8
O‘rta asrlardan boshlab dastlab Rim imperiyasining mustamlakasi
bo‘lgan G’arbiy Yevropadagi ko‘p davlatlar jahonda sodir bo‘layotgan
axloqiy jarayonlarning faol ishtirokchilariga aylana boshladi. O‘rta asrdagi
dunyoqarash uchun kishi va tabiat yaxlitligi birinchi o‘ringa chiqdi. Ular
Parvardigor tomonidan yaratilgan bo‘lib, abadiy va doimiydir.
Barcha
ijtimoiy rollar inson yorug‘ dunyoga kelmasdan oldin belgilanib bo‘lingan.
Huquq va axloq bir-biriga mos tushgan, degan ta’limotlar oldinga suriladi.
Bu ta’limotga ko‘ra barcha kishilar Alloh oldindan belgilab bergan
ishlar bilan mashg‘uldir, ularning faoliyati tabiat maromiga qo‘shilib
ketgan. Kishi va buyumlar Xudo tomonidan yaratilgan, yashash uchun
yo‘qlikdan barpo etilgan. Hukm qilish faqat Xudoning izmida va ja-
miyatga nisbatan bu kuch tashqaridan qo‘llaniladi. Dunyoqarashning
asosi tarki dunyodir. Choriyor kitoblarining birinchisidagi (“Ветхий
завет”) mo‘jizalar markaziy mo‘jiza bo‘lmish yakuniy va tasodifiy
voqeliklarga doimo va shartsiz ravishda
aralashishga tayyorgarlik
atrofida joylashgan.
1
Unga ko‘ra, kishi mustaqil taqdirga ega bo‘lmagan
mavjudot bo‘lganligi tufayli xo‘jalik faoliyati ham aniq hayotdan
uzoqlashtirilmagan edi. Hayot esa tasodiflardan forig‘, abadiylik va oliy
ma’noga ega bo‘lgan tushuncha edi. Arastuning ilmiy ishlariga xristian-
lik nuqtayi nazaridan izoh bergan o‘rta asrning mashhur faylasufi Foma
Akvinskiy (1225-1274) insonning jonini dunyoning markazi, vujudsiz,
ilohiy tuzilmalardan farqli ravishda materiyada namoyon bo‘ladigan
shakl deb talqin qilgan. Kishi faol harakat qilish imkoniyati, tashqi
sezgilari yordamida boshqa moddiy shakllarni bilish qobiliyatiga ega.
Foma
Akvinskiyning fikricha, narsalar Xudoga tegishlidir, inson esa
ulardan foydalanadi, xolos. Shuning uchun xo‘jalik yuritish jarayonida
kishilar o‘rtasida sodir bo‘layotgan almashuvlar haqqoniy bo‘lishi lozim.
Aksincha hollarda inson gunohga botadi.
Keyinchalik G’arb cherkov mafkurachilari sotuvchiga o‘z tabaqasi
doirasida yashashga imkon beruvchi va tovar
ishlab chiqarishga ketgan
mehnat miqdorini aks ettiruvchi “haqqoniy narx” nazariyasini yaratdilar.
Katolik mansabdorlar turli xil tovarlarga qat’iy narxlar belgiladilar. Bu
narxlarga sotuvchi va xaridorlar rioya qilishlari majburiy edi. Sudxo‘rlik
ilohiy qonunchilikda taqiqlangan edi. U XVI asrgacha o‘z kuchini
saqlab keldi va Reformatsiya davrida bekor qilindi.
Olam markazida inson qalbi bo‘lishi g‘oyasi Tiklanish va Yangi
davrda yanada rivojlandi. Shaxsga sig‘inish keng quloch yozdi. Xoch
1
Аверенцев С.С. Поэтика ранневизантийской литератури. – M.: 1977.
9
yurishlari davrida Yevropa xo‘jalik hayotida katta o‘zgarishlar yuzaga
kela boshladi. O‘rta yer dengizi va Qora dengiz sohili davlatlari bilan
Sharq aloqalari o‘rtasida savdo-sotiq munosabatlari keng rivojlana bosh-
ladi. G’arb mamlakatlari o‘rtasida tovarlar almashinishi jadallashdi.
Yevropaga yangi texnik bilimlar olib kirildi.
Insonning shu davrgacha bo‘lgan mavhum turg‘un siymosi o‘zgara
boshladi. Rassomchilik san’atida portret bilan o‘xshashliklar (avliyo va sha-
hidlar zamondoshlardek tasvirlanishi), muallif va tomoshabinni surat mar-
kazida, uning ishtirokchisi etib tasvirlovchi rassomlik san’atining
jozibasi,
an’ana doiralaridan chiqib ketgan, qotib qolgan tushunchalarni rad etgan
nasrning erkin tili yangi, o‘ziga xos davr kelganligi, inson dunyosi indi-
vidual
ekanligi, uning takomillashish imkoniyatlari cheksizligidan dalolat
berar edi. Shu davrda Yevropada dunyo va insonni o‘zgartirish fikri yuzaga
keldi. XVI asrda ishlab chiqarishning rivojlanishi yuqori pallaga chiqqanda
Yevropa fanida tajribani maqsadga yo‘naltirilishini tashkillashtirish, ya’ni
tadqiqot o‘tkazish g‘oyasi yuzaga keldi. Taxminan shu vaqtda Rene Dekart
(1596-1650) Garvey tomonidan qon aylanishi kashfiyoti ta’sirida mushak-
larda “jonli ruhlar”ning taqsimlanishi yordamida tirik tanadagi g‘ayriixtiyo-
riy harakatlarni tushuntirishga urinib ko‘rildi. “Jonli ruhlar” – asab tolalari
bo‘ylab tarqaladigan zarrachalardir. Ularning harakat yo‘nalishi tashqi ta’sir
bilan izohlanadi. Kishining tana harakatlari esa tabiatan reflektor xususiyat-
ga ega (ruhi yo‘q hayvonlar kabi). Kishining ruhi mustaqil substansiya, u
o‘ziga xos ravishda kishi tanasi bilan bog‘langan. Bu esa, Dekartning fik-
richa, kishining hayvonlardan – “tirik mexanizmlar”dan
ustunligini tan
olishga olib keladi, uni Parvardigor bergan aqli tufayli “tabiat xudosiga” ay-
lantiradi.
Niderlandiya faylasuf-materialisti Benedikt Spinoza (1632-1677)
R. Dekart kabi bilimning maqsadi – bu kishining takomillashuvi va
uning tabiatdan ustun bo‘lishidir, degan fikrni oldinga suradi. Dunyo-
ning yaxlitligini isbotlashga intilib, u ruh holatlarini yagona materiyada
tashkil topgan substansiyaga, ya’ni o‘zining sababchisi va turli ko‘ri-
nishlarga ega bo‘lgan tabiatga “kiritdi”. Spinoza tomonidan tushunilgan
inson ruhi ong va his-tuyg‘u, ruhiy kechinmalar bir-biriga bilan teng
emas, deb talqin qilingan. Uning fikricha, intellektul bilim
oliy mohiyat,
his qilish esa sezish-quyi mohiyatdir.
Frensis Bekonning (1561-1626) fikricha, fan kishining tabiat usti-
dan hukmronligini ta’minlashi va kuchaytirishi kerak. Bu hukmronlik
tajribadan olingan dalillarni ratsional ravishda qayta ishlash asosida qu-
rilishi lozim edi.