25
Jahon bozori va milliy bozor narxlarini hamda turli mamlakatlarning milliy va chel
el valyutasida ifodalangan qiymat ko‘rsatkichlarini taqqoslaydi.
Shunday ekan, valyuta kursi – bu bir mamlakat milliy valyutasini “bahosini”
boshqa mamlakat pul birligida ifodalanishini anglatadi
8
. Ishlab chiqaruvchilar va
xaridorlar valyuta kursi yordamida tovar va xizmatlarning milliy narxlarini boshqa
davlatlar narxlari bilan solishtiradi. Bunday solishtirish
natijasida ishlab
chiqarishni mamlakat ichkarisida rivojlantirish yoki chet elga investitsiya qilishni
rivojlantirishga asoslangan foydalilik darajasi yuzaga keladi.
Valyutaning eng muhim xarakteristikasi uning konvertirlanganligidir.
Konvertirlanganlik darajasiga ko‘ra valyuta kursi 3 ga bo‘linadi:
– erkin «suzib» yuruvchi;
– cheklangan darajada «suzib»yuruvchi;
– qayd etilgan valyuta kurslari.
Erkin «suzib» yuruvchi valyuta kursi ma’lum valyutaga bo‘lgan bozor talabi
va taklifi ta’sirida o‘zgarib turishi mumkin. Masalan, AQSh dollari, Yaponiya
iyenasi, Angliya funt sterlingi.
Shu bois, bu valyutalar jahon valyuta
ayirboshlashida keng ishtirok etadi.
Cheklangan darajada «suzib» yuruvchi valyuta kurslarining o‘zgarishi ayrim
valyutalar yoki bir guruh valyutalar (valyuta savati) kursi o‘zgarishiga bog‘liq.
Misol uchun «Uchinchi dunyo»ning ko‘pchilik mamlakatlari o‘z valyutalarini
AQSh dollariga, Evropa mamlakatlarining
EVRO ga va boshqa xorijiy
valyutalarga bog‘laydilar. Sobiq sotsialistik mamlakatlar valyuta kurslarini valyuta
savatiga nisbatan hisoblaydilar. EKYu ham xuddi shunday tartibda hisoblanadi.
Cheklangan darajada “suzib” yuruvchi valyuta kurslari kiritilgan mamlakatlar o‘z
valyutalarining tebranish chegarasini o‘zlari hamkorlik qilayotgan mamlakatlar
bilan kelishib oladilar.
Qayd etilgan valyuta kursi – bu xorijiy valyutada ifodalangan milliy pul
birligining davlat tomonidan rasmiy o‘rnatilgan bahosi bo‘lib, unga valyuta
bozorlaridagi talab va taklifning o‘zgarishi ta’sir qilmaydi.
Hozirgi vaqtda qayd
8
«Pul, kredit va banklar» darslik. A.A.Omonov, T.M.Qoraliev. Toshkent, 2012 yil. 323-bet.
26
etilgan valyuta kursi kam rivojlangan mamlakatlarda yoki iqtisodiy tashqi bozorga
yetarli darajada kirib bormagan mamlakatlarda ularning moliya tizimini va milliy
ishlab chiqarishini kuchli xorijiy raqobatchilaridan himoya qilish va quvvatlash
maqsadida qo‘llaniladi.
Valyuta operatsiyalarini valyutalar o‘rtasidagi nisbatni aniqlamasdan va
ularni almashtirmasdan o‘tkazish mumkin emas.
Bu nisbatlar valyuta
«kotirovka»lari yordamida amalga oshiriladi. Valyuta kotirovkasi deganda,
almashtirish uchun taqdim etilgan valyutalar kursini va ular orasidagi nisbatni
o‘rnatish tushuniladi.
Valyuta kotirovkasi rasmiy va bozor kotirovkasiga bo‘linadi.
Rasmiy
valyuta kotirovkasini davlat amalga oshiradi (asosan Markaziy bank). Rasmiy
valyuta kursidan davlat valyuta operatsiyalarida, bojxona ishlarida, to‘lov balansini
tuzishda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: