Agar Jannatga kirish niyatingiz bo‘lsa



Download 30 Kb.
Sana23.09.2021
Hajmi30 Kb.
#182166
Bog'liq
Agar Jannatga kirish niyatingiz bo‘lsa...


Agar Jannatga kirish niyatingiz bo‘lsa...

O’ziga ibodat qilishdan so’ng eng suyukli amal bo’lgan ota-onaga yaxshilik qilishga amr etgan Alloh taologa hamdu sanolar, nabiyyimiz Muhammad Mustafoga salavotu salomlar bo’lsin.

Ota-onaga yaxshilik qilish Alloh taologa yaqinlashtituvchi eng avzal amallardan hisoblanadi. “Parvardigoringiz yolg’iz Uning O’ziga ibodat qilishlarizni va ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning (ota-onagizning) birlari yoki har ikkisi sening qo’l ostingda keksalik yoshiga yetsalar, ularga “Uff”, dema va ularning (so’zlarini) qaytarma! Ularga (doim) yaxshi so’z ayt!” (Isro surasi, 23-oyat).

Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytdilar:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan “Allohga eng suyuqli amal qaysi deb?” so’radim. U zot: “O’z vaqtida o’qilgan namoz”, dedilar. Men: “So’ng qaysi?” dedim. U zot: “Ota-onaga yaxshilik qilish” dedilar. Buxoriy rivoyat qilgan.

Farzand ota-onaning e’tiqodi qanday bo’lishidan qat’iy nazar ­­­­­­­­– u kofir, mushrik bo’ladimi, e’tiqodi buzuq bo’ladimi – baribir, farzand sifatida ularga yaxshilik qilish farzdir.

Oʻzbek shoiri va mutafakkiri, tasavvuf adabiyotining yetuk namoyandasi Boborahim Mashrab shunday deydilar:



Kechayu-kunduz agar Qur’on tilovat aylasang,
Sha’bi ro`z aylab mudom, taqvo-yu toat aylasang,
Misli Hotamdek bo`lib, hayru-sahovat aylasang,
Ka’bai maqsudni ming yo`l birla ziyorat aylasang,


To padar rozi emas – tavbang qabul bo`lmas seni,
Bas yaqin bilgin, Xudoyim ham demas bandam seni.


Urva roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Abu Hurayra roziyallohu anhu ikki kishini ko’rdi va ularning biriga: “Bu senga kim bo’ladi?” dedi. Shunda u: “Otam”, dedi. Abu Hurayra: “Uni ismi bilan chaqirma. Uning oldida yurma. Undan oldin o’tirma”, dedi” Buxoriy “Adabul mufrad” da rivoyat qilgan.

Shuningdek, ulamolarimiz farzand ota-onasi huzurlarida quyidagi odoblarga ham roiya qilishi lozimligini tavsiya qiladilar:


  • Ularning xonalariga iznsiz kirmang.

  • Ularning huzurlariga kirishda munosib vaqtni hisobga oling! Bemavrid, o’zingiz xoxlaganda kirib ozor berib qo’ymang! Botinib sizga ayta olishmasa-da, o’zlariga yoqmasligi mumkin.

  • Agar uxlab yotishgan bo’lishsa, zaruriyatsiz bezovta qilmang.

  • Kirishdan oldin, albatta, telefonni o’chirib qo’ying.

  • Albatta, salom bering va chiroyli so’zlar bilan hol so’rang.

  • Ularning sizga qilgan yaxshiliklarini eslatib, bo’rttirib maqtab, xursand qilib turing.

  • Iznsiz o’tirmang va o’tirganda ularning o’rinlariga o’tirmang. Oyoq uzatib, yonboshlab ham o’tirmang.

  • Ulardan oldin gap boshlamang. Izn bo’lganda ovozni balandlatmasdan muloyimlik bilan gapiring va ularning gaplarini bo’lmang.

  • Ularga tez-tez imkon boricha hadya berib turing, oz-ko’pligining farqi yo’q. Asosiysi, ularga bo’lgan e’tibor, bundan ularning ko’ngillari tog’day ko’tariladi.

  • Ularning yonida telefonni o’ynamang va unda gaplashmang. Zarurat bo’lganda iznlari bilan tashqarida gaplashing.

  • Dasturxon ustida ulardan oldin qo’l uzatmang!

  • Yaxshi narsalarni birinchi bo’lib ularga ravo ko’ring!

  • Dasturxon ustida ularga xizmat qilishga oshiqing. Aslo ularni ximatga qo’ymang. “Choy quyvoring” yoki “qoshiqni uzatvoring” kabi so’zlar bilan bo’lsa ham odobsizlik va behurmatsizlik qilmang.

  • Ular huzuridan chiqishda izn so’rang va, albatta, duolarini oling!

  • Ularning yonida juda ko’p o’tirmang! Malollanib ko’ngillari ranjib qolishi va sizga ayta olishmasa-da, o’zlariga yoqmasligi mumkin. Ayniksa, yoshlar, mana shu odobga, albatta, rioya qiling. Ustozlar, buvi-buvalar va ota-onalar huzurlarida iloji boricha ko’p qolib ketmang.

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo aytadilar:

Ota-onaning yig’lashi oq bo’lish va kabira gunohlardandir” Buxoriy rivoyat qilgan.



Farzand ota-ona bilan muomala qilishda quyidagi odoblarga roiya qilish zarur:

  • gaplashganda ovozni balandmaslik;

  • xo’mrayib tik boqmaslik;

  • gaplashganda qo’lni ko’tarmaslik;

  • gaplarini bo’lmaslik;

  • gaplari noto’g’ri bo’lsa ham jerkib bermaslik;

  • muammo va tashvishlarni aytib bezovta qilmaslik;

  • ko’ngligi ranjiydigan xabarlarni aytmang, ayniqsa, betob bo’lsa. “Falonchi olamdan o’tdi” kabi;

  • kamchiliklarini yuziga solib ranjitmang;

  • gunoh bo’ladigan xatolari bo’lsa, muloyimlik bilan tushuntiring;

  • ular bilmagan din ahqomlarini muloyimlik bilan, jerkimasdan o’rgating;

  • ular yonida bolalaringizga qattiq gapirib, urib-so’qmang.

Salafi solih zotlardan birlari bir yigitga nasihat qila turib, shunday dedilar: “Shuni yaxshi bilingki, qachon ota-onang sen bilan gaplashishganda “Achchig’I chiqib qolmasmikin” yoki “bezovta qilib qo’ymasmikinman”, deb hadiksirab gaplarini o’ylab, saralab gapirishga o’tishsa, senga yoqadigan gapni topib gapirishga urinishsa, demak, sen ularga oq bo’libsan”.

Ota-onaga ximat qilish, ularga yaxshilik qilish, e’zozlash jannatga kirish uchun eng katta vosita.
Download 30 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish