Qoziqlarni bosib botirish
yaxlit va quvursimon kesimli (3...5 m) qisqa
qoziqlar uchun qo‘llaniladi. Statik bosib kiritish quydagi ketma-ketlikda amalga
oshiriladi: qoziq agregatning yo‘naltiruvchi strelasida vertikal xolatda o‘rnatiladi.
Keyin qoziqning boshiga kallak tushiriladi va mahkamlanadi, bu kallak baza
mashinasidan (traktor, ekskavatordan) bloklar tizimi va poliplastlar orqali bosimni
bevosita qoziqqa beradi, qoziq esa shu bosim tufayli asta-sekin gruntga botadi.
Qoziq loyihadagi belgiga yetgandan so‘ng botirish to‘xtatiladi, kallak yechib
olinadi, agregat yangi pozitsiyaga ko‘chib o‘tadi. Bir paytda ikki mexanizmdan
foydalangan holda statik bosib kiritish qo‘llanilishi mumkin (6.11-rasm).
Qoziqlarni burab kiritish
bilan botirish po‘lat uchlikka ega po‘lat va
temirbeton qoziqlarni avtomobil yoki boshqa o‘ziyurar vositalar negizida montaj
qilingan mobil qurilmalar yordamida burab kiritishiga asoslangan. Bu usul
ko‘pincha elektr uzatish, radioaloqa va boshqa inshootlar liniyalarining machtalari
ostidagi poydevorlarni qurishda qo‘llaniladi, bunda vintli qoziqlarning ko‘taruvchi
227
qobiliyatidan va ularning sug‘urib olishga qarshilik ko‘rsatishidan yetarli darajada
foydalanish mumkin (6.12-rasm).
6.11-rasm. Qoziqni statik bosish bilan botirish (kiritish) sxemasi:
1 − tayanch plitani tushirish va kallakni ko‘tarish uchun chig‘ir va tortqi arqon; 2 − strela
uzaytiruvchilari; 3 − bloklar; 4 − strela ramasi; 5 – kallak bloklar bilan; 6 − bosuvchi arqon
(kanat); 7 − bosuvchi chig‘ir; 8 − tayanch plita; 9 − bosuvchi arqonning ajratuvchi bloki; 10 −
qoziq; 11 − rama; 12 − traktor.
6.12-rasm. Qoziqlarni burab kiritish jarayoni sxemasi:
228
a − kuchsiz gruntlarga botirishda uchlikning konstruktsiyasi; b − o‘shaning o‘zi, zich
gruntlarga botirishda; v − qoziqni botirish sxemasi; 1 − ishchi organning og‘ish reduktori; 2 −
ishchi organ (kabestan); 3 − qoziq; 4 − qoziqning uchligi; 5 − chiqariluvchi tayanchlar.
Burab kiritish qurilmasi ishchi organdan, aylantirish yuritmalari va ishchi
organni egish yuritmalaridan, gidrotizimdan, boshqarish pultidan, to‘rtta gidravlik
chiqariluvchi tayanchlardan va yordamchi qurilmadan tashkil topgan. Ishchi organ
kabestan (vertikal chig‘ir)-ikki juft tutqich va elektrodvigateldan iborat mexanizm.
Tutqichlar qoziqni siqib oladi va unga elektrodvigateldan olgan aylanishni uzatadi.
Vazifasiga bog‘liq holda (yuklanishni katta yuzaga uzatish yoki zich gruntlarga
chuqur kirish) uchliklarning vintli kuraklarining diametri 3 m gacha bo‘lishi
mumkin, kuraklarning minimal diametri 30 sm ni tashkil etadi; qoziqlarning
uzunligi 20 m dan ortiq bo‘lishi mumkin.
Ishchi organning konstruktsiyasi quyidagi operatsiyalarni bajarish imkonini
boradi: vintli qoziqni ishchi organning quvuri ichiga tortish (qoziqqa dastlab
inventar metall qobiq kiydiriladi), qoziqni vertikaldan 0...45
0
chegaralarida
berilgan burchak ostida botirilishini ta’minlash, qoziqni gruntga bir vaqtda o‘q
bo‘yicha kuchdan foydalangan holda aylantirish yo‘li bilan botirish. Bu kuchdan
zarur bo‘lganda qoziqni gruntdan burab chiqarishda foydalanish mumkin. Ishchi
organning aylanishi tegishli reduktorlar orqali quvvatni tanlab olish qutisidan
amalga oshiriladi.
Qoziqni burab kiritish usuli bilan botirishdagi ishchi operatsiyalar qoziqni
zarba (urib) kiritish yoki vibrobotirish usullarida bajariladigan operatsiyalarga
o‘xshashdir. Faqat bu metodda kallakni o‘rnatish va yechib olish o‘rniga metall
qobiq kiydiriladi va yechiladi.
Vintli qoziq burab kiritilgandan so‘ng (quvurlarning diametri 1 m ga yetadi)
uning ichki bo‘shlig‘i beton bilan to‘ldiriladi. Vintli qoziqlarni botirish tezligi
kurakning dimetriga va gruntning tavsiflariga bog‘liq bo‘ladi va 0,2...0,6 m/min
chegaralarida bo‘ladi.
Vintli qoziqlarning afzalliklari ularning yuqori yuk ko‘tarish qobiliyati,
gruntga asta-sekin botirish mumkinligi, salbiy kuchlanishlarni qabul qilishdadir.
229
Do'stlaringiz bilan baham: |