30
birini tushunish har xil talqin qilinishi mumkin: o‘zaro hamkorlik
qilayotgan sherikning maqsadi, sheriklik sababiyati, rejalari yoki bu
maqsad, sababiyat va rejalarni qabul qilish.
Keyingi holat harakatlarni
nafaqat muvofiqlashtiradi, balki o‘ziga xos bo‘lgan munosabatlarni ham
shakllantiradi. Bu yerda yaqinlik, bir-biriga o‘rganish, do‘stlik, yaxshi
munosabatda bo‘lish yoki buning aksi bo‘lgan konfrontatsiya, raqobat,
ko‘rolmaslik yuzaga kelishi mumkin. Har qanday holatda ham, eng
muhimi, bir kishi boshqa kishini qanday qabul qilishi bosh mezon
hisoblanadi.
Boshqacha qilib aytganda, muloqotning perseptiv tomoni
muhim ahamiyatga ega.
Ijtimoiy persepsiya
ijtimoiy subyektlarni tushunish jarayonidir.
Ijtimoiy obyektlarga boshqa kishilar, ijtimoiy guruhlar, katta ijtimoiy
jamoalar kiradi. Ijtimoiy sotsiologiyada
shaxslararo persepsiya yoki
shaxslararo bir-birini tushunish atamasi qo‘llaniladi. Bundan tashqari
ijtimoiy psixologiyaga oid adabiyotlarda bir kishi tomonidan boshqa kishini
tushunib, qabul qilishini ifoda etish uchun “boshqa kishini bilish”
tushunchasi ishlatiladi. Xatti-harakatning tashqi ko‘rinishidan S.L.Ruben-
shteynning fikriga ko‘ra, biz boshqa shaxs fe’l-atvorini “o‘qiymiz”, uning
tashqi belgilarini anglab, tushunamiz. Bunday holatda olingan taassurot
muloqot vaqtida boshqaruvchi vazifasini bajaradi. Chunki kishini
qanday “O‘qiy olish”ga u bilan olib boriladigan o‘zaro harakatlarning
muvaffaqiyati ham bog‘liq bo‘ladi. O‘zini boshqa kishi orqali anglash
ikki tomonga, ya’ni identifikatsiya va refleksiyaga bog‘liq.
Boshqa kishini tushunish usullaridan biri o‘zini o‘sha kishiga
tenglashtirish (identifikatsiyalash)dan iborat. Albatta,
bu yagona usul
emas, ammo hamkorlikning real sharoitida kishilar bu usuldan keng
foydalanadi. Bunday holatga sherikning ichki holatini tushunishga uning
o‘rniga o‘zini qo‘yish orqali erishiladi.
Identifikatsiya bilan empatiya o‘rtasida yaqinlik borligi aniqlangan.
Empatiya ham boshqa kishini tushunish va qabul qilish usuli deb talqin
qilinadi. Faqat bu yerda bir-birini tushunishdagi holatda yuzaga kelgan
boshqa kishining muammosini ratsional ravishda anglash emas, balki
uning muammosiga yordam berishga intilish kuzatiladi. Olimlar tomo-
nidan kishilarni to‘g‘ri tushunish va baholashga halaqit beradigan omil-
lar o‘rganilgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
1. Boshqa kishiga baho berishdan oldin u haqida baho, tasavvurning
mavjudligi.
31
2. Shakllangan stereotiplar mavjudligi. Ularga muvofiq kuzatilayot-
gan shaxslar ma’lum toifaga kiritiladi va u bilan bog‘liq bo‘lgan
xususiyatlarni izlashga qaratilgan yo‘nalish shakllangan bo‘ladi.
3. Baholanayotgan kishi haqida haqiqiy va to‘laqonli ma’lumot
yig‘ilgunga qadar tegishli vaqtdan oldin xulosalar chiqarish. Ba’zi bir
kishilar boshqa kishilarni birinchi bor uchratgandayoq
unga tayyor xu-
losa asosida baho beradi.
4. Boshqa kishi shaxsini tasavvur qilish uchun shaxsning muayyan
sifatlari yaxlit siymoga mantiqan birlashtiriladi, keyin esa shu siymoga
mos bo‘lmagan boshqa har qanday tushunchalardan voz kechiladi.
5. Ulug‘lashda shaxsning biror bir tomoniga bo‘lgan dastlabki mu-
nosabat uning butun bir siymosiga ko‘chiriladi. Shaxs haqida umumiy
tasavvur uning alohida olingan sifatlari asosida shakllanadi.
6. Proyeksiyada boshqa kishiga o‘zining xususiyatlari, his-tuyg‘u-
lari ko‘chiriladi.
7. Dastlabki ta’sir shundan iboratki, kishi haqida birinchi bor eshi-
tilgan yoki ko‘rilgan ma’lumot juda muhim bo‘lib, shu kishiga keyin-
chalik bo‘lgan munosabatga ta’sir etishi mumkin. Dastlabki ma’lumotni
inkor qiluvchi ma’lumot olsangiz ham uni esda tutasiz va ko‘proq
e’tiborga olasiz.
8. Boshqalarning fikriga quloq solmaslik,
shaxsga baho berishda
faqat o‘zining fikriga ishonish va o‘z qarashlarini himoya qilish.
9. Kishilarga baho berish va ularni tushunib, qabul qilishdagi
o‘zgarishlar. Shaxs haqida qabul qilingan ma’lumot uni inkor qiluvchi
ma’lumot borligiga qaramasdan o‘zgarmasligi.
10. “Keyingi ma’lumot” ta’siri natijasida shaxs haqida olingan
oxirgi ma’lumot u haqidagi oldingi ijobiy ma’lumotlarni inkor qilishi.
Shaxs harakatini tushunishga intilish (kauzal atributsiya) ularni bir-
birini tushunishiga ta’sir etuvchi quyidagi qonuniyat tizimiga kiritilgan.
1.
Kuzatilayotgan voqelik bilan birga sodir etilayotgan voqealar,
odatda, uning ehtimoliy sababchisi deb qabul qilinadi.
2.
Tushuntirishga harakat qilayotgan voqelik o‘ziga xos bo‘lib va
undan oldin qandaydir yana boshqa voqelik sodir bo‘lgan bo‘lsa, unda
keyingi voqelikni dastlabki voqelik paydo bo‘lishining
sababchisi deb
tushuntiriladi.
3.
Turli xil teng imkoniyatlar bo‘lgan paytda kishilarning xatti-
harakatini tushuntirish imkoni mavjud bo‘ladi va baho beruvchi kishi
ulardan birini tanlab olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
32
4.
Atributsiyaning asosiy xatosi shundan iboratki, kuzatuvchilar
kishilar xatti-harakatiga ta’sir etuvchi sharoitga kam e’tibor berib,
dispozitsion ta’sirini ortiqcha baholaydi. Ular kishilarning xatti-harakati
dispozitsiyalarga mos keladi deb hisoblashadi.
5.
Madaniyat ham atributsiyaning xatosiga ta’sir etadi. G’arb dunyo-
qarashiga
muvofiq sharoitlar emas, balki kishilar voqealar sababchisi deb
tan olinadi.
Kishilar tushunchasiga stereotiplar ta’sir etadi. Stereotiplar boshqa
kishilar guruhi haqidagi sodda tushunchalar bo‘lib, ular haqida biz kam
ma’lumotga ega bo‘lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: