O’zbekistonda diniy ma’rifatni takomillashtirishning yo’nalishlari



Download 455,16 Kb.
Sana30.06.2022
Hajmi455,16 Kb.
#719157
Bog'liq
O’zbekistonda diniy ma’rifatni takomillashtirishning yo’nalishlari

O’zbekistonda diniy ma’rifatni takomillashtirishning yo’nalishlari

Reja:

  • Mustaqillik davrida diniy qadriyatlarimizninng tiklanishi.
  • Diniy ma’rifatni takomillashtirishning yo’nalishlari

Diniy va milliy qadriyatlarni tiklanishi

Ma'naviy merosning tiklanishi va rivojlanishi jamiyat ma'naviyati mamlakat barqa-rorligi va taraqqiyotinig muhim sharti va kafolatidir. Biron-bir mamlakat o'z ma'naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma'naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay, xalqning milliy ruhini uyg'otmay va mustahkamlamay turib yuksak taraqqiyot darajasiga ko'tarila olmaydi. Shuning uchunham, jamiyat ma'naviyatini yuksaltirish O'zbekiston taraqqiyotining ustivor yo'nalishi deb belgilandi. Tarixdan ma'lumki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqin-chilar hujurriiga duchor bo'Igan, qaramlik va zulm ostida qoigan. Buning oqibatida, xalqimizning boy ma'naviy merosi, urf-odatlari qadrsizlanishga mahkum bo'Igan. Ayniqsa, chor mustamlakachiligi va sovetlar tuzumi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma'naviy merosimiz qadrsizlan- tirildi, ko'plab masjid-u madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. O'zbekiston davlat mustaqilligini qo'lga kiritgan kundan boshlaboq mamlakatimizda boy ma'naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma'naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Jamiyat ma'naviyatini tiklash va yuksaltirishni ta'minlovchi ma'naviy-ma'rifiy islohotlarning yo'nalishlari beigikib olindi.


Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari:
“jaholatga qarshi ma’rifat” ulug‘vor g‘oya asosida dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ezgulik, tinchlik va insoniylik kabi fazilatlar azaliy qadriyatlarimiz ifodasi ekanligini keng yoritish va bu sohadagi ilmiy-ma’rifiy faoliyatni jadal tashkil etish;
islom va jahon sivilizatsiyasiga bebaho hissa qo‘shgan ajdodlarimizning boy madaniy merosini chuqur o‘rganish asosida yoshlarning ongu tafakkurini shakllantirish;
dinni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadigan buzg‘unchi yot g‘oyalarning asl mohiyati va maqsadlari haqida aholining, ayniqsa, yoshlarning xabardorlik darajasini oshirish; jamiyatda milliy va diniy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan g‘oyalarga nisbatan toqatsizlik muhitini shakllantirish; jamiyatda bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, tinchlik va totuvlikni, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda diniy-ma’rifiy soha vakillarining daxldorlik hissi va ishtirokini yanada oshirish; diniy-ma’rifiy tashkilotlarning moddiy-texnika ta’minotini mustahkamlash, soha vakillari mehnatini munosib rag‘batlantirish va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish; globallashuv sharoitida jamiyatimizdagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi va e’tiqod erkinligiga tahdid tug‘dirishi mumkin bo‘lgan omillarni barvaqt aniqlash va oldini olishga qaratilgan axborot-tahliliy faoliyatni kuchaytirish; diniy va dunyoviy bilimlar uyg‘unligini rivojlantirish asosida ta’lim sifatini oshirish, diniy-ma’rifiy sohada malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yaxlit tizimini yaratish.
Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tuzilmasida 15 ta shtat birligidan iborat Diniy-ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish axborot-tahlil markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb yuritiladi) tashkil etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston musulmonlari idorasining O‘zbekiston islom akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti negizida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
respublikadagi barcha islom ta’lim muassasalari faoliyatini o‘quv-me’yoriy va o‘quv-uslubiy jihatdan ta’minlash hamda muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag‘lari va qonunda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
huquq va majburiyatlar bo‘yicha qayta tashkil etilayotgan O‘zbekiston islom akademiyasining hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universitetining huquqiy vorisi hisoblanadi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bitiruvchilariga umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida sohaga tegishli fanlar bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi berilsin.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 455,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish