Windows operatsion tizimi bilan ishlaganda, ish unumdorligini oshirish maqsadida klaviaturadagi maxsus Windows emblemasidan foydalanshni maslahat beraman. Bu tugma odatda klaviaturaning 2 joyida uchraydi: chap tomon CTRL va ALT tugmalari o‘rtasida, o‘ng tomon ALT va «svoystvo» chiqaradigan tugma o‘rtasida. Demak quyidagi kombinatsiyalarni bir marotaba yaxshilab yodlab oling.
Windows emblemasi – «PUSK» menyusini ochish yoki yopish
Windows emblemasi + PAUSE – Sistemani(Windows)“svoystvo” sini ko‘rish. Windows emblemasi + D – Ish stolini ko‘rish(Barcha oynalar ekranning quyi qismiga tushadi va ish stoli ochiladi).
Windows emblemasi + M – Barcha oynalarni“svernut” qilish(quyi qismga tushirish).
Windows emblemasi + SHIFT+M – “svernut” qilingan oynalarni ish stoliga chiqarish.
Windows emblemasi + E – “Moy kompyuter” oynasini ochish.
Windows emblemasi + F – fayl va papkalarni qidirish oynasini ochish
CTRL+ Windows emblemasi + F – kompyuterlarni qidirish oynasini ochish(tarmoqdagi kompyuterlarni qidirish uchun).
Windowse emblemasi + L – kompyuterni blokirovka qilish yoki foydalanuvchini o‘zgartirish uchun ishlatiladi.
Windows emblemasi + R – “Vipolnit” oynasini chaqirish.
Windows emblemasi + T – “Panel zadach” (yekranning quyi qismida(«PUSK» yonida)) dagi dasturlarni birin ketin aktiv holatga o‘tkazish.
Windows emblemasi + biror son – kiritilgan songa mos holda, “Panel zadach” da joylashgan shu songa mos keluvchi dasturni ishga tushirish.
CTRL+Windows emblemasi + biror son — kiritilgan songa mos holda, “Panel zadach” da joylashgan shu songa mos keluvchi dasturni oxirgi aktiv oynasini ochish.
SHIFT+Windows emblemasi + biror son — kiritilgan songa mos holda, “Panel zadach” da joylashgan shu songa mos keluvchi dasturni yangi nusxasini ochish.
ALT+Windows emblemasi + biror son — kiritilgan songa mos holda, “Panel zadach” da joylashgan shu songa mos keluvchi dasturni ochilgan barcha nusxalarini ko‘rish.
Windows emblemasi + TAB — Ishlayotgan barcha dasturlarni 3D ko‘rinishda bir biri bilan almashtirish.
CTRL+Windows emblemasi + TAB – Ishlayotgan barcha dasturlarni 3D ko‘rinishda bir biri bilan almashtirishda, oldin qotirib so‘ng TAB tugmasi orqali o‘tish.
Windows emblemasi + PROBEL – Ish stolini ko‘rish(Faqat shu knopkalarni bosib turgan holda ko‘rish mumkin. Qo‘yib yuborsa yana eski holatga qaytadi).
Windows emblemasi + Yuqori STRELKA – aktiv oynani to‘liq ekran bo‘ylab ochib beradi.
Windows emblemasi + ChAP STRELKA – aktiv oynani chap tomon bo‘ylab ochib beradi(chap tomon to‘liq to‘lgan holda).
Windows emblemasi + O‘NG STRELKA — aktiv oynani o‘ng tomon bo‘ylab ochib beradi(o‘ng tomon to‘liq to‘lgan holda).
Windows emblemasi + QUYI STRELKA – aktiv oynani boshlang‘ich holatga qaytaradi.
Windows emblemasi + HOME – aktiv oynadan boshqa barcha oynalarni ekranning quyi qismiga joylashtiradi
Windows emblemasi + SHIFT +YuQORI STRELKA – aktiv oynani yuqori va quyi qismini ekrannng oxirigacha kengaytiradi.
Windows emblemasi + P – Ekranga chiqarish rejimini o‘rnatish.
Windows emblemasi + U – “Sentr spetsialniy vozmojnosti” oynasini ochib beradi.