O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A


  2.3. Sifatni boshqarish tizimida personal



Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/112
Sana03.04.2022
Hajmi2,07 Mb.
#526637
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   112
Bog'liq
Personal auditi va nazorati

 


45 
2.3. Sifatni boshqarish tizimida personal 
 
Personal – bu sifat tizimidagi asosiy resurs, chunki sifatni ta’minlash va 
yaxshilash uchun sharoitlar yaratuvchi omillar, birinchi navbatda, texnik va hatto 
iqtisodiy ham emas, balki ko’p jihatdan personal bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy 
omillardir. 
ISO standartlarini amalga oshirish sifatni ta’minlash jarayoniga korxonaning 
barcha personali jalb qilinishi kerakligini ko’zda tutadi. Bunda har bir hodim o’zning 
sifat bo’yicha natijalarini ta’minlashga javobgar bo’lishi zarur.
ISO 9001:2000 standarti mahsulot sifatiga ta’sir qiladigan ishni bajarayotgan 
personal olgan bilimlari, tayyorgarligi, tajriba va ko’nikmalariga mos holda 
kompetent bo’lishi kerak. 
Buning uchun tashkilot:
• mahsulot sifatiga ta’sir qiladigan ishni bajarayotgan personalga zarur bo’lgan 
kompetentlikni aniqlashi; 
• ushbu ehtiyojlarni qondirish maqsadida kadrlarni tayyorlash yoki boshqa 
choralarni ko’rishni ta’minlashi;
• ko’rilgan choralar natijasini baholashi; 
• sifat sohasidagi maqsadlarga erishish bo’yicha amalga oshirilayotgan 
tadbirlarning muhimligi va dolzarbligini personalga yetkazishib borish; 
• ma’lumotlilik, tajriba, ko’nikmalar haqidagi yozuvlarni o’z vaqtida amalga 
oshirish, kadrlarga oid ish yuritishni to’g’ri yo’lga qo’yish. 
Bunday tahlilni zarur resurslar va moliyaviy manbalarning yetarligini ham 
qo’shib tekshirish, hamda tashkilotning va mijozlarning kelajakdagi kutayotgan 
ehtiyojlarini hisobga olgan holda amalga oshirish kerak. Tahlil personalni tayyorlash 
va xodimlarni jalb qilish va tanlashning samarali jarayonini joriy qilish bo’yicha 
maqsadli dasturlarini belgilashga yordam berishi zarur. 
Bunday tahlilni amalga oshirishda personalning individual yoki guruhli malaka 
oshirishga bo’lgan ehtiyojlarini aniqlashga mos keluvchi uslubiyotni tanlash zarur.


46 
Bunday usullarga qatoriga xodimlar mehnati samaradorligini baholash, ular 
malakasining auditi, iste’molchilardan kelayotgan teskari aloqa kanallari orqali 
kelayotgan axborotlarning taxlili, yangi qabul qilinayotganlar bilan suhbatlar 
o’tqazish va x.z.larni kiritish mumkin.
O’tqazilgan tahlil natijalari asosida kadrlarni rivojlantirishga yo’naltirilgan 
o’qitish yoki malakani oshirish dasturini amalga oshirish zarur bo’lishi mumkin, 
ya’ni:
• kasbiy mahorat darajasini; 
• kommunikastiya bo’yicha ko’nikmalarini; 
• menedjment sohasidagi bilim va ko’nikmalarini; 
• bilimlarning alohida sohasidagi malakalarni; 
• sifat menejmenti sohasidagi bilim va ko’nikmalarini oshirish. 
Xodimlarni o’qitish va ularning malakasini oshirish samaradorligi shunday 
baholanishi kerakki, olinadigan baholar asosida: 

xodimlarning yangi va murakkablashib boruvchi lavozim majburiyatlarini 
bajarish uchun bilimlarining yetarliligini tekshirish; 

kadrlarni rivojlantirish xarajatlari o’zini oqlashini tasdiqlash; 

personal o’qitish va qayta tayyorlash dasturlari va usullarini, uning 
malakasini baholash usullarini takomillashtirish mumkin bo’lsin. 
Xodimlarga quyidagilar orqali o’zini o’zi takomillashtirish uchun vaqt va 
mablag’lar taqdim etilishi kerak: 

konferenstiyalar, seminarlar va h.k. tadbirlarda ishtirok etish; 

ilmiy tadqiqotlar o’tkazish; 

ta’lim olish. 
Ushbu standart tashkilot istalgan vaqtda ishlarning joriy holatini, barcha 
xodimlarning ma’lumot darajasi, bilimi va ishlash samaradorligini aniqlay olishini 
talab qiladi. Bunga kadrlar haqidagi axborot tizimi yordam berishi mumkin, chunki 
unda tegishli umumlashtirilgan hisobotlar tuzilib, saqlanishi lozim. Bunday 
hisobotlarga xodimlarning shaxsiy hisobotlari yoki kadrlar malakasini oshirish 


47 
to’g’risidagi hisobotlar muqobil variant bo’lishi mumkin. Yuqorida sanab o’tilgan 
hisobot materiallari quyidagilarni: 

har bir xodim erishgan malaka darajalari, tajriba va ish samaradorligini; 

personalni tayyorlash va uni rivojlantirish bo’yicha muvofiqlashtirilgan 
tadbirlarning amalga oshirilganligini tasdiqlashi kerak. 

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish