7.2.Kerakli asboblar va moslamalar.
Lyuksmetr YU-116 chо‘g‘lanma lampalar va tabiiy yorug‘lik orqali hosil bо‘lgan yoritilganlikni о‘lchash uchun mо‘ljallangandir.
Lyuksmetr - о‘lchov asbobi va qoplamali alohida fotoelementdan tashkil topgan. Asbobning ikkita shkalasi bor. Biri 0 dan 30 lk gacha, ikkinchisi 0 dan 100 lk gacha о‘lchashga mо‘ljallangan.
Har bir shkalada nuqtalar bilan о‘lchov diapazonining boshlanishi kо‘rsatilgan; 0-100 shkalasida bu nuqta 20 belgisining, 0-30 shkalasida yesa 5 belgisining ustida joylashgan. Asbob strelkaning nol holatiga keltirish imkonini beruvchi korrektorga ega.
Celenli fotoelmentning asbobga ulash joyi, korpusning yon devorida joylashgan.
Fotoelement plastmassadan yasalgan korpus ichida bо‘lib, о‘lchovchi asbobga rozetkali shnur yordamida birikadi, bu о‘z navbatida birikish polyarligi tо‘g‘ri bо‘lishini ta’minlaydi (mabodo teskari ulansa asbob kо‘rsatmaydi).
Asbobiing xatosini kamaytirish maqsadida, fotoelement, yorug‘lik tarqatuvchi oq, plastmassadan ishlangan yarim sfera shaklidagi qoplama va shaffof bо‘lmagan plastmassa halqa bilan ta’minlangan. «K» xarfi bilan belgilangan qoplama alohida qо‘llanmay, "M", "R", "T" harflari bilan belgilangan qoplamalardan biri bilan birgalikda qо‘llanadi.
Bu uch qoplamadan har biri "K" qoplamasi bilan birga uchta yorug‘lik - yutuvchi hosil qiladi. Bundan maqsad, asbobning о‘lchash diapazonini mos ravishda 10, 100, 1000 marta oshirishdir.
Asbobni ishga tayyorlash maqsadida uni gorizontal holatga strelkani yesa nol holatiga keltiring. Bu ish fotoyelement asbobdan uzib qо‘yilgan holatda bajariladi.
О‘lchanayotgan yoritilganlik qiymatini hisoblash quyidagi tartibda bajariladi: yuqorida aytilgan qoplamalar yordamida tanlangan о‘lchov diapazonlarining eng katta qiymati bosilgan tugmaning qarama-qarshi tomonidan olinadi. Masalan, о‘ng tomondagi tugma bosilsa uning qarshisida 10 karrali о‘lchash diapazonlarining eng katta qiymatlari kо‘rsatilgan /0 dan 100 gacha/ bо‘lgan shkaladan foydalanish kerak. Agar chap tomondagi tugma bosilsa /uning qarshisida 30 karrali о‘lchash diapazonining eng katta qiymatlari kо‘rsatilgan/ 0 dan 30 gacha bо‘lgan shkaladan foydalaniladi. Asbobning tegishli shkalasidan о‘qilgan qiymatlarni "M", "R" va T" qoplamalarida kо‘rsatilgan kamaytirish koeffitsiyentlariga kо‘paytirish kerak.
Masalan, fotoyelementda "KR" qoplamasi о‘rnatilgan va chap tugma bosilgan, strelka 0-30 shkalasining 15 raqami ustida о‘lchangan yoritilganlik 5x100 = 1500 lk bо‘ladi.
Lyuksmetrni uzoq vaqt tо‘g‘ri ishlashini taminlash uchun selenli fotoelementini ortiqcha yoritilganlikdan asrash qoplamalarining tо‘g‘ri tanlanishiga ahamiyat berish talab yetiladi. Shu maqsadda о‘lchanayotgan yortilganlik qiymati noaniq bо‘lsa о‘lchashni eng katta diapazonli "KT" qoplamasidan boshlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |