Mavzuning maqsad va vazifalari. Ushbu kurs ishimizni yozishdan maqsad sifat, tub va yasama sifat, nisbiy sifatlarni, morfologik hamda statistik tahlil qilib chiqishdir. Bu kabi maqsadlarimizni amalga oshirish uchun biz o‘z oldimizga quyidagi vazifalarni qo‘ydik:
Sifat turlarini o‘rganish va misollar bilan yoritish
Sifat darajalarini o‘rganish va misollar bilan yoritish
Nisbiy sifat turlari o‘rganish va misollar bilan yoritish
Kurs ishing tuzilishi. Mazkur bitiruv malakaviy ishi kirish. To‘rtta bandni o‘z ichiga olgan ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I BOB. SIFAT. SIFAT DARAJALARI VA ULARNING GAPDAGI VAZIFALARI
An’anaga ko’ra arab filologlari arab tildagi barcha so’zlarning 3 ta katta guruhga bo’ladilar.
1. Ism. - Bu gruppaga ot, sifat, son, olmosh, sifatdosh, masdarlar, va h.k.z.
2. Fe’l.- Bu gruppaga barcha fe’llar, fe’l formasidagi so’zlar.
3. Harf. - Bu gruppaga artikli, old qo’shimchalar boqlovchi, predlog, yuklama, undov va h.k.z.
Arab morfologiyasida so’z turkumlari turkum guruhlaridir. Ism turkumi o’z tarkibiga ot, sifat, son, olmosh, sifatdosh va masdarlarni oladi. So’nggi ikkisida fe’llik hususiyati ham mavjuddir.Ismlar kelishik (Bosh, qaratqich, tushum) jins (muzakkar va muannas), grammatik son (Birlik, ikkilik, ko’plik) va holat (aniq va noaniqlik) kategoriyalariga ega. So’zlarning o’zaro boqlanishi so’z tarkibi bilan ham kelishiklar yordami bilan ham shuningdek yordamchi so’zlar vositasi bilan ham olib boriladi.
Fe’llar tarkibiga zamon shakllari, darajalari, shuning mazmunlariga ko’ra sifatdosh va masdarlar kiradi. Umuman fe’llar turli shakllarni juda rivojlanganligi va kengqo’llanishi fe’liy boblarning (asosan 10 ta) mavjudligi barcha boblarning hamma zamon shakllarida tuslanishi shahs shakllari (birlik, ikkilik, ko’plik)ning mavjudligi, mayllar (darak, buyruq, istak, shart, kuchaytirma,)ning rivojlanganligi, darajalar(aniq va majhul)ning mavjudligi bilan harakterlanadi.
Harf so’z turkumi (yordamchi so’zlar) boqlovchi, ko’makchi (predlog), yuklama, undovlarning hammasini o’zida jamlaydi. Arab tilining boqlovchi va ko’makchi sistemasi juda rivojlangan, undovlarning ba’zilari jins shakllariga ega. Olmoshlarning ba’zilari jins va son kategoriyalariga ega. Yuklama sistemasi unchalik rivoj topmagan.
Bizga ma’lumki arab tilida sifatlar fe’llardan yasaladi. Arab tilidagi sifatlar ham o’zbek tilidagi sifatlar kabi predmet yoki shahsning belgisini, ya’ni rangini, hajmini, ta’mi va hokazolarni anglatishda ishlatiladi. Shunday qilib predmetning shaklini, hajmini rangini, muzmunini bildirib, uni darajalab ko’rsata oladigan so’zlar sifatlar deyiladi.
Otning rang, maza-ta‘m, hajm, xususiyat kabi belgilarini bildiradigan so'zga sifat deyiladi. Otga tobe‘ bo'lgani uchun sifat otning jinsiga qarab u bilan jinsda ham moslashadi.
Arab tilida ikki xil sifat:
1. Tub sifat.
2. Yasama sifat.
Tub sifatlarga:
kabi sifatlar misol bo'lsa,
Yasama sifatlarga:
kabi sifatlar misol bo'ladi.
Tub sifatlar avvaldan bor bo'lgan sifat bo'lsa, yasama sifatlar otga sifat yasovchi qo'shimchani qo'shib hosil qilingan sifatdir.
Tub sifat uchun doshli o’timsiz fe’llarning «I bob» shaklidan 20 dan ortiq vazn (qolip) da xosil qilinadi. Uning uchta:
1) oddiy (bosh);
2) orttirma;
3) qiyosiy darajalari mavjud.
Sifatning eng ko’p ishlatiladigan oddiy darajalari quyidagilardir:
Do'stlaringiz bilan baham: |