O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A


 Auditorlik faoliyatining tavsifi



Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/112
Sana03.04.2022
Hajmi2,07 Mb.
#526637
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   112
Bog'liq
Personal auditi va nazorati

 
1.3. Auditorlik faoliyatining tavsifi 
Auditorlar tashkilotga rasmiy auditorlik xulosasini tuzish bilan bog’liq bo’lishi 
shart bo’lmagan turli xildagi xizmatlarni ko’rsatishlari mumkin. Nazariyada ular 
ko’pincha mijoz oldiga qo’yilgan maqsadga qarab tizimlarga birlashtiriladi va audit 
turlari deb nomlanadi. Axborotdan foydalanuvchilarga nisbatan tashqi va ichki audit 
ajratiladi. Tashqi va ichki auditning farqli tomonlari jadvalda keltirilgan.
Tashqi auditning maqsadi – buxgalteriya va boshqa hisobotlar to’g’riligining 
kafolatini berishdan iborat. 
Ichki audit (birinchi tomondan audit) tashkilotdagi mavjud menejment 
tizimining samaradorligini baholashning muhim vositasi hisoblanib, tizim faoliyat 
ko’rsatishining uning hujjatlardagi ta’rifiga mos kelishini tekshirishni o’zida 
namoyon etadi. U korxona xodimlari tomonidan yoki uning nomidan o’tkaziladi. 
Bunda auditni tekshirilayotgan bo’linmaning ishi uchun to’g’ridan-to’g’ri yoki 
bilvosita javobgar bo’lmagan xodimlar amalga oshirishadi. 
1.3-jadval
 
Tashqi va ichki auditning farqli tomonlari
 
Element
Ichki audit 
Tashqi audit
Obyekt
Rahbariyat 
tomonidan 
belgilanadi 
Shartnoma 
asosida 
belgilanadi 
Personal malakasi 
Ma’muriyat 
tomonidan 
belgilanadi. 
Mustaqillik 
chegaralangan 
Tashkilotlar 
tomonidan 
qat’iy talablar qo’yiladi. 
Keng mustaqillik
Usullari
Qo’llaniladigan usullarda katta o’hshashlik mavjud. 
Tekshiruvlarni detallashtirish va olinishi zarur bo’lgan 
ma’lumotlarning aniqlik darajasida farqlar bo’lishi 
mumkin. 
Maqsadlar 
Rahbariyat 
tomonidan 
belgilanadi yoki dasturdan 
kelib chiqadi 
Sud 
instanstiyalaring 
qonun 
hujjatlaridan, 
hamda 
tashqi 
ehtiyojlardan 
kelib 
chiqadi 
Hisobot 
Rahbariyat oldida 
Uchinchi shaxslar oldida 


26 
Auditlar dasturi audit qilinishi lozim bo’lgan jarayonlar va uchastkalarning 
maqomi va muhimligini hamda avvalgi auditlar natijalarini hisobga olgan holda 
rejalashtirilishi kerak. Auditlar mezonlari, o’tkazish vaqti va usullari, ularni qo’llash 
sohalari belgilab olinishi zarur. Auditotlarning tanlanishi va auditlarning o’tkazilishi 
audit jarayonining obyektivligini va holisligini ta’minlashi lozim. Auditorlar o’zining 
shaxsiy ishini tekshirmasligi kerak. 
Tekshirilayotgan 
faoliyat 
sohasi 
uchun 
mas’ul bo’lgan rahbariyat 
harakatlarning aniqlangan nomuvofiqliklar va ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni 
bartaraf etish muddatlarini ortiqcha cho’zmagan holda qo’llanilishini ta’minlashi 
lozim.
Ichki auditning asosiy obyektlari – boshqaruvning alohida funkstional 
vazifalarini hal etish, korxonaning axborot tizimlarini ishlab chiqish va tekshirishdan 
iborat. Ichki audit obyektlari iqtisodiy subyektning o’ziga xos xususiyatlari va uning 
rahbariyati va (yoki) mulkdorlarning talablariga qarab farq qiladi. Iqtisodiy subyekt 
tuzilmasi bo’g’inlari faoliyatining samaradorligini oshirish nazorat qilish usullaridan 
biri hisoblangan ichki audit mustaqil ham bo’lishi, ya’ni korxonaning ijro etuvchi 
organiga emas, balki tashqi muassislarga bo’ysunishi mojet. 
Korxonada turli ixtisosliklar bo’yicha yuqori malakali mutaxassislar bilan 
ta’minlangan maxsus ichki audit boshqarmasi tashkil etililishi mumkin. Bunda ichki 
audit boshqaruvning murakkab tarkiblangan muammoli masalalarini hal etadi 
(vazifalarning standart ro’yxatidan tashqari). Jahon boshqaruv amaliyotida so’nggi 
yillarda ichki auditning hajmi sezilarli darajada oshdi. Ichki mutaxassislar 
tashkilotdagi ichki o’zaro munosabatlar va aloqalarning murakkab tizimini chuqur 
bilishni talab qiluvchi muammolarni hal etish uchun afzalroq hisoblanishadi. Yirik 
tashkilotlarda ichki audit xizmatini shakllantirish keng tarqalgan. Ichki auditni 
rivojlantirish sabablari: 

faoliyatning bajarilishini takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish 
sa’y-harakatlarini amalga oshirishda auditorlik yondashuvi samaradorligi, uning 
texnik va metodologik ustunliklarining tan olinishi; 


27 

xizmatlar ko’rsatish professionalizmi va obyektivlik darajasini boshqarish 
imkoniyati; 

ichki auditning qulayligi – u tashqi audit kabi qimmat emas. 
Mutaxassislarni tashkilotda to’liq ish bilan ta’minlash imkoniyati mavjud bo’lgan 
hollarda, ularning xizmatlari 30-50 foizga arzon. Ichki mutaxassislar xizmatlari 
hamma vaqt talab etilishi mumkin; 

ichki auditorlarning tashkilotdagi vaziyat, boshqaruv va ish uslubi
madaniyat va siyosatning chuqur bilishi: 

tashkilotga ichki audit bo’yicha bo’linmalar personali orqali o’ziga 
nisbatan alohida boshqaruv yondashuvini talab qiluvchi yuqori malakali 
mutaxassislarning jalb qilinishi. 
Mavjud farqlarga qaramasdan ichki va tashqi audit bir-birini to’ldiradi, ular 
o’rtasida qisman mos kelish sohalari mavjud. Ichki auditorlarning ko’plab 
funkstiyalari taklif etilgan mustaqil auditorlar tomonidan bajarilishi mumkin; ko’plab 
vazifalarni hal etishda ichki va tashqi auditorlar bir xil usullardan foydalanishlari 
mumkin. Farq faqat ushbu usullarni qo’llashning aniqlik darajasida. 
Ichki mutaxassislar xizmatlari tashqi auditning o’rnini bosa olmaydi. Turli 
boshqaruv vaziyatlarining juda boy tajribasi bilan ta’minlanib, professional sifatida 
maslahatchi ishining maxfiyligi bilan tavsiflanuvchi professionalizm va holislik 
(mustaqillik) tufayli tashqi audit hamma vaqt afzal ko’riladi. 
Tashqi audit korxonaga nisbatan tashqi bo’lgan tashkilotlar – mahsulot 
buyurtmachilari, yoki, masalan, sertifikastiyalovchi organlar tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Tajribada auditning quyidagi shakllari qo’llaniladi: 
• belgilangan standartga mos kelish bo’yicha to’liq audit; 
• korxonaning qaysidir bir faoliyatiga tegishli bo’lgan qisman audit;; 
• shartnomani imzolashga bir nechta talabgorlar mavjud bo’lganda buyurtmachi 
tomonidan o’tqaziladigan yordamchi audit;
• shartnoma talablarini bajarilishiga rioya qilinayotganligini tekshirishga oid 
audit. 


28 

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish