ratsionalizm
hukmronlik qilgan bo‘lsa, XVIII asr-
ga kelib
empirizm
va
sensualizm,
ya’ni tajriba va sezgi yordamida bilish
haqida ta’limot keng rivojlandi.
Restavratsiya davrida yashagan ingliz faylasufi, iqtisodchi va
siyosiy arbob J.Lokk (1632-1704) tajriba barcha g‘oyalarning manbayi
bo‘lib xizmat qiladi degan fikrni ilgari surdi. J.Lokkning fikricha, cha-
qaloq ruhiy xususiyatga ega bo‘lmaydi. Uning ruhi tabiat har qanday iz
qoldirishi mumkin bo‘lgan “toza qog‘oz”dir. Shu sabab jamiyatning fa-
rovonligi uchun tarbiyaga katta ahamiyat beriladi.
J. Lokkdan keyingi davrlarda D.Gartli (1705 -1784) va D. Didro
(1713-1784) bilim va inson rivojlanishining asosiy manbayi sifatida
o‘zlashtirilgan tashqi tajribani ko‘rsatgan edilar. Asab tizimi fiziolo-
giyasidagi jiddiy yutuqlar ( deyarli shu vaqtlarga to‘g‘ri keladi) miya
funksiyasi bo‘lmish ruhiy holat haqidagi tasavvurlarni mustahkamladi.
XVIII asrning oxirida Yevropa fanida kishi, uning tabiatdagi o‘rni, roli
va ruhi haqida barqaror tushunchalar shakllandi. Turli fanlarda tadqiqot-
lar yo‘nalishlarini belgilab beruvchi ilmiy
paradigma
yuzaga kelib, o‘z
mavqeini mustahkamladi. Mazkur paradigma ta’sir ko‘rsatgan zamon-
dosh obrazi quyidagi xususiyatlarga ega edi:
inson – o‘z ruhining o‘ziga xosligi tufayli tabiatni yaxshilash va
o‘zgartirish huquqi va majburiyatga ega bo‘lgan ”tabiatning gultojidir”;
inson aqli, his-tuyg‘ularidan ustuvordir, aynan aql bilan haqiqiy
bilim bog‘liqdir;
hissiyot aql nazoratida bo‘lishi lozim, u tashqi dunyo haqida chin
ma’lumot bermaydi;
psixika material ko‘rinishidagi substratdir – miya, sezgi organlari
tashqi dunyo va o‘zi haqida ma’lumot beruvchi yagona unsurdir;
bilim asosida tadqiqot yotadi, uni qayta o‘tkazish mumkin, yago-
na voqeliklar ilmiy bilishda hech qanday ahamiyat kasb etmaydi.
Yevropaliklarning bunday tasavvuri psixologiyani mustaqil fan sifatida
shakllanishiga olib keldi. Uning diqqat- e’tiboridan inson ruhining betak-
rorligi, yagonaligi, ekstrasensorligi, anglab bo‘linmasligi kabi xislatlarini
chetda qolib ketishi “iqtisodchi inson” siymosini shakllanishiga poydevor
yasadi. U iqtisodiy nazariyaga asosiy shaxs sifatida kiritildi. Ikkinchi to-
mondan, xristian madaniyatiga xos bo‘lgan insonning “gulchambar sohi-
bi”ligi, Xudo sifatliligi o‘ziga xos unsur deb taxmin qilinardi.
Masalan, XVIII asrda fransuz ensiklopedchilari inson haqidagi bir
guruh fanlar orasidan iqtisodiyotni axloq haqidagi fanga taalluqli deb
bilgan. Keyin fransuz pozitivizmining asoschisi Ogyust Kont (1798-
11
1857) – hozirgi zamon fanlari tasnifining birinchi muallifi - fanlarni for-
mal va real deb bilib, ularni oltita guruhga bo‘lgan. U iqtisodiyotni “ruh
haqidagi aniq fanlar” safiga kiritgan.
1
1926 yilda P.Oppengeym o‘zining keng ko‘lamda tan olingan va
“fan kvadrati” nomi bilan mashur tasnifida “xo‘jalik fani” bo‘lmish iqti-
sodiyotni psixologiya, huquq, sotsiologiya va savdo tajribasining o‘r-
tasiga joylashtirgan edi.
Mustaqil fan sifatida tan olingan mumtoz iqtisodiyotning asoschisi
Adam Smit (1723-1790) Glazgoda, axloqiy falsafa kafedrasida dars o‘tib,
1750 yilda o‘zining ”Axloqiy tuyg‘ular nazariyasi” deb nomlangan asosiy
kitobini nashr qildi. Adam Smit ham kishi ruhiyati bilan jiddiy qiziqqan.
Shu yo‘nalishda ish olib borib, zamonaviy psixologik ta’limotlar bilan
tanishgan. Shuning uchun 1776 yilda yozib tugatilgan “Xalqlar boyliklari
tabiati va sabablarini o‘rganish haqida” deb nomlangan kitobida “iqtisodiy
inson”ning qiyofasini uning bevosita izdoshlariga qaraganda kam ratsional
deb belgilagan. Fransiyada Smit ta’limoti muvaffaqiyatini belgilab bergan
JSB. Sey (1766-1832) o‘z oldiga xo‘jalik hayotining boy mazmunini ta’rif-
lash emas, balki umumiy tamoyillarni ishlab chiqish maqsadini qo‘ygan.
Mashhur ingliz ruhoniysi T. Maltus (1766-1834) asarlarida bu umumiy
tamoyillar ko‘p mojarolarga olib kelgan xalqlar joylashishi haqidagi qonun
maqomini oladi. Uning e’lon qilishi ko‘p olimlar dunyoqarashiga katta ta’sir
ko‘rsatdi. D. Rikardoning (1772-1823) iqtisodiy tahlil texnikasining paydo
bo‘lishi bilan iqtisodiy qonunlarni xolisona belgilashi tadqiqotlarning asosiy
tamoyiliga aylanadi.
1
Eng yangi davrda iqtisodiyotda gedonistik tamoyil o‘rnatildi. Eh-
tiyojlarni qondirish iqtisodiyot rivojlanishining asosiy omili va maqsadi
bo‘lib qoldi. Shu bilan birga, bozor iqtisodiyoti iste’molchilarda yangi-
yangi ehtiyojlarni paydo bo‘lishiga olib keldi. Natijada keng iste’mol-
chilar qatlami yuzaga keldi.
Estetik muammo o‘z yechimini topmagan muammoga aylandi: xo‘-
jalik faoliyatida barcha iqtisodiy maqsadga muvofiq deb qo‘yilgan maq-
sadlar jamiyat ravnaqiga xizmat qiladimi? degan savol tug‘ildi. Keyingi
bob shu savollarni ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan.
1
История буржуазной социологии XIX – начала XX века. M. 1979.
1
Радаев В.В. Экономическая социология. – M.,1998. –С. 19.
12
Do'stlaringiz bilan baham: |