Bayonn №1
Havoni sо‘rish shkafning texnik tasnifi
Ochiq tirqishning kо‘ndalang kesimi F, m2
|
Shkaf hajmi V,m3
|
Sо‘rilish tezligi W,m/s
|
Chiqayotgan havo oqimi hajmi
L m3/soat
|
Havo-almashinuvi karraligi K
|
Xulosa
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
Bayonn №2
Havoni sо‘rish zontning texnik tasnifi
О‘tkazuvchi quvur diametri
m
|
О‘tkazuvchi quvur kо‘ndalang kesimi
F, m2
|
Bosim tezla-
nishi
Rtez, kg/m ,mm sim.ust.
|
Havo о‘tkaz-gichdagi havo oqimi tezligi
W2,m/s
|
Bir soatda chiqayotgan havo hajmi
L2m3/soat
|
Zontning hisoblab aniqlangan kо‘ndalang kesimi
F1, m2
|
Hisoblab aniq-langan kо‘nda-lang kesim tezligi
m/s
|
Xulosa
|
Nazorat savollari
1.Havo quvurlarida harakatlanayotgan havoning hajmi qaysi kattaliklardaо‘lchanadi?
2.Havo quvurlarining diametri о‘zgarmaganda, ventilyatorning aylanish
tezligi havoning hajmi va tezligiga ta’sir qiladimi?
3.Havoning hajmi va tezligini aniqlashda qaysi asbobdan
foydalanamiz?
4. Ventilyatorning aylanish tezligi о‘zgarmaganda havo quvuri
diametrining kichrayishi havoning hajmiga qanday ta’sir qiladi?
7-LABORATORIYA ISHI
TABIIY YORITILGANLIKNI TADQIQ QILISH
Ishning maqsadi:Ish joylarida tabiiy yoritilganlikni aniqlash, hisoblash va meyorlashtirish tartibi bilan tanishish.
7.1.Umumiy ma’lumotlar:
Ishlab chiqarish xonalari va ish joylarini ratsional yoritish mehnat muhofazasining asosiy tadbirlaridan biri hisoblanadi. Tо‘g‘ri loyihalangan va amalga oshirilgan ishlab chiqarish sexlaridagi yorug‘lik quyidagilarga xizmat qiladi:
kо‘zni kam toliqtirish, kо‘rish ishlari sharoitini yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash;
ishlab chiqarish muhitiga va ishchilarning psixologiyasiga ijobiy ta’sir kо‘rsatish;
- ishning xavfsizligini oshirish va ishlab chiqarishda jarohatlarni kamaytirish.
Hamma ishlab chiqarish xonalarida kunduzi ishlash uchun, meditsina-sanitariya talablari nuqtai nazaridan, mukammal va iqtisodiy jihatdan arzon bо‘lgan tabiiy yorug‘likni qо‘llash maqsadga muvofiqdir.
Tabiiy yorug‘lik tuzilishi bо‘yicha uch turli bо‘lib, binoning yon tomonidan, yuqorisidan va ikkovining birgalikda qо‘llanishi holatida amalga oshiriladi.
Yon tomondan beriladigan yorug‘likka, binoning tashqi devorlaridagi oyna derazalari orqali quyosh nurlari kirib sexni yoritadi. Yuqoridan beriladigan tabiiy yorug‘lik bilan esa, binoning tomidagi fonar, shed va zenit gumbazlari orqali yoritiladi.
Kombinatsiyalangan yoki qurama yorug‘lik sexni ham yon tomonidan, ham yuqoridan birgalikda yoritishdir. Sexlarni tabiiy yorug‘lik bilan yoritishning bu turi ancha ratsional bо‘lib, sex bо‘yicha bir tekis yoritilganlik hosil qiladi.
Ishlab chiqarish xonalarining yoritilishi bо‘yicha ish yuzlarining lyukslarda belgilangan yoritilganlik yorug‘lik texnikasining muhim xususiyatlaridan biridir.
Tabiiy yorug‘likda, sexlardagi yoritilganlik juda keng chegaralarda о‘zgaradi. Bu о‘zgarishlar kunning vaqti, yilning fasli, joyning geografik kengligi, meteorologik omillari, yer yuzasining nur qaytarish xususiyati va boshqalar bilan belgilanadi. Shuning uchun, tabiiy yorug‘likni ish joylarida yoritilganlikning absolyut kattaligi sifatida ifodalash mumkin. Tabiiy yoritilganlikni meyorlovchi kattalik sifatida, nisbiy kattalik bо‘lmish tabiiy yoritilganlik koeffitsiyenti qabul qilingan. Bu ishlab chiqarish xonasi ichidagi yoritilganlikni /Ei/, shu vaqtning о‘zida tashqarida gorizontal yuzada ulangan yoritilganlikka Et/ nisbati bilan foizlarda о‘lchanadigan kattalikdir.
(7.1)
Tabiiy yoritilganlik koeffitsiyentining ishlab
chiqarish xonalari uchun qiymati
7.1-jadval
Kо‘zda bajariladigan ishlarning ta’rifi
|
Obyektni ilg‘ab olish mumkin bо‘lgan eng kichik о‘lchami
|
Kо‘zda bajariladigan ishning razryadi
|
Tabiiy yorug‘likdagi ye ning qiymati, %
|
Yuqori va kombinatsiya
|
Yon tomondan yoritilganda
|
Bajariladigan ishlar:
|
|
|
|
|
-eng yuqori aniqlikdagi
|
0,15
|
I
|
10,0
|
3,5
|
-juda yuqori aniqlikdagi
|
0,15-0,3
|
II
|
7,0
|
2,5
|
-yuqori aniqlikdagi
|
0,3-0,5
|
III
|
5,0
|
2,0
|
-о‘rta aniqlikdagi
|
0,5-1,0
|
IV
|
4,0
|
1,5
|
-past aniqlikdagi
|
1,0-5,0
|
V
|
3,0
|
1,0
|
-dag‘al
|
5,0 dan katta
|
VI
|
2,0
|
0,5
|
-issiq sexlarda о‘z-о‘zidan nurlanuvchi materiallar bilan ishlash
|
-
|
VII
|
3,0
|
1,0
|
-texnologik jarayonni umumiy nazorat qilib turish
|
-
|
VIII
|
1,0
|
0,3
|
-vaqti-vaqti bilan uskunalar holatini nazorat qilish
|
-
|
|
0,7
|
0,2
|
-mexanizatsiyalashgan va mexanizatsiyalash-magan omborlarda ishlash
|
-
|
IX
|
0,5
|
0,1
|
Tabiiy yoritilganlik koeffitsiyenti /t.yo.k/ 7.1-jadvaldan quyidagi omillar asosida aniqlanadi:
- kо‘zda bajariladigan ishning tabiati /kо‘rilayotgan predmetning kо‘z ilg‘ay olish kattaligi, masalan yigiruvchi va tо‘quvchilari ishida ipning yо‘g‘onligi, soatsozda soatning mayda qismlari, о‘quvchida sarf о‘lchamlari va boshqalar/.
- yorug‘lik sistemasi;
yorug‘lik iqlimi koeffitsiyenti /bu kattalik binoning joylashgan mintaqasiga bog‘liq/.
kungaylik koeffitsiyenti /bu kattalik binoning qaysi tomonga qarab tushganligiga bog‘liq. Bino sharq, tomonga qarab tushgan bо‘lsa - kungay tomon deyiladi.
Tabiiy yoritilganlik koeffitsiyenti eksperimental о‘lchovlar asosida hisoblanadi. Buning uchun lyuksmetr asbobi yordamida xonaning ichki /YEI/ va tashqi /YET/ yoritilganligi gorizontal tekislikda о‘lchanadi. Tashqaridagi yoritilganlik о‘lchanganda lyuksmetr fotoelementiga atrofdagi bino va inshootlarning soyasi tushmasligiga ahamiyat berish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |