O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A



Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/112
Sana03.04.2022
Hajmi2,07 Mb.
#526637
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   112
Bog'liq
Personal auditi va nazorati

 
1.2-jadval 
Auditning maqsadi va vazifalari 
Davrlar
Audit maqsadi 
Usullari
Birinchi davr — tarixining 
boshlanishi (1850 
yilgacha) 
Ishlarning samaradorligini 
aniqlash, suiste’molni 
oldini olish 
Xo’jalik faoliyatidagi 
dalillarni har tomonlama 
tekshirish 
Ikkinchi davr — auditning 
paydo bo’lishi 
(1850-1905 yy.) 
Suiste’mollarni aniqlash 
Haqiqat bo’yicha 
tekshirish (ayrim 
holatlarni test sinovidan 
o’tqazishni ham o’z 
ichiga olgan holda) 
Uchinchi davr—kasbning 
shakllanishi 
(1905-1933 yy.) 
Mijozning moliyaviy holati 
to’g’ri aks etganligini 
aniqlash 
Asliga va mos kelishiga 
tekshirish 
To’rtinchi davr — 
auditorlik kasbining paydo 
bo’lishi 
(1933-1940 yy.) 
Mijozning moliyaviy holati 
to’g’ri aks etganligini 
aniqlash; kamchilikni 
topish 
Test o’tqazish 
Beshinchi davr — xozirgi 
holat (1940 yildan 
xozirgacha) 
Ichki nazoratning 
samaraliligini aniqlash 
Tekshirishlar jarayonini 
standartlashtirish 
Manba: Основы аудита / Под ред. проф. Я. В. Соколова. Сщ: Бухгалтерский 
учет, 2000. 
Firmaning funkstional faoliyati bilan bog‘liq tashkiliy-iqtisodiy muammolar 
yig’indisi yoki bir muammo audit predmeti bo‘lishi mumkin. Bu moliyaviy-xo’jalik 
faoliyati, menejment, ijtimoiy-mehnat sohasi muammolari va h.k.
Audit – tijorat faolligi turi – maslahat berishdan farqli o’laroq o’zining tijorat 
muvaffaqiyatini auditorlik faoliyati tamoyillariga qat’iy amal qilgan holda 
ta’minlaydi. Tarixan professional audit maslahat xizmatlarining rivojlanishi
oqibatida shakllana boshladi. Maslahatchilar standartlar, normativlar, metodikalar, 
ko’rsatmalar, normalar va qoidalarni hisobga oladi, auditorlar esa ularga qat’iy amal 
qiladi.
Maslahat berish – bu «vazifa yoki vazifalar seriyasining mazmuni, jarayoni 
yoki tarkibi nuqtai nazaridan yordam berishning har qanday shakli bo’lib, unda 


16 
maslahatchining o’zi vazifalarning bajarilishi uchun javob bermaydi, balki bunga 
mas’ullarga yordam beradi». 
Boshqaruv maslahati – bu «shartnoma bo’yicha ishlovchi va tashkilotlarga 
maxsus o’qitilgan va malakali shaxslar yordamida xizmatlar ko’rsatuvchi maslahat 
berish xizmati bo’lib, bunda mazkur shaxslar buyurtmachi tashkilotga boshqaruv 
muammolarini aniqlash, ularni tahlil qilishga yordam beradi, ushbu muammolarni hal 
etish yuzasidan tavsiyalar beradi, va zarur hollarda qarorlarning bajarilishiga 
ko’maklashadi». 
Agar auditor – bu belgilangan tartibda attestastiyadan o’tgan shaxs bo’lsa, 
O’zbekiston konsaltingi sohasida maslahat berish faoliyatini sertifikatlash borasida 
endigina dastlabki qadamlar tashlanmoqda.
Maslahatchi ishi muvaffaqiyati va samaradorligining asosiy mezoni – 
mijozning o’z tashkiloti doirasida qandaydir boshqaruv qarorining amalga 
oshirilishiga bo’lgan ehtiyojining qondirilishi darajasi. Bunday qaror amalga 
oshirilishi uchun maslahatchining tavsiyalari sifatli bo’lishi va kamida o’z mijoziga 
ziyon yetkazmasligi kerak.
Nazorat – bu «qabul qilingan boshqaruv qarorlarining asosliligi va 
samaradorligini baholash, ularning amalga oshirilish darajasini, chetga chiqishlar va 
noqulay vaziyatlar mavjudligini aniqlash maqsadida boshqariladigan obyektning 
faoliyatini kuzatish va tekshirish tizimini o’zida namoyon etuvchi boshqaruv 
funkstiyalaridan biri bo’lib, bunda ushbu chetga chiqishlar va noqulay vaziyatlar 
haqida ishlarning ahvolini yaxshilash choralarini ko’rishga qodir bo’lgan vakolatli 
organlarni o’z vaqtida xabardor qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi». Ma’muriy, 
texnik, xo’jalik, moliyaviy, iqtisodiy, ekologik nazorat turlarini ajratish mumkin. 
Auditorlik xizmatiga bo’lgan barqaror talabning mavjudligi axborot 
tavakkalchiligining mavjudligi bilan belgilanadi. Moliyaviy audit uchun «axborot 
tavakkalchiligi – bu kompaniya tomonidan e’lon qilinadigan moliyaviy hisobotlarda 
yolg’on yoki noaniq ma’lumotlarning mavjud bo’lishi ehtimoli. Auditor e’lon 
qilinadigan moliyaviy axborotni tasdiqlashi lozim; bu foydalanuvchilarga axborot 
tavakkalchiligi katta emasligiga umid qilish imkonini beradi». Moliyaviy axborot 


17 
foydalanuvchilari tomonidan qabul qilinadigan qarorlar juda katta oqibatlarga olib 
kelishi mumkin. Bu moliyaviy hisobotlar orqali olinadigan axborotning to‘g‘riligi va 
to’liqligiga nisbatan mutlaq talablarni qo’yadi.
Ishonchli axborotga bo’lgan huddi shunday ehtiyoj va uni mustaqil 
auditorlarning ishi bilan qondirish imkoniyati boshqaruv qarorlarini qabul qilishning 
boshqa sohalarida ham mavjud. Agar axborot ishonchli (to‘g‘ri) bo‘lsa qabul 
qilinadigan qarorlar to‘g‘ri bo‘lishi, ya’ni vaziyat sharoitlariga mos kelishi mumkin. 
Keng ma’noda ishonchli axborot (masalan, tijorat tashkilotining moliyaviy hisoboti) 
obyektning (tadqiq etilayotgan predmet nuqtai nazaridan) vaziyat omillari bilan 
munosabatlarining tizimliligini ochib berib va uning asosida boshqaruv qarorlarini 
qabul qilish imkonini bergan holda tekshirish obyektining uning predmettga nisbatan 
holatini tavsiflaydi.

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish