O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti s. Nasritdinova, M. Tursunova



Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/56
Sana10.03.2022
Hajmi1,06 Mb.
#487977
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56
Bog'liq
biznes etikasi va manaviyati

ta’kidlash 
axborot - ma’lumot shaklida bo‘lib, harakatni bevosi-
ta o‘zgartirishni nazarda tutmaydi. Ma’lumotning xususiyati har xil 
bo‘lishi mumkin. Bu yerda xolislik me’yori bayonning befarqligidan 
tortib, to undash unsurlarini ma’lumotga kiritishgacha bo‘lishi mumkin. 
Har qanday ma’lumotning uzatilishi maxsus belgilar tizimi asosida 
amalga oshishi mumkin. Kommunikativ jarayonda qo‘llaniladigan bir 
necha belgilar tizimi mavjud. Ular asosida kommunikativ jarayonni 
tasniflash mumkin. Ko‘plab bo‘linishda, verbal va noverbal kommuni-
katsiya turlari ajratib ko‘rsatiladi
1

Belgi tizimi sifatida verbal kommunikatsiya kishining nutqini qo‘l-
laydi. Nutq yordamida ma’lumot kodlanadi va kodlar o‘qiladi. Kom-
munikator gapirish jarayonida ma’lumotni kodlashtiradi, retsepient esa 
tinglash jarayonida bu kodlarni o‘qiydi. Kommunikator ma’lumot maz-
munini uni kodlashtirish jarayonidan oldin biladi. Chunki u dastlab ma’-
lum maqsadga qaratilgan bo‘ladi, keyin esa belgilar tizimiga kiritilib,
ifoda etiladi. Tinglovchi uchun qabul qilinayotgan ma’lumotning ma’-
nosi kodni yechish bilan ma’lum bo‘ladi. Keyingi holatda o‘zaro fao-
liyat shart-sharoitining ahamiyati aniq namoyon bo‘lmoqda. Uning ang-
lanishi kodlarni echish jarayoniga kiritilgan bo‘lib, ma’lumotning maz-
munini ochish bunday shart-sharoitdan tashqarida kechishi mumkin 
emas. 
Nutq bir vaqtning o‘zida ma’lumot manbayi va suhbatdoshga ta’sir 
etuvchi kuch sifatida namoyon bo‘lada. 
Quyidagilar nutq tuzilmasiga kiradi: 
1
Андреева Г.М. Социальная психология. –M., MГУ, 1988. 


25 
1)
so‘z va gaplarning ma’nosi. So‘zni aniq ishlatish, uning tushu-
narliligi, gapning to‘g‘ri qurilishi, uning oson anglanishi, talaffuzning 
to‘g‘riligi, intonatsiyalarning ifodalanishi va mazmuni katta ahamiyatga 
ega bo‘ladi; 
2)
nutq tovushlari bilan bog‘liq holatlar: nutqning sur’ati ( tez, o‘r-
tacha, sekinlashgan), tovush balandligining modulyatsiyasi ( asta-sekin, 
keskin), tovushning ohanggi ( yuqori, past), marom (bir tekisda, uzuq-
yuluq), tembr (qattiq, xirillagan, bo‘g‘iq), intonatsiya, nutqning diksiyasi; 
3)
ovozning ifodaviy sifati: muloqot vaqtida yuzaga keladigan 
o‘ziga xos bo‘lgan tovushlar; kulish, yig‘lash, shivirlash, uf tortish va 
boshqalar. Ajratish tovushlari: yo‘talish va b; nol tovushlar - pauzalar, 
shuningdek, nazalizatsiya tovushlari - “xm-xm”, “e-e-e” va boshqalar. 
Aytilgan narsaning tinglovchi tomonidan aniq tushunilishi kom-
munikativ, ya’ni “gapiruvchi “ va “tinglovchi”lar rollari bilan almash-
ganda sodir bo‘ladi. Bunday holatda retsipient kommunikatorga aylanadi 
va o‘zining nutqi bilan qabul qilingan ma’lumotni qanday tushunganligi 
haqida ma’lumot beradi. Dialog va dialogik nutq o‘ziga xos bo‘lgan 
muloqot turi sifatida kommunikativ rollarning izchillik bilan almashinib 
kelishini nazarda tutadi. Uning natijasida nutqiy ma’lumotning ma’nosi 
anglanadi, ya’ni ma’lumotning boyishi va rivojlanishi yuzaga keladi. 
Kommunikativ jarayon verbal turdan tashqari noverbal vositalar bilan 
ham amalga oshiriladi. Imo-ishoralar muloqot paytida juda katta ma’lu-
motga ega bo‘ladi. Imo-ishoralar nutqdagiga o‘xshab, o‘zining ma’no-
lariga ega. Imo-ishoralarni guruhlashda bir necha yondashuvlar mavjud. 
Birinchi yondashuvga muvofiq imo-ishoralarning muloqot vaqtidagi 
roliga qarab ifodali imo-ishoralar guruhi farqlanadi. Ular quyidagilarni 
tashkil qiladi: 

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish