O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Elektroosmosdan foydalanib qoziqlarni botirish



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

Elektroosmosdan foydalanib qoziqlarni botirish
suvga to‘yingan zich loy 
gruntlarida, qumli loy va loylarda qo‘llaniladi. Metodni amaliy jihatdan amalga 
oshirish uchun gruntga botirilgan qoziqni o‘zgarmas tok elektr tarmog‘ining 
musbat qutbi (anod)ga ulanadi, uning yonidagi-gruntga botirishga tayyorlab 
qo‘yilgan qoziq – manfiy qutb (katod)ga ulanadi. Tok ulanganda musbat qutbli 
qoziq atrofida gruntning namligi keskin pasayadi, manfiy qutbli qo‘shnisi atrofida 
esa, akkarkasa, keskin ortadi. Ancha namroq muhitda qoziq gruntga tezroq botadi, 
bu esa kichikroq quvvatli qoziq qoquvchi qurilmaning qo‘llanilishiga imkon 
beradi. 
6.13-rasm. Qoziqlarni botirib kiritish uchun gruntni yuvish: 
a − kvadrat qoziqlarni gruntni yuvib botirib kiritish; 1 − to‘qmoq; 2 − yuvish trubkalarini 
tutib turuvchi tros; 3 − bosim beruvchi shlang; 4 − yuvuvchi trubkalar; 5 − qoziq; b − yuvuvchi 
trubkalarning joylashishi; v − yuvuvchi trubkaning uchligi. 


231 
Qoqish tugagandan va qoziqlar tok manbaidan uzilgandan so‘ng gruntning 
avvalgi barqarorligi va uning namlik holati tiklanadi. Shu tufayli, faqat qoqilgan 
qoziq atrofidagi namlikning kamayishi hisobiga uning ko‘tarish qobiliyati ancha 
ortadi. 
Agar osmos metodida temirbeton qoziqlar qo‘shimcha ravishda metall 
polosalar (tasmalar) bilan jihozlansa (ular qoziq yon sirtining 20...25% ini 
egallaydi), shuningdek qoqilgan qoziqni anodga, metall polosalari bo‘lgan 
botiriladigan qoziqni katodga ulansa, u xolda shuning o‘zi sof elektrosmos usuliga 
nisbatan mehnat sarflarini va botirish davomiyligini 20...30% qisqartirishga imkon 
beradi. Qoziqlarni qoqishga nisbatan elektroosmosning qo‘shimcha 
xususiyatlaridan foydalanish qoziqlarning gruntga botirish jarayonini 25...40% ga 
tezlashtirish imkonini beradi. 
Qoziqlarni botirish ketma-ketligi
.
Qoziqlarni botirish ketma-ketligi ularning 
qoziqlar maydonida joylashishiga va qoziqni botiruvchi qurilmaning 
parametrlariga bog‘liq bo‘ladi. Qoziqlarni qoqish ketma-ketligi texnologik xarita 
yoki ishlarni bajarish loyixasi bilan belgilanadi, u qoziq maydonining o‘lchovlariga 
va gruntlarning xossalariga bog‘liq. Uchta sxema qo‘llaniladi – 
qatorlab
, bunda bir 
qatordagi barcha qoziqlar ketma-ket qoqiladi; 
spiral
-markazdan boshlab tashqi 
qatordagi qoziqlarga tomon qoqib borish; 
sektsion
, bunda butun maydon binoning 
eni bo‘yicha alohida sektsiyalarga bo‘linadi, ularda qatorli sxema bo‘yicha qoqish 
amalga oshiriladigan (6.14-rasm). 
Spiral sxema qoziqlarni qoziqlar qoqiladigan maydonning markazidan 
chetlariga tomon kontsentrik aylanalar bo‘yicha botirishni nazarda tutadi, bu esa 
qoziq botiruvchi qurilmaning minimal yo‘l uzunligini olishga imkon beradi. 


232 
6.14-rasm. Qoziqlarni qatorlab botirish tizimi sxemasi: 
a – qoziqlarning alohida qatorlarda to‘g‘ri chiziqli joylashishida; b – qoziqlarning tup 
bo‘lib joylashishida; 1...15 – qoziqlarni qoqish ketma-ketligi. 
Bundan tashqari qoziqlarni botirishda uning atrofidagi grunt qo‘shimcha 
ravishda zichlanadi. Spiral sxemada yangidan qoqiladigan qoziqlar doim qoziq 
maydonining tashqi cheti (konturi) bo‘yicha joylashtiriladi, shuning uchun qoziq 
qoqilgan maydonning kuchlanganligi minimal ta’sir ko‘rsatadi. 
Alohida qoziqlar orasidagi masofalar katta bo‘lganda botirish ketma-ketligi 
asosan texnologik mulohazalar bo‘yicha, avvalo foydalaniladigan qurilmalar bilan 
aniqlanadi. Minora turidagi ayrim kopyorlarning machtalari taxminan 1 m ga 
siljiydigan chiqariladigan ramalariga tayanadi. Bunday kopyorlar bilan bir turgan 
joyidan bir yo‘la ikki qatordagi qoziqlarni qoqish mumkin, bu esa kopyorning 
harakatlanish yo‘lini va uning ko‘chishiga ketadigan vaqtni ancha kamaytiradi. 
Turar-joy binolarining yer osti qismini qurishda bino kotlovanining cheti bo‘ylab 
relsli yo‘lda harakatlanadigan ko‘chuvchi osma kopyorli qurilma bilan jihozlangan 
kranlar qo‘llaniladi. 
Uzun katta o‘lchamli binolarning qoziqli poydevorlarini qurishida ko‘prikli 
qoziq qoquvchi qurilmani (6.15-rasm) qo‘llash maqsadga muvofiq, bu qurilma 
ko‘chma ko‘prikdan iborat bo‘lib, uning o‘zida ko‘chadigan kopyorli aravacha 
o‘rnatilgan. Uzunligi 8...12 m bo‘lgan qoziqlar dizel-to‘qmoq bilan qoqiladi. 
Ko‘prikli qoziq qoquvchi qurilmaning afzalligi qoziqlarni qoqiladigan joyiga aniq 
o‘rnatilishi hisoblanadi, ish bajariladigan hududda qoziqlarni oldindan joylashtirib 


233 
chiqish qoziqni sudrab olib kelish va kopyora mahkamlash operatsiyalarini ancha 
qisqartiradi, bu esa ishlar unumdorligini va sifatini ancha orttiradi. 
Qoziqlarni botirishda ularni botirish usulini va qoziq botiruvchi qurilmaning 
tanlashning asosiy belgilovchi omillari quyidagilar hisoblanadi: gruntning fizik-
mexanik xossalari, qoziq qoqish ishlari hajmi, qoziqlarning turlari, ularni botirish 
chuqurligi, qo‘llaniladigan qoziq qoquvchi va qoziq botiruvchi qurilmalarning ish 
unumdorligi. 
6.15 rasm. Ko‘prikli qoziq qoquvchi qurilmaning qoziqlarni botirish sxemasi: 
1 – kallak bloklar bilan; 2 – dizel-to‘qmoq; 3 – qoziq; 4 – relslar; 5 – ko‘chma ko‘prik; 6 
– kran qoziqni uzatish uchun. 
Bo‘lajak ishlar hajmi qoqilishi kerak bo‘lgan qoziqlar soni yoki qoziqlarning 
gruntga botirilgan qismining umumiy uzunligi bilan aniqlanadi. Qoziqni botiruvchi 
qurilmani tanlash va qoziq botiruvchi qurilmalarning sonini aniqlash, ish hajmlari, 
grunt sharoitlarining o‘ziga xos xususiyatlari, ishlarni bajarish muddatlariga 
bog‘liq. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish