O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan suratga olingan ta’lim muassasalarida o‘quv qo‘llanma sifatida hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda foydalanish uchun tavsiya etiladigan filmlar ro‘yxati



Download 0.69 Mb.
bet1/7
Sana12.01.2017
Hajmi0.69 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7
O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan suratga olingan ta’lim muassasalarida o‘quv qo‘llanma sifatida hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda foydalanish uchun tavsiya etiladigan filmlar ro‘yxati



Film nomi

Ijodiy guruh

Qisqacha mazmuni

Yili

Milliy mumtoz badiiy filmlar

1


“Tohir va Zuhra”

Rejissyor: N.G‘aniev

Ikki sevishgan dilning qismati haqida hikoya qiluvchi bu film dunyo kinematografiyasida yuksak e’tirof etilgan bo‘lib, hozirgacha katta qiziqish bilan ko‘riladi. Tillarda doston Tohir va Zuhra obrazi adabiy va kino asarlar yaralishiga sabab bo‘lgani ham bejiz emas.

1945 y.

2

“O‘tgan kunlar”

Rejissyor: Y.A’zamov

Atoqli adibimiz A.Qodiriyning shu nomli asari asosida yaratilgan filmda yuksak insoniy fazilatlar, pok tuyg‘ular, adolat va nohaqlik tarixiy voqealar orqali professional ruhda ochib beriladi. Bosh qahramonlar –Otabek va Kumush obrazlari oradan shuncha yillar o‘tsa-da, hech kimni befarq qoldirmaydi.

1969 y.

3

“Sen yetim emassan”

Rejissyor: Sh.Abbosov

O‘zbek xalqining bag‘rikengli, oliyjanobligi va oqibatliligi, xatto urush yillarida ham mana shu xarakteriga sodiq qolgani qiziqarli, unutilmas kadrlar orqali, Mahkamovlar oilasi misolida ochib beriladi. Film hanuz sevib tomosha qilinishi ham uning nechog‘li mahorat bilan yaratilganidan darak beradi

1962 y.

4

“Mahallada duv-duv gap”

Rejissyor: Sh.Abbosov

O‘zbek xalqiga xos kulgu, kishilardagi turli fe’l-atvor, kutilmagan voqealarga boy bu kartina o‘zbek durdona kinoasarlari qatoridan joy olgan. Film marhum, ustoz san’atkorlarning ulkan iste’dodi tufayli uzoq vaqt yashayotgani hech kimga sir emas.

1960 y.

Diniy ekstremizm, aqidaparastlik va terrorizmga qarshi kurash hamda ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish mavzuidagi badiiy filmlar

1

“Tuzoq”

Sts.muallifi: T.Shomurodov

Rej: B.Aynazarov



Filmda “Hizbut-tahrir” oqimiga adashib kirib qolgan insonlarning ayanchli qismati, bu oqimning jamiyat taraqqiyoti, insonlar, xususan, yoshlar ongiga zararli ta’siri hamda unga qarshi kurash haqida hikoya qilinadi. Film bosh qahramoni Komil kursdoshi Muzropning nayrangi bilan, diniy oqim a’zolarining “xalqa”siga qo‘shilib qoladi. Xalqa yetakchisi Komilning ishbilarmon, qat’iyatli, shu bilan birga diniy bilim borasida biroz zaifligini payqab, uni o‘z safiga tortishga urinadi. Komil soxta va puch g‘oyalar girdobida, o‘z otasi, ishi, oilasidan kechadi. Oqibat tegishli idoralar xodimlari tomonidan xibsga olinib, qamoqqa tushadi. U faqatgina olti yashar qizchasi Nigoraning yalinib-yolborishlaridan so‘ng, panjara ortida o‘z xatosini tushunib yetadi. Kech bo‘lsa-da, bu bosh-keti yo‘q, razolatga olib boruvchi yo‘ldan qaytadi. Film barcha yoshdagi tomoshabinlarda qiziqish uyg‘otishi, yo‘ldan adashgan kishilarning taqdiri, qismatidan ogoh etishi va shu bilan birga undagi voqealardan xulosa chiqarishga sabab bo‘lishi tabiiy.

2009 y.

2

“Arosat”

Sts. muallifi: G‘.Eshmurodov

Rej:M.Abduholiqov



Filmda o‘z dinidan voz kechib, noma’lum sekta a’zolarining aldovlariga ishonib, boshqalarni ham shu tuban yo‘lga boshlagan er-xotin, bevaqt bo‘lgan ayol mayitining sarson bo‘lishi juda ta’sirchan ruhda ochib beriladi. Film mamlakatimizda yashirincha faoliyat olib borayotgan sekta va uning vakillariga, ularga adashib kirib qolayotgan aholi, xususan yoshlar uchun katta saboq bo‘lishi bilan alohida e’tiborga loyiq.

2009 y.

3

“Tahdid”

Sts.muallifi va rej: H.Nasimov

Filmda terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash, ushbu tahdidga qarshi kurashuvchi yigitning boshidan kechirgan og‘ir va mashaqqatli sinovlari haqida hikoya qilinadi.

2009 y.

4

“Aldangan ayol”



Stsenariy muallifi –

G‘. Eshmurodov

Rejissyor – H. Nasimov

Operator – N. G‘ulomov



Film syujeti real voqealarga asoslangan bo‘lib, unda bilib-bilmay diniy-ekstemistik oqimlardan biri ta’siriga tushib qolgan Mohira ismli ayolning ayanchli kechmishi haqida hikoya qilinadi.Mohira o‘zi a’zo bo‘lib kirgan jinoiy guruh rahnamolarining aldovlariga uchib, oilasi va farzandlarini tashlab xorijga yo‘l oladi. Ammo u yerda ko‘z ko‘rib-quloq eshitmagan qiynoqlarga, xo‘rliklarga duch keladi. Ayollik sha’ni va qadr-qimmati yerga uriladi. Ana shundagina u adashganligini, oqibatini o‘ylamasdan halokatli yo‘lga qadam qo‘yganligini tushunib yetadi. Ammo endi bu xatoni tuzatishning imkoni yo‘q edi...

2011 y.

5

“Jasur”

Stsenariy mualliflari – J.Qosimov,

F. Nizomov

Postanovkachi rejissyorlar – B.Odilov, N. G‘ulomov

Postanovkachi operator – N. G‘ulomov



Film badiiy film respublikamiz mustaqilligining 20 yilliga bag‘ishlangan. Unda O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatiga qarashli chegara qo‘shinlari xodimlarining og‘ir, ammo sharafli faoliyati, ayrim diniy-ekstermistik guruhlar faoliyatiga chek qo‘yish borasidagi kurashi haqida hikoya qilinadi. Kutilmaganda bir guruh terrorchilar yo‘lovchilar o‘tirgan avtobusni garovga olishadi. Film bosh qahramoni Jasur chirkin niyatli kimsalarni qo‘lga olish va begunoh insonlarni ularning changalidan xalos etishga otlanadi...

2011 y.

6

“Tubanlik”

Stsenariy muallifi

va postanovkachi rejissyor – H. Nasimov

Postanovkachi operator – U.Malikov


Film stsenariysi tegishli idoralar bilan hamkorlikda yaratilgan bo‘lib, unda diniy ekstremizm va aqidaparastlikning ayanchli oqibatlari ochib berilgan. Film ijtimoiy buyurtma bo‘yicha suratga olingan.

2012 y.

Harbiy-vatanparvarlik va terrorizm, odam savdosiga qarshi kurash mavzuidagi badiiy filmlar

1

“Sardor-1”

Stsenariy muallifi- Yu.Roziqov

Rejissyor- Sh.Mahbubov

Operator- H.Fayziev


Harbiy vatanparvarlik ruhinida yaratilgan ushbu televizion film yosh harbiylar hayoti haqida. Respublikamizdagi harbiy bilim yurtida srutaga olingan filmda harbiy hayotidagi turli voqealar aks ettirilgan.

2000 y.

2

“Sardor-2”

Stsenariy muallifi- Yu.Roziqov

Rejissyor – Sh.Mahbubov

Operator – B.Qodirov


Film o‘zbek harbiy desantlari, Vatan himoyachilari hayoti haqida hikoya qiladi.

2005 y.

3

“Qasamyod”

Rej: M.Boymuxammedov

Filmda kelajagimiz egalari bo‘lmish o‘g‘il-qizlarni har jihatdan yetuk qilib tarbiyalashda ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikka keng o‘rin berilgan. Vatani va xalqiga sodiq o‘g‘lon bo‘lib voyaga yetayotgan yosh avlod vakillarining bugungi kunda erishayotgan yutuqlari va ularning kelajakka bo‘lgan ishonchi, orzu-umidlari filmda o‘z aksini topgan.

2006 y.

4

“Haqiqiy erkaklar ovi”

Rej: J.Ishoqov

Filmda ichki ishlar xodimining narkomaniyaga qarshi fidokorona kurashi haqida o‘ziga xos uslubda hikoya qilinadi.

2006 y.

5

“Hayot hali oldinda”




Film bosh qahramonlari yoshlik chog‘laridan birga sport to‘garagiga qatnashishardi. Ular o‘zaro do‘stlik rishtasini yanada mustahkamlash niyatida umrbod bir-biriga sodiq qolish to‘g‘risida qasam ichishadi. Ammo keyinchalik ular hayotda turli sinovlarga duch kelishadi.

2007 y.

6

“18-kvadrat”

Rej: J.Qosimov

Film militsiya mayori Po‘latov hamda qurolli kuchlar maxsus guruhi zobiti mayor Aliev boshchiligidagi harbiylarning mamlakatimiz osoyishtaligiga dahl qilishga uringan terrorchilar to‘dasiga qarshi olib borgan mardona kurashiga bag‘ishlanadi.

2007 y.

7

“Tahdid”

Rej: X.Nasimov

Yoshlar tarbiyasiga chuqur ta’sir qiladigan, zamonaviy qahramon obrazi tasvirlangan, terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash haqida hikoya qilmnadi. MXX xodimi jonini gavorga qo‘yib bo‘lsa-da, ekstremistlar orasida yurib, ularning kirdikorlarini ustalik bilan o‘rganib fosh etadi.

2009 y.

8

“Uqubat”

Stsenariymuallifi –

A. Yo‘ldoshev

Rejissyor –

O. Yo‘ldoshev



Mazkur film bugungi kunda butun dunyoda jiddiy muammoga aylangan odam savdosiga qarshi kurash mavzusiga bag‘ishlangan. Ko‘ngil mayliga uchib, hashamador to‘y qilish ilinjida xorijga otlangan yigit bilan qiz kutilmaganda og‘ir va iztirobli sinovlarga duch kelishadi. Ular o‘zlarining aldanganligini tushunib yetganlarida esa kech bo‘lgandi...

2010 y.

9

“Qo‘rg‘oshin”


Stsenariy muallifi va postanovkachi rejissyor – Z. Musoqov

Filmda o‘tgan asrning elliginchi yillarida o‘zbek xalqi boshdan kechirgan qatag‘on fojialari haqida hikoya qilinadi. Taqdir taqozosi bilan dahshatli qatag‘on qurbonlariga aylangan yurtdoshlarimiz hayoti aks ettirilgan.

2011 y.

10

“Aldangan ayol”



Stsenariy muallifi –

G‘. Eshmurodov

Rejissyor – H. Nasimov

Operator – N. G‘ulomov



Film syujeti real voqealarga asoslangan bo‘lib, unda bilib-bilmay diniy-ekstemistik oqimlardan biri ta’siriga tushib qolgan Mohira ismli ayolning ayanchli kechmishi haqida hikoya qilinadi.Mohira o‘zi a’zo bo‘lib kirgan jinoiy guruh rahnamolarining aldovlariga uchib, oilasi va farzandlarini tashlab xorijga yo‘l oladi. Ammo u yerda ko‘z ko‘rib-quloq eshitmagan qiynoqlarga, xo‘rliklarga duch keladi. Ayollik sha’ni va qadr-qimmati yerga uriladi. Ana shundagina u adashganligini, oqibatini o‘ylamasdan halokatli yo‘lga qadam qo‘yganligini tushunib yetadi. Ammo endi bu xatoni tuzatishning imkoni yo‘q edi...

2011 y.

11

“Afg‘on”

(“Aks-sado”)




Stsenariy muallifi –

va postanovkachi rejissyor –Yo. To‘ychiev



Film respublikamiz mustaqilligining 20 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, u o‘tgan asrning 80-yillarida, ya’ni mustabid sho‘ro tuzumi davrida qanchadan-qancha vatandoshlarimiz afg‘on urushiga jalb qilingani va ko‘plab o‘zbek yigitlari bu janglardan omon qaytmagani hamda xaliqimizning bu qonli urushga bo‘lgan salbiy munosabati haqida hikoya qiladi.

2011 y.

12

“Muqaddas burch”

(“Sardor-3”)



Stsenariy muallifi -

H. Nasimov

Postanovkachi rejissyorlar –

Sh. Mahbubov, H.Nasimov

Postanovkachi operator – T.Abdullaev



Film Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining 20 yilligiga bag‘ishlab yaratilgan. Unda mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tizimida xizmat qilayotgan harbiylarning ibratli hayoti haqida hikoya qilinadi.

2011 y.

13

“Jasur”

Stsenariy mualliflari – J.Qosimov,

F. Nizomov

Postanovkachi rejissyorlar – B.Odilov, N. G‘ulomov

Postanovkachi operator – N. G‘ulomov



Film badiiy film respublikamiz mustaqilligining 20 yilliga bag‘ishlangan. Unda O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatiga qarashli chegara qo‘shinlari xodimlarining og‘ir, ammo sharafli faoliyati, ayrim diniy-ekstermistik guruhlar faoliyatiga chek qo‘yish borasidagi kurashi haqida hikoya qilinadi. Kutilmaganda bir guruh terrorchilar yo‘lovchilar o‘tirgan avtobusni garovga olishadi. Film bosh qahramoni Jasur chirkin niyatli kimsalarni qo‘lga olish va begunoh insonlarni ularning changalidan xalos etishga otlanadi...

2011 y.

O‘zbek adiblarining hayoti va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan hujjatli filmlar

1

“Qismat”-2q.


Stsenariy muallifi:

U. Koraboev

Rejissyor: U. Ortiqov

Operator: M. Salimov



Film o‘zbek kinemotografiyasi arboblari Xudoybergan Devonov, Sulaymon Xo‘jaev, Nabi Fanievlar haqida.


1993 y.

2

“Fayzulla Xo‘jaev”

- 1 q.


Stsenariy muallifi:

X. Akbarov


Rejissyor: F. Shodmonov

Filmda taniqli siyosat va davlat arbobi F.Xo‘jaevning fojiali taqdiri yoritilgan.


1997 y.

3

“Ular Germaniyada o‘qigan edilar”

Stsenariy muallifi:

X. Sulton

Rejissyor: Sh. Mahmudov


Film 30 – yillarda Germaniyada o‘qishga yuborilgan ma’rifat qaldirg‘ochlarining fojiali hayoti haqida hikoya qilinadi.


1998 y.

4

“Maqsud Shayhzoda”

- 1 q.


Stsenariy muallifi:

I. Fafurov

Rejissyor: X. Valiev


M.Shayxzoda hayoti va faoliyati haqida portret-kinoocherk.

1998 y.

5

“Berdax”

Stsenariy muallifi:

M. To‘ychiev

Rejissyor: M. To‘ychiev


Qoraqalpoq shoiri Berdax haqida film-portret.


1998 y.

6

“El suygan adib”

- 26 daqiqa




Stsenariy muallifi:

U.Ortiqov

Rejissyor: U.Ortiqov


Film O‘zbekiston Xalk shoiri A. Oripov yubileyiga bag‘ishlangan.


2001 y.

7

“Muhammad Yusuf”

- 26 daqiqa




Stsenariy muallifi:

U.Azim


Rejissyor:

A.Akbarxo‘jaev



Film O‘zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 50 yilligi munosabati bilan suratga olingan. Unda shoirning haeti va o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni xususida so‘z yuritiladi.


2004 y.

8

“Shavkat Rahmon”

- 26 daqiqa





Stsenariy muallifi:

U.Azim


Rejissyor:

N.Qosimov



Iqtidorli shoir Shavkat Rahmon qisqa umr ko‘rdi. Ammo o‘zbek she’riyatida o‘z ovozi bilan o‘chmas iz qoldirdi. Kartina Shavkat Rahmon hayoti va ijodi sahifalariga bag‘ishlanadi. Unda shoirning do‘stlari o‘z xotiralari bilan o‘rtoqlashadilar.


2004 y.

9

“Aleksandr Faynberg”

- 26 daqiqa



Stsenariy muallifi va rejissyor:

J.Ishoqov



Mazkur film O‘zbekistonda yashab ijod qilayotgan O‘zbekiston Xalq shoiri A. Faynberg hayoti va ijodi sahifalariga bag‘ishlanadi.

2004 y.

10

“Ikki xalq farzandi”

- 26 daqiqa



Stsenariy muallifi va rejissyor:

E.Mamedov



Bu film shoir va olim Maqsud Shayxzodaning hayoti va ijodi sahifalariga bag‘ishlanadi.

2005 y.



11

“Qodiriy bog‘i”

- 26 daqiqa



Stsenariy muallifi:

E.Usmonov

Rejissyor:

X.Valiev


Film o‘zbek adibi yashab ijod etgan uy, hovli va shiypon, uning qadami tekkan Toshkentning qadimiy Samarqand-darvoza, Charx-Kamolon, Eskijo‘va, Chorsu singari mahallalari, Ko‘kaldosh, Abulqosim madrasalari, 1-bosmaxona, “Suzuk ota” g‘ori, birinchi o‘zbek teatri truppasi ish boshlagan bino va sahna va yana boshqa ko‘plab maskanlar hapli hamon saqlanmoqda. Filmda bulardan tashqari adibning mashaqqatli ijodiy faoliyati haqida ham hikoya qilinadi.

2005 y.



12

“Tabarruk adib”

- 26 daqiqa



Stsenariy muallifi:

U.Azim


Rejissyor:

M.To‘ychiev



Ushbu film portret o‘zbek adabiyotining yirik namoyondalaridan biri O‘zbekiston Xalq yozuvchisi Odil Yoqubov hayoti va ijodi haqida hikoya qiladi.



2006 y.

13

“Qalb sohibi” (Erkin Vohidov)

- 26 daqiqa



Stsenariy muallifi:

va rejissyor: S.Nazarmuxamedov



Mazkur film o‘zbek adabiyotining namoyondalaridan biri O‘zbekiston Qahramoni O‘zbekiston Xalq shoiri Erkin Vohidovning 70 yilligi munosabati bilan yaratilgan.

2007 y.

14

“Abdulla Qahhor”

- 26 daqiqa



Stsenariy muallifi:

N.Karimov

Rejissyor: U.Ortiqov


Film atoqli o‘zbek yozuvchisining 100 yilligi munosabati bilan suratga olingan.


2007 y.

15

“Sobir Abdullaev”

- 26 daqiqa



Stsenariy muallifi:

N.Karimov

Rejissyor: X.Valiev


Film atoqli va dramaturg Sobir Abdullaevning 100 yilliga bag‘ishlangan.



2007 y.

16

“Har so‘zi navo edi”

- 26 daqiqa




Stsenariy muallifi: N.Karimov

Rejissyor: E.Xachaturov



Film O‘zbekiston Xalq shoiri, drammaturg, Turob To‘laning hayoti va ijodi haqida hikoya qiladi.


2008 y.

17

“Men tirikman to olamda so‘zim bor”

- 26 daqiqa



Stsenariy muallifi:

Sh.Rizaev

Rejissyor: F.Mirzaev


O‘zbek adabiyoti namoyondalaridan biri bo‘lgan Shuhrat domla adabiyotimizda oltmish yildan ortiq halol ter to‘kkan yozuvchi bo‘lib, o‘nlab she’riy tarjimalar, 3 roman, bir necha povest va drammatik asarlar u kishining oltmish yillik iztirob va izlanishlari sarhisobidir.

2008 y.

Buyuk ajdodlarimiz hayoti va ijodiga bag‘ishlangan hujjatli filmlar

1

“Ruh ” - 5 qism


Stsenariy muallifi:

E.Xo‘jaev

Rejissyor: B.Muzaffarov


Atoqli o‘zbek adibi, qatag‘on yillarining qurboni A. Qodiriy haqida film-portret.


1991 y.


2

“Mahmudxo‘ja Behbudiy”


Sts.mual.D.Rashidova

Rejissyor:G‘.Shodmonov



Film jadidchilar harakati yo‘lboshchisi M. Behbudiy haqida.



1994 y.

3

“Buyuk Sohibqiron”

Sts.mual.V.Belyakov

rejissyor:G‘.Shukurov



Film Amir Temur tavalludining 660 yilliga bag‘ishlanadi.


1996 y.

4

“Fitrat” - 1 qism


Sts.mual.B.Qosimov

Rej: G‘.Shodmonov



Film adibning qisqa, ammo fojiali hayoti haqida.


1996 y.


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa