57
3-BOB. PERSONALNI BOSHQARISH TIZIMIDA
BOSHQARUV AUDITI
3.1. Boshqaruv auditining maqsadi va vazifalari
Boshqaruv auditi – bu auditorlik faoliyatining
metodologiyasi va ishlab
chiqilgan ish topshiriqlari asosida boshqaruv jarayoniga zarur tuzatishlarni kiritish
hamda boshqaruv texnologiyalarining haqiqiy samaradorligini aniqlash maqsadida
ularni tadqiq etishdir.
Boshqaruv auditi – bu tashkilotni boshqarishni takomillashtirish jarayonining
axborotga bo’lgan ehtiyojlariga xizmat ko’rsatuvchi diagnostik vosita hisoblanadi.
Ushbu jarayonning quyidagi bosqichlari ajratiladi:
boshqaruv samaradorligining hozirgi holatini baholash;
qisqa muddatli, o’rta muddatli va uzoq muddatli istiqboldagi (statika) va
boshqaruv bo’yicha muayyan faoliyat samaradorligi shaklidagi (dinamika)
samaradorlikni baholash;
tadqiq etilayotgan funkstiyaning haqiqiy holatini normativ,
standart,
tasdiqlangan holat bilan taqqoslash orqali samaradorlikning hozirgi holatidan
normativ holatiga tomon harakatlanish uchun zarur bo’lgan harakatlar rejasini
shakllantirish. Rejani shakllantirish tashkilotni boshqarish amaliyotini kuchaytirish
imkonini beruvchi tadbirlar tarkibini aniqlashni nazarda tutadi. So’ngra
optimallashtirishning turli yo’nalishlarini o’zida birlashtirgan, tashkilotning uzoq
muddatli eng yuqori samaradorligini ta’minlashga yo’naltirilgan
boshqaruvni
takomillashtirish strategiyasi ishlab chiqiladi;
tashkilotni boshqarishni takomillashtirish rejasini amalga oshirish. Audit
natijalari yuzasidan berilgan tavsiyalarni amalga oshirish faoliyatni faqat shartli
ravishda auditorlik faoliyati deb atash mumkin, chunki aksariyat holatlarda u auditor
58
mustaqilligining va diagnostik tadqiqot sohasiga ixtisoslashuvining yo’qotilishini
nazarda tutadi, demak, auditorlik standartlari talablariga javob bermaydi.
Boshqaruv tizimini baholash jarayonida quyidagilar tekshiriladi:
bozordagi vaziyatni nazorat qilish, strategik maqsadni qo’yish va taktik
rejalashtirish tartib-taomillarining kompleksligi;
javobgarlik sohalarining yuqori rahbariyat o’rtasida va funkstional
majburiyatlarning bo’linmalar o’rtasida taqsimlanishi;
xodimlar o’rtasida asosiy biznes-jarayonlarning
bajarilishi doirasida
axborot almashuvi;
mahsulot ishlab chiqarish, yetkazib berish va sotish ishlarini bajarish
standartlarining mavjudligi va sifati.
Boshqaruv auditi inson resurslarini boshqarish samaradorligining tahlili bilan
to’ldirilishi kerak. Ushbu tahlil jarayonida personalni boshqarish tizimi, ya’ni kadrlar
siyosatining boshqaruv tizimiga mosligi darajasi, shu jumladan personalni
rag’batlantirish, korporativ madaniyatni rivojlantirish
mexanizmlari va hokazolar
baholanadi. Shu tariqa personal auditi (kadrlar auditi) yuzaga keldi va dastlab
boshqaruv auditi doirasida, tez orada esa mustaqil ravishda rivojlana boshladi.
Boshqaruv auditining asosiy maqsadi – korxona va uning xodimlarining bozor
sharoitida samarali ishlashga tayyorligi darajasini baholashdan iborat. Ushbu baholash
asosida o’zgarishlarni amalga oshirish dasturi ishlab chiqilib, korxonani boshqarish
tizimini qayta tashkil etish, yangi qadrlarni jalb qilish yoki mavjudlarini qayta
o’qitish uchun zarur bo’lgan xarajatlar hisoblab chiqiladi.
Boshqaruv auditini o’tkazishda quyidagilar baholanadi:
korxonaning
joriy strategiyasi, shu jumladan bozordagi mavqei,
oldinga qo’yilgan strategik maqsadlarning yaxlitligi va tizimliligi, ushbu
maqsadlarning rahbarlar va xodimlar tomonidan tushunilishi, strategik maqsadlarning
amalga oshirilishi;
biznes-jarayon, ya’ni korxonaning har bir mahsulotini (tovari yoki
xizmatini) ishlab chiqarish va sotish jarayoni texnologiyasi. Texnologiyani baholash
biznes-jarayon
asosiy
qismlarining
bajarilishini:
mahsulotning
iste’mol
59
xususiyatlarini tahlil qilish,
uni loyihalashtirish, butlovchi qismlarni xarid qilish,
ishlab chiqarish, sifatni nazorat qilish, sotish va sotuvdan keyin xizmat ko’rrsatish,
mahsulot tannarxini, uning sifatini va narxni shakllantirish metodikalarini tahlil
qilishni o’z ichiga oladi;
korxonani boshqarishning
asosiy funkstiyalarini, shu jumladan bozorni
tahlil qilish, strategik va tezkor rejalashtirish, rejalarning amalga oshirilishini nazorat
qilish va hisobga olish, moliyani taqsimlash va pul mablag’larining harakatini
hisobga olish, kadrlar siyosatini amalga oshirish funkstiyalarini bajarish
texnologiyasi;
kompaniyani boshqarish tuzilmasi, ya’ni biznes-jarayonlarni tashkil etuvchi
tartib-taomillar bilan boshqaruvning asosiy funkstiyalari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik.
Baholash jarayonida boshqaruv modeli, funkstional va sohaviy bo’linmalarga
bo’linishning
aniqligi, ma’muriy bo’ysunish va funkstional o’zaro hamkorlik
tuzilmasi, axborot oqimlari sxemasi hamda ularning boshqaruv strategiyasi va
modeliga mos kelishi tahlil qilinadi;
biznes-jarayonlar va asosiy funkstiyalar tartib-taomillari, boshqaruv
tuzilmalari hamda ularning boshqaruv strategiyasi va modeliga mos kelishi asosida
tashkilot menejmentining samaradorligini oshirish tartib-taomillari va tuzilmalaridagi
o’zgarishlar bo’yicha tavsiyalar tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: