(sannin yoreba mon jyuno chie)
ushbu
maqolning o‘zbek tilidagi muqobil varianti ‘‘Bir bosh yaxshi, ikkitasi
undan ham yaxshi” maqoliga mos bo‘lib, tinib-tinchimas, izlanishdan
tolmaydigan yapon xalqining turmushiga xos frazadir. Quyidagi
maqolning to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjimasi g‘aliz bo‘lganligi sababli, uning
o‘zbek tilidagi muqobilidan foydalanish o‘rinlidir.
“
住めばみやこ
”(sumeba miyako)
ushbu maqolni o‘zbek tiliga tarjima
qiladigan bo‘lsak, “O‘z uyim – o‘lan to‘shagim” maqoliga mos tushadi.
Agar bu maqolni o‘zbek tiliga to‘g‘ridan – to‘g‘ri tarjima qilsak “Ya-
shash poytaxt” holatida kelib chiqadi. Biroq, biz bu holatda kitobxonga
tarjima qilib bersak, tushunmovchiliklar yuzaga keladi. Shuning uchun
ham, ba’zi holatlarda “Tarjimaning muqobil usul’’idan foydalangan
holda tarjima qilamiz. Shu sababli, quyidagi maqoldan
yapon xalqi
asosan inson har qanday vaziyatda ham o‘z uyiga talpinishi va o‘z
uyidagina inson erkin bo‘la olishi holatlarida foydalanganligi uchun
o‘zbek tilidagi varianti “O‘z uyim – o‘lan to‘shagim”ga mosdir.
いしのうえにもさんねん
(ishino uenimo san nen)
frazasini tarjima qi-
ladigan bo‘lsak “Toshning ustida ham uch yuz bor” deb tushiniladi. Le-
kin, kunchiqar xalq ushbu maqoldan sabrli, chidamli bo‘lish vaqtida
foydalanganliklari uchun o‘z ona tilimizdagi muqobil variant “Sabr-
ning tagi sariq oltin” degan maqolimizga mos keladi. Bu maqol ya-
pon va o‘zbek xalqida ko‘p foydalaniladigan maqollarning bittasi
hisoblanadi. Chunki, yaponlar orasida ham, bizda ham bir-biriga nis-
batan kuchli hurmat va ehtirom borligi sababli sabrli insonlar juda
qadrlanadi. Yuqoridan ko‘rinib turibdiki turli xil tillardagi maqollarni
o‘zbek tiliga tarjima qilishda tarjimondan ko‘p bilim va tajriba talab
etiladi. Boisi, biz o‘z ona tilimizdagi maqollarning ma’no jihatdan
nimaga foydalanish holatlarini bilmas ekanmiz, boshqa tildagi ma-
153
Xurshida Qilicheva maqolasidan
111
qollarni ham ma’no jihatdan nimaga ishlatilayotganini anglab yetol-
maymiz. Shu jihatdan ham olib qaraydigan bo‘lsak, maqol millatlarning
an’analarini bir-biriga bog‘lovchi va tanituvchi bir ko‘prikdir.
Bundan tashqari maqol tarjima qilishning yana bir an’anaviy usuli
ham bor bo‘lib, bu “To‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilish’’ usulidir. Ma-
salan,
“
ときはかねなり
” (tokiha kane nari
)
ushbu maqol hamma joyda eng
ko‘p foydalaniladigan maqol deb aytish mumkin. Boisi, bu maqolning
tarjimasi quyidagicha: “Vaqt bu puldir.’’
いちいしにとり
(ichi ishi ni tori)
ushbu maqolning tarjimasi “Bir tosh bilan ikki qushni urmoq’’
ma’-
nosida ishlatiladi. Bu maqol “To‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilish’’ usuliga
mansub. Bundan tashqari o‘zbek tilidagi muqobil varianti ham mavjud
bo‘lib, “Bir o‘q bilan ikki quyonni urish” ma’nosida foydalaniladi. Biroq,
yapon xalqi “quyon’’ so‘zining o‘rniga “qush’’ so‘zidan foydalangan.
Bundan tashqari,
十人十色(
jyuu nin to iro
)
ushbu maqolning so‘zma-
so‘z
tarjimasi “10xil odam, 10xil rang‘’ degan ma’noda ishlatiladi.
O‘zbek tilidagi “Besh qo‘l barobar emas’’ maqoliga mos. Bu tarjima
usulidan kamdan-kam hollarda foydalaniladi. Chunki to‘g‘ridan-to‘g‘ri
tarjima usuli har doim ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Shuning uchun ham,
maqollarning tarjimasida asosan 2 ta usuldan foydalaniladi: 1) Muqobil
variantini topish; 2) To‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilish.
Xulosa. Til, falsafa va badiiy ijodning o‘ziga xos hodisasi sifatida
yuzaga kelgan xalq maqollari folklorning ixcham shakl, ammo teran
mazmunga ega bo‘lgan bir janridir. “Maqol va matallar xalq aql-
idrokining mahsuli, uning hukmi, ko‘p asrlik tajribalari, turmushdagi turli
hodisa-voqealarga munosabati demakdir… Xalq maqoli – xalqning
mulkidir. Maqol qayg‘usi – xalq qayg‘usi, maqol g‘azabi – xalq g‘azabi,
maqol kulgusi – xalq kulgusi va maqol kinoyasi – xalq kinoyasi demakdir.
Maqol yaratmagan bironta til, maqol ishlatmagan bironta xalq yo‘q”.
154
Har biri tilimiz ko‘rkini, nutqimiz nafosatini, aql-farosat va tafakkurimiz
mantiqini hayratomuz bir qudrat bilan namoyish etgan va eta oladigan
bunday badiiyat qatralari xalqimizning ko‘p asrlik hayotiy tajribalari va
maishiy turmush tarzining bamisoli bir oynasidir. Shuning uchun ham
maqollar g‘oyatda keng tarqalgan bo‘lib, asrlar davomida jonli so‘zlashuv
va o‘zaro nutqiy munosabatlarda, badiiy va ilmiy asarlarda, siyosiy va
154
G‘.Salomov “Rus tilidan o‘zbek tiliga maqol, matal va idiomalarni tarjima qilish
masalasiga doir”asari,8-betdan
112
publitsistik adabiyotda doimiy ravishda qo‘llanilgan va bugungi kunda
ham qo‘llanilib kelinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |