O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/105
Sana13.01.2022
Hajmi1,78 Mb.
#355336
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   105
Bog'liq
Yosh-tarjimashunos-V

O‘zbekcha (asliyat) 
Turkcha tarjimasi 
Sen Mashrabsan
Xalqda tumor, 
Balxda dorga osilgan. 
 
Navoiysan, shoh yonida,  
Faqirni duo qilgan.  
Yassaviysan, meniki deb,  
Ko‘ringan da’vo qilgan,  
Ming bir yog‘i ochilmagan  
Qo‘rig‘imsan Vatanim. 
Sen Meşrep’sin
157

Halkın oğlu, 
Belh’te dara çekilen, 
Nevâi’sin, şah yanında, 
Fakiri dua eden. 
Yessevi’sin her insanın, 
“Benim!” diye koştuğu. 
Bin bir yanı açılmamış 
Bâkirimsin, Vatanım... 
 
Shoirning “Ulug‘imsan, Vatanim” she’rida O‘zbekiston ulug‘lana-
di. She’riyatning tajohili orif san’ati qo‘llangan satrlar  turk tiliga qu-
yidagicha o‘giriladi:  
 
O‘zbekcha (asliyat) 
Turkcha tarjimasi 
Men dunyoni nima qildim
O‘zing yorug‘ jahonim. 
O‘zimga bek, 
O‘zim sulton, 
Sen taxti Sulaymonim.  
“Yolg‘izim”, 
“Yagonam” deymi, 
“Topingan koshonam” deymi, 
O‘zing mening ulug‘lardan 
        Ulug‘imsan, Vatanim... 
Bu dünyayla ne işim var, 
Madem sensin cihanım, 
Hünkâr - benim, 
Benim - Sultan, 
Sen Taht-ı Süleyman’ım, 
“Yalnızım”, 
“Yegânem” mi diyim
158

“Tapındığım kâşânem”. 
Yalnız Sensin büyüklerden, 
Daha büyük, Vatanım... 
 
 
157
 “Kalender yaradılışlı ünlü Özbek şairinin adı” deb izohlangan. 
158
 diyeyim
 


 
119 
Ko‘ramizki, bu o‘rinda tajohilu orif san’ati ham saqlangan, shu bilan 
birga, shoir qo‘llagan tavsiflar ham tarjimada o‘z ifodasini topgan. 
M.Yusufning  barcha  yod  biladigan  “Lolaqizg‘aldoq”  she’ridan 
olingan  quyidagi parcha va uning tarjimasiga e’tibor beraylik: 
 
O‘zbekcha (asliyat) 
Turkcha tarjimasi 
Men ketsam, yomondan  
Yiroq bo‘l, ohu,  
Chunki sen chiroyli, 
Ko‘rkli bir juvon.  
Yomon kunlar bir kun 
Yyaxshi bo‘laru,  
Yomon odam yaxshi 
Bo‘lmas hech qachon.  
Yasha, chegarada  
Turgandek ogoh,  
Lola, lolajonim, 
Llolaqizg‘aldoq! 
Ben gidersem, kötülerden 
Uzak dur, ceylân! 
Çünkü sen güzelsin, 
Ğörkemli civan
159

Kötü günler geçer, 
Gelir güzel an. 
Kötü insan iyi
Olmaz hiç zaman... 
Uyanık ol sınırdaki, 
Asker misali, 
Lale, Lalecan’ım,  
Lalekızgaldak! 
 
She’rning asl matnida “yaxshi” va “yomon” so‘zlari qarshiligi ikki 
o‘rinda  qo‘llangan  bo‘lib,  tazod  san’ati  hosil  bo‘lgan.  Ya’ni  yomon 
kunning  yaxshi  bo‘lishi  va  yomon  odamning  yaxshiga  aylanmasligi 
ta’kidlanadi.  Bu  o‘rinda  yaxshi-yomon  antonimlarini  qo‘llash  orqali 
she’rdagi  ma’no  kuchaytirilgan.  Tarjima  e’tibor  berilsa,  ilk  o‘rinda 
kötü 
so‘ziga 
güzel
 so‘zi antonim sifatida, keyingi o‘rinda esa 
kötü 
va 
iyi 
antonimlari qo‘llanilganiga guvoh bo‘lamiz. Ilk misradagi 
kötü 
va 
güzel 
so‘zlari o‘zaro antonim bo‘lmasa-da, turk tilida 
iyi
 so‘zi kunga 
nisbatan  ishlatilmaydi,  balki  farovon,  tinch,  yaxshi  kunlar  ma’nosida 
güzel 
sifatida ishlatiladi. Ya’ni bu vaziyatda nutqiy antonim shakllan-
gan bo‘lib, tazod san’ati saqlanib qolgan, deyish mumkin. 
Muhammad Yusufning “Iqror” she’ridan olingan birinchi bandda 
nido san’atining go‘zal namunalarini ko‘rishimiz mumkin. 
Shoir  vataniga  murojaat  qilar  ekan,  uni  “ota  makon”,  “onajon 
o‘lka” deb tavsiflab so‘zlaydi. Bu usul orqali u ham tug‘ilib o‘sgan yur-
tiga murojaat qiladi, g‘am uning onasidek aziz, yagona ekanligiga urg‘u 
beradi. “O” undov so‘zi orqali murojaat ma’nosi kuchaytiriladi: 
 
159
 Tarjimon “Civan, burada “genç bayan”, “kadın” anlamındadır”, deb izohlangan. 


 
120 
 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish