7.3.Ishni bajarish tartibi
1. Lyuksmetr YU-116 ning tuzilishi bilan tanishib chiqing.
2. Laboratoriyada derazadan 1,2,3,4,5m masofalarla poldagi belgilar bо‘yicha
yoritilganlikni о‘lchang. Bunda stol balandligida (0,8 m) fotoelement yuzasini tepaga qaratib polga parallel holda ushlang. Shu vaqtining о‘zida tashqaridagi yoritilganlik ham о‘lchanadi.
3.Formula bо‘yicha о‘lchangan beshta nuqtaning har biri uchun tabiiy
yoritilganlik koeffitsiyentini hisoblang.
Olingan qiymatlar bо‘yicha uning о‘zgarish grafigini chizing.
9 - jadvaldan foydalanib, tabiiy yoritilganlik koeffitsiyenti qiymati va
yoritish sistemasi bо‘yicha oynadan 1, 2, 3 m va h. k. uzoqlikda bajariladigan
ishning turi va razryadini aniqlang.
Chiziqning yо‘g‘onligi 0,7 mm bо‘lganda oynadan 2 m masofada chizmachilik
ishlarini va mikrometr shkalasining bо‘limlari qalinligi 0,7 mm bо‘lganda
derazadan 4 m masofada о‘lchov ishlarini bajarib bо‘ladimi?
Olingan raqamlarni va qilingan xulosalarni laboratoriya ishiga oid
hisobotingizga yozing.
Nazorat savollari
1. Sexlardagi yoritilganlik qaysi kattaliklarla о‘lchanadi?
2. Yoritilganlik qaysi asbobda о‘lchanadi.
3.Tabiiy yorug‘lik turlarini kо‘rsating.
4.Tabiiy yoritilganlik koyeffissentini aniqlash formulasinikо‘rsating?
8-LABORATORIYA ISHI
SUN’IY YORITILGANLIKNI TADQIQ QILISH
Ishning maqsadi: Sun’iy yoritilganlikni meyorlashtirish tartibi bilan shuningdek ish joylarida suniy yoritilganlikni aniqlash holatini usul va asboblari bilan tanishish.
8.1.Umumiy ma’lumotlar.
Sun’iy yoritilganlik kun davomida xonalarda tabiiy yoritilganlik yetishmaganda yoki umuman tushmaganda qо‘llaniladi. Suniy yoritilganlikning ikki turi mavjud: ishchi va avariya yoritilganligi.
Ishchi yorug‘lik albatta normal ishlash uchun barcha joylarda va yoritiladigan maydonlarga о‘rnatiladi.
Avariya holatidagi yorug‘lik ishchi yorug‘lik tо‘satdan о‘lganρda qо‘llaniladi. Bu holat portlash yong‘in va texnologik jarayonlar uzoq vaqt tо‘xtaganda qо‘llaniladi. Evakuatsiya qilish maqsadida odamlar о‘tishi qiyin bо‘lgan joylarda zinapoyalarda hamda 50 kishidan ortiq bо‘lgan joylarda avariya yorug‘ligi о‘rnatiladi.
Sun’iy yorug‘lik 2 xil usulda olib boriladi a) umumiy yoritish, bunda sanoat korxonasining binolari bir xil yoritgichlar yordamida yoritiladi b) aralash usulda yoritish, bunda umumiy yoritilish bilan bir qatorda ish joylarining о‘zi alohida qо‘shimcha yoritiladi va bu ish joylarini yoritish deb ataladi.
Umumiy yorug‘lik ishchi joylarini joylashtirishga qarab lokallashgan va jixozlarni qanday joylashtirishdan qat’iy nazar meyoriy yorug‘liklarga bо‘linadi. Binoni ichida faqat (mestniy) yorug‘likdan foydalanish man etiladi. Ish joyi bilan uni atrofini yuqori yorug‘lik kontrastidan saqlash uchun umumiy yorug‘lik aralash yorug‘likni 10 % idan kam bо‘lmasligi kerak.
Sun’iy yorug‘lik uchun (umumiy va aralash) chо‘g‘lanma elektr lampalari va gaz razryadli yorug‘lik manbaalaridan qо‘llaniladi. Bularga: lyuminitsent lampalari, yuqori bosimli simob lampalari, natriyli va ksenonli lampalar kiradi. Umumiy qо‘llaniladigan lokallangan lampalarning yorug‘lik uzatuvchanligi 7-20 lm/Vt, yuqori bosimli simobli lampalar60 lm/Vt, natriy lampalar to 100 lm/Vt.gacha yorug‘lik beradi.
Yoritish tizimi turlarini tanlash asosan bajarilayotgan ishning texnologik jarayoniga, kategoriyasiga bog‘liq bо‘lib, SNIP-11-4-79 asosida belgilanadi Yoritilganlik kattaligi kо‘rish sharoitining quyidagi parametrlari asosida о‘rnatiladi.
Ajratish obyektining о‘lchami – ish davomida ajratilishi kerak bо‘lgan eng kichik о‘lcham (masalan asboblar bilan ishlaganda shkalani gradirovka qilishdagi chiziq qalinligi);
Kо‘rilayotgan obyektning yuzasidagi fon. Aks koeffitsiyenti (R) yuzaning rangi va fakturasi bilan xarakterlanadi. Fon ρ > 0,4 yorug‘, 0,2 ≤ ρ ≤ 0,4 о‘rtacha va ρ < 0,2 bо‘lganda qorong‘i hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |