O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti s. Nasritdinova, M. Tursunova



Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/56
Sana10.03.2022
Hajmi1,06 Mb.
#487977
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
biznes etikasi va manaviyati

Mualliflar 
1
.Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: “Ma’naviyat”, 2008, 69-bet. 
2
.Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. - T.: “Ma’naviyat” 2008. 70-bet.



I BOB. AXLOQIY TARBIYANING MOHIYATINI BOSHQARISH 
 
1.1. Kishilar xulqini axloqiy tartiblashtirishning 
mohiyati 
 
Insoniyatning rivojlanish tarixi jarayonida yaxshilik va yomonlik, 
mehribonlik va yovuzlik, shuningdek, me’yoriy-ijtimoiy harakat tizimi 
haqida tasavvurlar shakllanib kelgan. Kishilar o‘z hayotida qo‘llab 
kelgan me’yor, tamoyil, qadriyatlar tizimi ko‘rinishida axloq namoyon 
bo‘ladi. Axloqiy me’yorlar – bu mehnat, maishiy hayot, kishilarning 
o‘zaro munosabati, kasbiy faoliyati kabilar bo‘lib, turli sohalarda me’yo-
riy xulq sifatida yuzaga kelgan va jamiyat tomonidan ma’qullangan 
qoida yoki namunalardir. Insonlararo munosabatlar bor ekan, axloqiy 
me’yorlar ham mavjud bo‘ladi. 
Axloqni boshqarishni baholash imperativ xususiyatga ega, ya’ni u 
kishilar xatti-harakatlarini ma’qullaydi yoki ularga salbiy munosabatda 
bo‘lib, baho beradi. Axloqning o‘ziga xos bo‘lgan xatti-harakatlarini 
boshqarish kishi ongi bilan bog‘liq. Axloqiy me’yorlar kishilar tomoni-
dan o‘zlashtiriladi va shaxsning ijtimoiy ifodasi sifatida namoyon 
bo‘ladi. 
Etika axloq va odobni o‘rganuvchi va mazkur jamiyatga (jamoaga) 
mos bo‘lgan muomala tamoyillarining yaxlitligini belgilovchi falsafiy 
fandir. 
Muomala, ya’ni subyektlar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar bor joyda 
doimo axloqiy holat yuzaga keladi. Muomala subyekti sifatida kishining 
o‘zi (ichki dialog), boshqa kishi, bir guruh kishilar, kishilar jamiyati 
ishtirok etishi mumkin. Agar biz o‘zimizda, boshqalarda, jamiyat va shu 
kabilarda kishilar qiyofasini, subyektlarni ko‘rolmasak va ularni shun-
chaki, kalaka qilish, o‘yin uchun kerak bo‘ladigan obyektlar, o‘ziga xos 
“murvatchalar” sifatida qabul qilsak, unda biz axloq doirasidan chiqib 
ketgan bo‘lamiz. 
Muayyan holatda kishining axloqiy tushunchalari tevarak-atrofda-
gilarning tushunchalari bilan mos kelmasligi mumkin, Kishi o‘g‘rilik 
qilmaslik, yolg‘on gapirmaslik, xiyonat, sotqinlik kabi jamiyat manfaat-
lariga, axloq-odob qoidalariga, qonunchilikka zid xatti-harakatlarni qil-
maslik huquqiga ega. Hatto bu holatlarning aksi boshqalarga vaqtincha-
lik foyda keltirganda ham u o‘zining ichki tamoyillariga bo‘ysunishga 
haqli. Shuning uchun aksariyat mualliflar axloq nafaqat ijtimoiy hayotni 
boshqaruvchi omil, balki individual ong va xulqning boshqarib turuvchi 
muhim unrsurdir deb ta’kidlaydilar. Ijtimoiy hayot va individual ong, 



xulq-atvor o‘rtasida qarama-qarshilik mavjudligini jamiyat tan oladi. 
Chunki har bir shaxs jamiyatda yashaydi va jamiyat oldida mas’uliyatga 
ega bo‘ladi va shu ma’noda har xil axloq me’yorlariga bo‘ysunadi. 
Ahloqiy ta’limot tarixida inson irodasi qay darajada erkin bo‘lishi 
kerak? – degan tushunchalar mavjud. Bunday erkinlik haqida qadimda 
Epikur ham gapirib o‘tgan edi. Xristian dinida erkinlik mavzusi ancha 
keng yoritilgan bo‘lib, kishi irodasi har qanday sababiyatlardan erkin 
deb tushuntiriladi: kishi Xudo ko‘rsatgan yo‘lni tanlaydi yoki inkor eta-
di. XX asrda ekzistensialistlar iroda erkinligini mutlaq erkinlik deb tu-
shungan.
Mas’uliyat esa erkinlikning teskarisidir. Mas’uliyatni o‘z zimmasiga 
olish amalga oshirilgan barcha harakatlar uchun to‘la javob berishdir. 
Erkinlik, harakat va ong mas’uliyatni yuzaga keltiruvchi shartlardan biridir. 
Ijtimoiy taraqqiyotning qarama-qarshi va murakkab rivojlanishi 
bilan bog‘liq bo‘lgan harakatning axloqiy boshqarish muammolari haqi-
da fikr yuritishga imkon beruvchi bir qator faylasuf, sotsiolog va iqtisod-
chilarning ilmiy ishlari mavjud. Sanoatlashgan jamiyat uchun xos 
bo‘lgan imkon etish-relyativizm haqida P. Sorokin o‘z fikrini bildirib 
o‘tgan. Ortega-i-Gasset hozirgi jamiyatni “ommaviy kishi” hukmdorlik 
qilayotgan jaholat jamiyati deb nomlagan edi. Uning fikricha, bu ja-
miyatda kishi shart-sharoit qurboni, erkinligi yo‘q va shu sabab mas’u-
liyatdan mahrum bo‘lgan shaxsdir
1
. M. Veber bundan bir necha o‘n yil 
oldin kishilarning ijtimoiy tartiblashtirish mexanizmlarini o‘rganib, qa-
driyatli-maqsadli harakatlar maqsadli-ratsional harakatlar bilan almashi-
nishini qayd qilib, an’analar, shu jumladan, axloqiy urf-odatlarning ja-
miyatdagi roli susayib borayotganligi haqida yozgan edi
2
.
Lekin shuni ta’kidlash kerakki, jamiyat o‘sib, rivojlanib, taraqqiy 
etib borgani sayin axloqiy urf-odatlar, an’ana va taraqqiyot, qadriyatlar, 
ma’naviy tamoyillar ham mukammallashib boraveradi. Natijada ular-
ning keraksiz, ortiqchalari o‘z-o‘zidan jamiyat tomonidan inkor etilgani, 
unutilgani kabi ma’nan yuksaklari jamiyat hayotiga tobora singib boradi 
va uning tabiiy, ajralmas bir bo‘lagiga aylanadi. Xalqimizning ming 
yillardan buyon ardoqlab kelayotgan Navro‘z, Hayit bayramlari, suma-
lak, halim, ixcham to‘y tantanalari fikrimizning tasdig‘idir.
Olimlarning fikriga qaraganda, kishi axloqli va erkin shaxs sifatida 
harakat qilishi uchun ko‘pgina shart-sharoitlar mavjud. 
1
Ортега-и-Гассет X. Восстание масс \\ Вопроси философии. 1989. - № 3 – 4. 
2
Вебер M. Исбранное. –M., Юрист.: 1994. 



Bular: 

bevosita o‘lim tahlikasi va inson imkoniyatlariga keskin chekla-
nishlar yo‘qligi; 

onglilik va refleksiya, mavjud variantlarni ko‘rish va ulardan bit-
tasini tanlash imkoniyati; 

ideal, qadriyat, maqsadlar kabi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan 
tushunchalarning mavjudligi. 

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish