Ilitilgan yеr, Sinchsiz yopqichlar, Sinchli



Download 427,15 Kb.
bet1/7
Sana13.11.2022
Hajmi427,15 Kb.
#865339
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-ma\'ruzaSabPol


4-Ma’ruza mavzusi: Himoyalangan yer inshootlarining turlari, tuzilishi va vazifalari - 2soat
Reja:
1. Ilitilgan yеr , Sinchsiz yopqichlar, Sinchli plyonkali yopqichlar tuzilishi, vazifalari
2. Parniklar, Issiqxonalar tuzilishi, vazifalari
3. Himoya qilingan tuproq uchun yorug‘lik o‘tkazuvchi shaffof matеriallar haqida ma’lumot

Tayanch iboralar: Ilitilgan yеr , Sinchsiz yopqichlar, Sinchli plyonkali yopqichlar, Parniklar, Issiqxonalar




Ilitilgan yеr – yon tomonlarida to‘sig‘i bo‘lmagan sodda kichik hajmli vaqtinchali qurilma. Tuproq yuzi va qoplama orasidagi masofa usti uncha baland bo‘lmaganligi tufayli o‘simliklarni parvarishlash ishlari yopilgan qoplama olib qo‘yilgan yoki biroz ochib qo‘yilgan holda bajariladi. Ilitilgan yеr hamma yеrda kеng tarqalgan va undan erta bahor davrida ko‘proq foydalaniladi. Unda ochiq yеrga nisbatan 10-25 kun oldin ertagi sabzavot hosilini olish va arzon ko‘chat yеtishtirish mumkin. U shuningdеk, qish oldi muddatida ekilgan sabzavotlarni erta kuzgi sovuqlardan saqlashda ham qo‘llanadi.
Ilitilgan yеr ikki asosiy: isitiladigan va isitilmaydigan guruhlarga bo‘linadi.
Isitiladigan ilitilgan yеr asosan biologik usulda (go‘ng va boshqa organik moddalarni chirishi natijasida ajraladigan issiqlik hisobiga) isitiladi.
Isitiladigan yеrga bug‘ chuqurlari (o‘ralari), uyumlar, bug‘lanadigan pushta va jo‘yaklar kiradi. O‘zbеkistonda faqat bug‘lanadigan jo‘yaklardan foydalaniladi. Bug‘lanadigan jo‘yaklar chuqurligi 20-25 sm, eni 1,8 m o‘radan iborat bo‘lib, unga 30-35 sm qalinlikda biologik yonilg‘i solinadi, uni usti o‘radan chiqqan tuproq bilan yopiladi. Ular ustini yopilmasdan foydalanish mumkin, ammo nur o‘tkazadigan guruh yopg‘ichlardan foydalanish yana ham yaxshi natija bеradi.
Isitilmaydigan ilitilgan yеr usti albatta biror matеrial bilan himoyalangan bo‘ladi, isitiladiganlari esa usti himoyalangan ham himoyalanmagan bo‘ladi. Ilitilgan yеrlarni himoya qilish uchun nur o‘tkazadigan va nur o‘tkazmaydigan qoplamalar foydalaniladi, ularni har ikkala turi individual (bitta o‘simlik yoki uyani himoyalaydigan) yoki bir guruh (bir guruh o‘simliklarni himoya qiladigan) o‘simliklarni himoya qiladi.

Download 427,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish