O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo‘limi qo‘lyozma huquqida udk: 336. 71



Download 491,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/27
Sana13.07.2022
Hajmi491,13 Kb.
#785057
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Сувонов А. Тижорат банкларида конверсион валюта операциялар ҳисоби ва аудитини такомиллаштириш




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
 
 
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
MAGISTRATURA BO‘LIMI 
 
Qo‘lyozma huquqida 
UDK:336.71 
 
SUVANOV AKMALJON XOLMUMINOVICH 
 
TIJORAT BANKLARIDA KONVERSION VALYUTA 
OPERATSIYALAR HISOBI VA AUDITINI 
TAKOMILLASHTIRISH
 
 
 
Mutaxassislik: 5A230702-“Banklarda buxgalteriya hisobi va audit” 
Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan 
DISSERTATSIYA 
 
 
 
 
Ilmiy rahbar: i.f.n. B.Babayev 

 
 
 
 
 
TOSHKENT-2019 



Dissertatsiya Toshkent moliya instituti “Banklarda buxgalteriya hisobi 
va audit” kafedrasida bajarilgan.
 
Ilmiy rahbar 
 
i.f.n. B.Babayev 
 
Kafedra mudiri 
 
i.f.n., dots. Z.Umarov 
 
Magistratura bo‘limi boshlig‘i 
 
i.f.d., prof. A.Jo‘rayev 
 



KIRISH 
Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi
. O‘zbekiston Respublikasi 
mustaqillikka erishgandan so‘ng, o‘tgan qisqa vaqt mobaynida bank sohasi 
rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratildi, tijorat banklarining faoliyati ushbu 
qisqa davrda kutilgandan ham unumliroq tarzda takomillashdi. Tijorat banklarining 
takomillashishining asosiy sabablaridan biri, O‘zbekiston Respublikasining jahon 
xo‘jaligidagi ishtiroki salmog‘i oshib, xalqaro iqtisodiy munosabatlar ko‘lami 
kengayib borayotganidadir. Bozor iqtisodiyoti ijtimoiy hayotning barcha 
jabhalariga keng miqyosda kirib borayotgan hozirgi sharoitda bank tizimiga, ushbu 
tizimda boshqaruv jarayonlarini zamonaviy talablar asosida takomillashtirishga 
bo‘lgan talab yanada kuchaymoqda.
2017 yil 7-fevralda "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Republikasi Prezidenti 
Farmonining qabul qilinishi va uni hayotga joriy etish bo‘yicha qonuniy tamoyil va 
mexanizmlarning tasdiqlanishi mamlakat ijtimoiy-siyosiy institutlar faoliyatining 
aniq yo‘nalishlarini belgilab berdi. Chunki mazkur prezident farmoni iqtisodiyotni 
yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy 
barqarorlikni mustahkamlash, yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, 
milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash 
orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni 
faol jalb etish bo‘yicha 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
lavozimiga kirishi marosimiga bag‘ishlangan nutqida, Harakatlar strategiyasini 
hayotga joriy etish va kelajakda barcha sohalar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga 
erishish lozimligi to‘g‘risida: “Bizning vazifamiz – to‘plangan tajriba va ilg‘or 
xalqaro amaliyotga suyangan holda o‘zimizning taraqqiyot va yangilanish 
modelimizni qat’iy amalga oshirishdan iborat. Shu borada yaqin va o‘rta muddatga 



belgilangan marralarga erishish uchun qat’iyat bilan harakat qilishimiz zarur1”-
deb, ta’kidladilar. 
Darhaqiqat, so‘nggi yillarda iqtisodiyotimiz salohiyatini yuksaltirish 
borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, milliy valyutani 
erkin konvertatsiya qilish tizimiga to‘liq o‘tildi, biznes sohasidagi soliqlar 
qisqartirildi, kredit olish imkoniyatlari kengaydi, erkin iqtisodiy zonalar tashkil 
etilib, ularda investorlarga keng imtiyozlar berildi.
Shuningdek, mamlakatimiz valyuta sohasida amalga oshirilayotgan 
yangiliklardan biri bu – aholi uchun valyuta ayirboshlash amaliyotlarini amalga 
oshirishni yengillashtiruvchi yangi bank xizmatlarining joriy etilishi hamda
yuridik va jismoniy shaxslarning chet el valyutasini erkin sotib olish va sotish 
uchun keng imkoniyatlarning yaratilishidir.
Sir emaski, iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida mamlakatda valyuta 
munosabatlarini rivojlantirish, tijorat banklari va boshqa moliya muassasalarini 
xalqaro moliya bozorlaridagi ishtiroklari uchun sharoitlarni yaratish, milliy valyuta 
bozorini barqaror ishlashini ta’minlash, mustaqil mamlakatimizning eksport 
salohiyatini oshirishda import o‘rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqaruvchi 
sub’ektlar o‘rtasida xalqaro investitsiyalarni kengroq jalb qilish, mamlakatda 
o‘zining milliy ichki valyuta bozorini va valyuta operatsiyalarini shakllantirishni 
taqazo etadi. Shu sababdan valyuta bozori va mazkur bozorda mavjud valyuta 
operatsiyalarini hamda ularni amalga oshirilishi bilan bog‘liq nazariy masalalarni 
o‘rganish hozirgi kunda nihoyatda dolzarb masalalardan biri bo‘lib qoldi. Chunki 
mamlakatimizda faqatgina bozor mexanizmlari asosida faoliyat ko‘rsatadigan 
valyuta bozorini shakllantirish barcha banklarning mijozlar (yuridik va jismoniy 
shaxslar, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar) ehtiyojlarini qondirish 
maqsadida chet el valyutasini sotib olish va sotish uchun valyuta birjasi 
savdolarida erkin ishtirok etishini, shuningdek, mijozlarning chet el valyutasini 
1
“Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini mard va oliyjanob xalqimiz bilan quramiz”. Sh.Mirziyoyevning 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma 
majlisidagi nutqi. “Xalq so‘zi” gazetasi, 2016 yil 15-dekabr.



sotib olish bo‘yicha amaldagi tartib va texnik reglamentlariga rioya etgan holda o‘z 
valyuta mablag‘larini hech qanday cheklovsiz tasarruf etishini taqozo etadi. 
Shu sababli “Tijorat banklarida konversion valyuta operatsiyalar hisobi va 
auditini takomillashtirish” mavzusi shubhasiz, hozirgi zamonning dolzarb 
mavzularidan biridir. 

Download 491,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish