O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo‘limi qo‘lyozma huquqida udk: 336. 71



Download 491,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/27
Sana13.07.2022
Hajmi491,13 Kb.
#785057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Сувонов А. Тижорат банкларида конверсион валюта операциялар ҳисоби ва аудитини такомиллаштириш

Konversion operatsiyalar ob’ekti 
Konversion operatsiyalar sub’ekti 
-
chet el valyutasi; 
-
chet 
el 
valyutasidagi 
qimmatli 
qog‘ozlar; 
-
chet 
el 
valyutasidagi 
to‘lov 
hujjatlari; 
-
sof quyma oltin; 
-
chet el valyutasi muomalada bo‘lgan 
hamda xorijiy davlatda qonuniy to‘lov 
vositasi hisoblangan banknotlar; 
-
xazina 
biletlari 
va 
tangalar 
ko‘rinishidagi chet el pul belgilari; 
-
xorijiy davlatning pul belgilariga 
almashtirilishi lozim bo‘lgan chet el 
pul belgilari; 
-
hisob varaqlarda va omonatlarda 
bo‘lgan 
xorijiy 
davlatlarning 
pul 
birliklaridagi hamda xalqaro pul yoki 
hisob-kitob birliklaridagi mablag‘lar. 
-
O‘zbekiston 
Respublikasining 
fuqarolari; 
-
O‘zbekiston Respublikasida doimiy 
yashash joyi bo‘lgan chet el fuqarolari; 
-
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar; 
-
O‘zbekiston 
Respublikasining 
hududida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik 
shaxslar; 
-
O‘zbekiston 
Respublikasining 
immunitet va diplomatik imtiyozlardan 
foydalanadigan xorijdagi diplomatiya 
hamda boshqa vakolatxonalari; 
-
O‘zbekiston 
Respublikasi 
tashkilotlarining chet eldagi, xo‘jalik 
yoki boshqa tijorat faoliyati bilan 
shug‘ullanmaydigan vakolatxonalari; 
-
O‘zbekiston 
Respublikasining 
norezidentlari. 
1.1-rasm. Konversion valyuta operatsiyalari ob’ekt va sub’ektlari
4
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy bank valyutani tartibga soluvchi 
davlat organi hisoblanadi. Ya’ni, 
xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish 
huquqini beruvchi litsenziyaga ega banklar faoliyatida iqtisodiy xavfsizlikka tahdid 
yuzaga kelganda,
Markaziy bank tijorat banklarining valyuta operatsiyalarini 
4
O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonuni. 2003 yil 11-dekabr.


13 
vaqtincha to‘xtatib qo‘yish yoki cheklovlar joriy etish huquqiga ega.
Shuningdek,
Markaziy bank valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistika 
hisoboti hamda boshqa hisobot maqsadlari, shuningdek, mamlakatimiz hududida 
bojxona va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun milliy valyutaning chet el 
valyutasiga nisbatan kursini muntazam ravishda belgilab boradi. 
Yurtimizda chet el valyutasini sotib olish va sotish operatsiyalarini yuridik 
shaxslar vakolatli banklar orqali, jismoniy shaxslar esa ushbu muassasalar, 
ularning filiallari va ayirboshlash shoxobchalari orqali amalga oshiradilar. 
Qonunga ko‘ra, jismoniy shaxslarga o‘z mulkida yurtimizga olib kirilgan, 
o‘tkazilgan yoki jo‘natilgan, shu hududda olingan yoki sotib olingan valyuta 
boyliklariga ega bo‘lish, vakolatli banklar hamda ularning filiallarida chet el 
valyutasida hisobvaraqlar ochish va omonatlar qo‘yish, bank hisobvaraqlari 
ochgan yoki ochmagan holda xalqaro pul jo‘natmalarini amalga oshirish, valyuta 
boyliklarini qonuniy tartibda O‘zbekistonga o‘tkazish, olib kirish va jo‘natish, 
Respublikamizdan o‘tkazish, olib chiqish va jo‘natish, valyuta boyliklarini 
mustaqil ishlatish imkoniyatlari yaratilgan. 
Yaqin yillar davomida mamlakatimizda konvertatsiya bilan bog‘liq tizimli 
byurokratik muammolar mavjud edi. Jumladan, valyuta muomalasi sohasining 
haddan ziyod ma’muriy tartibga solinishi natijasida, parallel chet el valyutasi 
bozori va ayirboshlash kursi vujudga keldi. Bu esa alohida tarmoqlar va xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektlar uchun imtiyoz va preferentsiyalarning asossiz ravishda kam 
samarali bo‘lgan tizimini shakllantirdi, biznes yuritishda teng bo‘lmagan shart-
sharoitlarning vujudga kelishi va raqobatning bozor tamoyillari buzilishiga olib 
keldi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda, tovarlar va xizmatlar eksportini 
oshirishda, umuman, mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishida to‘sqinlik qiluvchi 
omilga aylandi. 
Natijada Valyutani tartibga solish borasida bunday salbiy oqibatlarini 
yumshatish imkonini beruvchi, “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha 
birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Farmoni 2017 yil 2-sentabrda qabul qilindi. Mazkur farmonning 


14 
ahamiyati shundan iboratki, valyuta siyosatini liberallashtirish barcha tadbirkorlik 
subyektlariga tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda teng sharoitlar yaratish 
imkonini 
beradi. So‘zimizning 
isboti 
sifatida 
Muhtaram 
Prezidentimiz 
Sh.M.Mirziyoyev: “Keyingi yillarda valyuta siyosati va tashqi savdo faoliyati 
sohasini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar mamlakatimiz 
iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish, 
zamonaviy, eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlarni hamda kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlik subyektlarini barqaror rivojlantirishga xizmat qilgani qayd 
etilsin”
5
-deya, ta’kidlab o‘tdilar.
Farmon bilan valyuta bozorini yanada liberallashtirish sohasida davlat 
iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
-
yuridik va jismoniy shaxslarning chet el valyutasini erkin sotib olish va 
sotish hamda o‘z mablag‘larini o‘zining xohishiga ko‘ra erkin tasarruf etish 
huquqlarini ro‘yobga chiqarishni to‘liq ta’minlash;
-
milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini belgilashda 
faqatgina bozor mexanizmlarini qo‘llash;
-
valyuta resurslaridan foydalanishda bozor instrumentlarining rolini 
oshirish, valyuta bozorida barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun teng raqobat 
sharoitlarini yaratish, valyuta siyosatining noan’anaviy tarmoqlarda eksportni 
rivojlantirishda, mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashda 
rag‘batlantiruvchi rolini oshirish;
-
sifatli ish o‘rinlari va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab 
chiqarishni bevosita rag‘batlantirish uchun iqtisodiyotning barcha sektorlariga 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, bilim va texnologiyalar jalb etishga xizmat 
qiladigan ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash;
-
milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan qat’iy monetar 
siyosatni amalga oshirish, bu borada monetar instrumentlardan faol va 
moslashtirilgan holda foydalanish, davlat qimmatli qog‘ozlari bozorini 
5
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2-sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi 
navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni. 


15 
rivojlantirish, shuningdek, ochiq bozorda operatsiyalar hamda davlat qimmatli 
qog‘ozlarini banklar likvidligiga garovga berish bo‘yicha operatsiyalarni amalga 
oshirishni amaliyotga joriy qilish;
-
monetar va fiskal siyosatni muvofiqlashtirish hamda Davlat byudjetining 
mutanosibligini ta’minlash orqali pul massasi haddan ziyod o‘sishining oldini 
olish;
-
bank tizimining barqarorligini ta’minlash va uning tavakkalchiliklarga 
bardoshliligini, shu jumladan, valyuta siyosatini liberallashtirishning vujudga 
kelishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan samarali 
choralarni qo‘llash hisobiga oshirish;
-
valyuta siyosatining yangi sharoitlarida tayanch tarmoqlar korxonalari 
samarali faoliyat yuritishi uchun ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash 
bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
-
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari turmush darajasiga valyuta 
siyosatini liberallashtirishning salbiy oqibatlarini kamaytirish imkonini beradigan 
har tomonlama ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni 
amalga oshirish.
Darhaqiqat, mazkur farmon bilan mamlakatimizda faqatgina bozor 
mexanizmlari asosida faoliyat ko‘rsatadigan valyuta bozorini shakllantirilib, 
barcha banklarning mijozlar ehtiyojlarini qondirish maqsadida chet el valyutasini 
sotib olish va sotish uchun valyuta birjasi savdolarida erkin ishtirok etishini, 
shuningdek, mijozlarning chet el valyutasini sotib olish bo‘yicha amaldagi tartib va 
texnik reglamentlariga rioya etgan holda o‘z valyuta mablag‘larini hech qanday 
cheklovsiz tasarruf etish imkoniyati yaratildi. Yuridik va jismoniy shaxslar 
tomonidan chet el valyutasi joriy xalqaro valyuta operatsiyalarini amalga oshirish 
uchun banklarda erkin sotib olinishi va sotilishi kafolatlandi.
Yurtimizda valyuta munosabatlarini erkinlashtirishga qaratilgan valyuta 
islohoti, iqtisodni yanada ochiqroq qilish, davlat tomonidan boshqarishni 
kamaytirish va biznes-muhitni yaxshilashning natijasi o‘laroq, shu yilning o‘zida 
naqd pul muomalasi mamlakatimiz iqtisodiyotida, shu jumladan pul-kredit 


16 
sohasida amalga oshirilgan islohotlar ta’sirida tijorat banklari kassalaridan naqd 
pul chiqimlarining umumiy hajmi bank kassalariga kelib tushgan naqd pul 
miqdoriga nisbatan sezilarli darajada ko‘proq bo‘ldi.
Xususan, 2017 yilning yanvar-iyun oylari davomida bank kassalariga 11,8 
trln. so‘m naqd pul tushgan bo‘lsa, bank kassalaridan amalga oshirilgan chiqim 
17,1 trln. so‘mni tashkil etdi. Natijada, muomaladagi naqd pullar miqdori yil 
boshiga nisbatan 5,3 trln. so‘mga oshib, 2017 yilning 1 iyul holatiga 18,6 trln. 
so‘mni tashkil etdi
6

2017 yilning ikkinchi yarmida mamlakatimiz valyuta bozorini erkinlashtirish 
bo‘yicha dastlabki choralarning ko‘rilishi va sentyabr oyidan boshlab xorijiy 
valyutani sotish va xarid qilishning erkinlashtirilishi naqd pul muomalasiga ijobiy 
ta’sir ko‘rsatdi. Naqd pullarni bank tizimi orqali aylanishini ko‘payishi va bankdan 
tashqari muomaladagi naqd pul miqdorini bosqichma-bosqich qisqarish jarayonlari 
kuchaydi. 
O‘tgan yil iyul-dekabr oylarida bank kassalariga 27,7 trln. so‘m naqd pul 
tushgan bo‘lsa, bank kassalaridan amalga oshirilgan chiqim 28,6 trln. so‘mni 
tashkil etdi. Natijada, iyul-dekabr oylarida muomaladagi naqd pullar miqdori 0,9 
trln. so‘mga oshishi kuzatilib, bunday o‘sish sentyabr-dekabr oylari davomida 
aholidan naqd valyutani sotib olish va paxta yig‘im-terim mavsumi bilan bog‘liq 
xarajatlar hamda ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalarni oshirilishi 
natijasida qo‘shimcha 8,5 trln. so‘m miqdoridagi naqd pulga bo‘lgan talabning 
yuzaga kelishi bilan izohlanadi
7

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, bizning iqtisodimizda ko‘p 
muammolar konvertatsiya bilan bog‘liq edi. Shuning uchun ham buni eng birinchi 
navbatda amalga oshirish kerak edi. Hukumatimiz aynan shundan boshladi. Agar 
islohot shu zaylda davom etadigan bo‘lsa, aholi yashash darajasi oshadi, biznes-
iqlim yaxshilanadi, yangi korxonalar paydo bo‘ladi hamda buning natijasida 
qo‘shimcha ish o‘rinlari paydo bo‘ladi.
6
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti www.cbu.uz ma’lumotlari 
7
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti www.cbu.uz ma’lumotlari


17 

Download 491,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish