3
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga
kiritgach, ijtimoiy
yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti yo‘lini tanlab, bu boradagi islohotlarni
bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda. Shuningdek,
bozor iqtisodiyoti
sharoitida tadbirkorlikning har qanday turlariga ham keng yo‘l ochildi.
Bu esa har qanday sohada bo‘lgani kabi savdo-sotiq-biznes, tadbirkorlik
sohasi xodimlaridan ham yuksak ma’naviyatlilik, savdo va muomala
madaniyati kabilarga ega bo‘lishni talab qiladi. Shuni hisobga olganda
“Biznes etikasi va ma’naviyati” o‘quv qo‘llanmasi moliya-iqtisod soha-
sida ish yurituvchilar faoliyatining ajralmas qismidir. Hozirgi kunda
“Biznes etikasi va ma’naviyati” fani ko‘plab oliy o‘quv yurtlarida o‘qi-
tilmoqda. Talaba bu fanni o‘rganib, quyidagilarni o‘zlashtiradi:
biznes etikasi va ma’naviyatining nazariy
asoslari haqida tasav-
vurga ega bo‘lish, O‘zbekiston va xorijda ushbu etika va ma’naviyat
evolutsiyasining asosiy bosqichlari va hozirgi holati haqida tushun-
chaga ega bo‘lish;
biznes munosabatlari qay tarzda va shaklda amalga oshirilishini,
uning tashkiliy unsurlarini bilish;
suhbatdoshi bilan faol munosabatda bo‘lish va uni tinglay olish
texnologiyalarini bilish;
biznesga oid munosabatlar o‘rnatishda ishtirokchilarning fe’l-
atvorini tushuna olish;
biznes munosabatlarida o‘z bilimini to‘g‘ri qo‘llay olish, muoma-
la madaniyatiga ega bo‘lish, hayotda va
jamoada shaxslararo munosa-
batlar qonuniyatlaridan chetga chiqmaslik;
biznesga oid munosabatlarning bahs, munozara, ishtirokchilar-
ning kelishmovchilikka o‘xshash o‘ziga xos
xatti-harakatlari kabi mu-
rakkab holatlarni xolis tahlil qila bilish.
“Biznes etikasi va ma’naviyati” fanining maqsadi bu boradagi bi-
limlar tizimini shakllantirishdir. Bu esa shaxsga oliy o‘quv yurti, korxo-
na, turli jamoalarda kasbiy bilimlarini boyitishda, sharoitga moslashish-
da yordam beradi. Buning uchun talaba tevarak-atrofdagilar bilan muo-
malada bo‘lish, nazariy va amaliy bilimlarni o‘rganish, har turli sharoit-
da qanday yo‘l tutishni va harakat qilishni bilishi zarur.
“Biznes etikasi va ma’naviyati” fani talabaning o‘zi tanlagan soha-
da malakali mutaxassis bo‘lishiga yordam beradi. Malakali mutaxassis
esa chuqur bilim, insoniy muomala va o‘z
kasbini sevish bilan birga
kasbiy etika va ma’naviyatga ham ega bo‘lmog‘i shart.
4
“... hamma narsa davlat mulki bo‘lgan eski tuzumda xususiy mulkka
ega bo‘lish, tadbirkorlik va kichik biznes bilan shug‘ullanish bizga begona
bo‘lgan tushunchalar sifatida baholanar edi. Bugungi kunda esa xususiy
mulk tushunchasiga nisbatan munosabat qanday o‘zgarib, u hayotimizdan
qanchalar chuqur joy olib borayotganiga barchamiz guvohmiz”
1
.
Prezidentimizning yuqoridagi gaplari mamlakatimizda amalga oshi-
rilayotgan iqtisodiy islohotlarning amaldagi ko‘rinishiga, shu
jumladan,
qachonlardir ko‘pchilik uchun yot bo‘lgan “biznes, biznesmen” degan
tushunchalarga ham berilgan oddiy va sodda bahodir.
“Zero, shu yerda avvalo o‘zining xususiy mulkiga ega bo‘lgan
shaxs va bunday shaxslardan tashkil topgan toifa o‘zini va oilasini bo-
qishga, shu bilan birga, orttirgan daromadi hisobidan o‘z yaqinlariga va
muhtoj insonlarga beg‘araz yordam ko‘rsatish, el-yurt uchun xizmat qi-
ladigan maktab, kasalxona, madaniyat va
sport maskanlari barpo etish,
bir so‘z bilan aytadigan bo‘lsak, davlat va jamiyat zimmasidagi ko‘pgina
vazifalarni amalga oshirishga o‘z hissasini qo‘shadi.
Bularning barchasi ma’naviy qadriyatimiz, urf-odat va an’ana-
larimizdan oziqlangan iqtisodiy taraqqiyot yo‘limiz jamiyatimiz hayo-
tiga qanday ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganining yorqin ifodasidir”
2
. Shu
nuqtayi nazardan qaraydigan bo‘lsak, bugunning biznesmenlari ham
yurtimizning
gullab-yashnashi, xalq turmushining farovonlashuvi, oso-
yishtalikni asrash – mustaqilligimizni yanada mustahkamlashga o‘z
hissalarini qo‘shib kelayotirlar. Chunki biznes etikasi va ma’naviyati
biznesmen hamisha xalq xizmatida bo‘lib, uning koriga yarashi lozimli-
gini taqozo etadi.
“Biznes etikasi va ma’naviyati” fani turli xil yo‘nalish
va ilmiy
maktablar bilan bog‘langanligi va ular bir masalani turli nuqtayi na-
zardan talqin qilganligi tufayli bir qator o‘ziga xos qiyinchiliklarni yuza-
ga keltiradi.
“Biznes etikasi va ma’naviyati” fani turli xil yo‘nalish va ilmiy
maktablar bilan bog‘langan. Mantiqan olib qaralganda etika va ma’na-
viyat bir-biri bilan chambarchas bog‘langan. Shu boisdan ham ushbu
fanni o‘rganish did-farosati o‘tkir, ma’naviyati yuksak talabalar uchun
uncha qiyin bo‘lmaydi, degan umiddamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: