Auditni o’tkazish tamoyillari.
Standartlarga amal qilishdan tashqari,
auditorlik faoliyati quyidagi asosiy tamoyillarga bo’ysunadi.
1. Xatti-harakat etikasi. Insoniy etika talablari bilan bir qatorda auditorlar
professional etika talablariga ham amal qilishlari lozim, unga quyidagi qoidalar misol
bo’ladi:
majburiyatlar (o’z majburiyatlarini bajarishda yuksak professional va ahloq
tamoyillarini namoyon etish darkor);
jamiyatning manfaatlari (jamiyatning ishonchini oqlagan holda uning
manfaatlari yo’lida harakat qilish majburiyatini o’z zimmasiga olish va yuksak
professionalizmni namoyish etish lozim);
halollik (o’zining professional majburiyatlarini halol bajarish);
holislik va mustaqillik (professional majburiyatlarni bajarishda holislikni
saqlab qolish va manfaatlar to’qnashuvidan holi bo’lish, ham rasmiy jihatdan, ham
amalda mustaqil bo’lish zarur);
kerakli e’tibor (professional majburiyatlarni bajarishda texnik va etik
(odob-ahloq) professional standartlarga amal qilish, xizmatlar sifatini doimiy
ravishda yaxshilashga intilish, o’zining barcha professional qobiliyatlaridan
foydalanish darkor);
xizmatlar hajmi va turlari (ularni belgilashda standartlar talablariga amal
qilish lozim).
2. Mustaqillik. Audit nazariyasi va amaliyotida mustaqillik – bu fikr-
mulohazalarning obyektivligi va insofliligi. Auditorlar professional maqomining
jamiyat tomonidan tan olinishi ularning mustaqilligiga asoslangan. Mustaqillik
auditning samaradorligini ta’minlash uchun zarur. Auditor har qanday vaziyatni
baholash imkoniyatiga ega bo’lishi, haqiqatni aytishi, mijozining manfaatlariga
21
qanday ta’sir etishi mumkinligi to’g’risida o’ylab o’tirmagan holda u nima qilishi
kerakligi borasida halol va obyektiv tavsiyalarni taklif qilishi shart.
Auditning mustaqilligi quyidagilar orqali ta’minlanadi:
moliyaviy mustaqillik – auditor o’z ishini oldindan kelishilgan munosib
haq evaziga professional tarzda bajaradi. Samarali auditorlik faoliyatining tajribasi
shuni ko’rsatmoqdaki: mijozdan moliyaviy qaramlikka tushib qolmaslik kerak,
chunki bu ko’rsatiladigan xizmatlarning sifatini, ularning obyektivligini va
professionalizmni pasaytiradi hamda auditorning bozor pozistiyalariga salbiy ta’sir
ko’rsatadi;
ma’muriy mustaqillik – auditorning mijozning ma’muriy qarorlaridan
mustaqilligi va unga bo’ysunmasligi;
siyosiy mustaqillik – siyosiy hokimiyat, aloqalar va ta’sir etishning shunga
o’xshash usullaridan foydalangan holda auditorning qarorlariga ta’sir etib bo’lmaslik;
emostional mustaqillik – auditorning tashkilot vakillariga – mijozga
bo’lgan hissiyotidan qat’i nazar uning uzoqlikni saqlab qolish.
3. Professionalizm – bu auditorga professional xizmatlarni malakali tarzda va
sifatli ko’rsatish imkonini beruvchi bilimlar va ko’nikmalarning zarur hajmiga ega
bo’lishning majburiyligi.
Auditor insonlar bilan muloqotda bo’lish va tajriba almashish, baholanayotgan
faoliyat bilan bog’liq muammolarni aniqlash va hal etish, zarur axborotni topish,
tahlil va sintezni amalga oshirish, o’zgarishlarni rejalashtirish, ishni takomillashtirish
yuzasidan takliflar ishlab chiqish, o’zgarishlarga ko’rsatiladigan qarshilikni engish,
yanada takomillashgan usullarni yoyishda yordam berish kabi ishlar uchun
ko’nikmalarga ega bo’lishi lozim. Auditorlik tashkiloti tayyorlangan, professional
bilimlarni egallagan mutaxassislarni jalb etishi va auditning malakali o’tkazilishini
ta’minlash uchun ular ishining sifatini nazorat qilishi zarur. Auditorlik tashkiloti
o’zining professional vakolatlari doirasidan va auditorlik faoliyatini amalga oshirish
uchun berilgan listenziyalarga muvofiq vakolatlari doirasidan tashqariga chiqadigan
xizmatlarni ko’rsatmasligi darkor.
22
Tekshirish rejasini tuzish chog’ida auditor vazifalarning muayyan guruhlarini
hal etishni nazarda tutgan holda huquqiy hujjatlarga amal qilishi lozim.
1. Auditor boshdanoq auditning ijobiy natijasini nazarda tutishi kerak. Har safar
ishga kirishayotganda auditor tekshirish obyekti unga nisbatan qo’yiladigan talablarga
muvofiq tashkil etilgan va ishlab turibdi degan taxmindan kelib chiqishi kerak.
2. Auditor o’zining butun xatti-harakati bilan audit qilinayotgan bo’linma
xodimlariga u o’zining asosiy vazifasini nomuvofiqliklarni aniqlashda emas, balki
ishonchli dalillarni to’plab, audit qilinayotgan obyektning holati haqida obyektiv
xulosa berishda ko’rishini namoyon etishi darkor. Bunday yondashuv auditorning
ishiga audit qilinayotgan bo’linma xodimlari tomonidan bildiriladigan ishonchning
ortishiga xizmat qiladi va unga audit qilinayotgan obyektning holati haqidagi
axborotning taqdim etilishidagi katta ochiqlikni ta’minlaydi.
3. Auditor audit qilinayotgan bo’linmaning xodimlarini auditni o’tkazish
bo’linma uchun foydali ekanligiga ishontira olishi lozim.
Shundan kelib chiqqan holda, auditor shuni isbotlab berishi kerakki, audit
jarayonida aniqlangan har bir nomuvofiqlik sabablarining bartaraf etilishi audit
qilinayotgan bo’linmaning faoliyati yaxshilanishiga xizmat qiladi. Auditorning ushbu
vazifasi qanchalik muvaffaqiyatli hal etilsa, uning audit qilinayotgan bo’linma
xodimlari bilan o’zaro hamkorligi shunchalik samarali bo’ladi.
4. Audit predmeti – uni amalga oshiruvchi xodimlar emas, balki faoliyatning
o’zi. Auditor nomuvofiqlik va ularning aybdorlarini emas, balki faktlarni qidiradi. U
xodimlarning shaxsiy fazilatlari va kamchiliklarini emas, balki o’sha faktlarni tahlil
qiladi va baholaydi. Shunga ko’ra auditor u yoki bu shaxslarning xatti-harakatini
muhokama qilishga va aniqlangan nomuvofiqliklarda ularning aybdorligi darajasini
aniqlashga kirishmasligi kerak.
5. Auditor tinglay olishi kerak. Aslida, bu uning eng muhim qobiliyatlaridan
biri. Sharqning donishmandligi shunday deydi: «Haqiqat so’zlovchining og’zida
emas, balki tinglovchining qulohida». Hamsuhbatni diqqat bilan tinglagan holda,
auditor nafaqat undan o’ziga zarur ma’lumotni oladi, balki suhbatdoshni o’ziga moyil
qilgan holda unda ishonch hissini uyg’otadi. Mazkur holatda auditor suhbatdoshni
23
guyoki «ochadi» va undan eng muhim ma’lumotlarni oladi. Tinglay olish olingan
ma’lumotni tahlil qilish, o’z miyasini ortiqcha ma’lumotlar bilan yuklanishdan saqlash
qobiliyatini ham o’z ichiga oladi. Shu bilan birga, audit qilinayotgan xodimlarga
ma’lumot berishda auditor ular ichida tinglay olmaydigan insonlar ham bo’lishi
mumkinligini nazarda tutishi lozim.
6. Muloqot chog’ida auditor e’tiborini suhbatdoshining so’zlariga to’liq
qaratishi kerak. Suhbatdoshning uzoq cho’ziladigan yoki o’ta muhim ma’lumotlarini
to’g’ri tushunayotganligiga ishonch hosil qilish uchun oxirigacha tinglash va xulosa
yasash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu suhbatdoshni noto’g’ri tushunish bilan
bog’liq anglashilmovchiliklarning oldini olish va unga u so’zlayotgan narsalar
auditorda qiziqish uyg’otayotganligini ko’rsatish imkonini beradi. Auditor
suhbatdoshni so’zlar bilan ham, imo-ishoralar bilan ham qo’llab-quvvatlab turishi
kerak. Auditor suhbatdoshining sukut saqlashidan qo’rqmasligi kerak. Suhbatdoshga
o’ylab olishga vaqt berish va yuzaga kelgan pauzadan suhbatdoshga uning
ma’lumotlari qiziqish uyg’otayotganligini va ko’proq narsa bilish ehtiyoji mavjudligini
bildirish uchun foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
7. Auditor suhbatni (so’rovni) oldindan o’ylab qo’yilgan reja asosida kerakli
izga yo’naltirishi lozim. U suhbatdoshning fikrlarini chalg’itadigan vaziyatga yuzaga
kelishiga yo’l qo’ymasligi kerak. Buning uchun suhbatni boshqa mavzularga
chalg’imagan holda aniq yuritish, umumiy iboralarga yo’l qo’ymaslik darkor. Vaqti
vaqti bilan qisqacha tanaffuslar qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi, bunda
bo’shishib olish, ishga taalluqli bo’lmagan narsalar haqida so’zlashish mumkin.
8. Audit qilinayotgan bo’linmaning xodimlari bilan muloqot qilish chog’ida
auditor hech qanday emotsional “to’lg’onishlarga” yo’l qo’ymasligi lozim. Har
qanday vaziyatlarda hissiyotlarga berilmagan holda xotirjamlikni va ishga taalluqli
suhbat yo’sinini saqlash zarur. Suhbatdoshning bahonalari yoki tajangligiga chidash
kerak, hamda o’zi tomonidan tajavuzkorlikning ham oldini olish lozim.
Hatto o’ta g’azablanish onlarida ham o’zi tomonidan iltifotsiz imo-ishoralar
qilinishiga yo’l qo’ymaslik zarur. Hatto suhbatdosh yaqqol nohaq bo’lib, o’z nuqtai
nazarida qat’iy turishda davom etgan taqdirda ham u bilan ochiqcha va qupol
24
bahslashishga kirishish mumkin emas: psihologlarning ta’kidlashlaricha, emotsional
tortishuv hech kimni ishontirmaydi, balki faqatgina bahslashuvchilarning
g’azablanishiga olib keladi va muloqotni boshi berk ko’chaga yo’naltiradi.
9. Auditor audit qilinayotgan bo’linma xodimlarining e’tiborini faqat audit
jarayonida aniqlangan salbiy holatlarga qaratmasligi darkor. Tekshirilayotganlarni
ishlarni yaxshilashga undovchi motivlardan bebahra qoldirmaslik uchun ijobiy
jihatlarni ham ta’kidlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
10.
Aniqlangan
nomuvofiqliklarning
ahamiyatini
baholashda
auditor
professionallar fikriga quloq tutishi lozim. Eng asosiysi – nomuvofiqlikning
ahamiyatini baholash emas, balki uning o’zini aniqlashdir. Shubhali holatlarda esa
aniqlangan nomuvofiqlikni uning ahamiyatini baholamagan holda qayd etish lozim.
11. Audit qilinayotgan xodimlar bilan muloqot qilayotganda auditor
xayrixohlik va hamkorlik muhitini yaratishi zarur. Hech qachon xodimlarga nisbatan
o’zining mustaqilligini namoyon etmaslik darkor, bu uzoqlashish va beparvolik
sababi bo’lishi mumkin. Aksincha, o’zi bilan xodimlar o’rtasidagi umumiy kasbiy
manfaatlarning paydo bo’lishiga va chuqurlashuviga har tomonlama ko’maklashish
lozim. Fikran o’zini audit qilinayotgan shaxsning o’rniga qo’yish va hamisha hech
kim bu rolda bo’lishni istamasligini yodda tutish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
12. Auditor o’zining bilimdonligini atayin namoyon etmasligi yoki
suhbatdoshni imtihondan o’tkazmasligi kerak.
13. Auditor o’z suhbatdoshlarini to’g’ri yechimlarni topishga undashi lozim.
Bunga yo’l qo’yilgan hatolarni tushuntirish orqali erishiladi. Suhbatdoshlarni to’g’ri
yechimlarni topishga undagan holda auditor nafaqat ularning ko’zi o’ngida o’z
obro’sini oshiradi, balki audit audit qilinayotgan bo’linma uchun foydali degan
g’oyani tasdiqlaydi. Agar auditor tortishuvning oldini ololmasa, u vazminlikni saqlab
qolishi, kasbiy bilimlar va qat’iy ishonchni namoyon etishi darkor.
14. Auditor barcha ishonarli narsalarni tan olishi va ma’qullashi lozim.
Gumondorlik, shubhalar auditor baholarining obyektivligidan ustun turmasligi kerak.
Auditor tomonidan norasmiy tartib-taomillarning samaradorligi aniqlangan barcha
25
holatlarda ushbu taomillar ma’qullanishi va kerakli tarzda hujjatlartirish uchun
tavsiya qilinishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |