O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

To‘xtash (to‘xtam,qaytarma qaytish,)
– qoziqning kirish chuqurligi odatda 
bir harakatli to‘qmoqlar uchun ma’lum zarbalar sonida, ikki harakatli to‘qmoqlar 
uchun vaqt birligi ichida. To‘xtash kattaligi – o‘rtacha 10 zarbadan yoki vaqt 
birligidagi zarbalar seriyasi 
Garov (kafolat)
– to‘xtashni o‘rtacha kattaligini aniqlash uchun bajariladigan 
zarbalar soni: bo‘g‘-havoli to‘qmoqlar uchun garovda 20...30 zarba, bir harakatli 
dizel-to‘qmoqlar uchun garovda 10 zarba; ikki harakatli dizel-to‘qmoqlarda 
to‘xtash 1 min davomidagi qoqish bilan aniqlanadi 


223 
O‘lchashlar 1 mm aniqlikgacha olib borilib, loyihaviy to‘xtash (hisobiy)ga 
erishilganda qoqish to‘xtatiladi. Agar ketma-ket uch garovdagi o‘rtacha to‘xtash 
hisobiydan oshmasa, qoziqni qoqish jarayoni to‘gallangan hisoblanadi. 
Agar kirgizishda qoziq loyihaviy otmetkaga (belgiga) yetmasdan berilgan 
to‘xtash olinsa, bu to‘xtash gruntga oldin qoqilgan qoziqlar va ulardan paydo 
bo‘lgan kuchlanishni haddan tashqari ko‘payishi hisobiga noto‘g‘ri bo‘lishi 
mumkin. 3...4 kundan keyin qoziq loyiha otmetkasiga kiritilishi mumkin. 
Qoziqlarni vibratsiya (titratish) bilan gruntga kiritish 
qoziqqa dinamik 
ta’sir ko‘rsatuvchi vibratsion mexanizmlardan foydalanish bilan amalga oshirilib, 
ular qoziqni yon yuzalaridagi ishqalanishni, qoziqni uchida paydo bo‘luvchi grunt 
qarshiligini yengish, va qoziqni loyihaviy chuqurlikka kiritishni ta’minlaydi (6.7 
rasm). Qoziqni titratiladigan qismining va titratgichning massasi, uning 
ekstsentrisiteti, gruntning zichligi, vibrotushirgichning tebranishlar chastotasi 
kiritish tezligiga va tebranish amplitudasiga ta’sir qiladi. Qoqib kiritishga nisbatan
vibratsiya tufayli gruntga qoziqni kiritishda ayrim hollarda o‘n martadan kamroq 
kuch talab qilinadi. Bu holda gruntning qisman vibrozichlanishi , shuninggdek 
qoziqning uch qismini ostida yuz beradi. Turli xil gruntlar uchun zichlanish zonasi 
qoziq diametrining 1,5...3 barobarini tashkil etadi. 
Qoziqlarni gruntga vibratsiyalab botirish uchun 
vibrobotirgichlardan 
foydalaniladi, ularni qoziq botiruvchi qurilmaning machtasiga osiladi va qoziqning 
kallagi bilan bikir biriktiriladi. Vibrotushirgichning ishlashi vibrotorning 
disbalanslari bilan yuzaga keluvchi gorizontal markazdan qochma kuchlar o‘zaro 
bir-birini yo‘qotoishi printsipiga asoslangan, bu vaqtda vertikal kuchlar birlashib 
yig‘iladi. Vibrotebranishlar amplitudasi va vibrotizim (unga qoziq, kallaklar va 
vibrobotirgich kiradi) massasi gruntning qo‘shni qatlamlariga vibratsiyani, 
ularning bu tizimga ulanishni ta’minlashi kerak, natijada qoziqning botirilgan 
qismi konturi ostida grunt donalarining (zarralarining) siljishi ro‘y beradi. 


224 
6.10. – rasm. Qoziqlarni vibrobotirish: 
a – qoziq botiruvchi qurilma; b – ressor osti bilan yuklatilgan vibrobotirgich; v – 
vibroto‘qmoq; 1 – vibrobotirgich; 2 – ekskavator; 3 – qoziq; 4 – elektrodvigatel; 5 – yuklanuvchi 
plitalar; 6 – vibrator; 7 – debalanslar; 8 – kallak; 9 – prujina; 10 – elektrdvigatelli zarba beruvchi 
qism; 11 – boyok (tepkining uchi); 12 – sandon. 
Bu usuldan botirish tezligi 3,5...7 m/min ga yetishi mumkin bo‘ladigan 
qumli, suvga to‘yingan mayda va changsimon gruntlarda foydalanish maqsadga 
muvofiq. Bu usulda yaxlit va ichi bo‘sh temirbeton qoziqlar, qoziq-qobiqlar, metall 
shpunt botiriladi. 
Loyli va og‘ir qum loyli gruntlarda qoziq uchi ostida loyli yostiq vujudga 
kelishi mumkin bo‘lib, u qoziqning ko‘tarish qobiliyatini 40% gacha kamaytiradi. 
Shuning uchun botirishning yakunlovchi bosqichida, oxirgi 15...30 sm masofaga 
qoziq gruntga zarba berish usuli bilan botiriladi. 


225 
Diametri 1000 mm va undan ortiq bo‘lgan og‘ir temirbeton qoziqlar va 
quvursimon qoziqlarni botirishda qo‘llaniladigan past chastotali botirgichlarni 
tanlashda (420 tebr/min gacha) ekstsentriklar momenti vibrotizimning massasidan 
yengil gruntlar uchun kamida 7 marta, o‘rtacha va og‘ir gruntlar uchun 11 marta 
ortiq bo‘lishi zarur. 
Massasi 3 t gacha bo‘lgan yengil qoziqlarni va metall shpuntni qoziq uchi 
ostida katta ro‘baru qarshilik ko‘rsatmaydigan gruntlarga botirish uchun yuqori 
chastotali (1500 tebr/min dan) ressorosti yukli vibrobotirgichlar qo‘llaniladi, ular 
vibratorning o‘zidan va unga prujinalar tizimi yordamida biriktirilgan qo‘shimcha 
yuk va unda joylashtirilgan elektrodvigateldan iborat. 
Vibratsion metod bog‘lanmagan suvga to‘yingan gruntlarda eng samaralidir. 
Qoziqlarni kam namlangan zich gruntlarga botirishning bu usuli faqat yetakchi 
quduqlarni qurib ya’ni quduqlarni oldindan burg‘ilash bilan qo‘llanilishi mumkin. 
Qoziqlarni vibroto‘qmoq yordamida botirishning 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish