O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo‘limi qo‘lyozma huquqida udk: 336. 71


 Tijorat banklarida konversion valyuta operatsiyalarining



Download 491,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/27
Sana13.07.2022
Hajmi491,13 Kb.
#785057
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Bog'liq
Сувонов А. Тижорат банкларида конверсион валюта операциялар ҳисоби ва аудитини такомиллаштириш

 
 2.2. Tijorat banklarida konversion valyuta operatsiyalarining
buxgalteriya hisobi 
Konversion bo‘limlarda chet el valyutasi bilan bog‘liq buxgalteriya 
o‘tkazmalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004 yil 17-iyulda 15/3-
son bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida 
buxgalteriya hisobining hisobvaraqlari” rejasiga asosan amalga oshiriladi. Chet el 
valyutasi bilan bog‘liq buxgalteriya o‘tkazmalari buxgalteriya hisobining 
hisobvaraqlari rejasining 23122-“Xorijiy valyuta sotib olish uchun bank 
kassalariga naqd pullarni topshirgan jismoniy shaxsning plastik kartalaridan 
foydalangan holda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar” va 23516-“Xorijiy 
valyuta sotib olish uchun jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan o‘tkazilgan pul 
mablag‘lari” tranzit hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi. 
So‘mdagi plastik kartasi orqali konversion bo‘limda chet el valyutasi 
sotilganda quyidagi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi: 
1)
Dt-10101 “Aylanma kassasidagi naqd pullar” 
14
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi rasmiy sayti www.uza.uz ma’lumotlari


41 
Kt-23122 “Chet el valyutasini sotib olish uchun bank kassasiga 
topshirilgan naqd pullar bo‘yicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga 
o‘tkazilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvarag‘i” 
2)
Dt- 23122 
Kt-22618 “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari bo‘yicha 
majburiyatlari” yoki 22617 “Pensionerlarning plastik kartochkalari bo‘yicha 
majburiyatlar”. 
3)
Dt-22618, 22617 
Kt-23516 “Chet el valyutasini sotishda oluvchining hisobvaraqlariga 
o‘tkazilishi lozim bo‘lgan plastik kartalardan kelib tushgan pul mablag‘lari”. 
4)
Dt-17409 “Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar bo‘yicha 
plastik kartalardan hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan pul mblag‘lari bo‘yicha 
tranzit hisobvaraqlari” 
Kt-17101 “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari” 
5)
Dt-23516 
Kt-17409 
6)
Dt-17101 “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari” 
Kt- 22618 “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari bo‘yicha 
majburiyatlari”. 
Bunda kun oxirida chet el valyutasini sotishdan tushgan jami tushum 
aylanma kassadan zahiraga olinadi va Markaziy bank HKKM ga yuboriladi. Ya’ni 
chet el valyutasini sotishdan tushgan jami tushum 23526 hisobvarag‘ining kredit 
aylanmasiga teng bo‘ladi. 
Misol tariqasida 23526- hisobvaraqning kredit aylanmasi 70 000 000 so‘mni 
tashkil etsa, ushbu summaga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi. 
1)
Dt-10198 “Markaziy bankka topshiriladigan naqd pullar zaxirasi”
70 000 000 so‘m. 
Kt- 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” 
Valyutani sotishdan tushgan tushumni to‘liq 10198-hisobvaraqda aks 
ettirilishini ta’minlash maqsadida ushbu 1-o‘tkazmani amalga oshirayotganda, 


42 
dastur 
yaratuvchilari 
tomonidan 
23526-hisobvaraqg‘i 
kredit 
aylanmasi 
summasidan kam bo‘lgan summaga buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshirilishiga 
dasturiy cheklov qo‘yiladi. Shuningdek ushbu cheklov Markaziy bankka 
yuborilayotgan naqd pullar bo‘yicha quyidagi ikkinchi o‘tkazmani amalga 
oshirilishida ham 10109- hisobvarag‘iga nisbatan ham qo‘llanilishi kerak. Bundan 
tashqari, tijorat banklarida ochilgan 10198-hisobvarag‘dagi mablag‘larni ushbu 
hisobvarag‘ning chiqimi bo‘yicha (10198-hisobvaraq kreditlanganda) buxgalteriya 
o‘tkazmalarida 10101, 10102, 10103, 10107, 10111-sonli hisobvaraqlariga 
o‘tkazilishiga cheklov qo‘yilishi, 10198- hisobvarag‘idagi mablag‘ faqat Markaziy 
bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKM ning (HKKM kodi bilan) 10101-
hisobvarag‘iga bog‘langan holda kirim qilinishi lozim. 
2)
Dt-10109 “Yo‘ldagi naqd pullar” 
Kt-10198 
Markaziy bank HKKM da: 
3)
Dt-10101 Markaziy bank HKM ning aylanma kassasi 
Kt-21314 “Tijorat banklariga to‘lab berilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar”. 
4)
Dt-21314 
Kt-10311 “O‘zRMB dan olinadigan, topshiriladigan naqd pullar”. 
5)
Dt- 10311 
Kt-10109 “Yo‘ldagi naqd pullar”. 
O‘zbekiston Respublikasi banklari buxgalteriya hisobining amaldagi tizimi 
ko‘p valyutali tizimga asoslangan. Ko‘p valyutali buxgalteriya hisobi tizimida har 
bir valyuta bo‘yicha dasturiy tarzda alohida Bosh kitoblar yuritiladi (masalan: so‘m 
bo‘yicha, AQSh dollari bo‘yicha, yyevro bo‘yicha bosh kitob va h.k.), ya’ni bank 
oborotida valyutaning qancha turi mavjud bo‘lsa, shuncha bosh kitoblar ochiladi. 
Har bir bosh kitobda bank operatsiyalari hisobining to‘liq yuritilishini ta’minlash 
uchun zarur bo‘lgan miqdorda balans hisobvaraqlari ochiladi. Har bir balans 
hisobvarag‘ida analitik hisobni tashkil etish uchun esa, o‘z navbatida, mijozlarga
operatsiyalar turlari va boshqa tegishli belgilari bo‘yicha kerakli miqdordagi 
yordamchi kitoblar (shaxsiy hisobvaraqlar) ochiladi. Banklar har bir ish kuni 


43 
yakunida yordamchi kitoblardagi jami yakuniy summalar ma’lumotlarining har bir 
valyuta bo‘yicha yuritilgan bosh kitobdagi tegishli balans hisobvaraqlarining jami 
yakuniy summasiga mos kelishini ta’minlashi shart. 
Ko‘p valyutali buxgalteriya hisobi tizimida bankning asosiy vositalari
daromadlari va xarajatlarining hisobi faqat milliy valyutada yuritiladi.
Valyuta kross-operatsiyasi ikkita valyutani o‘z ichiga oladi. 
a) Ikkita valyutani o‘z ichiga oladigan operatsiyalar ushbu valyutalardagi har 
bir bosh kitobda valyuta pozitsiyasining tegishli xisobvaraqlariga aloqador bo‘lgan 
buxgalteriya yozuvlari yordamida balanslashtiriladi. 
b) Chet el valyutasi va so‘mda amalga oshirilgan operatsiyalar chet el 
valyutasidagi bosh kitobda va so‘mdagi bosh kitob yoziladi. 
v) Ikki turdagi chet el valyutalarida amalga oshirilgan operatsiyalar ushbu 
ikki valyutaga tegishli bosh kitoblarda yoziladi. 
Chet el valyutasida qayd etilgan aktiv va passiv hisobvaraqlar qoldiqlarini 
qayta baholash valyuta kursi o‘zgarishidan ko‘rilgan foyda yoki zararlarni aniqlash 
va moliyaviy hisobotni tuzish maqsadlarida har bir oyning oxirgi ish kunida
shuningdek, jamlama balans hisobotini olish maqsadida oyning istalgan kunida 
o‘tkaziladi. Har ikki holatda ham bir xil qayta baholash qoidalari qo‘llaniladi. 
Buning uchun chet el valyutalari bo‘yicha barcha bosh kitoblardagi hamma 
hisobvaraqlarning qoldiqlari Markaziy bank tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha 
quyidagi tartibda so‘mga aylantiriladi: 
a) Bankning chet el valyutasidagi aktiv va passivlari balans tuzish sanasida 
shu sanadagi spot kursi asosida qayta baholanadi. 
b) Ustav kapitali oldingi qiymati bo‘yicha, ya’ni ustav kapitaliga mablag‘lar 
kiritilayotgan kundagi spot kursi bo‘yicha qayta baholanadi. Agarda ustav kapitali 
bir necha marta to‘ldirilgan bo‘lsa, unda qayta baholash maqsadida har bir hol 
uchun to‘ldirilgan kundagi summa va spot kursga alohida yangi shaxsiy hisobvaraq 
ochiladi.
Qayta baholash har kuni buxgalteriya yozuvlarisiz dasturiy tarzda faqatgina 
jamlama balans hisobotini tuzish uchun o‘tkaziladi. Qayta baholangan aktiv va 


44 
passivlarning ikkita yakuniy summalari o‘rtasidagi farq valyuta bo‘yicha kitobdagi 
valyuta pozitsiyasi hisobvarag‘ining yangi qoldig‘ini o‘zida aks ettiradi.
Har oyning oxirida moliyaviy hisobotda qayd etish uchun qayta baholash 
natijasida ko‘rilgan foyda va zararlar aniqlanadi.
Olingan farq qayta baholashdan keyingi foyda yoki zararni tashkil etadi va 
mos ravishda quyidagi buxgalteriya yozuvi asosida aks ettiriladi: 
Dt 

Download 491,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish