89
oilaviy ahvoli va h.k. tafovut yaratadi. Bu omillar
birikuvi jamoa va uning
bo’linmalari, alohida ijtimoiy-demografik guruhlar tavsifnomasini belgilab beradi.
Tashkilot personali moslashuvchan ko’rsatkich. Ayrim kishilar tashkilotga
keladi, boshqalar esa undan ketadi. Kadrlar dinamikasi ko’rsatkichlari odatda kadrlar
qo’nimsizligi koeffitsientlari bilan ifodalanadi.
1 Kadrlar «o’zagi» - jamoaning eng barqaror qismi, ya’ni uning ushbu tashkilotla eng
katta ish stajiga ega bo’lgan, eng malakali qismi.
Tashqi omillar, masalan, tarmoqning iqtisodiy holati personal dinamikasi
darajasiga jiddiy ta’sir etadi. Iqtisodiy pasayish davrida tashkilotlar personal sonini
qisqartirishga majbur bo’ladi. Biroq hatto barqaror iqtisodiy vaziyatda ham
tashkilotda xodimlarni ishdan bo’shatish uchun u yoki bu sabablar topiladi –
karer
o’sishi, egallab turilgan mavqeidan qoniqmaslik, kasallik, iste’fo yoki pensiya
yoshiga etish. Barqaror tashkilot personali dinamikasi, qlidaga ko’ra, o’rtacha daraja
bilan tavsiflanadi.
Rivojlanayotgan yoki beqaror tashkilotda ishdan bo’shatish bu – standart
vaziyat. Tashkiliy farovonlik uchun eng yaxshi sstenariy – doimiy, lekin nazorat qilib
boriladigan kadrlar dinamikasi – uning chegarasi personal sonining 5-7foizi
hisoblanadi, chunki u kareraning rivojlanishi uchun imkoniyat
beradi va tashkilotni
ijobiy qayta strukturalashga xizmat qiladi.
Differenstiastiya yaratuvchi belgilardan istalgan biri bo’yicha past ijtimoiy-
mehnat salohiyatiga ega bo’lgan xodimlar guruhi alohida e’tibor talab qiladi, bu:
yoshlar va katta yoshdagi xodimlar, ayollar; tor ixtisosli tayyorgarlikka, past malaka
va ma’lumotga ega bo’lgan, noqulay mehnat sharoilarida band bo’lgan shaxslar,
ishga yangi kirgan shaxslar, kam haq to’lanadigan va turar-joy bilan ta’minlanmagan
shaxslar, ko’p
bolali oilalar, yolg’iz onalar, homilador ayollar, nogironlar, sobiq
mahbuslardir.
Ishdan bo’shash doimiy jarayon bo’lib, xodimning qarori yoki ish beruvchining
zarurati bilan asoslanadi.
90
Ishdan bo’shatishlar auditidan maqsad – tashkilotning kadrlar «o’zagi»
barqarorligini baholash hamda ishdan bo’shatish qonuniy va adolatli ekanligini
tekshirishdir.
Jamoaning barqarorlik darajasi quyidagilardan tashkil topadi:
• jamoaning asosini tashkil qiladigan doimiy xodimlar soni;
• o’tkazilgan chora-tadbirlar naijasida mehnat faoliyatiga bo’lgan da’volarini
qondirgan xodimlar soni;
• jamoaning beqaror qimi.
Kadrlar bo’limi xodimlari xodimlarni ishdan bo’shatish
jarayonini amalga
oshirishda amal qilishi va auditor tomonidan o’rganilishi lozim bo’lgan qoidalar
orasida quyidagilarni alohida ajratib ko’rsatish mumkin:
• ishdan bo’shatish maksimal darajada adolatli xarakterga ega bo’lishi lozim;
• ishdan bo’shatish jarayoni (hujjatlar tayyorlash va rasmiylashtirish, ishdan
bo’shaganda qonunga muvofiq beriladigan pul va h.k.) rahbariyat,
boshqaruv
xodimlari va jamoa uchun «og’ir yuk» bo’lib ko’rinmasligi kerak;
• ishdan bo’shatilayotgan xodimga munosabat takabburona va kalondimog’
bo’lmasligi, uning izzat-nafsiga tegmasligi lozim;
• ishdan bo’shatilayotgan xodimlarga (ularning xohishiga qarab) kadrlar bo’limi
tasarrufida bo’lgan barcha vositalar bilan yordam berish, yangi joyda ishga
joylashishga ko’maklashib ko’rish lozim;
• ishdan bo’shatish qonuniy asoslarda ro’y berishi, xodimga shtatlar qisqarishi va
ishdan bo’shatilishi mumkin ekanligi haqida hujjatlar o’z vaqtida yetkazib berilishi
lozim (q. «Xodimning lavozimi qisqarishi haqida ogohlantirish (xabar berish)»,
«Xodimga kutilayotgan qisqartirish haqida axborot yetkazish haqida Dalolatnoma»);
• ishdan bo’shatish funkstional jihatdan maqsadga muvofiq va axloqiy nuqtai
nazardan oqlangan bo’lishi lozim;
• ishdan bo’shatishda shaxsga nisbatan diqqat-e’tiborli bo’lish
lozim
(xodimlarga esdalik sovg’alar topshirish, qo’shimcha kompensastion to’lovlar, faxriy
yorliqlar, dam olish uylari va sanatoriylarga yo’llanmalar berish va h.k. majburiy
qoidaga aylanishi kerak).
91
Kimda ko’proq asos bo’lsa va kim ahamiyatdiroq bo’lsa, o’sha ishda qoladi.
Xodimlar shtati qisqarganda kadrlar bo’limi reyting tizimidan (4.2-jadval)
foydalanib, xodimlar reytingini tuzishi maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: