Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 9-sinflarida fizika fanidan “shishaning nur sindirish ko’rsatkichini aniqlash” mavzusidagi laboratoriya ishini o’tkazish bo’yicha metodik tavsiya



Download 2 Mb.
Sana18.02.2022
Hajmi2 Mb.
#456850
Bog'liq
26-maktab METODIK TAVSIYA FIZIKA2


Yosh avlodni salohiyatli kadrlar etib tarbiyalashdagi birinchi bosqich – maktab ta’limini tubdan takomillashtirish, ilmiy kadrlar va yuksak malakali mutaxassislar tayyorlash jarayonining uzluksizligini ta’minlash zarur. Bu yo’lda hech narsani ayamaymiz. SH.M.Mirziyoyev

UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARINING 9-SINFLARIDA FIZIKA FANIDAN “SHISHANING NUR SINDIRISH KO’RSATKICHINI ANIQLASH” MAVZUSIDAGI LABORATORIYA ISHINI O’TKAZISH BO’YICHA METODIK TAVSIYA.
Farg’ona viloyati Bag’dod tumani xalq ta’limi bo’limiga qarashli 26-umumiy o’rta ta’lim maktabi fizika fani o’qituvchisi Abduroxmonov Shermuhammad Shavkatjonovich. Tel: +998911571231

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassislarga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda.


Bu o‘z-o‘zidan o‘quvchilarimizning darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o‘qituvchilarning har tomonlama ta’lim tarbiyaga e’tiborini kuchaytirishni talab etadi.
Fizika fanini o’qitishda o’quvchilarning egallagan nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda ularda amaliy ko’nikma va malakalarini shakllantirishda laboratoriya ishlarining o’rni beqiyosdir.
Ushbu laboratoriya ishini o’tkazishdan asosiy maqsad shishaning nur sindirish ko’rsatkichini aniqlash orqali o’quvchilarda yorug’lik sinish qonunining   ko’rinishidagi ifodasining to’g’ri ekanligiga ishonch hosil qilishdan iboratdir.
“Shishaning nur sindirish ko’rsatkichini aniqlash” laboratoriya ishini o’tkazish bo’yicha biz berayotgan metodik tavsiya quyidagicha:

  • soddaligi;

  • tushunarliligi;

  • hisob-kitob ishlarining murakkab emasligi;

  • o’quvchi e’tiborini asosiy masaladan chalg’itmasligi;

  • o’lchash natijalarini to’g’ridan tog’ri yorug’lik sinish qonunining   ko’rinishidagi ifodasiga qo’yilishi kabi bir qator afzalliklarga ega.

Shishaning nur sindirish ko’rsatkichini aniqlash.
K erakli jihozlar: yorug’lik manbai (nurli ko’rsatkich), optik disk, kesimi yarim aylana bo’lgan shisha plastina, marker ruchka, transporter, chizgʼich.
Ishni bajarish tartibi.

  1. Optik diskka kesimi yarim aylana bo’lgan shisha plastinani joylashtiring va uning tekis sirtiga yorug’lik manbai (nurli ko’rsatkich) yordamida nur tushiring hamda optik diskda tushuvchi nur va singan nur yo’llarini marker ruchka yordamida belgilang (1-rasm).

  2. Optik diskdan kesimi yarim aylana bo’lgan shisha plastinani olib, qo’yilgan belgilardan foydalangan holda tushuvchi nur va sinuvchi nur yo’llarini chizgʼich va marker ruchka yordamida chizing.

  3. Optik diskdagi chizma asosida, transportirdan foydalanib tushish burchagi α1 va sinish burchagi β1 ni o’lchang va yozib oling.

  4. Tajriba orqali o’lchab olingan tushish burchagi α1 va sinish burchagi β1 larning qiymatlarini   formulaga qo’yib, berilgan shishaning nur sindirish ko’rsatkichini aniqlang.

  5. Yorug’lik manbaini kesimi yarim aylana bo’lgan shisha plastinaning tekis sirtiga turli xil yo’nalishlarda joylashtirib, tajribani yana ikki marta takrorlang. Har bir holat uchun tushish va sinish burchaklarini o’lchab, shishaning nur sindirish ko’rsatkichini aniqlang.

  6. O’tkazilgan uchta tajribadan olingan natijalar asosida shishaning nur sindirish ko’rsatkichining o’rtacha qiymati   ni hisoblang.

  7. Tajriba jarayonidagi o’lchash va hisoblash natijalarini 1-jadvalga yozing.

1-jadval.





Sinα



Sinβ

n

no’rt

1



















2
















3


















Ishning bajarilishi. (Namuna)

  1.  ,  .  ;

  2.  ,  .  ;

  3.  ,  .  .

  4.  .

Adabiyotlar:

  1. P.Habibullayev, A.Boydadayev, A.Bahromov, M.Yuldasheva. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik. Toshkent – 2019.

  2. Л.С.Жданов, В.А.Маранжиян. Физика курси. Махсус ўқув юртлари учун. Тошкент – 1975.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish