16
Shunday qilib, muomala va faoliyatning bir-biri bilan bog‘liqligi
barcha tadqiqotchilarning izlanishida tasdiqlangan. Biroq bunday bir-biri
bilan bog‘lanishning mohiyati turli tadqiqotchilar tomonidan har xil
talqin etiladi.
XX asrning birinchi choragida sotsiometriya usulini ishlab chiqqan
J. Moreni shaxslararo va guruhlararo
munosabatlarni diagnostika
qilishni, ularni o‘zgartirishni, takomillashtirishni va yangilashni maqsad
qilib qo‘ygan edi. Uning ishining ahamiyati shundaki, har bir norasmiy
tuzilma u yoki bu ko‘rinishda rasmiy tuzilmaga, ya’ni rasmiy, biz-
nesmenlik munosabatlariga proyeksiyalanadi va shu tufayli jamoa
faoliyatining samaradorligiga ta’sir qiladi.
Sotsiometrik tarzda bajariladigan ish tartibi quyidagicha:
a) jamoaning jipslashish va tarqoqlik darajasini aniqlash;
b) sotsiometrik nuqtayi nazarni, ya’ni simpatik – antipatik qarashlar
asosida guruh a’zolarining o‘zaro munosabatini aniqlash. Bu yerda “li-
der” va “inkor etilgan”lar ikki qutbda joylashdilar;
v) guruhlar ichidagi kichik tizimlarni aniqlash. Bu guruhchalarning
o‘z liderlari bo‘lishi mumkin. Sotsiometriyaning ustuvor tomoni shun-
daki, u ijtimoiy psixologiyadagi tadqiqot usuli sifatida kichik guruhlarda
aniq miqdoriy o‘lchashga imkon beradi, tadqiqotlarning bajarilishi, ma-
tematik ma’lumotlarga ishlov berish oddiy usulda bo‘ladi. Uning qo‘lla-
nish doirasi cheklanganligi (asosan, ishchi jamoalarda), sotsiometriyani
qo‘llanishda guruhning chin
dildan ishtiroki va ishtiyoqi, tajriba
muomala me’yorlari buzilgandagi salbiy natijalar bu usulning kamchi-
liklarini tashkil qiladi.
Sotsiometrik tarzda bajariladigan ish tartibi uning indekslarining
hisob-kitobi bilan yakunlanadi. Birinchi sotsiometrik mezon boshqa
shaxslarning guruhdagi yakka shaxsga nisbatan aniq munosabatini ko‘r-
satadi. Individ tomonidan guruh a’zolari soniga nisbatan olingan variant-
lar soni variantlar miqdori sifati hisoblanadi.
Ijobiy va salbiy mezonlar
farqlanadi. Ijobiy mezon guruh tomonidan shaxsning qabul qilinishida,
salbiy mezon uni guruhdan chetlashtirilganda yuzaga keladi.
Ikkinchi sotsiometrik indeks, his-tuyg‘uli ekspansiyalilik individ-
ning guruhga bo‘lgan munosabatini, uning guruh bilan muloqot qilishga,
muomalaga bo‘lgan ehtiyojini ko‘rsatadi. His-tuyg‘uli ekspansiyalilik
indeksi
sotsiometrik indeksi, ya’ni guruh a’zolari soniga nisbatan olin-
gan individ tomonidan guruhga berilgan variantlar miqdori kabi hisoblab
chiqiladi.
17
Har bir guruh a’zosining sotsiometrik mezoni va his-tuyg‘uli eks-
pansivligining nisbatiga qarab, uning biror bir shartli kichik guruhlarga
oidligini bilish mumkin. Birinchi guruhga ko‘p variantlarga ega bo‘lgan
kishilar kiradi. Ular yuqori sotsiometrik mezonga ega. Bu esa guruh
a’zolari
uchun ularning mashhurligi, liderligi, jozibadorligidan dalolat
beradi. Ularning his-tuyg‘uli ekspansiyalilik indeksi yuqori bo‘lib, u
guruhga qaratilgan; guruh a’zolari bilan muloqot va hamkorlik qilishga
moyillik bildiradi. Ularni shartli ravishda “yulduzlar” deb nomlaymiz.
Ikkinchi guruhning mezoni o‘rtacha va uni ijobiy his-tuyg‘uli ekspan-
sivlikka ega bo‘lgan kishilar tashkil qiladi Bu guruh eng ko‘p a’zolarga
ega. Uchinchi guruhni “qora qo‘ylar” tashkil qiladi.
Ularning mezoni
past yoki salbiy bo‘lib, ekspansivligi odatda, ijobiydir. “Qora qo‘ylar”-
ning mavjudligi guruh a’zolarining bir-biriga yaqinligi haqida dalolat
beradi. Bu guruhda “biz” degan tushuncha ustuvor bo‘ladi. Uni kuchay-
tirish uchun guruh a’zolari shunga o‘xshash guruhni yoki o‘ziga o‘xsha-
gan kishilarni izlaydilar. Ularga o‘zlarining “biz”ligini qarama-qarshi
qo‘yib haqiqiy yoki sun’iy ravishda hosil qilingan farqlarni ko‘rsatadi.
E’tiborlisi shundaki, agar bitta “qora qo‘ycha” guruhni tark etgan bo‘lsa
uning o‘rniga boshqa nomzod kiritiladi.
Yana bir o‘ziga xos guruh – bu “oq qarg‘alar”. Ularni yuqori
sotsiometrik mezon va past his-tuyg‘uli ekspansivlik ajratib turadi. Bu
esa guruhning shu kishiga bo‘lgan qiziqishi
va bu kishining guruhga
nisbatan qiziqishi yo‘qligi haqida dalolat beradi. Mazkur kichik guruhni
“yulduzlar”dan farqlash lozim, chunki “oq qarg‘alar”, odatda, rahbarlik-
ka moyillik bildirmaydi, o‘zlarini vaqtincha guruh a’zolari deb hisob-
laydi va boshqa biror-bir guruh bilan norasmiy muloqot qilishga intiladi.
Guruh jipsligi muammosi, odatda, his-tuyg‘uli asosga ega bo‘lgan
shaxslararo munosabatlar tizimi sifatidagi guruh doirasida muhokama
qilinadi. Sotsiometrik yo‘nalishda jipslik bevosita
bir-biriga nisbatan
hurmatga asoslangan shaxslararo munosabatlar keng rivojlanganligiga
asoslanadi. Sotsiometriya maxsus “guruh jipsligi indeksi”ni taklif etadi.
Bu indeks o‘zaro ijobiy variantlar sonining umumiy ehtimoliy variantlar
soniga bo‘lgan nisbat deb hisoblanadi.
)
1
(
Do'stlaringiz bilan baham: