Sifat. Sifat darajalari. Sifat yasalishi



Download 157,5 Kb.
bet1/4
Sana15.04.2022
Hajmi157,5 Kb.
#553216
  1   2   3   4
Bog'liq
Sifat. Sifat darajalari. Sifat yasalishi


7-ma’ruza
SIFAT. SIFAT DARAJALARI. SIFAT YASALISHI
Reja:



  1. Sifatlarning lug‘aviy shakllari

  2. Turkiy tillarda sifatning intensiv shakli

  3. Sifat darajalari. Tub va yasama sifatlar

Asosiy tushunchalar: belgi, darajalanish, fonetik usul, morfologik usul, leksik (sintaktik) usul, intensiv shakl, sifat yasalishi, otlashish.

Hind-yevropa tillari bilan turkiy tillar o‘rtasidagi muhim farqlardan biri belgi-xususiyatni aniqlash yo‘llarining turlichaligidir. Masalan, flektiv tillarda aniqlovchi vazifasida sifatlar qo‘llanadi: железная дверь, деревьянный мост kabi. Turkiy tillarda sifatlar bilan bir qatorda, ot turkumiga oid so‘zlar ham aniqlovchi vazifasida keladi: demır qapıtemir eshik”.


Turkiy tilarda sifat quyidagi xususiyatlarga ega:
1. Predmet, narsa-buyumning belgisini bildiradi, qanday?, qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘ladi.
2. Sifat bog‘lanib kelgan ot turli so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalarni qabul qiladi, lekin sifat o‘zgarmaydi, ya’ni sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalarni olmaydi: ulug‘vor tabiatni.
3. Sifatlar darajalanadi. Sifat darajalari uch xil: oddiy, qiyosiy, orttirma daraja.
Sifat darajalari uch usul (vosita) yordamida hosil qilinadi:
a) fonetik usul (vosita): yap-yapalaq, qıp-qızıl. Urg‘u yordamida ham daraja ifodalanadi: baland, aččıq, nārdān. Qıp-qızıl, sap-sarıq, yum-yumalaq so‘zlarida urg‘u birinchi bo‘g‘inga tushadi, orttirma daraja ifodalanadi;
b) morfologik usul: -raq, -iš, -(i)mtir: kökraq, aqımtır.
d) leksik usul: sal, xiyal, bir az, juda, ğayatda, nihayatda, behad, eŋ so‘zlari orqali daraja hosil qilinadi: juda yaxšı, nihayatda qızıq.
Chuvash tilida qiyosiy darajadagi sifatlar -rax//-rex affiksi bilan hosil bo‘ladi. l, n, r bilan tugagan so‘zlarga esa -tarax yoki -terex affikslari qo‘shiladi. Masalan, soxal-saxaltarax, giner-ginerterex kabilar.
Orttirma darajadagi sifatlar ikki yo‘l bilan hosil qilinadi:
1) ši, pite, mukkar, maysar, savteri, pisek so‘zlari yordamida: pisek rayon “eng katta tuman”;
2) birinchi bo‘g‘inda p, m , s undoshlarini keltrirish bilan hosil qilinadi: sap-sara “eng sara”, yap-yaka “tanho”, xup-xura “qop-qora”; ozarb. ğıpğırmızı “qip-qirmizi”, gom-goy “ko‘m-ko‘k”; olt. bop-boro “oppoq”, čop-čoqur “nihoyatda chuqur”; gag. kapkati “juda qattiq”, dupu-duz “tep-tekis”; qoz. sap-sari “sap-sariq”, qıp-qızıl “qip-qizil”; qum. ap-aq “oppoq”; nog‘. yap-yašil “yam-yashil”; tat. ap-ači “juda achchiq”, kom-kok “ko‘m-kok”; tuv. sap-sarığ, čap-čaa “yap-yangi”; turk. bom-boš “bo‘m-bo‘sh”, dos-dolu “to‘kis-to‘liq”, sapa-sağlam “juda sog‘lom”; uyg‘. up-uzun “juda uzun”; xak. qıp-qızıl, sap-sariq; yoq. anahu “juda achchiq”, up-uhun “juda uzun”; q.-balq. toppa-tolu “to‘kis-to‘liq” va boshqalar.
Chuvash tilida sifatning i affiksi qo‘shilishidan hosil bo‘lgan daraja shakli ham mavjud. Bunda so‘z oxirida unli tushadi: sarlaka “keng”, sarlaki “o‘ta keng”, keske “qisqa”, keski “o‘ta qisqa”.
Chuvash tilidagi sifat rus tilidagi sifat kategoriyasidan morfologik xususiyati hamda sintaktik vazifasi bilan farq qiladi. Chuvash tilida nutq qismlarining qat’iy differensiatsiyasi yo‘q. Buning natijasida chuvash tilida ko‘pgina sifatlar bir vaqtning o‘zida ham ot, ham ravish vazifasida keladi - sem pulma tarašatnar “biz yaxshi ilg‘orlar bo‘lishga harakat qilamiz”, etem layaxa yuratat “inson barcha yaxshiliklarni sevadi”.
Turkiy tillardagi sifat darajasi atributiv vazifani bajadi: tata pisakra'x sitenusem tuma šuxašlatpar “yanada kattaroq yutuqlarga erishishimizni tahlil qilyapmiz”.
Chuvash tilida sifat turkumidagi so‘zlar kelishik va sonda o‘zgarmaydi, ya’ni turlanmaydi, ot bilan moslashmaydi.
Sifatlarning lug‘aviy shakllari. Sifatning daraja shakllari ( s, (g), l, m, r, s, t, a, i) lug‘aviy shakllar hisoblanadi: qoz. sarqač “sarg‘ish”, no‘g‘. a'rğ'lt “sarg‘ish”, olt. kzltm “qizg‘ish”, qoz. qaram “qoramtir”, turk. sarlirak “sariqroq”, tat. alsu “qizg‘ish”, turkm. aqsa “oqish”, turk. ak'l “oqish”, ozarb. garaš “qoramtir”.

Download 157,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish