18
Sotsiometrik usullar qo‘llanilganda tanlovning o‘zaro
ijobiy va-
riantlarining mazmuni( “Nima uchun?” degan savolga bo‘lgan javob)
hisobga olinmaydi.
Boshqa bir usul L.Festinger tomonidan taklif qilingan edi. Unga
ko‘ra jipslilik guruhida mavjud bo‘lgan kommunikativ aloqalarning
muntazamligi mustahkamligiga asosan tahlil qilingan. Jipslilik guruh
a’zolariga ta’sir etuvchi kuchlarning yig‘indisi deb olingan.
Bu kuch
kishilarni guruh doirasida, jips holda ushlab turishga,
individ uchun
guruhning jozibadorligini, u guruh a’zoligidan mamnun ekanligigini
ko‘rsatishga qaratilgan.
T. Nyukom tomonidan ham guruh jipsliligi bo‘yicha muammoning
yana bir yechimi taklif qilingan. Nyukom “bir-birini tushunish” atamasi-
ni qo‘llab, uning yordamida jipslilikni talqin qilishga urinadi. U kishilar
uchun muayyan qadriyatlarga nisbatan guruh a’zolarining o‘xshash
maqsadlari
yuzaga keladi, degan g‘oyani ilgari suradi. Yuqorida aytib
o‘tilganidek, mamlakat ijtimoiy psixologiyasida guruh a’zolarining bir-
galikdagi faoliyati va guruh maqsadlari guruhning integratorlari degan
tushuncha bilan nomlanib, u ustuvor mavqega ega edi. Guruhning shakl-
lanishi va rivojlanishi o‘zaro faoliyat jarayoniga ko‘p
sonli individlarni
jalb qilish asosida talqin qilinadi.
Guruhning o‘zaro jipsligi va kishilarning bir-biri bilan bitta guruhda
ishlay olishini farqlash kerak. Kishilarning bir-biri bilan bitta guruhda
ishlay olishi mazkur guruh tarkibidagi kishilar o‘z funksiyalarini bajara
olishini va guruh a’zolarining bir-biri bilan bog‘liq holda o‘zaro faoliyat
ko‘rsata olishini bildiradi. O‘zaro faoliyat jarayonida guruhning barcha
a’zolari guruh maqsadlarini qo‘llab-quvvatlashadi va uning faoliyati
bilan bog‘liq bo‘lgan qadriyatlarni e’zozlaydi.
Ijtimoiy psixologiyada guruh jipsligining yangi tamoyillari bo‘yi-
cha tadqiqotlar A.V. Petrovskiy tomonidan ishlab chiqilgan.
Ular ilgari
”guruh faoliyatining stratometrik konsepsiyasi”, keyin esa “guruhda
shaxslararo munosabatlarning faoliyat nazariyasi” deb nomlangan yago-
na konsepsiyaning bir qismini tashkil qiladi. Asosiy g‘oya shundan ibo-
ratki, kichik guruhning butun tuzilmasini bir necha asosiy qatlamlar yoki
stratlar tashkil etadi. Bunda bevosita shaxslararo munosabatlar, ya’ni
sotsiometriya tomonidan an’anaviy ravishda o‘lchanib kelingan holatlar
aks ettirilgan. Keyingi qatlam o‘zaro faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan
maqsadli qadriyatlarning yaxlitligi bilan taqdim etilgan. Guruh tuzil-
masining ikki ichki qatlami individni guruh faoliyatiga yanada kengroq
jalb qilishni nazarda tutadi. Chunki guruh a’zolari
guruh faoliyatidagi
19
maqsadlarni qo‘llab-quvvatlaydi va bir-birini tanlash sabablari jiddiy-
ligini namoyish qilishadi. Bu sabablar umumiy qadriyatlarni qabul qilish
bilan bog‘liq deb taxmin qilish mumkin. Ular, ya’ni qadriyatlar mav-
humroq bo‘lib,
mehnatga, tevarak-atrofga bo‘lgan munosabatlar bilan
bog‘liq. Munosabatlarning o‘rtadagi qatlami guruhiy tuzilmaning “yad-
rosi” deb nomlangan.
A.V. Petrovskiy fikricha, guruhning
birdamligi uning ichki muno-
sabatlarining rivojlanishidir. Bu rivojlanish guruh faoliyatining taraq-
qiyotiga mos keladi. Shunday qilib, tadqiqot
amaliyotida jipslik qad-
riyatlarning mos kelishi va bu moslik faoliyatning amalga oshirish ne-
gizida tahlil qilinishi kerak.