51
2.4-jadval
Personal auditiga nisbatan tadqiqiy yondashuvlar
Qiyosiy
yondashuv
Auditorlar
jamoasi
taqqoslash
yo’li bilan yetarlicha
bajarilmagan sohalarni ochib berish uchun firmani boshqa
firma bilan taqqoslaydi. Bunday yondashuv odatda personalni
boshqarish xizmati muayyan harakatlarining
natijalarini yoki
muayyan dasturlarni taqqoslash uchun qo’llaniladi. U zarur
takomillashtirish sohasini aniqlashga yordam beradi
Tashqi
ekspertlarni jalb
qilish
Auditorlar jamoasi maslahatchining ekspertizasiga yoki
personalni boshqarish xizmati muayyan harakatlarining
natijalarini yoki muayyan dasturlarni baholash uchun
qo’llaniladigan standart sifatida e’lon
qilingan natijalarga
ishonadi. Maslahatchi yoxud tadqiqot natijalari muammolar
sababini tashxislashga yordam berishi mumkin
Statistik
yondashuv
Mavjud hisobotlar materiallari asosida auditorlar jamoasi
statistik standartlarni shakllantiradi. Ular yordamida personalni
boshqarish sohasidagi dasturning ta’sirlari baholanishi mumkin.
Bunday matematik standartlar yordamida jamoa hatolarni
ochib berishi mumkin
Muvofiqlik
yondashuvi
Personalni boshqarish axborot tizimining qismlarini tanlashni
amalga oshirayotib auditorlar
jamoasi kompaniya kadrlar
siyosati yoki tartib-taomillarning qonunchilik normalaridan
chetga chiqishini qidiradi. Mazkur usul bilan brigada
kompaniya siyosati bilan huquqiy ko’rsatmalar o’rtasida
muvofiqlik mavjudligini aniqlashi mumkin
MVO-yondashuv Tashkilotda personalni boshqarish sohasida maqsadlar
bo’yicha boshqarish - management-by-objectives (MVO) usuli
qo’llanilganda auditorlar jamoasi amaldagi natijalarni
bildirilgan maqsadlar bilan taqqoslashi mumkin.
Yetarlicha
bajarilmagan sohalar aniqlanishi va qayd etilishi mumkin
Personalni boshqarish xizmati muqobil tarzda tashqi maslahatchi-ekspertlarni
taklif etishi mumkin. Maslahatchi tomonidan taklif etilgan yoki chop etilgan tadqiqot
standartlari auditorlar jamoasi uchun baza bo’lib xizmat qiladi. Masalan, maslahatchi
personalni boshqarish tizimi byudjeti yalpi sotuv hajmining 0,75 foizini tashkil qiladi,
deb ko’rsatishi mumkin. Bu son u holda personalni boshqarish xizmatining umumiy
byudjetini baholashda «ko’rsatuvchi ustun» bo’lib xizmat qiladi. Hozirgi vaqtda
tashqi taqqoslash personal harakatlarini va xizmatlarini baholashdagi eng ommaviy
yondashuvlardan biri hisoblanadi.
52
Uchinchi yondashuv kompaniyadagi mavjud axborot tizimiga asoslangan holda
ijroni
baholashning
statistik
usullarini
rivojlantirishdan
iborat.
Masalan,
kompaniyaning hisobotlarini o’rganish absenteizm va kadrlar qo’nimsizligi
ko’rsatkichlarini aniqlash imkonini beradi.
Ushbu ma’lumotlar personalni boshqarish menejerlari va liniya menejerlari
mazkur jarayonlarni qanchalik yaxshi boshqarishini ko’rsatib turibdi. Bunday statistik
yondashuv odatda boshqa firmalarda to’planishi mumkin bo’lgan tashqi axborot bilan
taqqoslash orqali to’ldiriladi. Ushbu axborot ko’pincha kasrlar ko’rinishida
ifodalangan bo’lib, ular bo’yicha keyingi foydalanish uchun
hisob-kitoblarni amalga
oshirish qiyin emas. Masalan, qo’l ostidagi ikki yuz nafar xodimdan bir oy ichida
o’rtacha o’n ikkitasi ishdan bo’shaydigan tadbirkor kadrlar qo’nimsizligi ko’rsatkichi
6 foiz deb hisoblaydi. Ishdan bo’shaganlar soni (12) xodimlarning o’rtacha soniga
(200) bo’linadi va 100 foizga ko’paytiriladi.
Huddi shu tariqa, agar sakkiz nafar xizmatchi ish kunida ishni o’tkazib yuborsa,
u holda absenteizm ko’rsatkichi – 4 foizga teng bo’ladi. Ishda bo’lmagan xizmatchilar
soni (8) xodimlarningumumiy soniga (200) bo’linadi va 100 foizga ko’paytiriladi. 4
foiz kelib chiqadi.
Muvofiqlik yondashuvi – personal auditining boshqacha strategiyasi bo’lib, u
kompaniyaning kadrlar siyosati qanday bajarilayotganligini aniqlash uchun o’tgan
davrni ko’rib chiqadi. Auditorlar jamoasi ko’pincha mehnat va bandlik, mukofotlar,
mehnat intizomi va xodimlarni baholash shakllari masalalarini ko’rib chiqadi. Bunday
tadqiqotning maqsadi personalni boshqarish xizmati
va liniya menejerlari ichki
qoidalar va huquqiy ko’rsatmalarning ijro etishini kafolatlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: