21
Maqsad mezoni bo‘yicha biznes etikasi va ma’naviyatining zamo-
naviy tasnifi mavjud.
1)
Kontakt funksiyasi – bunda muloqot o‘rnatilib, ma’lumotlarni
qabul qilish va yetkazib berishga, o‘zaro aloqani ikki tomonning man-
faatini ko‘zlab, davom ettirishga tayyorlik tushuniladi.
2)
Axborot funksiyasi – ma’lumotlar, fikrlar, rejalar, qarorlarni al-
mashish.
3)
Undash funksiyasi – ma’lum harakatlarni bajarish uchun she-
rikchilik faoliyatini rag‘batlantirish.
4)
Muvofiqlashtiruvchi funksiya – o‘zaro
faoliyatni tashkillashti-
rishda kelishilgan va maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar.
5)
Tushunish funksiyasi – ma’lumot ma’nosini muqobil tarzda qa-
bul qilish, maqsadlar, intilishlar, tashvish va holatlarni o‘zaro to‘g‘ri
tushunish.
6)
Emotiv funksiya – sherikda ma’lum his-hayajon uyg‘otish va
uning yordamida o‘zining psixologik holatini o‘zgartirish.
7)
Munosabatlar o‘rnatish funksiyasi – individ faoliyat ko‘r-
satayotgan hamjamiyatda rol, maqom, ishbilarmon, shaxslararo va bosh-
qa aloqalar tizimida o‘zining o‘rnini belgilash va anglab olish.
8)
Ta’sir etish funksiyasi – sherikning holati, xatti-harakati, shaxs
haqidagi tushunchalarini o‘zgartirish.
Kontakt o‘rnatish(tanishib olish). Boshqa kishini tushunish, unga
o‘zini tanishtirishni nazarda tutadi.
Muloqot vaqtida zarur usulni tanlash, sodir bo‘layotgan voqea-
larni anglash.
Qiziqtirayotgan muammoni muhokama qilish.
Muammoni echish.
Kontaktni tugatish( undan chiqish).
Biznes munosabatlari o‘zaro sherikchilik asosida qurilishi lozim.
Bu munosabatlar
har ikki tomonning talab, ehtiyojlari va ishdagi man-
faatidan kelib chiqishi kerak. Bunday hamkorlik mehnat va ijodiy fao-
liyat samarasini oshiradi va ishlab chiqarish texnologik jarayonning mu-
him omillaridan biri hisoblanadi.
Biznes muloqoti kishilar qanday usullar bilan ma’lumotlar almashi-
shiga qarab, turlarga bo‘linadi. Bunday bo‘linishga nisbatan bir necha
yondashuvlar mavjud:
1.
Yozma va og‘zaki biznes etikasi va ma’naviyati.
2.
Og‘zaki biznes etikasi va ma’naviyati, o‘z navbatida monologik
va dialogik turlarga bo‘linadi.
22
Monologik muloqot turlariga quyidagilar kiradi:
tabrik nutqi;
savdo-sotiq nutqi(reklama);
axborot nutqi;
ma’ruza( majlis va yig‘ilishlarda).
Dialogik muloqot turlariga quyidagilar kiradi:
biznesga oid gap - qisqa muddatli muloqat,
asosan bir mavzuni
kamrab oladi;
biznesga oid suhbat – ko‘p holatlarda qaror qabul qilinishi bilan
tugaydigan ma’lumot, nuqtayi nazarlarni muhokama qilish;
muzokoralar – ma’lum bir masala bo‘yicha bitim tuzish maqsa-
didagi muhokama;
intervyu – radio, televidenie, gazetaga mo‘ljallangan, jurnalist bi-
lan bo‘lib o‘tgan suhbat;
bahs;
majlis;
matbuot anjumani;
kontaktli biznesga oid suhbat – bevosita, “jonli” dialog;
telefon orqali gaplashish(distant).
Bevosita kontakt va suhbatda og‘zaki muloqot katta ahamiyatga
ega. Telefon orqali suhbat yoki ma’lumotni etkazish muloqotning eng
keng tarqalgan shakllaridan biri hisoblanadi.
Ularni bevosita sodir
bo‘lgan kontakt va muloqotning juda ko‘p usullari mavjudligi ajratib
turadi. Bu esa, o‘z navbatida har qanday ma’lumotning biznesga doir
(shakliy) va shaxsiy ( norasmiy) qismlarini qo‘llashga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: