O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo‘limi qo‘lyozma huquqida udk: 336. 71



Download 491,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/27
Sana13.07.2022
Hajmi491,13 Kb.
#785057
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Bog'liq
Сувонов А. Тижорат банкларида конверсион валюта операциялар ҳисоби ва аудитини такомиллаштириш

0
1000
2000
3000
4000
5000
6000
7000
8000
9000
1994 1996 1998 2000 2002 2004 2006 2008 2010 2012 2014 2016 2018
1.2-rasm. O‘zbekiston Respublikasida valyuta kurslari dinamikasi
(AQSH dollari)
9
 
Mamlakatimizda rasmiy valyuta kotirovkasini O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki tomonidan o‘rnatiladi. Yuqoridagi rasmdan ko‘rishimiz 
mumkinki, TIF Milliy banki rasmiy valyuta kursi 1994 yil 9-iyulda 1 AQSH 
dollari 7 so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, 2018 yil holatiga 8136.67 so‘mni tashkil 
qildi. Ya’ni milliy valyutamizning rasmiy kursi yillar davomida yuqorilab borgan. 
9
O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki rasmiy sayti 
www.nbu.uz
 ma’lumoti 


27 
Valyuta kursini aniqlash usullari valyuta tizimlarining xususiyatlariga ko‘ra 
turli mamlakatlarda turlichadir. Qattiq valyuta cheklovlari mavjud davlatlarda 
valyuta kursi ikki usulda o‘rnatilishi mumkin. Birinchi usul, sof boshqaruv usuli – 
hukumat yoki Markaziy bank talab va taklifdan qatiy nazar milliy valyuta kursini 
belgilaydi. Bunda valyuta kursi boshqa valyuta yoki bir qancha valyutalar (valyuta 
savati)ga nisbatan belgilanadi. Shu bilan birga, ko‘pchilik Markaziy banklar turli 
operatsiyalarda turlicha valyuta kurslarini belgilaydi. 
Ikkinchi usul. Polsha, Chexiya, Slovakiya, Bolgariya, Ruminiya kabi 
davlatlarda ko‘proq qo‘llaniladi. Bu usulda Markaziy bank rasmiy valyuta kursini 
birja kursi darajasida belgilaydi va birja kursining rasmiy valyuta kursiga nisbatan 
o‘zgarish chegarasini belgilab beradi. Valyuta kursining shu o‘zgarish chegarasini 
belgilab berish bank ishida valyuta koridori deb ham yuritiladi. Amaliyotda 
valyutaning birja kursining rasmiy kursga nisbatan o‘zgarish xavfi kuzatilsa, 
Markaziy bank valyuta interventsiyasini amalga oshiradi, ya’ni xorijiy valyutani 
sotadi yoki sotib oladi. 
Valyuta cheklovlari yo‘q yoki sezilmas darajada bo‘lgan davlatlarda 
Markaziy bank talab va taklif (milliy valyutaning erkin suzib yurishida) hamda 
valyuta interventsiyasi (boshqariluvchi kurs)dan kelib chiqqan holda valyuta 
kursini belgilaydi. Valyuta birjalari faoliyat ko‘rsatuvchi davlatlarda valyuta kursi 
qariyb har bir birja makleri va Markaziy bank tomonidan valyutani sotish va sotib 
olishga berilgan arizalar, Markaziy bank interventsiyasi siyosati bo‘yicha 
faoliyatini inobatga olgan holda o‘rnatiladi. 
Bozor kotirovkasi talab va taklif asosida birjaga oid bo‘lmagan valyuta 
bozorida amalga oshiriladi. 
Qattiq valyuta cheklovlari mavjud mamlakatlarda bozor kotirovkasi deyarli 
qo‘llanilmaydi. Hamma operatsiyalar rasmiy kurs bo‘yicha amalga oshadi. Valyuta 
cheklovlari deyarli yo‘q (sezilarsiz) yoki yo‘q mamlakatlarda bozor kursini bir-biri 
bilan doimiy muloqotda bo‘lgan yirik tijorat banklari o‘rnatadi. Bu banklarni 
market-meykerlari deb ataydilar. Boshqa banklar kotirovka yuzasidan ularga 
murojaat qilishadi. Banklararo valyuta kotirovkalari market-meykerlar tomonidan 


28 
har bir valyuta bo‘yicha mavjud bo‘lgan yoki kutilayotgan talab va taklifni 
taqqoslash (bu operatsiya amaliyotda fiksing deb ataladi) asosida belgilanadi. 
Valyuta birjasi yo‘q davlatlarda valyuta bozori qatnashchilari banklararo 
kurslardan foydalanadi. Banklararo bozordagi o‘rtacha kurs bank mijozlari uchun 
valyuta kursini o‘rnatishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Valyuta birjalari mavjud 
davlatlarda banklararo kotirovkalar banklarning to‘lov aylanishi, to‘lovga 
layoqatliligini hisobga olgan holda, rasmiy birja kotirovkalari atrofida o‘zgarib 
turishi mumkin. Bunday banklarda rasmiy birja kotirovkasi ularning mijozlari 
uchun valyuta kurslarining asosi bo‘lib xizmat qiladi. Erkin valyuta bozorida uning 
har bir elementlari (birjadagi va birjadan tashqaridagi) bir-biriga ta’sir etadi va 
ulardagi valyuta kotirovkalari o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. 
Valyuta bozorida valyutani kotirovka qilishning ikki usuli mavjud: to‘g‘ri va 
egri. Ko‘pchilik davlatlarda to‘g‘ri kotirovka qo‘llaniladi. Bu usulning mohiyati 
shundaki, xorijiy valyuta birligining kursi to‘g‘ridan-to‘g‘ri milliy valyutada 
ifodalanadi. Egri kotirovkada milliy valyuta birligi ma’lum miqdordagi xorijiy 
valyutada ifodalanadi. Bu usul (egri kotirovka) Buyuk Britaniyada, 1987 yildan esa 
qisman AQShda qo‘llaniladi. Banklararo valyuta bozorlarida valyuta kursining 
kotirovkasi ko‘proq AQSh dollariga nisbatan belgilanadi. Bu hol dollarning 
xalqaro to‘lovlarda ko‘p qo‘llanilishi va zaxira vositasi sifatida saqlanishi bilan 
bog‘liq. Savdo-sanoat sohasida faoliyat olib boruvchi mijozlar uchun valyuta 
kotirovkalari amalga oshirish kross-kursga asoslanadi. 
Kross-kursda ikki valyutaning kursga asoslangan nisbati uchinchi valyutaga 
qiyosan aniqlanadi. Masalan, O‘zbekiston Markaziy banki so‘mning yapon iyeniga 
nisbatan kursini aniqlamoqchi deylik. Bu holda ienning so‘mga nisbatan kursi 
dollarga asoslangan holda aniqlanadi. Aytaylik, 1250 so‘m - 1 dollar; 1 dollar – 
125 yapon iyeni desak, u holda kross kursda 1 yapon iyeni necha so‘m turishini 1 
yapon iyeni = 1250 so‘m x 1x1/1x125 = 0,1 so‘m yoki 10 yapon iyeni 100 so‘mga 
teng. 
Banklar valyutalar kotirovkasini o‘tkazganda, valyuta bo‘yicha sotuvchi 
kursini va sotib oluvchi kursini belgilaydilar. Valyutani kotirovka qiluvchi bank 


29 
valyuta bitimini doimo o‘zi uchun qulay bo‘lgan kurs bo‘yicha tuzadi. Banklar 
doimo xorijiy valyutani sotib olganidan (sotib oluvchi kursi yoki sotib olish kursi) 
ko‘ra qimmat (sotuvchi kursi yoki sotilish kursi) sotadilar. 
Masalan: Nyu-York va London valyuta birjalaridan dollarning funt 
sterlingga to‘g‘ri kotirovkasi amalga oshiriladigan bo‘lsa, 1 funt sterling = 1.5020 
dollar – sotib olish kursi; 1 f.st. = 1.5060 dollar – sotish kursi. 
To‘g‘ri kotirovkada sotuvchi kursi doimo sotib oluvchilar kursidan yuqori 
bo‘ladi. O‘rtadagi farq marja deyiladi va bankning foydasini tashkil qiladi. 
Xalqaro to‘lov aylanmasida xorijiy valyuta naqd emas, balki naqdsiz holatda 
amal qiladi. Tabiiyki, turli xil to‘lov vositalari kurslari turlicha, chunki ularning 
ishonchlilik va valyuta tavakkalchiligi darajalari turlichadir. Telegraf o‘tkazmasi 
bo‘yicha valyuta kursi eng yuqoridir. Chunki unda xorijiy valyuta shu zahoti yoki 
kelasi kuni to‘lanadi. Bu operatsiya valyuta tavakkalchiligini deyarli chetlab o‘tish 
imkonini beradi. Odatda, ularning kurslari rasmiy byulleten va kotirovka 
jadvallarida e’lon qilinadi. Boshqa to‘lov vositalari kursi shu asosida aniqlanadi. 
Ko‘pgina valyutasi konvertatsiya qo‘llanmaydigan, valyuta cheklovlari 
mavjud bo‘lgan davlatlarda rasmiy valyuta bozori bilan birga norasmiy valyuta 
bozori, ya’ni qora bozor ham mavjud. Jumladan, O‘zbekiston valyuta tizimida ham 
davlat tomonidan chel el valyutasining qo‘llanilishiga qator cheklovlarning 
mavjudligi natijasida, rasmiy belgilangan almashuv kursidan yuqori bo‘lgan 
noqonuniy bozor shakllangan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish 
bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2017 yil 2-sentyabrda 
imzolangan farmoniga asosan, noqonuniy bozor faoliyatiga chek qo‘yildi. Chunki 
valyuta bozorini yanada liberallashtirish sohasidagi davlat iqtisodiy siyosatining 
ustuvor yo‘nalishlaridan biri bu – milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan 
kursini o‘rnatishda faqatgina bozor mexanizmlarini qo‘llashdan iboratdir. Amalga 
oshirilgan chet el valyuta bozori liberalizatsiyasi, ichki valyuta bozorimizda milliy 
valyuta almashuv kursining shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Xususan, valyuta 
kursining bozordagi talab va taklifga asosan shakllanishiga, hamda inflyatsiya 


30 
bosimlarini pasaytirishga imkon bermoqda. Valyuta kursining bozor mexanizmlari 
asosida shakllanishi va uning tashqi iqtisodiy sharoitlarga mos ravishda o‘zgarib 
borish xorijiy valyutaga bo‘lgan talab va taklifni muvozanatlashtirish imkonini 
beradi. Boshqacha qilib aytganda, aynan bozor mexanizmlari asosida 
shakllanadigan valyuta kursi tashqi sharoitlar o‘zgarishiga tez moslashish va uning 
salbiy oqibatlarini minimallashtirish orqali “avtomatik stabilizator” funksiyasini 
bajaradi.

Download 491,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish