Sifat. Sifat darajalari. Sifat yasalishi



Download 157,5 Kb.
bet3/4
Sana15.04.2022
Hajmi157,5 Kb.
#553216
1   2   3   4
Bog'liq
Sifat. Sifat darajalari. Sifat yasalishi

Tub va yasama sifatlar. Turkiy tillardagi sifatlar tuzilish jihatidan tub yoki yasama bo‘ladi.
Tub sifatlar: aq, katta, uzun, qara, yaš, keŋ, ağır. Bunday sifatlar u qadar ko‘p emas: qara: turk. kara, qum. qara, no‘g. qara, qoz. qara, qirg‘. qara, ozarb. gara, tat.qara, chuv. xura;
aq - oq: turk. ak, qum. aq, no‘g‘. ak, qoz. aq, qirg‘. aq, q-qalp. aq, tat. aq, boshq. aq;
yani //yäŋi: no‘g‘. uap, qum. šao, q.-qalp. jana, qoz. jana, uyg‘. šei.
-la, -le, -sar,- ser,- i, -xi affikslari nisbiy sifatlarni yasaydi: virasla “ruscha”, šavašla “chuvashcha” va h.k. Hosil qilingan barcha sifatlar ravish o‘rnida ham qo‘llanishi mumkin.
Sifat yasalishi. Turkiy tillarda sifat yasalishi affiksatsiya, so‘z qo‘shilishi va adyektivatsiya orqali amalga oshiriladi.
Turkiy tillarda sifatlarning qo‘llanishi, ma’lum ma’noda, cheklangan. Bunga sabab otning sifat vazifasida kelishidir: tat. q'sh, '^as “qush uyasi (ini)”, telki mex “tulki mo‘ynasi”, kümüš sağat “kumush soat” kabi.
Yasama sifatlar so‘z yasovchi qo‘shimchalar yordamida hosil qilinadi. Masalan, tatar tilida kyoš so‘ziga -li qo‘shimchasini qo‘shish orqali kyošli “kuchli” sifati yasaladi. “Janjal, urush” ma’nolarini anglatuvchi suğš so‘ziga -šan qo‘shimchasini qo‘shish orqali suğššan “urishqoq”, “janjalkash” sifati hosil qilinadi.
Turkiy tillarda sifat yasovchi qo‘shimchalar quyidagicha:
-lı, -li: qum. tuzlu “tuzli”, no‘g‘. qımli “qumli”, tarlı “astarli”, qaraim. qajğılı “qayg‘uli”, turkm. baqılı “boqimli”. Qozoq tilida - varianti qo‘llanadi: tasti “toshli”.
-q/-ğ, -ığ / -iğ,-g/-k. Bu affiks qadimgi turkiy til davrida keng tarqalgan: ajığ “yovuz”, jılığ “iliq”; qoz.suyıq “sovuq”, beiik “buyuk”. Bu qo‘shimcha tuva, xakas, shor tillarida saqlanib qolgan: tuv. arığ “toza”, čılığ “iliq”, ızıg “issiq”, sook “sovuq”, xak. xatığ “qattiq”, ajığ “achchiq”, čılığ “iliq”, shor. kadığ “qattiq.
Uyg‘ur va o‘zbek tillarida so‘z oxiridagi ğ tovushi q ga almashgan: qattıq “qattiq”. Bu fonetik o‘zgarish boshqa turkiy tillarda ham kuzatiladi: qirg‘. ısıq<ısığ “issiq”, ozarb. jılıq < jılığ “iliq”.
-ğ fonemasining q ga o‘tishi qadimgi sifat shakllarida ham kuzatiladi: - l, - lığ, - lık, -k, -dan; xak. xatğ “qatiq”; tuv. izğ “issiq”; qirg‘. isq, chuv. časq “issiq”. Bu qadimgi shakllar Sibir tillarida ko‘proq saqlangan.
Bir qator turkiy tillarda yasama sifatlar oxiridagi undosh tushib qoladi: no‘g‘. qatıq “qattiq”, turk. katı “qattiq”, sarı “sariq” olt. qatu, tat. esse “issiq”, jılı “issiq”, qum. ıssı “issiq”, jılı “iliq”; q.-qalp. ıssı “issiq”; qoz. sari “sariq”. Qaraim tilida oxiridagi ğ lab-lab w holatida saqlangan: aruw “toza” (arığ so‘zidan).
-lığ //-lig affiksi ham qadimgi turkiy tilda keng qo‘llangan: adalığ “xavfli”, azığlığ “oziqli”, buzluğ “muzli”. Tuva, xakas, shor va tofalar (karagas) tillarida uchraydi: tuv. dağlığ “tog‘li”, xarlığ “qorli”, xak. čilliğ “shamolli”, tofa. mallığ “molli”, quštug “kuchli”, mistig “shoxli”. Uyg‘ur tilida mazkur qo‘shimcha tarkibidagi ğ tovushi q va k tovushlariga o‘tgan: qarliq “qorli”, tašliq “toshli”, tağliq “tog‘li”.
-lığ //-liğ qo‘shimchasi qirg‘iz tilida -lu, -li; -tu, -ti ko‘rinishiga o‘tgan: taštu “toshli”, toqoylu “o‘rmonli”. Oltoy tilida u tovushining cho‘ziqligi saqlangan: qarlu “qorli”, tu:lu “tog‘li”.
-čı //-či: shor. urušču “urushqoq”, olt., shor. qatqıčı “kulgili”.

Download 157,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish