4-Mavzu: Sport sog‘lomlashtirish oromgohlari va sport inshootlari.
Dars rejasi:
1.O‘zbekistonda sport inshootlarini barpo etishga ko‘rsatilayotgan e’tibor haqida.
2. Sport inshootlari o‘zining kattaligi bilan tabaqalarga bo‘linadi.
3. Sport inshootlarining turlari
Istiqlol yillarida mamlakatimizda barcha sohalar kabi jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirish, sog’lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda. Zero yurt sog‘ligi mamlakatning eng katta boyligi ekani hammaga yaxshi ayon. Jismoniy madaniyat va sport rivojida yurtimizda ko‘plab sport inshootlari bаrо etilib, foydalanishga topshirilgani hal qiluvchi omil bo‘lmoqda. Istiqlol yillarida poytaxt Toshkentda barpo etilgan «Jar» sport majmuasi, «Yunusobod» sport majmuasi, «Bunyodkor» stadioni, «Lokomotiv» sport majmuasi zamon talablari darajasida jihozlangan i xalqaro sport hamjamiyati tomonidan e’tirof etilmoqda. Mamlakatimizda dastlabki sport inshootlaridan sanalgan «Paxtakor» stadioni qayta ta’mirlanib, xalqaro musobaqalar o‘tkazish uchun moslashtirildi. Yurtimizda xotin-qizlar sportini rivojlantirishga alohida e’tibor samarasi o‘laroq gimnastika majmuasi барпо etildi. Bolalar va o‘smirlar sportini rivojlantirishga ham katta ahamiyat berilmoqda. Barcha viloyatlarda Olimpia zaxiralari kollejlari qurildi, rekonstruksiya qilindi.
Uch bosqichli sport musobaqalari tizimi «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada» bellashuvlariga mezbonlik qilgan viloyatlarda qator sport inshootlari qurilib, ta’mirlanib va rekonstruksiya qilinib, kelgusida shu viloyat bolalar va o‘smirlari ixtiyoriga topshirilmoqda. Toshkent, Buxoro, Namangan kabi viloyatlar aholisi bu musobaqalarga tayyorgarlik doirasida qurilgan sport inshootlaridan endilikda zo‘r mamnuniyat bilan foydalanib kelmoqda.
Har bir sport inshooti tarkiban 3 bo‘linmadan tuzilgan. Muhim qismi asosiy inshoot bo‘lib, bu - jismoniy tarbiya va sport amaliy mashg‘ulotlari uchun mo‘ljallangan inshootdir. Masalan, bas- ketbol uchun o‘yin maydoni, xokkey uchun muzli tekislik, suzish uchun suv havzasi, sport yadrosi va boshqalar. Qolgan ikkita bo‘lim - yordamchi va tomoshabin uchun inshootlardir. Agar sport inshooti faqat o‘quv mashg‘uloti uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, u yerda tomoshabin uchun maxsus jihozlar bolmasligi kerak. Yordamchi sport inshooti - shug‘ullanuvchi va musobaqa qat- nashchilariga xizmat qiladi. Bu inshootlarga garderob, yechin- ish-kiyinish xonasi, dush, uqalash xonasi, uslubchilar xonasi, murabbiylar xonasi, tibbiyot xodimlari xonasi, hakamlar xonasi, sportchilar uchun yuvinish xonalari va boshqalar kiradi.
Yordamchi inshootlar tarkibiga yana asosiy sport inshootining ishlatilishini ta’minlovchi xonalar: ma’muriy, xo‘jalik (jihozlar saqlanadigan hujraxona) va texnik muhandisi xizmatchi xonalari, suv isitish va elektr ta’minoti, axborot va hisobga olish, radio va televideniye, telefon aloqalari, suvni tozalash-dezinfeksiya, muz- latish va boshqalar kiradi. Tomoshabin uchun inshoot - bunga tribunalar (0‘matilgan yoki qo‘zg‘atilishi mumkin bo‘lgan), skameykalar, stullar, asosiy inshoot oldida turish uchun joylar (sport yadrosi, basseyn, maydon) va xizmat ko‘rsatish xonalari (pavilonlar, foye bufetlar, qahvaxona, tibbiy xizmat xonasi va boshqalar) kiradi.
Bir tipli sport inshootlari o‘zining kattaligi bilan tabaqalarga bo‘linadi. Sport inshootlarinig oltita tabaqasi belgilanib, ular quyidagi ko‘rsatkichlar bilan aniqlanadi:
- tribunadagi joylarning soni va ochiq sport maydonlarining soni (stadionlar); - hovuzlaming kengligi va soni; - tribunalardagi o‘tirish joylarining soni, sun’iy ravishda muz- latilgan muz joylarining soni (sport saroylari); - ochiq va yopiq tipdagi sport inshootlari soni va sportchilar uchun yashash xonasining soni (o‘quv-sport bazalari); - chang‘ilar soni (chang‘i bazalarida); - masofali mexanizatsiya bilan ta’minlangan jihozlangan tir- laming mavjudligi (o‘q otish joyi); - aylana shaklidagi oshish uchun devorlar va zovurlar (tran- sheyalar) soni (o‘q-otish ovchilik devorlari); - katta kemalar soni (eshkak eshish bazalari, yaxtklublar va suv-motor bazalari); - alohida inshootlar soni (kompleks maydonlarda); - tramplin kattaligi, hisoblangan sakrash uzunligi (chang‘i tramplinlarida); - alohida sport zallarining tarkibiy soni.

Do'stlaringiz bilan baham: |