tikib qo‘yiladi.
35
Chet el valyutasi 09017-son shakldagi ma’lumotnoma va pul mablag‘lari
to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjati asosida rezident jismoniy shaxsning yoki
YaTTning xalqaro to‘lov kartasi hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.
Rezident jismoniy shaxsning yoki YaTTning xalqaro to‘lov kartasi mavjud
bo‘lmaganda, bank va rezident jismoniy shaxs yoki YaTT o‘rtasida chet el
valyutasida bank hisobvarag‘ini ochish to‘g‘risida ikki tomonlama shartnoma
tuziladi hamda bank tomonidan shartnomaga asosan uning nomiga chet el
valyutasida bank hisobvarag‘i ochiladi.
Shartnomaning bir nusxasi rezident jismoniy shaxs yoki YaTT beriladi,
ikkinchi nusxasi kunlik hujjatlarga tikib qo‘yiladi. Shartnoma davlat tilida tuziladi,
zarur hollarda, rus yoki qoraqalpoq tilida ham tuzilishi mumkin.
Jismoniy shaxslar xalqaro to‘lov kartalaridagi mablag‘larni chakana
amaliyotlar kassalari, valyuta ayirboshlash shoxobchasidagi to‘lov terminallari,
avtomatlashtirilgan bank shoxobchasi yoki bankomatlar orqali naqd shaklda echib
olishlari mumkin. Bunda jismoniy shaxsga naqd mablag‘lar bilan birga tegishli
to‘lov hujjatlari beriladi.
Rezident jismoniy shaxs yoki YaTTning o‘ziga tegishli bo‘lgan xalqaro
to‘lov kartalaridagi chet el valyutasini tarkibiy bo‘linma orqali milliy valyutaga
ayirboshlashlari mumkin. Bunda tarkibiy bo‘linmaning mutaxassisi tomonidan
xalqaro to‘lov kartasining haqiqatda ushbu jismoniy shaxsga yoki YaTTga
tegishliligi ekanligi uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida tekshiriladi.
Tarkibiy bo‘linma rezident jismoniy shaxsning yoki YaTTning xalqaro
to‘lov kartasidagi chet el valyutasini operatsiya amalga oshiriladigan kundagi chet
el valyutasini sotib olish kursiga muvofiq bajaradi. Bunda rezident jismoniy shaxs
yoki YaTTning xalqaro to‘lov kartasidagi chet el valyutasi doirasida, mablag‘lar
to‘liq yoki qisman milliy valyutaga ayirboshlanishi mumkin.
Tijorat banki rezident jismoniy shaxsdan yoki YaTTdan chet el valyutasi
sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasini rezident jismoniy shaxsga
yoki YaTTga beradi va nusxasi kunlik hujjatlarga tikib qo‘yiladi.
36
Chet el valyutasi tarkibiy bo‘linmaning mutaxassisi tomonidan tegishli
ma’lumotlarni elektron tizimga kiritish orqali xarid qilinadi. Bunda mazkur
Nizomning 4-ilovasiga muvofiq 09020-son shakldagi ma’lumotnoma ikki nusxada
rasmiylashtiriladi. Ma’lumotnoma tarkibiy bo‘linma mutaxassisi va rezident
jismoniy shaxs yoki YaTT tomonidan imzolanib, unga tarkibiy bo‘linma
mutaxassisning shaxsiy va tarkibiy bo‘linma shtamplari bosiladi.
Ma’lumotnomaning bir nusxasi rezident jismoniy shaxsga yoki YaTTga,
ikkinchi nusxasi mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi 09021-son
reestrga ilova qilinib, kunlik hujjatlarga tikib qo‘yiladi.
Tarkibiy bo‘linma mutaxassisi tomonidan rezident jismoniy shaxsning
shaxsni tasdiqlovchi hujjati nusxasi, YaTTning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi
to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi, to‘lov hujjatlari tijorat bankining tegishli
bo‘linmasiga taqdim etiladi. Taqdim etilgan hujjatlarga asosan rezident jismoniy
shaxsning xohishiga ko‘ra naqd shaklda yoki bank plastik kartasiga yoxud depozit
hisobvarag‘iga, YaTTning hisobvarag‘iga milliy valyuta o‘tkazib beriladi.
Respublikamizda valyuta bozorini yanada erkinlashtirish hamda mukammal
valyuta xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi
rezidentlari tomonidan banklarning valyuta ayirboshlash shahobchalari orqali chet
el valyutalarini milliy valyuta – so‘mga erkin ayirboshlashlari hamda o‘zlarining
milliy valyutadagi mablag‘lariga konversion kartalar orqali chet el valyutasini
cheklanmagan miqdorda sotib olish mumkinligi ko‘rsatilgan. Shu munosabat bilan,
O‘zmilliybank tomonidan valyuta amaliyotlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatishda
mijozlar manfaatlarini himoya qilish maqsadida quyidagi qulayliklarni joriy
etmoqda. Jumladan, bank tomonidan chet el valyutasini sotib olishda: - AQSh
dollari, Yevro, Angliya funt-sterlingi, Yaponiya yenasi hamda Shveysariya franki
ko‘rinishidagi chet el valyutasidagi pul mablag‘lari bankning valyuta ayirboshlash
shahobchalari orqali hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinmoqda. Bank
tomonidan chet el valyutasini sotishda:
37
- Chet el valyutasini sotib olish maqsadida ishlatiladigan konversion
kartalarni rasmiylashtirish uchun amalga oshiriladigan to‘lov endi bor yo‘g‘i 50
ming so‘mni tashkil qiladi;
-
Mijozlarga
qulaylik
yaratish
maqsadida,
konversion
kartani
rasmiylashtirish jarayoni yanada tezlashtirildi;
- Chet el valyutasini sotib olish uchun milliy valyutadagi mablag‘ ixtiyoriy
ko‘rinishda, jumladan, naqd, bankda saqlanayotgan omonatlar, shuningdek milliy
valyutadagi, konversiya qildiruvchi nomiga rasmiylashtirilgan so‘m plastik
kartalardagi mablag‘lar ko‘rinishida taqdim qilinishi mumkin;
- Chet el valyutasidagi kartaning kamaytirilmaydigan qoldiq depoziti 70
AQSh dollarini tashkil etadi. Bu mablag‘ karta egasiga tegishli bo‘lib, u chet el
banklari tomonidan kartaga ko‘rsatilgan xizmat uchun mablag‘ yechib olinishi
oqibatida karta balansining pasayib ketishi natijasida bank-emitent ko‘rishi
mumkin bo‘lgan zararning oldini olish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mazkur
mablag‘ qoldig‘i karta yopilayotgan paytda karta egasiga qaytarib beriladi;
- Mijozlarimiz uchun muhim bo‘lgan yangilik: endi Milliy bank filiallari
orqali mijozlar o‘zining konversion kartasidan yaqinlarining konversion kartasiga
chet el valyutasidagi mablag‘larni o‘tkazishlari mumkin;
- Karta balansida mavjud bo‘lgan mablag‘lardan foydalanganlik uchun bank
komissiyalari miqdori 5 foizdan 1 foizga tushirildi;
- Bank mijozlari o‘zlarining konversion kartadagi mablag‘larini O‘zbekiston
Respublikasi hududidan tashqarida hech qanday cheklovlarsiz ishlatishlari
mumkin.
Bundan tashqari mijozlarga yanada qulay bo‘lishini ta’minlash maqsadida,
bank filiallarining konvеrsion amaliyotlar va valuta ayirboshlash shaxobchalari
hamda bank mijozlariga xalqaro plastik kartalarni qabul qiluvchi 188 ta (shundan
70 ta bank mijozlariga) xalqaro valuta to‘lov tеrminallari bilan ta’minlandi.
Shuningdеk, 2018 yil iyul oyida xarid qilingan 1 500 dona zamonaviy mobil
to‘lov tеrminallarini bank filiallariga yetkazib bеrildi.
38
O‘zmilliybank tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan bankomatlar soni 130 tani
tashkil etib, shundan xalqaro plastik to‘lov kartalarini qabul qiluvchi bankomatlar
soni 22 tani tashkil etadi. Ushbu bankomatlar asosan bank filiallari aeroportlar,
tеmir yo‘l vokzallari, mеhmonxonalar hamda xorijiy mеhmonlar tashrif
buyuradigan ob’yektlarga o‘rnatilgan.
Bugungi kunda O‘zmilliybank hisob-kitob banki sifatida rеspublikamizning
23 ta tijorat banki bilan Union Pay International (UPI) xalqaro plastik kartalar
ekvaringi bo‘yicha shartnomalar imzolandi.
Bank mijozlaridagi to‘lov tеrminallari orqali xalqaro plastik kartochkalardan
to‘lovlar qabul qilinishini ta’minlash uchun 2018 yilning 1-avgust holatiga 17 150
ta to‘lov tеrminallarini xalqaro to‘lov tizimlariga intеgratsiyalash ishlari
yakunlandi.
Eng muhim yangilik sifatida shuni aytish mumkinki, O‘zmilliybank
tomonidan 2017 yilning noyabr oyidan boshlab, «Milliy» mobil ilovasi mijozlarga
taqdim etildi. «Milliy» mobil ilovasi-bu nafaqat mobil telefon orqali pul
mablag‘larini boshqarish uchun bir vosita, balki raqamli bankning rivojlanishida
evolyutsion bosqich hamdir. «Milliy» mobil ilovasida mijoz mobil tеlеfon raqami
orqali UzCard tizimidagi O‘zmilliybank yoki boshqa tijorat banklarining milliy
valutadagi plastik kartalarini, shuningdеk O‘zmilliybankning VISA xalqaro plastik
kartalarini biriktirgan holda bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.
Bu ilova orqali pul o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarning qiymati atiga 0,5 foiz hamda
o‘tkazma miqdoriga limit yo‘q
11
.
Ta’kidlash joizki, hozirda joriy qilingan ana shu kabi mobil ilovalari orqali
chet el valyutasini jismoniy shaxslarga sotish (onlayn-konversiya) bo‘yicha bank
xizmati aholi o‘rtasida tobora ommaboplashib bormoqda. Bunda jismoniy shaxslar
maxsus dasturni kompyuter qurilmasiga (shu jumladan, planshet, mobil telefon va
boshqa qurilmalar) yuklab oladi hamda undan foydalanish shartlari bilan bog‘liq
afertani aktseptlaydi.
11
O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki rasmiy sayti
www.nbu.uz
ma’lumoti
39
Tijorat bankining maxsus dasturdan foydalangan holda valyuta ayirboshlash
operatsiyalarini amalga oshirishlari uchun rezident jismoniy shaxs nomiga bank
kartasi va xalqaro to‘lov kartasi ochilgan bo‘lishi lozim. Bunda muayyan tijorat
bankining maxsus dasturdan foydalanilganda, xuddi shu tijorat bankining xalqaro
to‘lov kartasi foydalanuvchisining nomiga ochilgan bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |