O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O’ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI TARJIMONLIK FAKULTETI ARAB TILI KAFEDRASI “MAMLAKATSHUNOSLIK” FANIDAN
KURS ishi
Mavzu: Arab tilida sifat: tub sifat, yasama sifat, sifatning qiyosiy va orttirma darajalari Tarjimonlik Arab tili fakulteti 217- guruh talabasi Muxtorova Mushtari ____________ (imzo)
Ilmiy rahbar: Ahmedova Shahlo ____________ (imzo)
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………….………………………………..3
I BOB. SIFAT. SIFAT DARAJALARI VA ULARNING GAPDAGI VAZIFALARI................................................................................................5-14
1.1 Arab tilida sifat.
1.2. Sifatning oddiy darajasi.
1.3. Sifatning qiyosiy darajasi.
1.4. Sifatning orttirma darajasi.
II BOB. NISBIY SIFATLAR.........................................................................15-21
2.1. Nisbiy sifat haqida ma’lumot.
2.2. Nisbiy sifatni misollar orqali tushuntirish.
2.3. Ikki o’zak undoshdan iborat ayrim otlardagi nisbiy sifat.
2.4. Siniq ko’plikdagi otlarda nisbiy sifat.
XULOSA…………………………………………………………………………22
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..24
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillikni qo‘lga kiritganimizdan so‘ng chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish, jumladan, arab tilining ko‘pchilik tomonidan sevib o‘rganilishi, unga bo‘lgan ishtiyoqning yaqqol namunasidir.
Arab davlatlari bilan olib borayotgan siyosiy, ma’daniy va iqtisodiy aloqalar, biz arabshunoslar oldiga, nafaqat arab tilini, balki, arablarning boy tarixi, ma’daniyati va shunga o‘xshash boshqa jihatlarini puxta o‘rganish vazifasini qo‘yadi, shuningdek hozirgi dunyo xaritasida mavjud bo‘lgan 20 dan ortiq bo‘lgan arab mamlakatlari bilan diplomatik, ilmiy-ma’rifiy, savdo-sotiq, turizm va boshqa juda ko‘p sohalardagi o‘zaro aloqalarimiz ham arab tilini chuqur o‘zlashtirishimizni talab qilmoqda.
Ta’lim sohasida ham arab tilini o‘rgatish va o‘rganish jarayonida marfologiya va sintaksis masalalarining davrimizga qadar o‘z ilmiy qiymatini yo‘qotmaganligi va bu borada nodir arab tilini tilshunoslik nuqtai-nazaridan o‘rganish va uni hayotga tatbiq etish ham eng asosiy, hamda, birlamchi vazifalaridan hisoblanadi.
Arab tili qadimiy va nodir til bo‘lishi bilan bir qatorda o‘zining mukammal grammatik qurilishiga, go‘zal lahjalariga va betakror so‘z boyligiga egadir.
Sharqshunoslikning bir bo‘lagi bo‘lgan arab tilshunosligini tanlagan ilmu toliblar shu sohaning turli jihatlarini mukammal o‘rganishga intilishadi.
Sharq xalqlari xususan, O‘rta Osiyo xalqlari hayotida arab tili qadimdan o‘zining beqiyos o‘rniga egadir. Chunki dunyodagi ko‘pgina fanlarning rivojiga ulkan hissa qo‘shgan vatandoshlarimizdan Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinl, Ismoil al-Buxoriy, Mahmud az-Zamaxshariylar aynan shu tilda ijod qilganlar va shu tilning yetuk bilimdonlari bo‘lganlar. Bu yesa biz arabshunoslar oldiga nafaqat arab tilini, balki arablarning boy tarixi, madaniyati va shunga o‘xshash boshqa jihatlarini puxta o‘rganish vazifasini qo‘yadi. Shuningdek arab tilini mukammal o‘rganish bilan bir qatorda, uning boshqa tillardan farqli bo‘lgan xususiyatlarini e’tibordan chetda qoldirmaslik maqsadga muvofiqdir.